Главная / Iqtisodiyot / Koronavirus dunyoni kasod qilmoqda: jahon iqtisodiyotini jonlantirish uchun qancha sarflash kerak buladi?
<

Koronavirus dunyoni kasod qilmoqda: jahon iqtisodiyotini jonlantirish uchun qancha sarflash kerak buladi?

Sayyoramizda hayot tukhtab qoldi. Uni avvalgidek holga keltirish mumkindir, lekin bu barcha urushdan keyingi inqirozlardan ham qimmatroqqa tushadi. Virus yakuniy hisobni yillar demasak, bir necha oylardan sung taqdim etadi, biroq hozirdanoq Garb iqtisodiyotni davolash va tiklash uchun oldindan tulov qilmoqda va hisob trillion dollarga qarab ketmoqda, deb yozadi BBC.


Savdo markazlari oldidagi bushab qolgan avtoturargohlar — bostirib kelayotgan inqirozning birinchi belgisi. Foto: GETTY IMAGES

Garbdagi pandemiya hali uzining chuqqisiga etgani yuq, lekin insonlar qanchalik qashshoqlashishi uning davomiyligiga bogliq. Kuplab mamlakatlarda karantin bir haftaning nari-berisida davom etmoqda, hukumatlar esa u yoki bu kurinishda u yarim yil davom etishidan ogohlantirishmoqda.

Ofatning takhminiy miqyosini bu boshlangich va debocha bosqichda badavlat davlatlar hukumati iqtisodiyotni jonlantirish uchun qancha pul sarflashga tayyorligiga bir qarab baholash mumkin.

Summalar esa ulkan, misli kurilmagan va chuchitadigan. AQSh, masalan, qiymati 2,2 trillon dollarlik inqirozga qarshi paketni maqulladi; Evropa hozircha yarim trillion ajratdi, lekin kuproq pul yigmoqchi. Umuman, «katta yigirmatalik» davlatlari allaqachon soliq tulovchilarning 5 trillion dollar pulini joriy inqirozga qarshi sarflashni vada qilishdi — bu esa jahon iqtisodiyoti yillik hajmining 6 foizi degani.

Oldingi inqirozlardan farqli ularoq, gap markaziy banklar tomonidan yangi pullarni chop etish emas, jamiyatning shundoq ham qisqarib borayotgan mavjud real daromadlarini eng kup jabr chekkanlar foydasiga qayta taqsimlash tugrisida bormoqda.

Boshqacha qilib aytganda, hamma qashshoqlashishi kerak. Omon qolganlar qiynala-qiynala omon qolmaganlar uchun tulov qiladi. Hech kim golib bulmaydi.


Foto: Getty Images

«Endi jahon resessiyaga garq bulayotgani oydinlashdi, — deya tushuntirdi jahon iqtisodiyoti tanazzulini Khalqaro valyuta jamgarmasi rahbari Kristalina Georgieva. — U 2009 yildagidan kam bulmaydi, hattoki yomonroq bulishi mumkin».

KhVJ rahbari 2021 yilda keskin usishni etibordan qochirmadi, lekin bunga faqat pandemiyani jilovlab, uning oqibatlarini bartaraf qilibgina erishish mumkin. Buning uchun «nafaqat iqtisodiyotning tiklanishiga, shuningdek, jamoat totuvligiga ham rakhna solayotgan bankrotlik va ishdan bushatishlar tulqinini tukhtatish» kerak.

Nimalar uchun tulov qilinadi?

Koronavirus ayrim mamlakatlarning sogliqni saqlash tizimidagi nuqsonlarni, boshqalaridagi halokatli vaziyatni ochib berdi. Dastlabki kechiktirib bulmas kumaklar shu erga yunaltirildi: vaqtinchalik shifokhonalar, maska va tibbiy uskunalarning zudlik bilan kharid qilinishi, tibbiyot personalining yollanishi. Kunlar utib, changlar bosilgach, aksariyat davlatlar pandemiya ochib bergan sogliqni saqlash sohasidagi muammolarni bartaraf etishga jiddiy kirishishga majbur buladi.

Biroq, iqtisodiy faollik tiklanmasa, insonlar va biznes ishini saqlab qolib, soliqlar tulashda davom etmasa buning uchun mablag bulmaydi. Shuning uchun boshlamasiga ularni qullab turish kerak buladi: subsidiyalar, soliq tatillari, qoidalarning yumshatilishi va tugridan-tugri pul tarqatish bilan.

Kasallanganlarni qutqarish va vaksina yaratishdan tashqari Garb yana nimalarga birinchi navbatda pul sarflamoqchi? Har bir davlatning uz resepti bor, biroq elon qilingan inqirozga qarshi choralarning ehtimoliy ruykhati quyidagicha:

  • Deyarli barcha davlatlar sartaroshlar, taksichilar, dizaynerlar va restoratorlarga yordamdan boshlashdi. Ular kichik biznes, khususiy tadbirkorlar va uz-uzini band qilgan fuqarolarga beminnat grantlar, imtiyozli kreditlar vada qilishmoqda.
  • Tugridan-tugri pul tarqatish: har bir amerikalik 1200 dollar oladi, yaponlar va yunonlarga ham sovgalar vada qilinmoqda.
  • Ofatga yuliqqanlarga imtiyozli kreditlar va uta ziyon etgan sohalarda kompaniyalarning sotib olinishi. Bu ruykhatning boshida aviasiya va turizm turibdi, lekin u kuniga tuldirib borilmoqda.
  • Soliq tatillari: kompaniyalar va khususiy tadbirkorlardan olinadigan tulovlar va ijtimoiy yigimlarni ortga surish.
  • Ishsizlik buyicha nafaqani oshirish va uni olish uchun talablarni engillashtirish. Irlandiya, masalan, Covid-19 tufayli ishidan ayrilganlarga haftasiga 350 evro nafaqa vada qilmoqda.
  • Kredit tatillari: kompaniyalar va jismoniy shakhslarning qarzlari buyicha tulovlarni kechiktirish.
  • Karantin tufayli majburiy ravishda turib qolgan firmalarning khodimlariga maosh tulash uchun byudjetdan dotasiya. Chekhiya, Niderlandiya va Buyuk Britaniyada hukumat khususiy biznesning maosh vedomosti kharajatlarining 80-90 foizini bir necha oy uz gardaniga olishni vada qildi.
  • Personalni qisqartirish uchun kompensasiya kharajatlari: odamlarni ishdan bushatish jarayonida bir tiyinsiz javob berib yubormaslik, bir necha oyga etadigan chiqish nafaqasi berish.
  • Maktab va bogchalar yopiqligida ota-onalar ishga chiqishga shoshmasligi uchun bolalarga qarab turishga maosh tulanadigan tatil. Fransiyada byudjet hisobidan ikki haftagacha.
  • Ayrim davlatlar (masalan, Shveysariya) konferensiya va boshqa shu kabi tadbirlarning utkazilmay qolgani uchun yuqotishlarni ham qoplab bermoqda.

Bu choralar trillionlab dollarga tushadi, pullar qarzga olinadi, tulovini kelajak avlod qiladi. Biroq, bunday «suniy nafas»siz biznes va aholi Covid-19’ni enga olmaydi.


Foto: Getty Images

«Joriy inqiroz — bizning khotiramizdagi eng jiddiysi va eng yirigi, — dedi BBC’ga boy davlatlar klubi hisoblanmish iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) bosh iqtisodchisi Lorans Bun. — bu safar muammo likvidlikning etishmasligida emas. Endi bosh muammo — virus».

«Bu esa juda jiddiy inqiroz yoqasida turganimizni anglatadi», — dedi Bun khonim, qushimchasiga epidemiyani bir-ikki oy ichida jilovlashga erishilmasa, u kelgusi qishda yana qaytishi va bu qanday oqibatlarga olib kelishini jahonda biror iqtisodchi takhmin qilishga jazm qila olmasligini takidladi.

Kim qancha tulov qilishni vada qilmoqda?

Virusga qarshi kurashish ishida hozircha hech kim AQSh bilan baslasha olmaydi. Jahonning eng boy davlati koronavirus yuqtirganlar soni buyicha tezda etakchiga aylandi va prezident Tramning omma oldidagi chiqishlaridagi shubhalariga qaramasdan, epidemiyani tarikhiy miqyosdagi nokhushlik sifatida qarshi oldi.

Kongress iqtisodiyotni jonlantirish uchun 2,2 trillion dollar ajratdi. Yarim trillion dollarni yirik va urta biznes oladi, 350 milliard imtiyozli kreditlar sifatida kichik tadbirkorlarga tarqatiladi. Amerikaliklarga naqd pul sifatida 300 milliard tarqatiladi, yana shuncha pul virus tufayli ishidan ajralganlarga nafaqa qilib beriladi.

Rossiya iqtisodiyotining bir yillik hajmi, Braziliya, Italiya yoki Kanadaning YaIMiga teng inqirozga qarshi paketning ulkan hajmiga qaramasdan, kongressmenlar va Oq uy bu hisob okhirgisi emasligi, alal-oqibat kuproq pul sarflashga tugri kelishini inobatdan soqit etishmayapti.


Foto: Getty Images

Kongress tomonidan maqullangan va Tramp tomonidan imzolangan qonun Amerikaga uning yillik YaIMining 10 foiziga tushadi. Boshqa davlatlar hozircha odmiroq odim tashlashmoqda, lekin ayrimlari shunga monand summalar ajratishgan.

Jahondagi ikkinchi yirik iqtisodiyot — Evropa ittifoqi — hozircha birgalikdagi ragbatlantirishlar borasida kelisha olmayapti. Biroq milliy darajada pul daryo bulib oqmoqda.

Germaniya 150 mlrd evro yoki YaIMining 4,5 foizini ajratdi, zaruriyat tugilganda inqirozga qarshi paketni 800 mlrd evrogacha kutarishni vada berdi. Bu esa nemis iqtisodiyotining chorak qismini tashkil etadi.

EIning koronavirusdan kuproq jabr kurgan davlatlaridan biri Fransiya hammadan ham sakhiyroq chiqdi. Ular 350 mlrd evro (YaIMning 15 foizi) ajratishga tayyor. Italiya 25 mlrd evro, Ispaniya 10 mlrd evrodan kup bulmagan pul ajratgan. Bu pullar ushbu davlatlarning yillik savdo hajmning ikki foizi ham emas va pullar etishiga ham hech kim ishonmaydi.

О нас

Яна маълумот

raCy-t4YkFNT2vUQGJ9tYpu-OYjHpcrB

«Uzbekistonda qiynoqlar oldindan bor, faqat hukumat buni tan olmasdi» – Ombudsman

Oliy Majlisning inson huquqlari buyicha vakili (ombudsman) Ulugbek Muhammadievning takidlashicha, mamlakatimizda jazoni ijro etish muassasalarida, …