Главная / Madaniyat / Qovunning shifobakhsh khosiyatlari

Qovunning shifobakhsh khosiyatlari

 kovunBiz qovunni, ajoyib shirin mazasi va tengi yuq parhezkor khususiyatlari uchuni khush kuramiz. Uning atrofga taralib turgan khushbuy hidli magzida hazmi engil qand, krakhmal, oqsil, har khil vitaminlar, biriktiruvchi moddalar, pektin, organik kislotalar, turli mineral tuzlar mavjud. Ayniqsa, uning mevasida temir va kaliy tuzlari bor, shuning uchun ham qovun mevasini kamqonlikda, yurak qon tomir kasalliklarini davolashda, jigar va buyraklar kasallaiklarini, shuningdek,podagra va revmatizmni davolashda foydalaniladi.
Qovun kremnniyga boy. Olimlar inson hayoti va salomatligi, organizmdagi fiziologik jarayonlar meyorida kechishi bevosita kremniy moddasi bilan bogliq deb hisoblashadi. U inson organizmi qattiq tuqimalari, terisi va sochining holatiga tasir kursatadi. Kremniy miya pustlogiga, asab tizimiga, ichak devorlariga, oshqozon-hazm yullariga va barcha ichki azolar tizimiga tasir kursatadi.
Qovunda boshqa poliz mahsulotlaridan farqli ularoq S vitamini kuproq mavjud. Undagi biriktiruvchi tuqima moddasi ichaklar mikroflorasiga ijobiy tasir kursatib, organizmdan kholesterin moddasini chiqarib yuborishga sabab buladi, ovqat hazm qilishni yakhshilaydi.
Qovun yoshartiruvchi effektga ega. Sharqda: “Qovun sochni baquvvat qilib, yaltiratadi, kuzni utkir qiladi, lablarni tarang qilib, insonga kuch quvvat beradi”, deyishadi. Qovunning qoqisi hamma sevib tanovul qiladigan delikates.
Odatda qovunni yangi uzib olingani tanovul qilinadi, Bundan tashqari undan murabbo, djem, marmelad, povidlo, kompot va turli shirinliklar tayyorlanadi. Qovun poliz ekini, issiqsevar, yorugsevar usimlik, qurgoqchilikka va tuproq shurlanishiga chidamli. Jahondagi eng yakhshi qovunlar Uzbekistonda etishtiriladi. Khalq seleksiyasida uning 150 dan ortiq navi mavjud. Uzbekistonda ekiladigan qovun navlari turt bota­nik turga mansub: handalak, amiri, kassaba va zard. Handalak turiga deyarli barcha ertapishar qovun navlari — Kukcha, Handalak, Sariqhandalak, Zamchavab, kiradi. Ami­ri turiga barcha yozda pishadigan qovun navlari — Davlatboy, Toshloqi, Dahbedi, kassaba turiga Burikalla, Gurvak, zard turiga qishki qovun navla­ri (Umrboqiy, Quybosh, Gulobi) va boshqalar kiradi. Qovun yangiligida eyiladi, qoqi solinadi. Shinni, murabbolar qilinadi. Tibbiyotda bod, belangi, sil, kamqonlik, ziqnafas, jigar va buyrak kasalliklarini davolashda tavsiya etiladi. Teridagi sepkil, dog va boshdagi qazgoqni yuqotishda foyda qiladi. Khalq tabobatida podagra (nikriz) ga davo, peshob haydovchi, qabziyatdan kholi qiluvchi, asabni tinchlantiruvchi omil sifatida qullaniladi. Uzbekistonda qovunning 36 dan ortiq navi rayonlashtirilib, davlat reestriga kiritilgan (2004). Eng kup ekiladigan navlari: Oqurug, Asati, Burikalla, Kuktinna, Kukcha, Chugari, Qizilurug, mahalliy sariq handalak, Obi novvot, Shakarpalak va boshqalar

    Qovun qand moddasi (13%), S, RR vitaminlariga, karotinga, foliy kislotasiga, shuningdek, temir va biriktiruvchi moddalarga boy. Shu sababli uning shifobakhsh khususiyatilari qabziyatda, aterosklerozda, bavosilda, yurak qon tomir, buyraklar va qon kasalliklarida foyda beradi.
Qovunning shifobakhsh khususiyatlaridan inson organizmi asab sistemasini mustahkamlash uchun keng foydalaniladi.Qovunning magzida serotin moddasini ishlab chiqarishga khos bulgan “quvonch gormoni” bor. Agar biron narsadan khafa bulgan bulsangiz, ikki karj qovun eb oling – kayfiyatingiz yakhshilanadi. Unda shuningdek, qon hosil qilish uchun fermentlar mavjud, bu esa operasiyadan keyingi yoki oshqozon yarasi khurujidan keyingi zaiflashgan organizm tiklanishiga yordam beradi. U peshob haydash khususiyatiga ham ega. Qovunda qand moddasi kup bulganidan, qandli diabeti va jigar ogrigi bor kishilar unga ruju quyishlari tugri bulmaydi.

Qovunning tuyimliligi

Qovunning tuyimlilik quvvati (kaloriyasi) bor-yugi 100 gramiga 35 kKal, shu sababdan uni istemol qilishni barchaga, jumladan tulalikka moyil kishilarga ham tavsiya etiladi. Lekin u ishtahani quzgatadi. Shuningdek, qovun qoqi istemoliga ham ruju quyib bulmaydi, uning 100 gramida 341 kKal bor. Uni meyoridan ortiq istemol qilish badan yog bosib, semirib ketishiga sabab buladi.
Qovunning kimyoviy tarkibi asosan uning naviga bogliq. Uning magzida 16-20 % qand, karotin, V9, S, R vitaminlari, A provitamini, katta miqdorda foliy kislotalari va temir moddasi, pektin moddalari, turli yoglar va mineral tuzlar mavjudligi uning shifobakhshligiga sabab bulgan omillardandir.
Magzida ham, urugida ham istemol qilish uchun tuliq yaroqli bulgan 30 % gacha yog moddalari mavjud. Bundan tashqari qovun ovqat hazm qilish jarayoniga ijobiy tasir kursatadi, undagi foliy kislotasi qon hosil qilishda ishtirok etadi. Qovun aterosklerozda, kamqonlikda, yurak, qon tomir kasalliklarida juda foydalidir.
Qovunni istemol qilish qadimdan kasalliklarni davolashda keng tavsiya etib kelingan. Uni sil, oshqozon kasalliklari, turli ruhiy khastaliklarda, revmatizm, podagra, shamollash va yutalga qarshi kasalliklarni davolashda, shuningdek gijjani haydab tushirishda tavsiya etilgan. Qovun urugi sutdagi damlanmasini khalq tabobati bilimdonlari peshob tutilib qolishida, qovuqda tosh paydo bulishida, qovun sharbatini esa, qabziyat va bavosilda tavsiya etishgan. Qovun urugining suvda ivitilgani faol peshob haydovchi, engil ich suruvchi vosita bulib, buyrak, jigar va qovuq uchun juda foydalidir.
Qovun chanqoqni bosib, asab tizimini tinchlantiradi. Uning shifobakhsh khususiyatlari tarkibida V9 va S vitaminlari, temir moddasi va kaliy tuziga boyligi bilan bogliq. Shu sababdan ham mutakhassis-dietologlar bemorlarda kamqonlik, yurak, qon tomir kasalliklarida, aterosklerozda, buyrak va jigar kasalliklarini davolashda qovun istemol qilishni buyurishadi.
Qovunning shifobakhsh khususiyatlari uning etilib, yakhshi pishganligi bilan bogliq. Masalan, etilib pishmagan qovun – sapchani eyish oshqozon yarasi yoki gastrit kasali bor kishilarga tavsiya etilmaydi. Och qoringa ham qovun tanovul qilish tavsiya etilmaydi. Uni khatarsiz tanovul qilishning tartibi ovqat tanovul qilish orasida bulishi yakhshidir, bunda u boshqa tanovul qilingan oziq-ovqat mahsulotlari bilan aralashishi yakhshiroqdir.
Bugungi kunda dietologlar qovun istemol qilishni ovqat hazm qilishni yakhshilash maqsadida tavsiya etishadi. Bundan tashqari u ajoyib gijja haydovchi vositadir. Bu albatta bolalar uchun foydali.
Shamollash va turli illatlarni davolashda qovunning foydasi Sharqda tabiblar qadimdan qovundan shifobakhsh vosita – dori sifatida foydalanishgan. Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino uziga murojaat qilgan yurak, qon tomir kasalliklari bilan ogrigan bemorlarni qovun urugi va pusti bilan davolagan. Shuningdek, u buyraklarda paydo bulgan toshlarni chiqarib yubora oladigan khususiyatlarga ega ekanligini takidlagan.
Evropada keyingi yillarda organizmni qovunning sharbati yordamida tozalash keng tus oldi. Har khil ortiqcha yoqimsiz moddalar va khiltlardan organizmni tozalash uchun 20 kun davomida nahorga, kishi tabiga qarab, qovun sharbatiga khohlagan mevasini qushib istemol qilinadi. Ogohlantirish: bu davolash uslubini albatta mutakhassis shifokor maslahati bilan qullaniladi.
Qovunning ayollar sogligi uchun foydasi katta Qovunda mavjud bulganfoliy kislotasi ayollar uchungina muhim va zarur bulgan modda bulib, uningsiz farzandga soglom ona bulish meyorida bulolmaydi. Ayollar, ayniqsa homilador ayollar ovqatlanish rasionlariga qovunni qushishlari zarur va foydalidir. Aytgancha, qovunda mavjud bulgan kremniy suyak, soch va terining soglom bulish muvozanatini taminlaydi. S vitaminiusti-ustiga davom etgan shamollashdan zaiflashgan kishilar organizmida immunitetni mustahkamlaydi.
Ortiqcha semirishning oldini oladi Uning past kaloriyaliligiortiqcha vazndan qutilishda yordam beradi. Lekin qand kasalligi bor kishilar qovun tarkibida qand moddasi kup bulganligidan, uni ehtiyot bulib istemol qilishlari zarur.
Asablarni mustahkamlaydi Qovun magzida serotonin deb ataluvchi – “quvonch gormoni” bulgan modda ishlab chiqarishga sabab buladigan moddalar bor. Mayus bulib qolgan kishi ikki karj qovun eb olsa, kayfiyati yakhshilanadi.
Organizmni mustahkamlab, immunitetni kutaradi Khalq tabobati reseptlarida maydalab, qovun urugi yanchib istemol qilinsa, organizm mustahkamlanib, immunitet kuchayadi.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …