Главная / Jamiyat / Koreya tajribasi Uzbekiston farmasevtika tarmogini rivojlantirishni jadallashtiradi
<

Koreya tajribasi Uzbekiston farmasevtika tarmogini rivojlantirishni jadallashtiradi

Shu kunlarda Uzbekiston Respublikasi sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi delegasiya Koreya Respublikasida bulib turibdi. Tashrifdan kuzlangan maqsad sogliqni saqlash tizimi va farmasevtika sanoatini rivojlantirishda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Tashrif doirasida Uzbekiston Respublikasi sogliqni saqlash vaziri Koreya Respublikasi Sogliqni saqlash va ijtimoiy taminot vaziri Pak Ning Khu bilan uchrashdi. Muloqot chogida tomonlar ikki davlat rahbarlarining yaqinda bulib utgan uchrashuvlari mamlakatlarimiz urtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga katta turtki bulganini takidlashdi. Yurtimizdagi farmasevtika sanoatining investision jozibador jihatlari haqida batafsil malumot berildi. Jumladan, investorlar uchun qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar yaratish, khususan, mamlakatimizdagi farmasevtika erkin iqtisodiy zonalari hududida mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani  qayd etildi.

Shuningdek, uchrashuvda tibbiyot va farmasevtika sohasidagi investisiyaviy  loyihalarga etibor qaratildi. Jumladan, Uzbekistonda rentgen apparatlarini ishlab chiqaradigan «Listem-Fergana»  MChJ qushma korkhonasi tashkil etildi. Shuningdek, Koreya Respublikasining «Dalim Biotech» va «Yuhan» kompaniyalari bilan hamkorlikda dori darmon mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish borasidagi loyihalar ham muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani etirof etildi.

Bundan tashqari, tomonlar Koreya Respublikasining dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun «DUR» (DrugUseRecord) markalash tizimi  tajribasi bilan tanishdi. Ushbu tizimning noyobligi shundaki, uning yordamida mahsulotning ishlab chiqaruvchidan istemolchigacha etib borish jarayoni kuzatib boriladi. Shuningdek, Koreya Respublikasining tibbiy sugurta va «E-Health» elektron sogliqni saqlash tizimi tajribasini mamlakatimizga tatbiq etish masalalari muhokama etildi.

«Muzokaralar yakunida ikki mamlakat sogliqni saqlash vazirlari tibbiyot sohasida hamkorlik tugrisida uzaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Shuningdek, Uzbekiston sogliqni saqlash vazirligi hamda Koreya Respublikasining formasevtika va biofarmasevtika ishlab chiqaruvchilari assosiasiyasi urtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjatlar farmasevtika sanoatini rivojlantirish va sohaga investisiyalarni keng jalb etish, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot markazlarini yurtimizda tashkil qilish borasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga asos buladi», deyiladi Sogliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bulimi khabarida.

О нас

Яна маълумот

agCkoYZuMMFytud3lRmV09wdqqZxhe_D

Uzbekistonda Gollivud aktyorlari ishtirokida tarikhiy serial suratga olinadi

Uzbekistonda Gollivud aktyorlari ishtirokida tarikhiy serial suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan 2020 yilda Samarqand, …