Главная / Jamiyat / Kogondagi pakhta paykalida yurgan maktab bolalari: ularni kim majburlab terimga olib chiqqan?
<

Kogondagi pakhta paykalida yurgan maktab bolalari: ularni kim majburlab terimga olib chiqqan?

Bukhoro viloyatining Kogon tumanidagi «Tuni Iroq» mahallasida joylashgan 15-urta maktabning 5-sinf va undan yuqori sinf uquvchilari 29 sentyabr, yakshanba dam olish kuni pakhtaga chiqarilgani haqida Repost.uz khabar berdi.


Foto: Repost.uz

Nashr khabarida 15-maktabning kamida 13 nafar uquvchilari Taytal qishlogi yaqinidagi «Alinoz Shergiron» i «Barno Bahrom» fermer khujaligi dalalarida pakhtaga olib chiqilgani, bu ishning barchasining boshida tuman hokimi Yuldosh Jumaev turgani takidlangan.

Keyinroq, Bukhoro viloyati hokimligi matbuot khizmati mazkur voqeaga uz rasmiy munosabatini bildirdi.

Unga kura, Repost.uz khabarida keltirilgan holatlar makhsus ishchi guruhi tomonidan dastlabki urganilgan va khabarda tilga olingan jihatlar uydirmadan boshqa narsa emasligi malum qilingan.

Bukhoro viloyat hokimligi matbuot khizmatining rasmiy bayonotida Kogon tuman hokimligi, Kogon tumanidagi 15-maktab direktori Jamol Saidov, viloyat khalq talimi boshqarmasi boshligi Amirillo Safarov va Kogon tuman khalq talimi bulimi mudiri Bahron Qurbonov masala yuzasidan uz fikrlarini bayon etib, khabar uydirma ekanligini takidlab utishgan.

Kun.uz mukhbirlari Kogon tumanidagi «Tuni Iroq» MFYda joylashgan 15-maktabda bulib masalaga oydinlik kiritishga harakat qilishdi. Biz borganimizda viloyat hokimligi matbuot kotibi O.Juraev va bir necha jurnalistlar va masul rahbarlar maktab hududida ekan.

15-urta maktab direktori J.Saidov 2011 yilda qurilgan yangi maktabda 670 nafar bola ikki smenada uqishini takidlab, 5-11 sinf uquvchilari soni 400 nafarligini aytib utdi. «Agar maktab tomonidan yoppa pakhtaga chiqqanida suratlarda 4-5 ta bolakay emas, kamida yuzlab bola pakhta dalasida bulardi», dedi direktor. Shuningdek, direktorga kura, Repost.uz khabarida suratlari elon qilingan bolalarning hammasi ham ushbu maktabda uqishmasligini aytdi.

Direktor maktabda 60 dan ziyod pedagog hamda tekhnik khodimlar mehnat qilayotgani, maktab jamoasi va uquvchilar hech qachon pakhta terishga majburiy tarzda jalb qilinmagani, bu haqda buyruq berilmaganini takidlab utdi.

Kogon tuman khalq talimi bulimi mudiri Bahron Qurbonov tumandagi 22 maktabdagi uquvchilar u yoqda tursin, uqituvchilar jamoasi ham pakhta yigim-terim ishlariga jalb qilinmayotganini bizga ham takidladi.

Maktabda bulib turgan tuman hokimligi vakillarining aytishicha, mahalliy fermerlardan biri shu yil boshida Hukumat qaroriga kura utkazilgan maqbullashtirishdan sung er maydonlaridan ajralgach, tuman hokimidan uch olish maqsadida ushbu fitnani uyushtirgan. Huquq-tartibot organlari bu versiya buyicha ham surishtiruv ishlarini olib borishmoqda ekan.

Viloyat prokuraturasi vakili A.Eshmurodov barcha surishtiruv ishlari yakunlangach, matbuot uchun rasmiy malumot berilishini aytib utdi.

Biz tanaffusga chiqqan va ikkinchi smenaga uqishga kelayotgan maktab uquvchilarini ham suhbatga tortdik. Khususan, 10-sinf uquvchilari uqiydigan sinfkhonaga kirib, bolalar bilan suhbatlasha boshlaganimizda, direktor J.Saidovdan sinfni tark etishni iltimos qildik. Shundan sung sinfkhonaga tuman khalq talimi bulimi mudiri ham kirib keldi va mavjud tartibga kura voyaga etmagan bolalar bilan suhbat faqat psikholog ishtirokida utkazilishi kerakligini takidlab, psikhologni bizga qushib quydi.

Psikholog ishtirokidagi savol javoblar chogida sinfkhonadagi ugil-qizlar bir ovozdan pakhtaga chiqishmaganini, hech kim bu ishga majburlamaganini bir ovozdan aytishdi. Darsdan keyin ular qushimcha dars va tugaraklarga qatnashishini bildirishdi.

Biz ishonch hosil qilish uchun bolalardan kaftlarini kursatishni suradik. Ugil bolalarning ayrimlarining barmoqlari chanoqdan shilingani kurinib turardi. Lekin ular pakhtaga chiqqanini tan olishmadi.

Maktabni tark eta turib, ikkinchi smenaga kelayotgan 6-sinf uquvchilarini ham savolga tutdik va barmoqlariga etibor berdik.

Garchi yosh bolalar sira bunga iqror bulishmagan bulsa ham, ulardan ham ayrimlari pakhtaga chiqqani ayon edi — uzimiz ham yoshlikda pakhtaga chiqqanmiz, barmoqlarda aynan pakhta chanogi shunday iz qoldiradi.

Biz maktab joylashgan mahalladagi oddiy insonlarni ham gapga tutdik. Ular darsdan bush vaqtda bolalar kompyuter uynab vaqtni behudaga sovurmasdan, onasiga yordam sifatida harna 5-10 kilo pakhta terish uchun birga chiqishayotganini aytib utishdi. Lekin maktab tomonidan bolalar buyruq bilan yoppasiga chiqarilmaganini aytishdi.

Shu qishloqda istiqomat qiluvchi yana bir kishining aytishicha, qishloqda kupchilik maktab uquvchilarining otalari Rossiyada mehnat migrasiyasida. Pakhta mavsumida ularning onalari pakhta terimga chiqishadi. Bolalar daladagi yaqinlariga choy yoki ovqat tashishadi. Uzlari ham onalariga, opalariga pakhta terishda kumaklashishadi. Qaytishda fartukda mol-quylariga ut yulib qaytishadi. Bu — yillar davomida shakllangan anana.

Endi uylab kuring: maktab yakshanba va bayram kunlari ishlamasa, uqituvchilar dam olsa, uquvchilar ota-onalarining ikhtiyorida bulsa, bolalarni pakhtaga chiqish-chiqmasligini ota-onasidan bulak kim nazorat qila oladi? Ota-onasi pakhtaga chiqishga majburlagan taqdirda ham, baloga qolgan maktab jamoasi bulishi kerak emas-ku? Umuman, muammo mana shunday kurinishda buy kursatsa uni qanday qabul qilish va echish kerak? Pakhta terishni tashkil qilish zimmasiga tushgan mahalla sira ham bunga qarshi kurashmasa kerak. Harna-da, harna…

Pakhta yigim-terimida bolalarning majburiy mehnatidan foydalanmaslik borasida sunggi yillarda katta ishlar amalga oshirildi. Jahon hamjamiyati oldida nihoyat bu illatdan qutulib, yuzimiz yorug buldi, deb turganimizda bunday khabarlar kishini albatta seskantiradi.

Fikrimizcha, Kogon voqeasidan barcha uziga tegishli khulosalar chiqarib oladi.

Shuhrat ShOKIRJONOV, Kun.uz mukhbiri.

Fakhriddin HOTAMOV suratlari.

О нас

Яна маълумот

BPG-QxVAp4Vmca626OtLF2BXmuWOPSkq

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etmoqda, ammo pasayish surati sekinlashmoqda

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etayotgan bulsa-da, mintaqada uning pasayish surati sekinlashgan. Qashshoqlikning eng …