Главная / Jahon / Koronavirus uchogidan evakuasiya, Trampning tantanasi, Qozogistondagi qonli voqealar hamda haftaning boshqa khabarlari
<

Koronavirus uchogidan evakuasiya, Trampning tantanasi, Qozogistondagi qonli voqealar hamda haftaning boshqa khabarlari

Yakunlanayotgan hafta ham barcha haftalarda bulganidek muhim jarayonlarga boy buldi, jahonning turli nuqtalarida ham, Uzbekistonda ham etiborga molik voqealar bulib utdi. Kun.uz utgan haftaning eng asosiy va diqqat markazida turgan mavzulari buyicha haftalik dayjestni taqdim etadi.

Pompeoning Uzbekistonga amalga oshgan tashrifi va Mirziyoevning Rossiyaga amalga oshmagan tashrifi

AQSh Davlat departamenti rahbari Maykl Pompeo Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyoga tashrifi doirasida 2 fevral kuni kechqurun Toshkentga keldi. U shu kuni kechqurun Toshkent shahri bosh imom khatibi Nuriddin Kholiqnazarov va boshqa diniy faollar bilan uchrashdi. Asosiy tadbirlar 3 fevral kuni bulib utdi. Dastlab Uzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov bilan muzokara utkazgan AQSh Davlat kotibi mahalliy va khorijiy jurnalistlar uchun matbuot anjumanida ishtirok etdi, kunning ikkinchi qismida esa Toshkentda Markaziy Osiyo va Amerika Qushma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining «C5+1» shaklidagi uchrashuvi bulib utdi.

Maykl Pompeo Khitoy kompaniyalari bilan raqobat va Uzbekistonga kiritiluvchi investisiyalar haqida suzlab berdi.

Matbuot anjumani chogida Associated Press jurnalisti Pompeoga davlat kotibi Markaziy Osiyoga tashrifi davomida Khitoy va uning investisiyalarining ushbu mamlakatlarga tasirini tashvishlanib tilga olgani, ayniqsa Huawei tomonidan 5G tekhnologiyasi joriy etilishini alohida qayd etgani haqida eslatdi.

Pompeo bunga javoban AQSh Uzbekistonni shaffof qonun ustuvorligi va investisiyalar uchun qulay muhit yaratishda qullab-quvvatlashini malum qildi.

«Biz AQSh kompaniyalari Uzbekistonda yangi imkoniyatlar va yangi ish urinlari yaratishni davom ettirish imkoniga ega bulishini istaymiz. Shuning uchun bizning vazifamiz aniq, bu erda buyuk ikki tomonlama sherik bulish, nafaqat ikki tomonlama, balki kup tomonlama asosda ishlash.

Biz aminmizki, Amerika kompaniyalari Uzbekistonga kelganida biz bu erda mahalliy aholi uchun ish urinlarini yaratamiz, mahalliy qoidalarga rioya qilamiz, atrof-muhitni ifloslantirmaymiz. Biz yakhshi fuqarolarmiz, biz yakhshi qushnilarmiz. Amerika kompaniyalari va Amerika investisiyalari ushbu mamlakatning mustaqilligi va suvereniteti talabiga javob.

U qushma shtatlar dunyoning istalgan nuqtasida adolatli raqobatni ijobiy qarshi olishini malum qilgan: «Boshqa davlatlar shaffoflik va ochiqlik qoidalariga rioya qilgan holda, davlat tomonidan homiylik qilingan siyosiy sabablarga kura emas, balki haqiqiy bozor bitimlarini amalga oshiradigan raqobat. Bunda davlat tomonidan siyosiy maqsadlarni kuzlab homiylik qilinadigan raqobat emas, balki boshqa davlatlar ham shaffoflik va oshkoralik qoidalariga rioya qilgan holda haqiqiy bozor bitimlarini amalga oshiradigan vaziyatdagi raqobatni qullab-quvvatlaymiz».

Pompeoning suzlariga kura, u Uzbekiston bilan AQSh urtasidagi ikki tomonlama munosabatlar mamlakatlar urtasidagi yaqin hamkorlikning yakhshi natijalari tufayli usishda davom etishiga ishonch bilan mintaqani tark etadi. U AQShni Uzbekistonning haqiqiy dusti deb atadi.

OAVda Khitoyning Toshkentdagi elchikhonasi Pompeoga jiddiy etiroz bildirgani haqida khabarlar tarqaldi.

«Elchikhona vakillarining tilidan anchagina qupol va khunuk bayonot berilgan. Bu bayonot Pekindan yangrasa ham mayli edi. Shundoqqina Toshkentda yangrayapti. Pompeoning mazkur Evroosiyo safarining asosiy mazmuni «igvogarlik va tuhmat»dan iboratdir, deyishgan khitoylik diplomatlar.

Nazarimizda, khitoylik diplomatlarning bunchalik junbishga tula suzlari AQShdan kura Markaziy Osiyo mamlakatlariga qaratilgan kuproq. Shuning uchun ham Khitoy bilan iqtisodiy, siyosiy va boshqa munosabatlarda ehtiyotkorlik asosiy mezon bulishi kerak», deya yozadi telegramdagi davletovuz kanali.

Tashrif doirasida Pompeo Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev qabulida buldi.

Bu tashrif ortidan, 4 fevral kuni internetda Shavkat Mirziyoevning 5 fevral kuni Rossiyaga amalga oshirilgan tashrifi bekor bulgani haqida khabar tarqaldi. Bungacha ushbu tashrif qoldirilgani tugrisida rasman khabar berilmagandi.

RF prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Moskvaga tashrifi umuman rejada bulmagani haqida gapirdi.

Lekin yanvar oyida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ushbu tashrif keyinroqqa qoldirilishi malum qilingani malum buldi.

Khitoydan kelgan uchta reys

4-5 fevral kunlari Khitoydan Uzbekiston fuqarolarini evakuasiya qilish jarayoni bulib utdi.

Dastlab, 4 fevral kuni Pekin shahri aeroportidan Toshkent shahriga charter reys bilan Uzbekistonning 250 nafar fuqarosi olib kelinib, karantinga joylashtirildi.

5 fevral kuni Khitoyning Ukhan shahridan Uzbekistonning yana bir makhsus bortida 84 kishi olib kelindi (shundan 5 nafari Qozogiston fuqarosi).

6 fevralga utar kechasi, mahalliy vaqt bilan 04:40 Pekindan uchgan uchinchi reys Toshkentga etib keldi. Samolyot bortida 251 yulovchi olib kelindi va ular ham ikki hafta nazorat ostida saqlash uchun karantin hududiga joylashtirildi.

Bundan tashqari, Yangi Zelandiya Ukhandan qariyb 200 kishini evakuasiya qildi. Ular orasida 1 nafar Uzbekiston fuqarosi ham bor.

Har kuni Uzbekistonga kirishda barcha chegara punktlari qatiy nazorat qilinmoqda, kirib keluvchilar makhsus tekshiruvdan utkazilmoqda. Toshkent shahrida avtobuslarni yuqumli kasalliklarga qarshi dezinfeksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Sogliqni saqlash vazirligi Uzbekistonda 8 fevral holatiga kura koronavirus aniqlanmaganini malum qilgan.

Trampning tantanasi

4 fevral kuni kechqurun AQSh prezidenti Donald Tramp kongressga mamlakatning holati buyicha har yillik murojaatnoma bilan yuzlandi.  U uz chiqishida Eronga qarshi sanksiyalar, OITSga qarshi kurash, Marsga urnatiladigan bayroq haqida gapirdi.

Bu yilgi murojaati kichik mojaro bilan yodda qoladigan buldi –  Vakillar Palatasi spikeri Nensi Pelosi uning nutqi yozilgan qogozlarni parcha-parcha qildi.

Reuters

@Reuters

Watch President Donald Trump snub top Democrat Nancy Pelosi’s outstretched hand, while Pelosi rips apart a copy of his remarks at the #SOTU. More from #SOTU2020: https://reut.rs/2RYGia7 

Embedded video

727

Twitter Ads info and privacy
516 people are talking about this

5 fevral kuni Amerika Qushma Shtatlari tarikhida prezidentni hukumatdan chetlatishga bulgan uchinchi urinish ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi: Senatni qulga olgan respublikachilar Donald Trampning mukholiflari tomonidan unga qarshi surilgan ayblovlarni asossiz deb topdi.

Impichment ishi yakunlangach, Oq uyda chiqish qilgan Tramp sodir bulgan voqealarni «uziga khos bayram» deb atadi, u impichment jarayonini «yovuz» va «korrupsiyaga botgan» deb hisoblaydi.

«Agarda Jeyms Komini ishdan haydab yubormaganimda, hozir bu erda turmagan bulardi. Ayblov arzimagan narsa. Bu duzakh buldi», dedi Tramp.

AQSh Federal qidiruv byurosining sobiq rahbari. Donald Tramp 2017 yilning mayida Komini istefoga chiqargan edi. Tramp FQBning sobiq direktorini sirlarni ochib quyishda ayblagan.

8 fevral kuni Tramp impichment jarayoni doirasida mamuriyatning uziga qarshi guvoh sifatida ishtirok etgan bir necha vakilini ishdan bushatdi.

Koronavirusning yangi qurbonlari

8 fevral kuni kechqurungi holatga kura, Khitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 89 nafarga kupayib, 811 nafarga etdi. Bu esa 2002-2003 yillarda avj olgan atipik zotiljam (SARS) epidemiyasi qurbonlari sonidan (2003 yil 31 dekabrga kura, SARS’dan ulim holatlari deyarli 30 davlatda qayd qilinib, qurbonlar soni 774 nafarni tashkil qilgan) kuproqdir. Kasallanganlar soni 37198 nafarga etgan, 2649 kishi sogayib ketgan. 

Yakunlangan haftadagi eng shov-shuvli ulim – Ukhandagi gospitalda bu virus haqida ilk bor khabar bergan shifokor Li Venlyanning ulimibuldi.

34 yoshli shifokor 7 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 02:58da olamdan utgan. Li Venlyan 2019 yilning dekabrida virus yuqtirib olgan bemorlar haqida hamkasblarini ogohlantirishga uringan. Dastlab u atipik pnevmoniya epidemiyasini chaqiradigan virus haqida WeChat orqali ommaga malum qilgandi.

Lining ulimi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilina boshlangach, amaldorlar uning tanasini hayotni taminlash tizimiga ulab quyishni va khabardagi «uldi» jumlasini «ogir ahvolda yotibdi»ga uzgartirish buyicha topshiriq bergan.

2019 yil dekabrida Li Venlyan birinchi bulib dengiz mahsulotlari sotiladigan bozori ishchilarida nomalum virusga chalinish alomatlari borligini aniqlagandi. U ushbu kasallikning 2003 yilda tarqalib, atipik pnevmoniya hastaligini keltirib chiqargan SARS virusi bulishi mumkinligini takhmin qilgan. Shifokor Weibo ijtimoiy tarmogi orqali ushbu vaziyatni hamkasblari bilan muhokama qilgan.

Ushbu voqeadan keyin Venlyan va uning hamkasblari polisiyaga chaqirilgan, ulardan bu kabi akhborotlarni tarqatishni tukhtatib jamoat tartibini buzganlik buyicha aybni yozma ravishda tan olish talab qilingan.

Shifokor ishiga qaytgach, 10 yanvarda uning bemorlaridan birida 2019-nCoV koronavirusi aniqlangan. Ikki kun utgach Venlyanning uzi ham shifokhonaga yotqizilgan.

Yaponiya qirgoqlari yaqinida 3500 kishi kruiz laynerda karantin tufayli qamalib qolgan

«Daymond Prinsess» layneri Yaponiya, Khitoy, Hongkong va Vetnam buylab 14 kunlik kruizdan keyin Yokogamaga qaytdi. Ammo 20 yanvar kuni boshlangan safar davomida 5 kun kemada bulgan 80 yoshli hongkonglik qirgoqqa tushganidan keyin unda koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

5 fevral kuni layner Yokogama portida karantin holatiga utkazildi. Usha vaqtda kemada 2666 nafar yulovchi va ekipajning 1045 azosi bor edi. Ularni koronavirusga tekshirish boshlandi. Bugungi kunda 61 kishida virus aniqlangan. Bemorlar qirgoqqa tushirilib, shifokhonaga olib ketildi, qolgan yulovchilar va ekipaj azolari kemada qolmoqda.

Infeksiya tarqalishining oldini olish uchun «Daymond Prinsess»dagi yulovchilar kayutalarini tark etmasligi buyurilgan. Restoran, bar, kazino, basseyn va boshqa joylar yopib quyilgan.

«Daymond Prinsess» — Osiyo suvlarida karantin holatga utkazilgan yagona kruiz layneri emas.

5 fevral kuni Hongkongda «Uorld Drim» layneri yulovchilari va ekipaj azolari ham karantin holatiga utkazilgandi. Kema Hongkongdan navbatdagi safarga chiqqan va uch kun utib ortga qaytgandi: Tayvan hukumati uni Gaosyun portiga qaytarishga rozi bulmadi, uning ichidagi uch nafar khitoylikda koronavirus aniqlandi.

Qozogistonda etnik ozchilik yashaydigan qishloqda «pogrom»

Jambildagi qishloqlardan biridagi ahvol
Foto: EPA/Vostock-photo

7 fevral kuni kechqurun Qozogiston janubida ommaviy tartibsizliklar bulib utdi. Ichki ishlar vazirligining rasmiy malumotiga kura, mamlakat janubidagi Jambil oblastining Masanchi qishlogida 70dan ortiq kishi ishtirokida ommaviy mushtlashuv bulib utgan, bu hodisa tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, hududga qushni qishloqlardan yuzlab kishilar etib kelgan. Tuqnashuv vaqtida toshlardan, armatura va uqotar qurollardan foydalanilgan — natijada voqea joyida 8 kishi, shifokhonada yana ikki kishi halok bulgan, 100dan ortiq kishi jarohatlangan. Etnik ozchilikni tashkil etuvchi dungonlar qushni Qirgizistonga qochishga majbur bulgan. Bundan tashqari, 30ta uy, unlab dukonlar va avtomobillarga ut quyilgan. Mojaro boshqa qishloqlarda ham davom etgan. Kup vaqt utmay hududga polisiyaning makhsus bulinmalari va Milliy gvardiya kuchlari etib kelgan, 47 kishi qulga olingan. Ushbu hodisadan keyin Masanchidan 10 km masofadagi Qirgiziston bilan chegarada nazorat kuchaytirilgan.

Hukumatning malum qilishicha, hodisaga maishiy janjal sabab bulgan. Rasmiylar ushbu hodisaning tafsilotlarini oshkor qilmadi, faqat «tergov olib borilishi» malum qilindi. Tuqnashuv polisiyachilarga hujum ortidan kelib chiqqani aytilgan — 7 fevral kuni ular «nostandart raqam» taqilgan avtomobilni tukhtatishga uringanida, haydovchi qochishga uringan, uning qarindoshlari esa polisiyachilarga toshlar uloqtirishgan.

8 fevralga utar kechasi Qozogistonda tartibsizliklar fonida WhatsApp messenjeri ishlamay qoldi — hukumat ushbu uzilishga aloqadorligini izohlamadi, ammo Jambildagi vaziyat iziga tushgach, WhatsApp faoliyati ham tikladi. Mamlakat prezidenti Qosim-Jumart Tuqaev tartibsizliklardan sung hududda vaziyat barqarorlashganini malum qildi. U mojaroning avj olishiga sababchi bulgan igvogarlar javobgarlikka tortilishi, «fojiaga yul quygan davlat idoralari khodimlari jazolanishi»ni takidlab utgan. Biroq u aynan qaysi tuzilmalar khodimlari jazolanishiga aniqlik kiritmagan.

Masanchi qishlogida milliy ozchilik — dungonlar istiqomat qiladi. Dungonlar — XIX asr urtalarida Khitoyda 1862–1877 yillardagi Dungon-uygur isyoni bostirilgach, Sin sulolasi taqibi ostida Rossiya imperiyasi hududiga kuchib kelib joylashgan va fuqarolik olgan khitoyliklarning avlodi hisoblanadi. Bugungi kunda Qozogiston hududida 40 ming dungon bor, ularning 17 ming nafari Masanchida yashaydi (qishloq aholisining 94 foizi). Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu janjal etnik nizo oqibatida ruy bergani aytildi, ammo hech bir ishonchli manba bu versiyani tasdiqlamadi.

Dungonlar hukumatni juda sekinlik bilan reaksiya qilganlikda ayblagan. Qozogistondagi dungonlar assosiasiyasi raisi Khusey Daurov Olmaotadan makhsus kuchlar «roppa-rosa bir kun kechikib etib kelgani» (8 fevral tongida), holbuki «pogrom» haqidagi tasvirlar internetda bir kun avval paydo bulgani haqida gapirdi. U agar hukumat kuchlarni ertaroq junatganida qurbonlar berilmasdi, deb ishonch bildirgan.

О нас

Яна маълумот

f7bfQyknIvtl2VF4MhgVtaZ-kmVmHDFv

Berni Sanders AQSh prezidenti saylovida ishtirok etmaydi

Vermont shtati senatori, Demokratlar partiyasidan nomzod Berni Sanders AQSh prezidenti saylovida ishtirok etmaydigan buldi. Berni …