Главная / Madaniyat / Qotilga aylanmang. Karantinga ketsangiz kartoshkalaringiz ham kerak bulmaydi

Qotilga aylanmang. Karantinga ketsangiz kartoshkalaringiz ham kerak bulmaydi

Birgina mavzu butun dunyodagi eng muhim jarayonlarni ham, muammolarni ham chetga surdi – koronavirus. Butun dunyo shu haqida gapirayotgan bir pallada, mavzuga sal batafsilroq kirishdan oldin bir holatga etibor qaratish kerak.

1918 yilda «Ispanka grippi» deb ataluvchi virus butun dunyoni chulgab, un millionlab insonni hayotdan olib ketgan. Qaerdadir uqidim: ayni kunlarda bunday ogriqli oqibatlarning oldini olishda zamonamizning bosh yutugi — internetning kashf etilgani katta urin tutmoqda. Yani, davlatlar urtasidagi muloqot, malumot almashishning tezligi vaziyatga aniqroq, ertaroq baho berish imkonini bermoqda.

Demak, koronavirusga qarshi bugungi jangda akhborotning aniqligi, tezligi, foydaliligi katta ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, Uzbekiston aholisi qaysidir manoda onlayn va offlayn insonlarga bulinib qolgandek. Ijtimoiy tarmoqlarga kirsangiz, hamma vaziyatni tushungan, kupchilik uyda utiribdi, oilaviy karantin joriy qilgan, imkon qadar boshqalarni ham shunga chaqirmoqda.

Kuchaga chiqsangiz — hamma uz holicha, deyarli hamma, kamida Telegram tarmogiga ulangan bulsa-da, akhborotlar turlicha, aniq manbalar haqida malumotlar kam. Natijada, mish-mishlar kupaydi, «bozorlar yopilarmish», kabi asossiz khabarlar oqibatida, kup joylarda khaosning ikkinchi tulqini kuzatildi.

Shu nuqtayi nazardan, kupchilik televideniega bogliq ekani, u erda berilayotgan akhborotlarga kuproq ishonishini etiborga olib, bu mavzu kengroq yoritilishini istardim.

Ha, odamlarni (ayniqsa, ayollarni) uyda utirishga qiziqtirish uchun quldan kelguncha harakat qilyapsizlar, chala qolgan, hattoki taqiqlangan turk seriallarini ham asta-sekin qaytaryapsizlar, lekin ushbu vaziyatda telekanallarning ijtimoiy masuliyati bu bilan cheklanmasligi kerak.

Koronavirus khavfi, karantin foydalari, bu mavzudagi tugri tushuntirishlar, khabarlar, targibotlar ayniqsa, televidenieda, khususan khususiy telekanallarda ham kupayishi kerak, nazarimda.

Koronavirus nima uchun khavfli?

Aslini olganda, virusning uzi u qadar qurqinchli emas, ogirlik darajasi, ulim ehtimoli yuzasidan bir qator oddiy, biz bilgan va biz qurqmaydigan kasalliklardan kup ham farq qilmaydi. Ammo butun dunyoni mana shunday vaziyatga keltirib quygan omil — koronavirusning oson yuquvchi ekani, hamda kasallikning dastlabki bosqichlarining yashirin utishidir. Yani, siz muloqot qilayotgan insonning kasal ekanini bilmaysiz, hatto uning uzi ham buni bilmayotgan bulishi mumkin.

Koronavirus shunchaki bir inson bilan yaqindan turib suhbatlashganda, qul berib surashganda va hatto u quli bilan ushlagan temir, pul, eshik tutqichi, umuman, har qanday turdagi buyumlarni bilmagan holda ushlash orqali ham yuqishi mumkin. Yani, bir uzingiz kuchaga chiqib, oddiy temir ustunga suyanib yoki magazin eshigini ochib ham, virus yuqtirib olishingiz mumkin.

Aynan mana shuning uchun yuqtirishlar sonining geometrik progressiya bilan usib borishi kuzatilmoqda. Bunday suratda usib boruvchi har qanday kasallik ham, har qanday kuchli davlatning imkoniyatlarini cheklab quyishi turgan gap.

Binobarin, biz shu paytgacha havas qilib kelgan va moliyaviy tomondan baquvvat hisoblangan AQSh, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya va Shveysariya kabi mamlakatlarki, bu virus bilan kurashda katta qiyinchiliklarga duch kelishmoqda ekan, biz kabi medisina va ijtimoiy taminot darajasi etakchi bulmagan davlatlarda koronavirus bilan kurashish yanada qiyinlashib ketadi.

Shuning uchun ham, eng avvalo, vaziyatni nazoratdan chiqarmaslikka urinish bugungi holatda eng tugri qarordir.

Aholining harakatlanish imkoniyatlarini cheklash, imkon qadar uydan chiqmasliklarini taminlash, guyoki, ularning erkinligini bugishdek kurinsa-da, bugungi kunda virus bilan kurashishda eng samarali yul sifatida baholanyapti va hatto eng demokratik davlatlar ham bu usulga murojaat qilishga majbur bulishmoqda.

Karantin nima uchun kerak?

Khush, koronavirus bilan kurashda karantinning urni nechoglik muhim? Etibor bersangiz, nafaqat bizda, balki butun dunyoda ham koronavirus vaksinasi, uni davolovchi dorilar, jarayonlardan ham kura, muloqotni cheklash, uyda utirishga bulgan chaqiriqlar kuproq — mamlakatlar asosiy moddiy va targibot kuchini aynan karantinni amalga oshirishga qaratishmoqda. Demak, virus bilan kurashishda eng muhim qurol va vosita — karantin, yani, kasallikning boshqa odamlarga yuqishini cheklash va kamaytirishdan iboratdir.

Masalan, bugunga kelib, Uzbekistonda virusni yuqtirib olganlar soni 145 kishiga etdi. Ulardan ikki nafari vafot etdi. Etti kishi tuzaldi. Demak, hozirda 136 inson koronavirus infeksiyasidan davolanmoqda. Shuningdek, ular bilan muloqot qilgan insonlar va chet eldan kelgan minglab yurtdoshlarimiz shubha ostida karantinda saqlanmoqda. Ularning soni bir necha un mingni tashkil qilyapti, tugrimi?

Agar muammo faqat kasallarni tuzatish bulganda, ushbu 140 kishi, shuningdek, shubha ostidagi va balki virus yuqtirib olgan bir necha yuz kishi jahon standartlari asosida davolanishadi, malum vaqt utgach, uylariga ketishadi — buldi. Bizning nima aloqamiz bor, dersiz.

Gap shundaki, karantinga olinganlar virus yuqtirib olishi mumkin bulganlarning hammasi emas. Yuqorida aytganimizdek, virus yuqtirib olishning yullari kup va bu yullarning hammasini nazoratga olish ilojciz. Chunki virusning inkubasiya davri 14 kungacha chuziladi. Kasallik alomatlari mana shu muddat ichida namoyon buladi.

Virus aniqlangan shakhsning oila azolari yoki malum davrda muloqotda bulgan tanishlari karantinga olingani bilan, boshqa yullar bilan ham bilmagan holda ulardan virusni qabul qilib olgan insonlar borligi aniq.

Qisqa qilib aytganda, hozir tashqarida ham uzi virus tashuvchi ekanligini bilmaydigan odamlar bor. Ularning boshqalarga ham yuqtirib yurgan bulishlari ehtimoli yuqori. Karantinning vazifasi aynan shu – usha viruslar harakatini imkon qadar cheklash.

Tasavvur qiling: hamma uyda utiribdi. Tashqi muloqot har qanday shaklda mavjud emas. Shunda, malum vaqt utib, usha koronavirus yuqtirgan odamlar oshkor buladi. Kasallikning yashirin davri utib, kimda virus bulsa, alomatlar chiqa boshlaydi. U uyiga «tez yordam» chaqiradi, koronavirusga test topshiriladi, agar virus aniqlansa, uni davolash uchun olib ketishadi.

Karantinning foydasi shundaki, undan «kimlar bilan kurishding, qaerlarga bording?» deb sunggi kunlardagi harakatlari surab utirilmaydi, chunki u uyda utirgan. Faqat oila azolariga yuqtirgan bulishi mumkin, ularni ham tekshirib, kerakli ishlarni amalga oshirish oson. Yani, bir insondan virus yuqtirishi mumkin bulgan potensial nomzodlar – qushni, gapjura, mehmonga kelgan qarindosh, bozordagi sotuvchi, ofisdagi hamkasb, taksichi, avtobusdagi yulovchi, tuykhonadagi tanish, bemor ushlagan temirni ushlagan notanish, umuman nazorat qilib bulmaydigan darajada kup bulgan yuzlab insonlar guruhi emas, faqat oila azolari qoladi, kholos.

Albatta, real hayotda hammani uyga qamashning iloji yuq. Kupchilikning bemalol uyda utirishlarini taminlash uchun ham bazi kasb egalari kuchaga chiqishga, uzaro muloqot qilishga majbur. Shunchaki matematik hisob bilan ham, imkon qadar kupchilikning karantinga amal qilishi koronavirus yuqtiradiganlarning bir necha barobar kamaytirishini anglash qiyin emas.

Qirq yil qirgin kelsa ham…

Sunggi paytlarda eng kup eshitayotganimiz ibora — «qirq yil qirgin kelsa ham, ajali etgan uladi».

Utmish sarkardalaridan biri jangga kirish oldidan, lashkarni shu qadar tayyorlab, har bir mayda detallargacha etibor berarkanki, buni kurganlar «nima, bu odam Allohning madadiga, barchasi unga bogliqligiga ishonmaydimi?» deb uylab qolarkan. Tayyorgarlikdan sung, Allohga yuzlanib duo qilarkan. Uni eshitganlar «nima, bu odamning qushini jangga mutlaqo qurolsiz, darakht barglarini ushlab, kirib ketyaptimi?», deb uylar ekan.

Yani, har qanday oqibatni kutishdan oldin, sababiyatlarni ham qilib quyish har kimning, har qanday etiqoddagi kishining burchidir.

Bundan tashqari, siz balki, virusdan qurqmassiz, statistikaga kura, immuniteti kuchli, asosan yoshlarda bu kasallik engil utishi mumkinligi haqidagi khabarlarni uqigandirsiz. Lekin shu bilan birga, virus tashuvchi bulib qolishingiz mumkinligini unutmang. Sizga hech narsa qilmaydi, lekin uyingizdagi bolangizga, eng yomoni, keksa ota-onangiz yoki qarindoshingizga yuqtirib quyishingiz mumkin.

Malumki, virus yoshi ulug, surunkali kasalligi bor odamlarda ancha ogir kechadi va ulim holatlarining kupi aynan mana shunday insonlarda kuzatilmoqda. Masalan, Italiyada ulimlarning nisbatan kup ekanining izohlaridan biri sifatida, u erda keksalar ananaviy tarzda yoshlar, farzandlari bilan birga yashashi ham aytildi. Bizda ham shunday-ku?

Qiziq holat — tuylar 23 martdan boshlab utkazilmaydi, deyildi. 22 mart kuni hamma tuy qildi. Bir tuykhona bir kunda 6–7talab tuy utkazishganini ham eshitdim.

«Oziq-ovqat bozorlari berkiladi», degan mish-mish (notugri) tarqaldi, hamma bozorga chopdi…

Bir oylik kartoshka gamlash uchun ming odamning ichiga turtinib-surinib kirib chiqsangiz-u, khudo kursatmasin, virus yuqtirib (chunki uzingiz bu ehtimolni ming barobar oshiryapsiz) olsangiz, siz ham, oilangiz ham, karantinga olinasiz. U erda bu kartoshkalaringiz kerak bulmaydi. Kasalkhonaning ovqatlarini va dorilarini istemol qilasiz, shuni tushuning.

Falon kundan boshlab, bir joyga tuplanish taqiqlanadi, deyilganda, «shu sanadan oldin mumkin, khavfsiz», degan manoni anglatmaydi. Yani, 23 martdan cheklov quyilsa, biz virus aynan 23 mart kuni kelarkan, 22 mart kuni khavf yuq, demasligimiz lozim. Akhir usha taqiqlar ham virusdan chuchib joriy qilinyapti, nega endi virusdanmas, taqiqdan qurqishimiz kerak?

Uylab kuring, «menga virus yuqmaydi» yoki «meni virus uldirmaydi» deb, ertaga piyoda bozor qilishdan qurqib, mashinangizga turtinchi qop kartoshkani yuklash uchun magazin eshigini ochasiz, orqangizdan esa, pensiyasiga egulik olgani bir uzi kelishga majbur bulgan qariya kiradi. Siz, yosh, baquvvat, immuniteti kuchli, boy inson uzingiz bilmagan holda, keksa, nochor, surunkali kasalligi bor, kambagal cholning qotiliga aylanib qolishingiz mumkin!

Televizorda, saytlarda yoki Telegram kanallarida chiqayotgan khabarlarga etibor bering.

Fransiyadan kelgan ayol… Umradan kelib, 120 kishiga osh bergan hoji… Namanganda vafot etgan onakhon. U Istanbuldan kelgan qizidan yuqtirgan. Londondan kelib, koronavirus aniqlangan odamning oilasi… Vafot etgan 39 yoshli bemor Fransiyadan kelgan haligi opadan yuqtirib olgan.

Fargonada yana bir bemor aniqlanibdi, u haligi 120 kishilik marosimda qatnashgan ekan. Karantindan qochib ketgan ayol bor-ku, u falon kuni Istanbuldan kelgan dustidan koronavirus yuqtirib olgan ekan. Dubaydan kelgan bemor esa, ikki sherigi bilan mashina bozorga chiqqan ekan. Sheriklarini ham karantinga olishgan…

Tanish gaplar, tugrimi? Uyda, kuchada, ijtimoiy tarmoqlarda mavzu bulayotgan bu qahramonlar bizga tanishdek, qachon, kim, nechanchi bulgani, kimdan yuqtirganini ham bilamiz, taqib qilamiz. Ular bizning qarindoshimiz yoki tanishimiz emas, lekin muhokama qilyapmiz.

Bilasizmi, bu ham bir nemat. Hozircha. Ispaniya, Italiya kabi mamlakatlarni, nari borsa, ana Turkiyani kuring. Bunaqa gaplar ortda qolgan. U erlarda koronavirusga chalingan, undan ulayotganlar kim, nima, qaerdan, qanday, yuq, shunchaki, raqamga aylanishgan. Tasavvur qiling, har biri inson, kimningdir jon yaqini bulgan, kimlarningdir hayotini butkul uzgartirib yuborayotgan ulimlar oddiy raqamlarga aylangan. Bir kun falon ming, ikkinchi kun falon ming va hokazo.

Zarur ishlar, quruq qolinayotgan daromadlar, ha mayli, ertaga egulikdan muammo bulish khavfi usha dahshatlar oldida hech narsa emas. Shuning uchun ham, vaziyatdan kamroq talafotlar bilan chiqishimizni istasangiz, odamlar bilan kamroq muloqot qiling. Uyda utiring.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …