Главная / Jahon / Qozogistondagi mojaro qurbonlari soni ortdi
<

Qozogistondagi mojaro qurbonlari soni ortdi

Qozogistonning Korday rayonida ruy bergan mojaro oqibatida halok bulganlar soni 10 nafarga etdi. «Khabar 24» nashri khabariga kura, ommaviy tartibsizliklar vaqtida jarohatlanganlarning ikki nafari shifokhonada jon bergan.

Foto: rus.azattyq.org

7 fevral kuni kechqurun Jambil oblasti Masanchi qishlogida qozoqlar va dungonlar urtasida mojaro kelib chiqqandi. Mojaroga mahalliy dungonlar qozogistonlik qariyani kaltaklashi sabab bulgani aytilgan.

Dastlabki khabarlarda Kordaydagi tartibsizliklar vaqtida mingga yaqin kishi ishtirok etgani, 8 kishi halok bulib, 137 kishi jarohatlangani, ulardan 37 nafari shifokhonaga yotqizilgani, 9 kishi ogir ahvolda qolayotgani aytilgandi.

Qozogiston Ichki ishlar vazirligi malumotlariga kura, hodisa oqibatida 30dan ortiq uy, 15ta savdo obekti hamda 23ta avtomashinaga zarar etkazilgan.

Qozogiston prezidenti Qosim-Jumart Tuqaev tartibsizliklardan sung hududda vaziyat barqarorlashganini malum qildi. U mojaroning avj olishiga sababchi bulgan igvogarlar javobgarlikka tortilishi, «fojiaga yul quygan davlat idoralari khodimlari jazolanishi»ni takidlab utgan. Biroq u aynan qaysi tuzilmalar khodimlari jazolanishiga aniqlik kiritmagan.

Qozogiston bosh vaziri Askar Mamin Jambildagi hodisa oqibatlarini bartaraf etish buyicha hukumat komissiyasi tuzishga farmoyish bergan.

Odatiy mushtlashuv yoki etnik nizo?


TENGRINEWS/SHOKAN ALKHABAYEV VIA REUTERS

Tuqnashuv juma kuni kechqurun etnik ozchilik hisoblangan dungonlar yashovchi Masanchi qishlogida ruy bergandi. Polisiyachilar tuqnashuvda qatnashgan 47 kishini qulga olgan, ulardan ov miltiqlari musodara qilingan.

Roustem Adagamov@adagamov
Replying to @adagamov

Kazakhi o prichine konflikta pishut, chto dungane* silno izbili 80-letnego deda-kazakha i dvukh ego sinovey. Posle chego kazakhi poshli gromit sela, gde jivut dungane, v chastnosti Masanchi i Korday.

*Dungane — potomki kitaysev, prishedshikh na territoriyu Rossiyskoy imperii v XIX veke

View image on TwitterView image on Twitter

Roustem Adagamov@adagamov

Sojjeno okolo 30 jilikh domov, 15 magazinov, 23 avtomobilya. Po dannim jiteley pogromi bili ustroeni v pyati selakh, gde jivut dungane.

Foto: https://rus.azattyq.org/a/kazakhstan-zhambyl-region-conflict-/30423627.html 

View image on TwitterView image on TwitterView image on TwitterView image on Twitter

12

Twitter Ads info and privacy
22 people are talking about this

Qozogiston hukumati hodisada maishiy janjalni etnik nizoga aylantirishga harakat qilgan igvogarlarni aybladi. Hozircha janjalning asl sababi aniq emas.

Qozogiston Ichki ishlar vaziri Turgumbaevning suzlariga kura, nizoda avvaliga 70 kishi qatnashgan. «Provokatorlar va guvohlar janjalni videoga olib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan va boshqa odamlarni qonunga zid harakatlarni amalga oshirishga chaqirgan. Bu esa ziddiyatning eskalasiyasiga olib kelgan… Qushni qishloqlardan yuzlab kishi kelib janjalga qushilgan», – deyilgan vazirlik malumotida.

«Bezorilar metall predmetlar, toshlar, uqotar qurollarni ishlatgan. Masanchidagi ziddiyatdan keyin Aukhatti va Bulan-Batir qishloqlariga ham bostirib borishgan. Yullarda blok-postlar urnatishgan», – deya qushimcha qilgan vazir.

Akhborot vaziri Dauren Abaev ham bu versiyaga qushilgan: «Fojia ruy berdi, odamlar halok buldi. Afsuski, bu maishiy janjalni etnik mojaro sifatida kursatgan provokatorlar tufaylidir».

Masanchida nimalar buldi?


TENGRINEWS/SHOKAN ALKHABAYEV VIA REUTERS

Masanchi qishlogida yashovchilardan biri Radio Azattik (Qozogistondagi Ozodlik radiosi) mukhbiriga, tumanning beshta qishlogida bosqinchilik harakatlari amalga oshirilganini suzlab bergan.

Uning suzlariga kura, juma kuni kechqurun boshqa hududlardan kelgan yuzlab erkaklar uylarga, dukonlarga ut quygan, avtomobillarning oynalarini sindirishgan va qishloq aholisiga hujum qilgan.

Qozogistondagi dungonlar diasporasi rahbari Khusey Daurov KazTAG agentligiga shunday deydi: «Soat 5.25da Olmaotadan OMON bulinmalari etib keldi, harbiylar keliboq vaziyatni nazoratga olishdi. Ammo ular bir kun kechikishdi. Bir kun avval videolar tarqalishi boshlangandi, agar ular barchasini avvalroq qilishganida, biz bunday ahvolga tushmagan bulardik, odamlarning hayoti saqlab qolinardi. Ammo hozir, Khudoga shukrki, OMON khodimlari har bir burchakni nazorat qilmoqda, har bir qishloqda nazorat urnatilgan».

Malum bulishicha, juma kuni kunduzi polisiyachilar Masanchiga qushni bulgan Sortobe qishlogida avtomobilni tukhtatgan. Haydovchi qochishga uringan, polisiyachilar uni quvishganida esa qoidabuzarning qarindoshlari polisiya avtomobilini toshburon qilgan.

Hozircha aynan shu hodisa ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqargan voqea bulgani tasdiqlanmadi.

Okkupirovannaya Molodukha 🏴‍☠️@scamp_rogue

Kazakhstan, nedaleko ot granisi s Kirgizstanom. Mejnasionalniy konflikt mejdu kazakhami i dunganami (narod, projivayushiy v Kirgizii)

Embedded video

10

 · Ukraine
Twitter Ads info and privacy
22 people are talking about this

Ijtimoiy tarmoqlarda esa dungonlar bir necha qozoqni kaltaklagani tasvirlangan video hodisa sababi sifatida tarqatilgan.

Mushtlashuvlardan keyin kuplab dungonlar chegarani kesib utib, Qirgizistonga borishgan. Chegarachilar qatiy ish rejimiga utishgan. Qirgiziston Sogliqni saqlash vazirligidagi manba RIA Novosti agentligiga khabar berishicha, 20 kishi shifokorlarga murojaat qilgan, 10 nafar jabrlanuvchi shifokhonaga yotqizilgan.

Fergana.News@ferganaru

Utrom v subbotu na odnom iz pogranichnikh KPP mejdu Kazakhstanom i Kirgizstanom. Jenshini i deti, predpolojitelno, dunganskoy nasionalnosti, massovo peremeshayutsya cherez granisu iz yujnogo Kazakhstana v Kirgizstan.#masanchi #masanchi #dungane #korday

Embedded video

5

Twitter Ads info and privacy
See Fergana.News’s other Tweets

Dungonlar kimlar?

Dungonlar – Qirgizistondagi millat bulib, Qozogiston janubi-sharqida va Uzbekiston sharqida ham yashaydi. Ular XIX asr okhirida Khitoy hukumati taqibidan keyin Markaziy Osiyo hududiga qochib kelgan khitoyliklarning avlodlaridir. Ular Islom dinini qabul qilishgan va khitoy tilini unutishgan. Mahalliy tillarda va rus tilida suzlashishadi.

Masanchi dungon diasporasi markazlaridan biri hisoblanadi. 2009 yilgi malumotlarga kura, qishloq aholisining 90 foizi dungon, 5 foizi qozoq, 5 foizi ruslar edi.

О нас

Яна маълумот

f7bfQyknIvtl2VF4MhgVtaZ-kmVmHDFv

Berni Sanders AQSh prezidenti saylovida ishtirok etmaydi

Vermont shtati senatori, Demokratlar partiyasidan nomzod Berni Sanders AQSh prezidenti saylovida ishtirok etmaydigan buldi. Berni …