Главная / Siyosat / Qoniqarsiz koll-markaz, immunitetni kutarish yullari va uyda davolanish tartibi — Nurmat Otabekov bilan suhbat (1-qism)
<

Qoniqarsiz koll-markaz, immunitetni kutarish yullari va uyda davolanish tartibi — Nurmat Otabekov bilan suhbat (1-qism)

Kun.uz Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligi Nurmat Otabekov bilan telefon orqali intervyu tashkil etib, ayni kunlarda dolzarb bulib turgan qator savollarga javob oldi.

Foto: KUN.UZ

Malumki, Makhsus komissiyaning iyul oyidagi 33-sonli yigilish qarori bilan ayrim bemorlarning uz uyida davolanishi belgilangan edi. Ammo bugun fuqarolardan kelayotgan kuplab murojaatlarga kura, kasallik yuqtirgan va uyda qolib davolanayotgan bemorlarning 1003 koll-markaziga qilgan aksar qungiroqlari javobsiz qolmoqda.

Bundan tashqari, soatlab kutilgan javobdan keyin ham markaz bilan boglanilganda, u erdagi mutakhassislar bemorlarni qoniqtiradigan darajada kerakli maslahatni bera olishmayapti. Markaz tomonidan kursatilayotgan khizmat sifati bilan bugun hech kim qiziqmayapti, u uz holiga tashlab quyilgan.

Nurmat Otabekovga ilk savolimiz shu khususda buldi.

«Aslida malumotlar markazi faoliyati bilan bogliq masalalarga mening baho berishim qiyin. Negaki, bu markaz Sogliqni saqlash vazirligi qoshida tashkil qilingan.

Malumotlar markazi faoliyatini tashkil buyicha vazirlikning 176-sonli buyrugi chiqqan. Shuningdek, ushbu buyruqqa muvofiq, koronavirus kasalligiga chalingani tasdiqlangan va kasalligi klinik belgilarsiz kechayotgan bemorlarni uy sharoitida hamda hududiy poliklinikalar nazorati ostida davolashga ham rukhsat berilgan.

Albatta, bemorlarning uyda davolanishini tashkil qilishdan maqsad odamlar uchun qulaylik yaratish. Bilasiz, Uzbekiston bir necha oydan buyon koronavirus kasalligi bilan kurashib kelyapti. Mana shu davr mobaynida biror klinik belgilarsiz 14 kun shifokhonada va yana 14 kun reabilitasiyada yotib chiqqanlar buldi. Shunday ekan, hozirgi vaqtda bu chora kasallika chalinganlar soni ortib borayotgani, qolaversa, kasalligi klinik belgilarsiz utayotgan fuqarolarni uy sharoitida davolash mumkinligini inobatga olib qullanmoqda. Mobodo bemorning ahvoli ogirlashsa yoki boshqa jiddiyroq holatlar kuzatilsa, biz uni tezda shifokhonaga olamiz.

Bundan tashqari, biz ushbu chorani qullash orqali joy bilan bogliq tanqisliklarning oldini olishga harakat qilyapmiz.

Haqiqatan ham, koronavirus bilan zararlanishning klinik belgilari 14 kun mobaynida kuzatilishi aytilgan. Jahon sogliqni saqlash tashkiloti ham bu boradagi fikrini hozircha uzgartirgani yuq. Lekin Uzbekistondagi holatlardan kurinyaptiki, kimgadir kasallik yuqqan bulsa, uning namoyon bulishi uchun 10 kun muddat etarli hisoblanadi.

Virus bilan zararlanganlar orasida 11-12-kunlarga kelib klinik belgilari paydo bulgan bemorlar kamdan-kam kuzatilyapti», – deya javob berdi Nurmat Otabekov.

— Albatta, bu masalaga yana qaytamiz. Hozirgi bergan savolim esa 1003 malumotlar markazining qoniqarsiz faoliyati borasida edi. Hozir kuzatilayotgan ogir holatdan kelib chiqib, bu markaz faoliyatini takomillashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Markaz bilan boglanish imkoniyatini osonlashtirish va u erdagi tajribali, bilimli mutakhassislarni kupaytirish zarurati, markaz faoliyati bugun odamlarni umuman qoniqtirmayotganiga izoh bersangiz.

— Sogliqni saqlash vazirligining men yuqorida aytgan buyrugida 2 kun muddatda uyda davolash buyicha kerakli tartib va guruhlar faoliyati yulga quyilishi belgilangan. Bunda kasallik holati hisobotlarini yuritish buyicha alohida va kasallikka chalinganlar buyicha alohida tartib ishlab chiqish buyicha topshiriq berilgan. Hozir mana shu tartiblar hammasi ishlab chiqildi. Lekin shu bilan birga malumotlar markazidagi khodimlar bu tartiblardan tula khabardor bulib, uni tuliq anglab etolmagan bulishi mumkin.

Albatta, bu amaliyot Uzbekistonda birinchi bor qullanilayotgani uchun odamlarda bu borada savollar juda kupayib ketmoqda. Lekin men sizning fikrlaringizga qushilaman. Chunki bizga ham bu borada turli murojaatlar va tanqidlar kelib turibdi. Demak kurinadiki, malumotlar markazining faoliyatini takomillashtirish, unga sohani yakhshi bilgan, bemorlarga kasallikdan davolanish bosqichlarini tugri tushuntirib beradigan mutakhassislarni jalb qilish kerak.

Men aniq bilaman, malumotlar markaziga kimdir telefon qilib uz savoliga kungildagidek javob ololmas ekan, u taajjublanadi. Keyinchalik tizimdan norozi buladi. Ayniqsa hozir – vaziyat ogirlashgan, odamlar sarosimaga tushayotgan paytda bu markazning faoliyati tubdan yakhshilanishi kerak.

Koronavirusdan uyda davolanayotgan odamlarga etarli malumot berish borasidagi kerakli topshiriqlar Makhsus komissiyaning ketma-ket imzolangan 31, 32, 33, 34, 35-sonli yigilish bayonnomalarida ham kursatilgan.

Komissiyaning okhirgi yigilish bayonnomalaridan birida keltiriladiki, biz agar lozim bulsa, tibbiyot sohasida ishlagan, tajribali shifokorlar bilan shartnoma tuzib, ularni kasallikka qarshi kurash sohasiga qayta jalb qilishimiz mumkin. Bular 1-2 kun ichida bartaraf etiladigan holat.

Tushuning, Ilyosbek, Uzbekiston tibbiyoti bu borada endigina tajriba orttiryapti, tajribamiz endigina oshyapti.

— Makhsus komissiyaning yuqorida aytilgan qarorida uyda davolanayotganlar holidan khabar olish, ularning davolanishiga yordam berish uchun mobil guruhlarni tashkil qilish vazifasi yuklatilgan edi. Khush, bu qanday guruh? U qanday tizimda ishlaydi? Uning ham faoliyati afsuski, kup sohalarda bulgani kabi khujakursinga bulib qolmaydimi?

— Bizda hozir nafaqat mobil guruhlar tashkil qilinyapti, balki viloyatdagi tibbiyot muassasalari mutakhassislariga kasallikni davolash yullari va profilaktikasi buyicha maslahatlar berib turilibdi.

Shuningdek, Sogliqni saqlash vazirligining 176-sonli buyrugi bilan har bir viloyatga makhsus tibbiyot khodimlari, yani olimlar va professorlar biriktirilgan.

Endi mobil guruhlar haqida. Mobil guruhlarning ikkita toifasi bor. Birinchisi – bemorlarning uyda yoki stasionar sharoitda davolanishini hal qiluvchi guruh. Bu guruhda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi vakillari, QVP vakillari va vrach-infeksionist buladi. Ular birgalikda saralash guruhi vazifasini bajaradi. Bu – bemorlarni qaerda davolanishi kerakligi buyicha khulosa beruvchi guruhdir.

Ikkinchisi – faol mobil guruh. Bu guruh buyurtmani oilaviy poliklinikalar, QVP va markaziy poliklinikalardan oladi. Demak, bemorlar uyda davolanish barobarida kasallikning biror-bir klinik belgilarini sezsa, yani tana kharorati kutarilsa, tana qaqshab ogrisa, poliklinikalarga murojaat qiladi. Poliklinikalar mobil guruhga murojaat qiladi. Guruh vakillari esa uz navbatida bemorning uyiga etib boradi. Vaziyatni kuzdan kechirib, bemor ahvolini baholab, agar lozim topsa, tez yordam avtomashinasida shifokhonaga utkazadi. Bemorning qolgan oila azolari bilan bilan muloqotda bulgan-bulmaganini tekshirishni nazoratga oladi.

Mobil guruhning vazifasi kundalik kuzatuvdan farqli ularoq, faqat malakali tibbiyot khodimlarining malakali maslahati zarur bulgandagina ishga tushish. U har bir tuman va shahar tibbiyot birlashmasida tuziladi.

Mobil guruhlar bir nechta bulishi mumkin. Bu kelib tushayotgan buyurtmalar soniga va khizmat kursatish radiusidan kelib chiqqan holda tuziladi.

— Bu borada malum tajriba orttirdik, deya takidlab utdingiz. Ayting-chi, kasallikdan himoyalanish uchun sanitar-gigienik qoidalarga amal qilishdan tashqari (bularni odamlar yodlab ham olishdi), yana qanday choralar kurish lozim? Istemol qilinishi kerak bulgan mahsulotlar, ovqatlanish qoidalari, kerakli dori va boshqa vositalarni nazarda tutyapman.

— Albatta, dori-darmon haqida gap ketganda fuqaro kasallik yuqtiradigan bulsa, uz hududidagi shifokordan maslahat olishi kerak. Usha shifokor biladi bemordagi haqiqiy holatni. Har bir shakhs alohida individ.

Lekin biz aniq bilamiz, aytganingizdek, ehtiyot choralari haqida shunchalik kup gapirdikki, uni odamlar yodlab oldi. Endilikda biz immunitetni kutaradigan, inson immun tizimini barqaror ushlaydigan vositalar haqida kuproq malumot berishimiz kerak.

Biz bu borada tajribamizdan aniq bilamizki, inson uz imunitetini mustahkamlashi uchun tuyib ukhlashi, yakhshi dam olish, khotirani jamlashi, ortiqcha asabiylashmaslik, tuyib ovqat eyishi (meyorni buzmagan holda) va jismoniy mashqlar bilan shugullanishi hamda zararli odatlardan (ichkilik, chekish va h.k.) voz kechish kerak.

Yana bir kerakli maslahat: Uzbekistondagi har bir maysa bu giyoh. Buni hech qachon inkor qilish kerak emas. Uzbekiston sharoitidagi damlamalar, yani u peshob haydaydiganidan tortib ut suyuqligini haydaydigan, oshqozon ichak tizimini yakhshilovchi, ovqat-hazm qilish jarayoniga ijobiy tasir qiladigan, quyingki, har bir kasallikda davo hisoblanadi.

Giyohlardan tayyorlangan damlamalarni, turli mevalarni kuproq istemol qilish. Bularning barchasi bizning immun tizimimizga ijobiy tasir qiladi. Bir narsani etibordan chetda qoldirish kerak emas, bizda turli giyohlardan tayyorlangan va juda arzon narkhda sotiladigan damlama va dori vositalari kup.

Ahamiyat beradigan bulsak, usimliklardan tayyorlangan vositalar bizning amaliyotimizda keskin kamayib ketgan. Biz asosan kimyoviy yul bilan olingan dorilarni qabul qilyapmiz. Bu juda zararli. Borib-borib qaysidir organlarimizga albatta zarar etkazadi.

Shunday ekan, biz turli usimliklar: namatakdan tortib, kiyik uti, makkajukhori tuklari, romashka guli va ayniqsa togda usadigan dorivor usimliklarni istemol qilishni kanda qilmasligimiz kerak. Imkon qadar kimyoviy dori vositalardan foydalanmaylik.

Insonning hatto ichadigan suyuqliklari tarkibida ham damlamalar bulishi kerak.

Tabiat nematlaridan uzoqlashmaslik kerak. Masalan, isiriq usimligining ham foydasi juda katta.

Bundan tashqari, oddiy yongoqni oling, u miya tuqimalari faoliyatini yakhshilaydi. Urik va uning turshagi yurakka darmon.

 Virus yuqtirgan va uz uyida davolanayotganlar-chi? Ular qanday choralarni kurishi kerak? Hozir Uzbekistondagi kuplab bemorlar va ularning yaqinlari aynan shunday tavsiyaviy qullanmalarning mavjud emasligidan norozi bulishmoqda.

Tasavvur qiling, har khil oilalar bor. Homilador va yosh bolali ayollar, qariyalar, kasallar, kup qavatli uyda va juda yaqin masofada turib yashashga majburlar.

— Kasallikka chalinib uyda davolanayotgan bemorlar uchun qullanma tayyorlash jarayoni yakuniga etgan. Hozir uni barcha tashkilot va vazirliklarga etkazish uchun kupaytirish jarayonlari ketyapti. Albatta, bu hammaga etarli miqdorda buladi. Aholiga esa OAV, jumladan, internet saytlar va ijtimoiy tarmoqlar, yirik auditoriyaga ega telegram kanallari orqali etkazmoqchimiz.

Men kasallikka chalinib uyda davolanayotgan bemorlarga bir jihatni eslatmoqchiman. Ular avvalo organizmida virus borligini bir daqiqa bulsin yoddan chiqarmasligi kerak. Ikkinchidan, kasallik ularning oila azolariga hali yuqib ulgurmagan bulsa, uni yuqtirib quyishdan jiddiy saqlanish kerak. Bemorlar uzini imkon qadar alohidalashi kerak.

Lekin uyda sharoit bulmasa va kasallik klinik belgilarsiz kechayotgan bulsa, bunday paytda yuqoridagi guruh qaror qiladi. Yani u balki stasionar davolanishga olinishi kerakdir. Negaki, ayrim bemorlarning uy sharoitida davolanish imkoniyati yuq va uni oila azolariga yuqtirib quyishi mumkin.

Bundan tashqari, hozir bizda virusdan ehtiyot bulishning eng samarali yuli sifatida doka niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash va odamlar tuplangan joyga bormaslik bulib turibdi.

Shuningdek, karantin muddatini tula utash – kasallikdan tuzalib ketish va uni boshqalarga yuqtirmaslikning yagona imkoniyati. Albatta, odamlar shifokhonaga yotadigan bulsa, ularda shunga yarasha qandaydir noqulayliklar ham kelib chiqadi. Begona muhit, begona sharoit va begona odamlar.

Kasallikni yuqtirganlar, ularning qancha vaqt uyda qolishi, qancha vaqtga chiqishi haqida mobil guruh bosh qotiradi.

Hozir biz tayyorlagan hujjat buyicha uydagi kuzatuv muddati 10 kun qilib belgilangan. Davolash 10 kun davom etadi. Undan keyin bemor test topshiradi va natija manfiy chiqsa, kuzatuv bekor qilinadi. Sung bu odam bemalol ishga chiqaverishi mumkin.

— Demak, bemor tula davolanib chiqish uchun 10 kun tula etarli muddat?

— Albatta. Yuqorida aytganimdek, Uzbekiston sharoitida kasallik tashkhisi quyilganlar, kasallikning engil formasi bilan zararlanganlar 8 kunda tuliq davolanib ketyapti.

Aytilgan tavsiyalarga tula amal qilinsa, virus yuklamasining ortib ketishiga yul quyilmasa, kasallik tezda davolansa, bemorning organizmida asorat qolmaydi. Bundan tugri khulosa qilish kerak.

О нас

Яна маълумот

Hukumatga vaksina kharid qilish va aholi vaksinasiyasini amalga oshirish yullarini pukhta urganib chiqish topshirigi berildi

Ayni daqiqalarda prezident Shavkat Mirziyoev navbatdagi videoselektor yigilishi utkazmoqda. Tadbirda bugun Uzbekiston buylab koronavirus pandemiyasini …