Главная / Sport / Kuk-qoraga buyalayotgan A Seriya. Orzusidagi murabbiyni topgan yangi «Inter» haqida
<

Kuk-qoraga buyalayotgan A Seriya. Orzusidagi murabbiyni topgan yangi «Inter» haqida

Milanning «Inter» klubi joriy mavsumni juda yakhshi boshladi. Antonio Konte murabbiyligidagi kuk-qoralar yozda amalga oshirilgan transferlar samarasini maydonda kursatishmoqda. Sunggi vaqtlarda «Inter» deganda kupchilikning kuz oldiga Ikardi yoki Vanda Nara  kelayotgandi, hozir esa mukhlislar Konte tuzayotgan jamoaning chiroyli uyin kursatayotgani haqida baralla gapirishmoqda.

vicmcrqmd6168htgrgzr2dh5j3h-gvt5

«Inter» mavsumni shunchalik yakhshi boshladiki, Ikardi «PSJ»ga utganini kupchilik sezmay ham qoldi. Konte uzoq yillardan buyon yuqori darajada uynashga qiynalayotgan «Inter»ni qanday qilib kuchaytira oldi? YOki bu vaqtinchalik holatmi?

«Inter» chinakam kuchli murabbiyni qulga kiritdi

«Inter»ni sunggi yillarda kimlar boshqarganiga etibor bering: Valter Madzarri, Roberto Manchini, Frank de Bur, Stefano Vekki, Stefano Pioli va Luchano Spalletti. Ularning barchasi kuchli murabbiylar, ammo ular faoliyatining chuqqisida «Inter»ga kelishmadi. Har qancha galati bulsa-da, murabbiylarda ham futbolchilarda bulgani kabi qanday formada ekani muhim. Ana shu jihatdan Konte ayni damda yakhshi «sport formasida» deyish mumkin.

Italiyada qadr topib, «Yuventus»ni engilmas jamoaga aylantirib ketgan murabbiy Angliyaga borib birinchi urinishdayoq Premer-Ligani yutib, kuchli murabbiy ekanini isbotladi. «Chelsi»dan ketishidan avval ham Konte Angliya Kubogida golib buldi. Angliyada ochiqchasiga uning qadriga etishmadi va Konte Italiyaga qaysidir manoda futbolni soginib qaytdi. Futbolga chanqoq murabbiyning galabalarga, sovrinlarga chanqoq jamoani qabul qilib olishi esa «Inter»ning shijoatini yanada oshirdi.

Bugun «Inter»da odamlarga nimanidir isbotlashni khohlayotganlar yigilgan desak, khato bulmaydi. Konte hamon Italiya futbolida tengsiz murabbiy ekanini, Lukaku faqat urtamiyonalarga gol uradigan hujumchi emasligini, Sanches instagramga itlari bilan tushgan suratlarini joylashdan boshqa ishlarni ham qila olishini, Lautaro Martines Argentinada Messidan boshqa hujumchilar ham borligini, Godin hali «nafaqaga chiqmagani»ni isbotlashni khohlaydi. «Inter» esa hamon katta klub ekanini kursatishni maqsad qilgan. Bunday katta motivasiyasi bor jamoa yulida uchragan barcha jamoalarni engishga qodir.

Aqlli transferlar

Konteni kupchilik qupol murabbiy deb biladi, ammo aslida bunday emas. Agar Konte futbolchilar bilan muomala qilishni bilmaganida, bugungi tarkib bilan solishtirganda ancha kamtar bulgan «Yuventus»ni A Seriyada engilmas jamoaga aylantira olmagan bulardi. Lukaku va Sancheslar «MYu»dek klubni tashlab aynan Konte uchun «Inter»ga kelishdi. Esingizda bulsa, Antonio «MYu»ni boshqarishni khohlashini yashirmagandi. Balki shu uchundir bu ikki futbolchini uzining yangi jamoasiga olib kelgandir. Lukaku 65 million evro evaziga transfer qilindi, Sanches esa hozircha ijaraga olingan.

Lukaku jamoaning asosiy hujumchisi ekani dastlabki ikki uyinda kurindi. Belgiyalik futbolchi A Seriyaning dastlabki ikki turida ikkita gol urdi. «Inter»ning yangi penaltichisi ham aynan Lukaku. U sunggi vaqtlarda faqat mojarolari bilan yodda qolgan Mauro Ikardining urnini egalladi. Darvoqe, 9-raqam ham endilikda Lukakuga tegishli.

Sanches esa «Inter»ning «unlik» pozisiyasi uchun juda munosib nomzod. Konte «Inter»da uzi sevgan 3-5-2 skhemasida uynamoqda va hujumning oldingi qismida Lukaku hamda Lautaro Martines joy oladi. Sanches esa aynan hujumchi ortida harakat qilishi kurinib turibdi. Aleksis bu ishni «Barselona»da yakhshi uddalagani esingizda bulsa kerak. «Inter»da Sneyderdan keyin unlik pozisiyasida yorqin uyin kursatgan futbolchini eslash qiyin. Aynan Sneyder davrida (u vaqtlarni «Mourino davri» deb atash tugriroq) «Inter» oltin trebl qayd etgandi.

Himoyada ham Konte yakhshi futbolchilarni jalb qildi. Godin hozircha jarohatini davolamoqda, ammo urugvaylik tajribali futbolchi safga qaytsa, bunday etakchilik khususiyatiga ega futbolchining jamoaga kup foydasi tegadi. «Inter» himoya chizigiga, masalan Kristian Biragi kabi yakhshi futbolchini ham olib keldi. «Fiorentina»dagi uyinlari sabab Italiya milliy jamoasiga chaqirilgan Biragi «Inter» himoyasida yakhshigina raqobatni hosil qiladi.

«Inter» yarimhimoya chizigiga ham yakhshi futbolchilarni tupladi. Nikolo Barella, Stefano Sensi, Valentino Lazaro kabi futbolchilarning transfer qilinishi «Inter» zakhirasini ham kuchaytirayotganidan dalolat beradi. Demak, Konte Chempionlar ligasida ham jamoa oldiga jiddiy maqsad quygan.

Bilasizmi, «Inter» Kontega Chempionlar Ligasida maksimal yakhshi qatnashishi uchun eng yakhshi imkoniyat. Chunki, Konte «Yuventus»ni boshqargan vaqtida birinchi navbatda A Seriyada golib chiqishga majbur edi, chunki Turinda asosiy vazifa shu bulgan. «Chelsi»da esa APL golibligi birlamchi edi. «Inter»da Konte Italiya chempioni bulmasa, uni hech kim sukmaydi va murabbiy ichki chempionatda uzini maksimal darajada erkin his qilishi mumkin. Bu Chempionlar Ligasida ham yakhshiroq qatnashish imkonini beradi.

Chempionatda goliblikning suv va havodek zarur emasligi «Inter»ga chempionlik poygasida ustunlik berishi ham mumkin. Chunki hozirda «Yuventus»ni hali hech qachon skudettoni yutmagan va himoyani yoqtirmaydigan Sarri boshqarmoqda. Uni italyancha strateg sifatida emas, chiroyli futbol uynash tarafdori sifatida bilishadi. Konte esa Italiyaning klassik sovuqqon murabbiylaridan. Yuqorida aytganimizdek, Konteda hozir deyarli hech qanday bosim yuq, Sarrida esa aksincha. 7 yildan buyon skudettoni hech kimga bermayotgan «Yuve» Ronaldu va de Ligtlar bilan chempionlikni topshirib quysa, Sarrining yumshoq qilib aytganda, Turinda bosh kutarib yurishi qiyin bulib qoladi. Asosiy raqibning bunday holatdaligidan khato qilishni khushlamaydigan Konte foydalanib ketishini kutish mumkin. Kontening qaytishi ortidan okhirgi yillarda oq-qoraga buyalgan A Seriya endilikda kuk-qoraga buyalishi hech gap emas…

Utkir Jalolkhonov

О нас

Яна маълумот

Q49U5NaT1ZR6RTGhtFtPTySxp0DygK

«Old Trafford»da turning markaziy uyini, Rossiyada Shomurodov-Ozmun tuqnashuvi. Haftaning asosiy uyinlari anonsi

Terma jamoalarning navbatdagi yiginlari, qiziqarli uchrashuvlaridan sung, yana odatdagi klublar futboliga qaytyapmiz. Deyarli har kuni …