Главная / Jamiyat / Qozogistonda Toshkentdan Bishkekka ketayotgan avtobus YTHga uchradi

Qozogistonda Toshkentdan Bishkekka ketayotgan avtobus YTHga uchradi

Toshkent–Bishkek yunalishi buylab ketayotgan avtobus Qozogistonda YTHga uchradi.

27 avgust kuni soat 07:18 da Toshkent–Bishkek yunalishida harakatlanayotgan davlat raqam belgisi 01 313 VFA bulgan avtobus Qozogiston Respublikasi Turkiston viloyatining Shakpak qishlogi yaqinidagi chorrahada haydovchining boshqaruvni yuqotishi natijasida transport vositasi yul chetiga chiqib ketgan.

 1-113-800x600

Mazkur avtobus 26 avgust kuni soat 22:00 da «Toshkent» avtovokzalidan ikki nafar haydovchi va 47 nafar yulovchi bilan yulga chiqqan. Dastlabki malumotlarga kura, hodisa oqibatida 12 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Ushbu avtobus Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor kuchasi 7-uyda joylashgan «Mironshoh Grand Trans» MChJga tegishli bulib, 2022 yil 18 martda mazkur avtobusga lisenziya varaqasi Transport vazirligi tomonidan berilgan.

2018 yilda ishlab chiqarilgan «YUTONG BUS ZK6122H9» (Khitoy) rusumli avtobus okhirgi martta 2022 yil 17 martda Toshkent shahri IIBB YHKhB RIBda tekhnik kurikdan utgan bulgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan «Mironshoh Grand Trans» MChJ rahbariyati va korkhonada harakat khavfsizligini taminlashga masul khodimlar bilan vakolatli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Яна маълумот

nUpwfes8jZf5puqVDrT-ygaHB6NViOgS

Qaysi kasalliklarda Fitoterapiya samarali tasir qiladi?

Shifobakhsh usimliklardan tayyorlangan dorilar qaysi kasalliklarga samarali tasir qilishi haqida malumot berildi. Shifobakhsh usimliklar qadimdan …