Главная / Jamiyat / “Qorilar musobaqasi” natijalari

“Qorilar musobaqasi” natijalari

66e6502c3d7cb135098e8213a8fe0206Manaviy yangilanish yulidan dadil odimlab borayotgan yurtimizda muqaddas dinimizga alohida etibor berila boshlandi. Jumladan, islom bilim yurtlari faoliyati tubdan yakhshilandi. Buning zamirida islom dinini asl holatida urganishga bulgan ehtiyojni qondirish, diyorimiz allomalarining dinimizga oid boy manaviy merosini tadqiq etib, ularni khalqimizga sodda va ravon uslubda etkazish, zamon talablari darajasidagi malakali diniy mutakhassislarni tayyorlash maqsad qilib quyilgan.

 Alloh taologa beadad shukrlar bulsinki, jamiyatimizda ruy bergan ijobiy uzgarishlar mamlakatimiz musulmonlari hayotida ham ulkan burilishlarga sabab buldi. Respublikamiz khalqaro maydonda  uz urnini topdi. Har yili turli mamlakatlarda utkaziladigan Khalqaro Quron musobaqalarida diyorimizda etishib chiqayotgan qorilarimiz ham qatnashib, nufuzli urinlarni egallashmoqda.

 Bugun poytakhtdagi “Khoja Alambardor” jome masjidida Uzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Toshkent islom instituti, Islom universiteti va urta makhsus islom bilim yurtlari talabalari ishtirokida  “Qorilar musobaqasi” kurik-tanlovining Respublika bosqichi utkazildi. Ananaviy tarzda utkazilayotgan bunday kurik-tanlov yurtdoshlarimizning Quroni karimni uqib-urganish, yodlash, tinglash hamda tajvid qoidalarini yanada pukhta urganishga bulgan mehr-muhabbatining oshishiga sabab bulmoqda.

 Quroni karimni yodlagan iqtidorli talabalarni aniqlash, qullab-quvvatlash,  ulardagi noyob fazilatlarni  yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Qorilar musobaqasi”ning Respublika bosqichi ikki yunalishda utkazildi. Birinchi yunalish murattab qorilar, ikkinchi yunalish mujavvid qorilar urtasida bulib utdi.

Kurik-tanlov natijalari quyidagicha buldi:

Murattab qori yigitlardan:

1-oliy uringa Toshkent islom instituti talabasi Rahmonberdi Abdulaziz qori;

1-uringa Sayyid Muhyiddin Makhdum madrasasi talabasi Abdumalikov Sirojiddin qori;

2-uringa Kukaldosh madrasasi talabasi Abdumalikov Nizomiddin qori;

 3-uringa Mir Arab madrasasi talabasi Mirboboev Mirabbos; 

Mujavvid qori yigitlardan:

1-uringa Fakhriddin ar-Roziy madrasasi talabasi Homidov Muhammadyusuf;

2-uringa Muhammad al-Beruniy madrasasi talabasi Pirkhonov Nasibilloh qori;

3-uringa Mir Arab madrasasi talabasi Ahmadjonov Qodirali;

Murattab  qoriya qizlardan:

1-uringa Khadichai Kubro madrasasi talabasi Ishoqjonova Muhsina;

2-uringa Toshkent islom instituti talabasi Nurmatova Shohistakhon;

3-uringa Juybori Kalon madrasasi talabasi Yahyoeva Shahnoza;

Mujavvid qoriya qizlardan:

1-oliy uringa Toshkent islom instituti talabasi Najmiddinova Robiya;

1-uringa Khadichai Kubro madrasasi talabasi Umaralieva Dilnozakhon;

2-uringa Juybori Kalon madrasasi talabasi Urinova Lutfiya;

3-uringa Toshkent islom universiteti talabasi Jaloliddinova Mahfuza munosib deb topildi.

Kurik-tanlov goliblari Uzbekiston musulmonlari idorasi hamda homiylar tomonidan tashkil etilgan diplom va qimmatbaho sovgalar bilan taqdirlandilar.

Яна маълумот

nUpwfes8jZf5puqVDrT-ygaHB6NViOgS

Qaysi kasalliklarda Fitoterapiya samarali tasir qiladi?

Shifobakhsh usimliklardan tayyorlangan dorilar qaysi kasalliklarga samarali tasir qilishi haqida malumot berildi. Shifobakhsh usimliklar qadimdan …