Главная / Iqtisodiyot / Koronavirus avj olishi qachon tugashi mumkin: 4 ssenariy
<

Koronavirus avj olishi qachon tugashi mumkin: 4 ssenariy

Koronavirus normal hayot tarzini umuman uzgartirib yubordi. Kupchilikni bu qachon tugashi haqidagi savolning javobi qiziqtirmoqda. Epidemiologlar vaziyat quyidagi turt ssenariydan biri buyicha davom etadi deya hisoblashmoqda. The Atlantic ana shu ssenariylar haqida malumot berdi.

MARIA LITWA / LAIF / REDUX

1-ssenariy. Bir oydan ikki oygacha

Mutakhassislar bu variant sodir bulish ehtimolini past deb hisoblashmoqda.

«Koronavirus «kutilmagan ravishda jiddiy patogen bulmasa» ijtimoiy masofalanish hisobiga muammoni bir-ikki oy ichida engish mumkin.

Hozirda zararlanganlarning hammasi ilgari biz kuzatgan bemorlardan farq qiladi. Ularning kasalligi engil utmoqda va asta-sekin immunitet orttirilayotganini tushunyapmiz», deydi Harvard maktabi epidemologiya professori Uilyam Henej.

Vaziyatning tezda yakhshilanishi borasidagi boshqa yul u qadar ijobiy emas. Irnvayndagi Kaliforniya universitetining jamoat sogligini saqlash professori Endryu Noymerning fikricha, ijtimoiy masofalanish jarayonining kuchsiz tarzda kechishi bir necha oylarda koronavirusning keskin avj olishiga olib kelishi mumkin

«Natijada sogliqni saqlash tizimi inqirozga yuz tutadi va juda kup odamning ulimiga sabab buladi. Biroq zararlanganlarning kupchiligi tuzaladi. Natijada odamlarning kup qismi, hatto Er aholisining hammasi immunitetga ega buladi», deydi u.

Ushbu vaziyatning har ikkisiga kura ham bir necha oydan keyin hayot odatiy tarziga qaytishi mumkin. Biroq bunday bulmasa ham bahor faslining okhiriga borib ekspertlar koronavirus haqida kuproq malumotga ega buladi. Eng avvalo, ular yuqtirish holatlarining ilk oqimi oqibatlarini baholay olishadi. Natijada koronavirusga qarshi kurashish samaradorligi ortadi.

Henej hozirda bu malumotlar mavjud emasligini tushuntirmoqda. Chunki virusni yaqinda yuqtirgan kishilar uchun odatda bir necha haftalik intensiv davolash talab etilmaydi. Shuningdek, bir yoki ikki oydan keyin mutakhassislar tuzalganlar infeksiyaga qarshi immunitetga ega bulishi va u qancha vaqt amal qilishini yakhshiroq tushunadilar. Bu malumotlar esa koronavirusning oldini olishda asqotadi.

2-ssenariy. Uch oydan turt oygacha

Henej bu vaqt davomida «virus haqida imkon qadar kuproq malumot olinishiga, bu esa turli harakatlarni yangilash imkonini berishi»ga ishonch bildirmoqda. Masalan, virusni hatto belgilarsiz yuqtirish holatida upka orqali immunitetga ega bulishga oydinlik kiritilishi mumkin.

Buni kasallik belgilari va belgilarsiz bulgan odamlarni test qilish orqali bilish mumkin. Bu erda tadqiqotlarning ikki turi muhim: birinchisi, koronavirusning uzi aniqlaydi, ikkinchisi, immuniteti bulgan odamlarda ishlab chiqariluvchi antijismlar bu jarayonda yordamga keladi.

Henejning suzlariga kura, bu malumot zararlanganlar va khavf ostida bulganlarni izolyasiya qilish imkonini beradi. Aholining katta qismi esa normal hayotga qaytishi mumkin. Aholisi kasallikka kamroq yuliqqan tumanlar aholisi buni tezroq amalga oshirish imkoniga ega.

Jorjtaun universiteti sogliqni saqlash tizimlarini boshqarish professori Maykl Stoto uch narsaga oydinlik kiritilishini aytdi. Bular: odam bir kunda necha kishi bilan muloqot qilishi, ana shu kontaktlardan har birida virusni yuqtirish ehtimoli va virus tashuvchisi uchrashuvlarining ulushi.

Stotoning suzlariga kura, sinchkovlik bilan utkazilgan tadqiqot virus tarqalishining tuliq kartinasini beradi. Sogliqni saqlash organlari ana shu holatlardan biriga diqqatni qaratish imkoniga ega bulishadi. Masalan, agar testlar odamlar soni qisqarishi samarali ekanini kursatsa, ehtimol restoran va kichik biznesning boshqa turlari ochilishi, biroq yirik tadbirlar taqiqlanishi va qoldirilishi mumkin.

«Hozirda qabul qilinayotgan ayrim radikal choralarni ilgariroq taqiqlash kerak edi», deydi u.

Uch-turt oydan keyin Covid-19’ni davolash usulini topishlari mumkin bulardi. Bu vaksinani emas, kasallik belgilarini engillashtirish va ulim holatlarining oldini olish vositalarini anglatadi. Bu ijtimoiy masofalanishga bulgan ehtiyojni bartaraf qilmaydi, chunki kasallikning yirik miqyosda avj olishi ehtimoli hali ham mavjud, biroq bu kasalkhonalarga tushayotgan ogirlikni kamaytirishda yordam beradi.

Henej bu ssenariyning amalga oshish ehtimolini birinchisiga qaraganda yuqoriroq deb hisoblaydi. Biroq hali hech narsaga tuliq ishonch berish mumkin ekanini ham takidlaydi.

3-ssenariy. Turt oydan 12 oygacha

Gripp holatida bulgani kabi COVID-19’ning tarqalishi yoz oyida sekinlasharmikan degan fikr tadqiqotchilarni hali ham qiziqtirmoqda. YOz faslida epidemiyaning kamayishi buyicha bir necha nazariyalar mavjud. Ehtimol bu ayrim viruslar harorat va yuqori ultrabinafsha nurlariga chidamsizligi va kasallik tarqalishi uchun muhim joy – maktablarning kupchiligi yozda yopilishi bilan bogliqdir. Ana shu nazariyalarning koronavirusga qay darajada dakhldor bulishi hali nomalum.

Noymer Covid-19’ning mavsumiyligi borasidagi fikrlar yaqin ikki-uch oyda uz tasdigini topadi, yoki rad etiladi deb hisoblaydi. Birinchi holatda virus yoz faslida taslim buladi. Ikkinchi holatda esa bu yuz bermaydi. Biroq har ikki ssenariyda ham ijtimoiy masofalanish buyicha ayrim choralar yil yakuniga qadar davom etadi.

Birinchi holatda, deydi Noymer yoz fasli bahorga qaraganda ancha zavqli kechadi. Hech bulmaganda shimoliy yarim sharda. Kichik guruh bulib toza havoda tuplanishga rukhsat berilishi mumkin. Bar va restoranlar ochilishi ehtimoldan kholi emas. Biroq yirik tadbirlar hali ham taqiqlansa kerak. «Lollapalooza, Beysbol oliy ligasi, odam kup tuplanadigan plyajlar bulmaydi», deya prognoz qilmoqda Noymer.

Henej sport tadbirlari yoz oyida ommasiz utkazila boshlaydi, deb hisoblaydi. Teleshoular ham studiyadagi auditoriyadan voz kechishi mumkin. Dukonlar bir vaqtning uzida bir khonada buladigan kharidorlar sonini cheklaydi.

«Haqiqatan ham yaqin kunlarda odamlar olomon bulib tuplanadi deb hisoblamayman», deya qushimcha qildi u. Biroq normal hayotning ahamiyatsiz elementlari asta-sekin uz urniga qaytishi mumkin.

Yaqin qarindoshlarni kurishga borish ham nisbatan khavfsiz bulishi mumkin.

«Virus hamma joyda tarqalishi va hatto uy yaqinidagi dukonlarda virusni yuqtirish khavfi paydo bulsa, kuchaga chiqish buyicha cheklovlar uz manosini yuqotadi. Shunga qaramay, odamlar aeroportlarda tuplanmasliklari uchun ayrim choralar kurilishi kerak», deya qayd etdi Henej.

Koronavirus residivi (qaytalanish) bu yildagi yoz faslining salbiy holatiga aylanishi mumkin. Zararlanishning kuz faslidagi oqimi sentyabr yoki oktyabrga tugri kelishi va izolyasiyaning yana ortishini talab etishi ehtimoli mavjud. Ijtimoiy masofalanish yo hozirgiga ukhshaydi yoki undan kuchsizroq buladi. Usha vaqtga borib Covid-19’ga qarshi immunitetga ega bulishadi va virusni yuqtirish khavfisiz kuchaga chiqishni boshlaydilar. Bundan tashqari, virus haqida kuproq narsalarni bilamiz. Masalan, agar kuz fasliga borib, bolalar bu virusni tarqatmasligi aniqlansa, maktablar ochilishi mumkin.

YOz fasli upkani suniy ventilyasiya qilish uchun qushimcha apparatlar, kasalkhona, tibbiyot khodimlari uchun himoya qurilmalarini ishlab chiqarish uchun qulay vaqt bulishi mumkin.

«Agar koronavirus mavsumiy bulsa, kuz faslida kasallikka munosib javob qaytarish uchun yozgi jimjitlikdan foydalanish kerak buladi», deydi Noymer. Bunday vaziyat uchun tugri tayyorgarlik kurilsa, ijtimoiy masofalanish kamaytirilishi mumkin.

Ikkinchi variantda yoz faslidagi vaziyat ijobiy bulmaydi. Izolyasiya zararlanganlar sonini kamaytirsa ham zararlanishning yangi oqimi paydo bulishi yilning issiq oylarida ham yuqoriligicha qoladi. Noymerning suzlariga kura. Agar iyun oyining boshi, urtalariga kelib zararlanishlar soni qisqarmasa, virus mavsumiy emasligiga ishonch hosil qilamiz.

Bu davrga borib, ijtimoiy masofalanish choralari vaziyatga qarab uzgartirilishi mumkin. Agar zararlanishlarning yangi oqimi yaqinlashayotgan bulsa, izolyasiya qatiy bulib qolaveradi. Agar malumotlar kasalkhonalarga tushadigan ogirlik kutilmayotganini kursatsa, ijtimoiy masofalanish choralari kuchsizlantirilishi mumkin.

«Joriy zararlanish oqimini engishga muvaffaq bulingach, ayrim narsalar osonlashishi mumkin», dedi Henej. Ish va muloqot uchun kuchaga chiqish mumkin buladi, biroq bunda qulni sinchkovlik bilan yuvish va dezinfeksiya vositalaridan foydalanish talab etiladi. Ehtimol, odamlar masofadan ishlaydigan va egulik uchun buyurtma bera oladigan kishilar jamoat joylariga bormasliklari mumkin.

4-ssenariy. 12 oydan 18 oygacha (yoki undan kuproq)

2021 yilning bahorida koronavirusga qarshi vaksina paydo bulishi mumkin. «Bundan avvalroq paydo bulgan har qanday narsa jahon rekordiga, yashin tezligiga aylanadi», deydi Noymer. Vaksinani ishlab chiqish kup vaqt oladi: ehtimol, kelasi bahor faslidan keyin olti oy yoki bir yil talab etilishi mumkin.

Vaksina ishlab chiqish bunchalik kup vaqt olishining sababi, ularni mukammal ishlab chiqish murakkab. Bir necha uslubiy tajribalar mavjud, ular ishonch hosil qilishga yordam beradi: vaksina soglom odamga zarar keltirmaydi, u kasallikdan himoya qiladigan kerakli antijismlarni ishlab chiqadi.

Bu uta byurokratik ehtiyotkorlik emas. Tadqiqotchilar yuz millionlab, hatto milliardlab odamga etib boradigan biror nima yaratganda barini tugri amalga oshirayotganlariga ishonch hosil qilishni istaydilar.

«Vaksina olinganidan keyin normal hayot darhol tiklanmaydi. Deyarli 359 million kishini vaksina bilan taminlash – haqiqiy jasorat. Vaksina olib kelinganida uning taqsimoti haqida uylash kerak. Vaksinani kimlar birinchi bulib oladi? Koronavirusga chalinish khavfi yuqori bulganlarmi? YOki sogliqni saqlash khodimlarimi?», – deya qayd etdi Stoto.

Bundan tashqari, hech kim khavfsiz va samarali vaksinani yarata olmasligi varianti ham bor. Bu qayguli variant. Biroq hatto bu holatda ham 2021 yil kuz fasliga kelib, immunitet hosil bulishi hisobiga pandemiyani engish mumkin. Bu bir yildan ortiq izolyasiyada utirish kerak emasligini anglatmaydi.

Hatto vaksinasiz ham immunitetning orttirilishi koronavirusning avj olishi hozirgiga qaraganda kuchsiz bulishini anglatadi. Biroq virus tahdidi saqlanishi va shamollash hamda gripp kabi odamlarni zararlab, sirkulyasiya qilishda davom etishi mumkin. Buni yakhshi variant deb atash mushkul, biroq shu vaqtga kelib, hayot uzining normal oqimiga qaytadi. Biroq butunlay uzgargan buladi.

О нас

Яна маълумот

«AI-80 benzini 4 ming sumdan ham arzonlashiga ishonchim komil» — «Uzbekneftgaz» raisi urinbosari

Malum bulishicha, «Uzbekneftgaz» aprel okhiri – may boshida brent markali neft narkhi 22-25 dollar bulgan …