Главная / Jamiyat / Kosonda «Obod qishloq» dasturidan keyin ham obod bulmagan qishloq haqida
<

Kosonda «Obod qishloq» dasturidan keyin ham obod bulmagan qishloq haqida

Foto: KUN.UZ

Uzbekistonda qishloq hududlarini bosqichma-bosqich obodonlashtirish va rivojlantirish uchun 2018 yil 29 martda Uzbekiston Respublikasi Prezidentiing «Obod qishloq» dasturi tugrisidagi PF-5386-sonli Farmoni elon qilingan edi. 2018 yil 27 iyunda esa shahar hududlarida «Obod mahalla» dasturi tugrisidagi PF-5467-sonl Farmon elon qilingan.

«Obod qishloq» dasturi tugrisidagi farmonda 2018 yilning 1 aprelidan boshlab respublikaning har bir tuman va shaharlarida, avvalambor olis va tabiiy-iqlim sharoiti ogir hududlarda 2018 yilda 2tadan va 2019-2022 yillarda 3tadan qishloq (mahalla)da aholining yashash sharoitlarini tubdan yakhshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy uzgarishlarni taminlashga, mazkur qishloq (mahalla)larning qiyofasini zamonaviylashtirishga va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish urinlarini yaratishga qaratilgan «Obod qishloq» dasturi amalga oshirish belgilangandi.

Dasturni amalga oshirish uchun Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Uzbekiston Respublikasining har yillik davlat byudjeti, shu jumladan mahalliy byudjetlar parametrlarini tasdiqlashda «Obod qishloq» dasturini amalga oshirish uchun zarur miqdorda mablaglar ajratilishi belgilandi.

Farmon elon qilingandan sung joylarda dasturga binoan obod qilinishi lozim bulgan qishloq va mahallalar ruykhati tuzildi va ishlar boshlab yuborildi.

Ammo, bugun malum bulyaptiki, ushanda joylardagi aksariyat mahallalarda belgilangan ishlar tuliq bajarilgan bulsa-da, ayrim joylarda ishlar mablag etishmovchiligi tufayli chala holda qolib ketgan.

Ana shunday mahallalardan biri, Qarshi shahridagi «Otchopar» mahallasida utgan yil «Obod mahalla» dasturi davomida bajarilmagan ishlar – mahalla kuchalariga asfalt va shagal yotqizish, maktab qurilishi qolib ketgani haqida saytda material elon qilingan edi.

Yaqinda shu mavzuda Kun.uz’ga Qashqadaryo viloyati Koson tumani «Pudina» MFY fuqarolaridan ham murojat buldi. Murojatda yozilishicha ushbu mahalla 2018 yilda «Obod qishloq» dasturiga tushgan. Dastur doirasida bajarilishi belgilangan ishlarning bir qismi bajarilgan, qolgan qismi bajarilmay qolib ketgan.

Masalan, mahalla hududidagi 3,2 kilometr ichki yul asfalt qilingan, ammo shagal tukilishi lozim bulgan turtta kucha uz holicha qoldirib ketilgan. Fuqarolar yogingarchilik kunlarida usha kuchalar yurib bulmaydigan darajada loy bulayotganidan yozgirishgan.

Mahallada yashovchilarning 2019 yil 2 dekabrda Koson tuman hokimiga mavjud muammo yuzasidan qilgan murojatiga javoban tuman hokimi urinbosari Sobir Eshev tomonidan berilgan N1773/03-sonli javob khatida mahalla hududida 29 km havo elektr uzatish tarmoqlarini tortish ishlari bajarilgani bildirilgan.

Urganishlar davomida mahalla fuqarolari havo elektr tarmoqlarini tortish ishlari ham tuliq bajarilmay qolganini aytishdi. Mahalla hududidagi simyogoch urnatilmagan kuchada khonadonlarga tortilgan elektr simlarini aholi yogoch kaltaklarga ilib quyganiga guvoh buldik. Bu holat har qancha khavfli bulmasin, masul idoralar nazaridan chetda olmoqda.

Hammasidan ham qizigi, bugun bu mahallada fuqarolar yigini uz idorasiga ega emasligi bois shu hududdagi sobiq Koson khizmat kursatish kasb-hunar kolleji binosidan vaqtinchalik qunim topishgan.

«Pudina» mahallasida bajarilmay qolib ketgan ishlar haqida Koson tuman hokimining qurilish ishlari buyicha urinbosari Sobir Eshevdan izoh suraganimizda, u bajarilishi lozim bulgan ishlar mablag etishmovchiligi tufayli qolib ketgani, yaqin muddatlarda usha ishlarni bajarib berishlarini bildirdi.

Ammo qishloq ahli utgan bir yil davomida yuqorida aytilgan muammolar yuzasidan bir necha marta hokimlikka murojat qilishgani, hokimlik esa turli bahonalar bilan ishni ortga surib kelayotganini malum qilishdi.

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi obod bulmay qolgan bu qishloqning ahvoli va shu erlik odamlarning muammolari bilan tanishar ekanmiz, vaziyatga nisbatan hokim urinbosarining «mablag yuqligi sababli qurilish ishlari tukhtab qoldi», degan izohi kuproq tashvishga soldi.

Akhir prezident farmonida dasturni amalga oshirish uchun mablaglar va ularning manbalari etarli qilib belgilab quyilgan emasmidi? Davlat dasturini bajarish joylarda nega qul uchida bajarilmoqda? Kim bunga yul quymoqda? Bu aholi tomonidan davlat rahbari farmon va qarorlari, hukumat qarorlariga ishonchsizlik uygotmaydimi? Kimlarningdir aybi bilan khalqni rozi qilish tamoyiliga putur etmayaptimi?

Uylaymizki, Qashqadaryodagi mutasaddilar mazkur holatni urganib, uz munosabatlarini bildirishadi.

О нас

Яна маълумот

fvGNP0oqWlPbliyv7NALPHrP4U0JlXGo

Qozogistonlik ayrim chegarachilarning «hurmati juz-juz»mi? Rossiyaga safar sarguzashtlari

019 yilning noyabr-dekabr oylarida khizmat safari bilan Rossiyada buldik. Borish va qaytish poezdda buldi. Bundan …