Главная / Jamiyat / Qumqurgondagi jar yamlayotgan qishloq: uylar vayron bulishda davom etmoqda
<

Qumqurgondagi jar yamlayotgan qishloq: uylar vayron bulishda davom etmoqda

Kun.uz 2019 yilning 3 iyulida «Oqqapchigay»ning oqtomliklarga etkazayotgan talafoti: Qumqurgonda bir qishloqni jar yamlamoqda» sarlavhali maqola elon qilgan, unda Surkhondaryo viloyatidagi bir qishloq ahli duch kelgan muammo bayon etilgandi.

Maqolada Qumqurgon tumanidagi Oqtom qishlogidan utuvchi Oqqapchigay selgasidan oqayotgan sel oqimlari tuproqni yuvib yuborib, jarlik hosil qilayotgani; tuproqlar upirilib, tobora turarjoylarga yaqinlashib borayotgani haqida suz yuritgan edik.

Ayniqsa, utgan yilgi talafot juda katta bulgan. Seryogin kelgan bahor va sellar mavsumida jarlar upirilib, odamlar istiqomat qilayotgan uylarga juda yaqinlashib qolgan.

«50-100 yildan beri bu selga 6 metrlik soy bulgan. Oqqapchigay kanalidan sel suvi quyib yuborilaverib, tiniq suv zakhlab, tuproqni yuvib, emirib yuboraverib mana shu ahvolga keldi. Bu tuproq emirilaversa, jar yulidagi khonadonlarni vayron qilib ketaveradi», – degan edi oqtomlik oqsoqollardan Safarali Mansurov.

«Osmonga bitta bulut chiqsa, mazamiz qochadigan bulgan. Holimizdan biror kishi khabar oladimi yuqmi?» — degandi Ugiloy Yusupova.

«Kelgan masullar hujjatimiz yuqligini, noqonuniy utirganimizni bahona va pesh qilishmoqda. 40 yil oldin bu erlar inson yashamaydigan, changalzorlar edi. Oqqapchigayda suv chiqqanidan keyin shu erlarni uzlashtiramiz deb, biz kelib joylashdik, obod qildik. Usha paytlar nega hech kim kelib ogohlantirmadiki, bu erlar khavfli joy, deb. Endi kadastr va egalik huquqini surashmoqda», — devdi Shavkat Saidov hamda Turdi bobo Norov.

Ushanda biz mazkur masala yuzasidan Qumqurgon tumani hokimining qurilish masalalari buyicha urinbosari Abdurashid Abdurahimovdan izoh olgan edik.

«Tumanimizda utgan yili ham seldan katta talafot kurilgan edi. Utgan yilgidek talafot yuz bermasligi uchun juda kup ishlar amalga oshirildi. Sel yullari ochildi, zovurlar qazildi. Bu yil yogingarchilik avvalgi yilga nisbatan ancha kup bulgani bilan deyarli talafotsiz utkazdik.

Oqtom qishlogi masalasida gapiradigan bulsam, bu joylar azaldan khavfli hudud bulib kelgan. U erning tuprogi qumoq (suglinok) hisoblanadi. Ozgina suv bilan ham emirilib, tuproq kuchish, jar hosil bulish khususiyatiga ega. Boz ustiga, yildan yilga sel kelaverib, jarliklarni emirib, kengaytirib ketavergan.

Qolaversa, aholi u erga noqonuniy joylashgan, shikoyat qilayotganlarning birortasida egalik huquqini beruvchi yoki kadastr hujjatlari mavjud emas. Shunday bulsa-da, biz khavfni bartaraf etishga yordam beramiz.

Biz ularning ayrimlariga khavfsiz hududga kuchish uchun boshqa er taqdim etganmiz. Lekin uzlari kuchishni istashmayapti.

Ayni paytda selgada hamon suv oqmoqda. Tuproq nam. Biz tekhnikalarimiz bilan borib qazish va tuproqni surish ishlarini amalga oshirdik. Lekin tekhnikalar loyga botib qoldi. Iyul oyida suv oqimi tukhtaydi va selga tubi quriydi. Shundagina ishga kirishishimiz mumkin. Bu ish nazoratimizda turibdi. Tuman hokimligi qarab utirmaydi. Usha kursatilgan joyda suv yuliga albatta damba quramiz», — degan edi Qumqurgon tuman hokimi urinbosari A.Abdurahimov.

Mazkur qishloq ahli yana bizga uzlarini qiynayotgan masala buyicha murojaat qilishdi. Yana bahor kelgan, yana sellar mavsumi boshlanib, khavfli hududda yashovchilarning yuragiga gulgula oralagan.

Murojaatchilarga kura, utgan vaqt ichida tuman hokimligi vada qilingan ishlarni bajarmagan.

«Sizlarga oldin ham murojat qilib edik, oradan bir yil utdi. Kun.uz mukhbirlari kelib tasvirga olgan joylarni hozirgi kunda suv yuvib, katta jarliklar ostida qolib buldi.

2019 yil iyuldagi holat

Bugungi holat

«2018 yildan beri murojaat qilmagan tashkilot yo idoramiz qolmadi. Haligacha na bizlar uchun yangi uy-joy qurish uchun er, na kompensasiya puli berildi. Kun utgan sari qator turgan uylar buzilib ketayapti. Aholi esa har bir khonadonda eng kami 2-3ta oiladan yashashadi, hozirgi kunda 7-8 kishi kimning uyiga ham sigardi.

Chindan ham juda qaltis ahvolda qoldik. Aholi quni-qushnining uyida joylashib, kun kechirishga majbur bulib turibdi.

Bilamiz, aholiga sharoit qilib berish matbuot yoki rasmiy kanallarning vakolatiga kirmaydi, lekin bizni qiynayotgan mavzuni yana saytlaringizga chiqarib, mutasaddilarning etiborini jalb qilishni surab qolar edik.

Biz har doim tegishli davlat idoralariga murojaat qilganimizda ular tomonidan biriktirilgan khodim kelib vaziyatni urganib qaytishadi, oradan oylar utgach, natija bulmagandan keyin khabarlashsak, vaziyatni urgangan khodimlar Respublikaga yoki boshqa viloyatga boshqa yuqori davlat idoralariga utib ketishgan buladi. Sizdan iltimos, butun umidimiz sizdan», deb murojaat yullashgan oqtomliklar.

Ha, aytgancha, erlik aholining shikoyatiga asosan hududdagi vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan urganilgan. Natijada haqiqatan ham Oqtom qishlogida gidrometereologik khavf yuzaga kelgani, yani shu qishloqda joylashgan 5ta khujalik uylariga «Boysun-Oqqapchigay» sel yuli yaqinlashib qolgani, mazkur 5ta khujalikni khavfsiz hududlarga doimiy kuchirish lozimligi tugrisida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Shunga kura, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vazirlik tomonidan viloyat hokimligiga mazkur 5ta khujalikni khavfsiz hududga doimiy kuchirish yuzasidan taqdimnoma kiritilgani aytiladi vazirlikning shu yil 7 martdagi khatida.

Biz Surkhondaryo viloyatidagi masul davlat idoralaridan vaziyatga jiddiy etibor qaratishlarini, Oqtom qishlogidagi khavfli hududda qolganlarga yordam berish yullarini izlab, muammoni bartaraf etishga qaratilgan amaliy choralar kurilishini kutib qolamiz.

О нас

Яна маълумот

Vazirlik Toshkent shahrida epidemiya avj olish khavfi yanada kuchayishi mumkinligidan ogohlantirdi

Sogliqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi «Urikzor» savdo majmuasi sotuvchisining ugli va qizida ham koronavirus aniqlangani …