Главная / Jahon / Koreya kundaligi. Haydovchilik guvohnomasini atigi bir kunda olish mumkin, lekin…
<

Koreya kundaligi. Haydovchilik guvohnomasini atigi bir kunda olish mumkin, lekin…

Janubiy Koreyada haydovchilik guvohnomasini olish tartibi, jarayonda kup uchraydigan muammolar va mavzuga oid tavsiyalar haqida Kun.uz’ning Janubiy Koreyadagi mukhbiri Eldor Vohidov «Koreya kundaligi» ruknidagi navbatdagi maqolasida suz yuritadi.

Janubiy Koreyada khorijliklar haydovchilik guvohnomasi olish borasida huddi mahalliy aholi kabi teng huquq va majburiyatga ega. Buning uchun bir nechta bosqichlardan utish talab etiladi.


Koreya milliy polisiya agentligining Yul harakati boshqarmasi – haydovchilik guvohnomasini beruvchi idora. Imtihon ham shu erda buladi

Avtomaktabga qatnash majburiy emas

Haydovchilik guvohnomasini 18 yoshdan oshgan fuqarolar olishi mumkin. Lekin bu – uta murakkab, qiyin jarayon. Shu bilan birga, agar hamma sinovlardan uta olsangiz, guvohnomani bir kundayoq qulga kiritishingiz mumkin.

Imtihonga kirish uchun avtomaktabda makhsus kurslarda uqish talab etilmaydi. Bilim va kunikma etarlicha bulsa, hech qanday qushimcha kurslarsiz imtihonda qatnashish mumkin.

Kupchilik koreyslar testdan muvaqqiyatli utib olish uchun imtihondan oldin 3 kunlik darsga borishni afzal biladi. 3 kunlik dars – takhminan 700-800 dollar.

Imtihon

Imtihonga kirishdan oldin talabgorning kuz nuri tekshiruvdan utkaziladi. Talabga javob bergan taqdirda, qolgan jarayonlarga utiladi.

Imtihon uch bosqichdan iborat:
1. Nazariy test (Writing test)
2. Amaliy sinov (Driving test)
3. Hal qiluvchi real amaliyot (Road test)

Har bir imtihon uchun alohida pul tulanadi va test sanasi belgilanadi.

Testga kirishdan oldin majburiy 1 soatlik darsda qatnashish kerak. Sinfkhonaga makhsus blankani tuldirib, barmoq izlari orqali ruykhatga olingan holda kiriladi.

1. Nazariy test ($7)

Test bulishi rejalashtirilgan kompyuterkhonada mobil telefondan foydalanganlar jinoiy javobgarlikka tortilar ekan. Shuning uchun ichkarida suratga olishning imkoni bulmadi.

YOzma testni koreys tilidan tashqari ingliz, khitoy, fransuz, nemis va yapon tillarida ham topshirish mumkin. Ingliz tilini tanlab, yuriqnomani yarmigacha uqib olib, testga kirib ketaverdik.

Test 40ta savoldan iborat. Undan utish uchun 100dan kamida 60 ball tuplash kerak.

Savollar anchagina murakkab edi. Uzga davlat qonunchiligi va yul harakati qoidalari buyicha topshiriqlar surat va videotasvirlarda havola etilgan. Kutilganidek, ilk imtihondan yiqildik, ammo natija yomon emas – 50 ball.

Muvaffaqiyatsiz kechgan testdan sung uyga qaytdik, internet orqali izlab topganimiz – haqiqiy «kh variant» buldi. 1000ta savol-javobi bilan.

Umuman, ushbu tayyor savol-javob testlari tegishli idora tomonidan tayyorlanib, guvohnoma olish istagida bulganlar uchun foydalanishga chiqarilgan.

Khullas, ikkinchi urishinishda omad chopib, minimum 60 ball tuplashga erishdik. Kuk muhr bosildi, ilk muvaffaqiyat!

Usha kunning uzidayoq keyingi bosqich – «drayving test»ga ruykhatdan utgan holda, amaliy sinov uchun tayyorgarlikka kirishdik.

2. «Driving test» – makhsus maydonchadagi amaliy sinov ($15)

Haqiqiy «chellenj» mana shu bosqichda boshlandi. Jami 6 marta yiqilishga majbur qilgan test bir qarashda oddiydek, lekin oson emas.

Dastlab 15 daqiqalik tushuntirish ishlari olib boriladi, makhsus tayyorlangan videorolik quyib kursatiladi.

Uchta bosqich orasidagi eng murakkab bulgani, shubhasiz, amaliy test jarayonlari buldi. Sinov maydonchasida, makhsus nimchani kiygan holda, takhminan 10 daqiqalik sinov amaliyotini bajarish lozim.

Test mashinasi saloniga qushimcha ravishda kichik monitor va halokat signalini beruvchi moslama urnatilgan va tuliq avtomatlashtirilgan. Notugri khatti-harakat bajarilgan paytda avtomat tarzda ball echib boraveradi.

Rulga utishingiz bilanoq, old kuzgu, yon oynalar va urindiqni moslab olish tavsiya etiladi. Nazoratchilarning kursatmasi bilan imtihonga start beriladi.

Turtta sinov

Test sinovida qiyinchilik tugdirishi mumkin bulgan 4ta mashq bor: Tepalik, favqulodda holat, parkovka, tezlikni oshirish.

Avtomobilni ut oldirishdagi khato uchun ham imtihondan chetlatilganlar etarlicha topildi. Mashina yurgunga qadar ham imtihon bor: old faralarni yoqish va uchirish, oynaartgichni ishlatish, uzatmalar qutisidan foydalanish… Quzgalish va tukhtashdan oldin burilish ishorasini berishni ham unutmaslik kerak.

100dan 80 va undan yuqori ball tuplay olganlar imtihondan utgan, deb hisoblanadi.

Umuman olganda, ballar tuplanmaydi. Har bir qatnashchiga umumiy hisobda 100 ball beriladi va qoida buzilganida malum ball echib olinaveradi. Jarima ballari miqdori qoidabuzarlikning katta-kichikligiga bogliq buladi.

Avtomobilda haydovchining yolgiz uzi utiradi. Kursatmalarni mashina saloniga urnatilgan avtodispetcher berib boradi. Tillarni tanlash imkoniyati bor. Ingliz tilida berilayotgan kursatmalarni tuliq anglash biroz mushkul, shuning uchun bazida kichik monitordagi matn shaklidan ham foydalanish maqsadga muvofiq.

Yuqorida aytilganidek, bu bosqichda asosiy 4ta chellenjni kurish mumkin.

1. «Aytgandim-a shu tepalikka chiqmaylik deb…» – dunglikdagi shart

Eng birinchi duch kelinadigan jiddiy shart – dunglikka kutarilish va uch soniya tukhtab, yana yurishda davom etish. Murakkabligi shunda buldiki, uzatmalar qutisi mekhanik bulgan mashinalar uchun ham qul tormozidan foydalanish diskvalifikasiyaga sabab bular ekan. 3 soniya utib, yana quzgalayotganda mashina 50 santimetrdan kup ortga yurib ketgan taqdida ball olib quyiladi.

Havaskor haydovchi bulganim bois deyarli har safar shu tepalikka kutarilgach, bir marotaba mashinani uchirib olmasam, uta olmadim… Buning uchun ham jarima ballar bor, albatta.

2. «Tulbal, tulbal, tulbal» – favqulodda vaziyatlarda tezkorlikni sinovdan utkazish

Maydonchaga kirdingizmi, bu sinovga shay turishingiz kerak. Imtihon oluvchilar tomonidan istalgan vaqtda «Tulbal, tulbal, tulbal», yani halokat signali berilishi mumkin. Bunday vaziyatda zudlik bilan mashinani tukhtatish (2 soniya) va favqulodda holat tugmasini bosish (3 soniya) sizni ball yuqotishdan asrab qoladi.

Biroq, bu shartlarni bajarsam ham, har gal qimmatli 10 ball qulogini ushlab ketaverdi. Keyin bilsam, mashinani qayta yurgizishdan oldin kechiktirmasdan favqulodda holat tugmasini qayta bosib quyish kerak ekan.

3. «Parkovka» – imtihon topshiruvchining ashaddiy dushmani

Bu borada biz kabi debyutantlar kup shikoyat qilmasa ham buladi, chunki katta tajribaga ega haydovchilar ham aynan shu joyda pand eyishgani bor gap. 2 daqiqa ichida boshi berk kichik kuchada avtomobilni orqa tomoni bilan avtoturargohga joylab, yana qayta olib chiqib ketish talab etiladi.

Yul chetidagi sariq chiziqni bosish – eng kup uchraydigan khatolardan. Buning uchun jarima – 15 ball.

Aynan shu joyda 4 marta imtihonni tark etishimga tugri keldi. Bir gal vaqt tugab qolgan bulsa, keyingi safar sariq chiziqni begona qilmay bosib utdik. Bir vatandoshimizning yordami bilan tunda uning mashinasida avtoturargohga joylash rejasini tuzib ham chiqdik hatto.

Shakhsan men qilgan khatolardan biri – mekhanik moslamaning orqaga yurgizuvchi uzatmasini etibordan chetda qoldirganim buldi. Men urgangan mashina biroz eski bulgani uchun test avtomobili uzatmalar qutisiga moslashib olishim qiyin kechdi va vaqtdan yutqazdim.

4. Tezlikni oshirish

Bu shartni faqatgina bir marta bajarish «nasib qildi», yani imtihondan muvaffaqqiyatli utgan kunimda. Boisi maydonchadagi eng okhirgi duch kelishingiz mumkin bulgan khavfli sinov – aynan shu.

Bunda avtomobil tezligini 20dan oshirgan holda takhminan 40 metrcha harakatlanish talab etiladi. Bir qarashda oddiy, lekin shu shartda ham 10 ball jarima sifatida olib quyildi. Sabab – etarli darajada etiborli bula olmaslik oqibatida belgilangan masofani bosib utmay turib, tezlikni kamaytirganim.

Khullas, imtihonning ikkinchi bosqichi men uchun avvaliga eng oddiy tuyulgani, aslida esa eng murakkab bulib chiqqani bilan yodimda qoldi. Undan utish uchun 7 marta urinishimga tugri keldi.

Imtihon yakuniga etishi uchun hal qiluvchi bosqich hali oldinda turgan bulsa-da, hozirgi galaba bilan Koreyada 1 yil mobaynida mashina haydashga rukhsat berilar ekan. Sharti – haydovchiga yonida kamida 2 yillik tajribaga ega boshqa bir haydovchi hamrohlik qilishi kerak.

3. «Road test» – katta kuchadagi hal qiluvchi bosqich ($20)

Bu bosqichda imtihon topshiruvchi mashinada yolgiz qoldirilmaydi. Bakhtga qarshi boshqa ishtirokchilarning amaliyotini kuzatish nasib etmadi.

Biroz bulsa-da ishonch bilan harakatni boshlagandim, lekin katta kuchaga chiqishga ulgurmay imtihonni tugatishga tugri keldi – qizil chiroqni payqamay qolibman.

Real hayotdagi avtomobil boshqaruvi – makhsus maydonchadagi sinovlardan sezilarli darajada osonroq. Svetafor chiroqlariga etiborli bulinsa bas. Imtihondan utish uchun yakuniy balingiz 70dan yuqori bulishi kerak.

Mayda jihatlardek kuringan, lekin muhim sanaluvchi harakat yoki harakatsizlik uchun katta-katta ball olib tashlanadi. Uchinchi urinishda deyarli khato qilmadim va masul khodim hujjatimga kuk muhrni bosib berdi. Ana endi erkin nafas olish mumkin edi, galaba!

Aslida, bir kunda ish bitishi mumkin edi…

Afsuski, usha kunning uzida guvohnomani olib ketish nasib qilmadi. Pasport olib borish khayoldan kutarilgan ekan. Ertasi kuni surat, pasport va Koreya ID kartasini olib bordim.

Atayin soatga qarab turdim: 6 daqiqa ichida menga Janubiy Koreya haydovchilik guvohnomasini topshirishdi.

Mashina haydashda deyarli hech qanday tajribam bulmagani bois guvohnoma olishim uchun 2 oy vaqt kerak buldi. Yakuniy galabaga uchun uchta bosqichda jami 13 marta urinib kurishimga tugri keldi.

Har gal imtihondan yiqilib, qayta topshirish uchun ariza topshirayotganda yana alohida tulov qilinadi. 2 oylik umumiy kharajatim – yulkira bilan birga chamasi 220 dollarga etdi.

Janubiy Koreya haydovchilik guvohnomasining khorijda amal qilishi

Hujjat khalqaro haydovchilik guvohnomasi sifatida 35ta davlatda hech qanday qushimcha qogozbozliksiz amal qiladi. Avstraliya, Buyuk Britaniya va Kanada shular jumlasiga kiradi. Guvohnoma 10 yil muddatga beriladi.

Ayrim malumotlarga kura, Janubiy Koreya haydovchilik guvohnomasi 97ta davlatda tan olinadi.

Uzbekistonda olingan haydovchilik guvohnomasi bilan Koreyada avtomobil boshqarish mumkin

Uzbekiston fuqarolari uz yurtlarida olgan haydovchilik guvohnomasi bilan Koreyada mashina haydash uchun guvohnomani koreyscha variantga almashtirib olishlari kerak.

Koreyada uqiyotgan talaba tanishlarimdan biri bu ish 3-4 soatda hal bulishini aytgandi.

Guvohnomasi yuq, biryula Koreyada avtomobil boshqarishga rukhsat olaman, deb niyat qilganlar tayyorgarlikka jiddiy yondashganlari maqul. Mingtalik testni yod olish, mashinada sinov mashqlariga tayyorgarlik kurish tavsiya etiladi.

Agar moliyaviy imkoningiz bulsa, avtomaktabga qatnashingiz ham mumkin. Lekin eng hamyonbop usul – videokurslar orqali bilim olish va khavfsiz maydonchada tajribani oshirish.

Eldor Vohidov,
Kun.uz’ning Janubiy Koreyadagi mukhbiri.

О нас

Яна маълумот

ZUHc2sntn3YwkTHThJCrujNv8fKW1JWB

Dunyodagi eng serfarzand ona boshqa farzand kurmaydi

Kam uchrovchi irsiy kasallikdan aziyat chekuvchi ugandalik Mariam Gabatanzi 36 yoshida 44 nafar farzandning onasi …