Главная / Jahon / Koreyadan qaytgan fuqaro Samarqandda karantindan qochdi. U Denovda qamoqqa olindi
<

Koreyadan qaytgan fuqaro Samarqandda karantindan qochdi. U Denovda qamoqqa olindi

Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifokhonasiga 16 mart kuni 14 kunlik karantinga joylashtirilgan fuqaro A.A. 20 mart kuni soat 22:00 atrofida yashirin ravishda shifokhonadan qochib ketgan. Bu haqda Surkhondaryo viloyati IIB akhborot khizmati khabar bermoqda.

Malum bulishicha, fuqaro A.A. 16 mart kuni Moskva orqali Janubiy Koreyadan Uzbekistonga qaytib kelgan. Shu kunning uzida Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifokhonasiga 14 kunlik karantinga joylashtirilgan. Ammo karantinning beshinchi kuni — 20 mart soat 22:00 dagi yuqlama vaqtida u shifokhonadan qochib ketgani malum bulgan.

«U yashash manzili — Denov tumanida ushlangan. U hozirda gumonlanayotgan koronovirus kasalligiga chalingan bulishi mumkinligi, karantinga olingan joydan yana qochib ketishi va atrofdagilarni jiddiy khavf ostida qoldirishi mumkinligini inobatga olib, unga nisbatan ‘qamoqqa olish’ tarzidagi ehtiyot chorasini qullanildi», — deyiladi khabarda.

Hozirda ushbu shakhs uz uyida ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida karantinda saqlash uchun izolasiyaga olingan. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi quzgatilgan. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqanddagi karantin markazidan 66 yoshli parkentlik fuqaro qochib ketgani, Qashqadaryodagi karantin markazidan esa 25 yoshli namanganlik yigit qochishga uringan vaqtida ushlangani haqida khabar berilgan edi. Ularning har ikkisi Rossiyadan poezdda qaytgan edi. Malumotlarga kura, ulardan birinchisiga nisbatan jinoyat ishi quzgatilgan.

Mavzuga doir: Karikatura: Oilasining salomatligini uylamay, karantindan qochganlarga bagishlanadi

Malumot uchun, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi. Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa 11,1 million sumdan 22,3 million sumgacha miqdorda jarima solish yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 2 yilgacha akhloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yokhud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Usha qilmish odamning ulimiga sabab bulsa, 2 yildan 3 yilgacha akhloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yokhud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Usha qilmish odamlarning ulimiga sabab bulsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

О нас

Яна маълумот

heQZsb8gZKbhksO6oU4B16jPIYSFClin

Moskvada cheklovlar rejimini iyun urtasigacha uzaytirish rejalashtirilmoqda

Moskvada koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan cheklovlar rejimi 31 maydan keyin uzaytirilib, iyun urtalarida bekor …