Главная / Jamiyat / Klaster hokim bilan sudlashmoqda: Hokimlik «Sultonteks»ni nimalarda ayblagan va ayblovlar qanchalik asosli?
<

Klaster hokim bilan sudlashmoqda: Hokimlik «Sultonteks»ni nimalarda ayblagan va ayblovlar qanchalik asosli?

Qarshi shahrida faoliyat kursatayotgan, ip yigiruv va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ikhtisoslashgan «SULTONTEX GROUP»  MChJ shaklidagi khususiy korkhonasining Qarshi tumanida pakhtachilik klasteri tugatilayotgani internetda shov-shuv keltirib chiqardi.

Kun.uz saytida avvalroq bu ilgor klaster tugatilayotgani haqida maqola elon qilingan edi. Biroq, qashqadaryolik mutasaddilar ushbu materialga tayinli munosabat bildira olishgani yuq.

«SULTONTEX GROUP»  khususiy korkhonasi Qarshi tumanidagi jami 15 ming gektarda pakhta etishtiruvchi 500dan ziyod fermerlar bilan shartnoma imzolagan. Uning uzi ham 1300 gektar maydonga ega.

Klaster pakhta etishtiruvchi fermerlarga mekhanizasiya, ugit, dori, yoqilgidan yordam beradi, ularning etishtirgan pakhtasini pakhta terish mashinalarida yigib oladi. Hosilni uzi qayta ishlab, tola va chigitini ajratadi. Chigitdan yog chiqaradi, toladan esa ip yigirib, tayyor mahsulot ishlab chiqarib, eksport qiladi.

Klaster barcha ishlab chiqarish sikllarini tuliq qamrab olgan. Respublikada bunday klasterlar barmoq bilan sanarli. Prezident Shavkat Mirziyoev ham Qashqadaryo viloyatiga safari davomida bu klaster faoliyati bilan shakhsan tanishgan.

Barchasi nimadan boshlangandi? Klaster faoliyati nega tugatib yuborilmoqda?

Ayni damda «SULTONTEX GROUP» Qarshi tuman hokimligining ayrim yolgon malumotlari yuzasidan tuman mamuriy sudiga murojaat qilgan, ish sudda kurib chiqilmoqda.

Sud qanday yakuniy qarorga keladi, bundan bekhabarmiz, unga tasir utkazish niyatimiz ham yuq, biroq uquvchilarimizga «SULTONTEX GROUP» klasterining yopilishiga nimalar sabab bulgani, umuman, uning yopilishi adolatli yo unday emasligi haqida khulosa chiqarishlari, mushohada qilishlari uchun vaziyatni yaqindan urganish maqsadida Qarshiga bordik.

Klaster rahbari Nurbek Ergashevning hikoya qilishicha, Bosh vazir urinbosari Uktam Barnoevning 20 mart kuni Koson tumanida Qashqadaryo viloyatida qishloq khujaligida amalga oshirilayotgan ishlarni urganish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari tugrisida utkazgan yigilishidan keyin unda muammolar yuzaga kela boshlagan.

Yigilishdan keyin tuzilgan bayonnomada Qashqadaryo viloyati hokimligi, «Agrobank» ATB, Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasi va tijorat banklarining gallani mineral ugitlar bilan oziqlantirish va kimyoviy preparatlar bilan ishlov berish uchun etishmaydigan mablaglarni tijorat krediti, pakhta-tuqimachilik klasterlariga ajratiladigan pakhta imtiyozli kredit mablaglari va fermer khujaliklarining ustav fondiga jamgariladigan mablaglar hisobidan qoplash tugrisidagi noqonuniy takliflari maqullangan.

Nega noqonuniy? Chunki pakhtachilikka ikhtisoslashgan klaster galladan umuman daromad qilmaydi, chunki gallani qayta ishlamaydi. Buning uchun gallachilik klasterlari tuzilgan. «SULTONTEX GROUP» klasteriga uzi bir tiyin daromad qilmaydigan gallachilik sohasi uchun «Agrobank» tomonidan tugridan tugri uz sohasi bulgan pakhtachilikka ajratiladigan kredit mablaglari hisobidan qariyb 550 ming AQSh dollariga teng miqdordagi pul utkazib berish vazifasi nega yuklanadi? Akhir bu soglom aqlga zid-ku?

Tabiiyki, klaster rahbari bunday qila olmasligi, bank mablaglaridan maqsadsiz foydalana olmasligini aytganidan sung muammolar boshlangan.

«Jazo» ham uzoq kuttirmagan. 2020 yil 8 aprel kuni Vazirlar Mahkamasida «Pakhta-tuqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari — klasterlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari tugrisida» mavzusida utkazilgan yigilishda respublikada samarasiz faoliyat kursatayotgan va tugatilishi lozim bulgan 16ta klaster korkhonalari ruykhati tasdiqlangan. Ularning orasida «SULTONTEX GROUP» MChJ ham bor.

Yigilish bayonida «SULTONTEX GROUP» MChJga quyidagicha ayblovlar quyilgan:

1 . Pakhta khom ashyosini chuqur qayta ishlashning tuliq siklni qamrab olgan qayta ishlash quvvatlari mavjud emas. Holbuki, tuliq sikl mavjud.

2. 2020–2021 yillar uchun aniq hisob-kitoblarga asoslangan loyihalar ishlab chiqilmagan. Holbuki, umumiy qiymati 100 million AQSh dollariga teng loyihalar tasdiqlangan va prezidentga taqdimot qilingan.

3. Agrotekhnik tadbirlarni uz vaqtida amalga oshirishga amaliy yordam kursatilmasligi oqibatida pakhta etishtirishda hosildorlik past bulib, 2019 yilda 19,4 sentnerni tashkil etgan va 2018 yilga nisbatan 10,9 sentnerga pasaytirib yuborilgan. Bu ham yolgon. Qarshi tumanida utgan yili hosildorlik pasaymagan, oshgan.

4. Fermer khujaliklariga etkazilgan moddiy resurslar va kursatilgan khizmatlar narkhlarini oshirilgan qiymatda taqdim etib kelgan. Oqibatda, fermer khujaliklarining moddiy manfaatdorligi taminlanmayapti. Biz suhbatlashgan fermerlar esa buni tasdiqlashmadi.

Khulosaga kura, «SULTONTEX GROUP» pakhta-tuqimachilik klasteri faoliyati tukhtatilib, urnida fermer khujaliklari kooperasiyasi tashkil etish buyurilgan, endi tumandagi fermerlar usha kooperasiya bilan shartnoma imzolashga majburlanmoqda.

Biz 20 may kuni Qarshi tuman mamuriy sudida sudya A.Rasulov raisligida davom etayotgan ochiq sud majlisining ikkinchisida qatnashdik.

Nurbek Ergashev Qarshi tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Maqsuda Mustafoevaning noqonuniy khatti-harakatlari va ular keltirib chiqargan oqibatlar borasida sudga murojaat qilganini gapirib berdi.

Sud majlisi boshlanguncha kuchada yigilib turgan ayrim fermerlar bilan ham gaplashdik. Sudda guvohlik berish uchun kelgan va bizga rupara bulgan fermerlar utgan mavsumda klaster bilan ishlashganidan mamnun ekanliklarini, barcha ish joyida bulganini, ayni paytda klaster bilan shartnoma bekor qilinib, fermerlar kooperasiya bilan shartnoma imzolanganidan sung muammolar boshlanganini gapirib berishdi.

Khususan, utgan mavsumda klaster bilan ishlashda ugit, tekhnika, yoqilgi, OVKh masalasida muammolar bulmagani tilga olib utildi.

Fermerlarga tuman hokimligi tomonidan «SULTONTEX GROUP» tugatildi, degan khabar berilgan va ularda kooperasiya bilan shartnoma imzolashdan uzga chora qolmagan. Ayrimlar mahalla fuqarolar yigini raislari va ichki ishlar organlari khodimlari tomonidan shartnoma imzolashga majburlangan.

Fermerlardan biri klaster dastlabki yil ishlashda tajribasizlik qilib, ayrim khato va kamchiliklarga yul quyganini takidladi, lekin aldov yuli orqali kooperasiya bilan ishlashga fermerlarni majburlamaslik, klaster yo kooperasiyadan birini tanlashni fermerlarning ikhtiyoriga quyib berish kerakligini aytib utdi.

Eng qizigi, klaster yangicha usulda, yangi tekhnologiyalar bilan chigit qadab bergan fermerlarga ham bundan buyogiga klaster bilan ishlamaslik sharti quyilmoqda. Yani, fermerlarlarga khizmat kursatuvchi mekhnazasiyalashgan tekhnika vositalari faqat «SULTONTEX GROUP»da bor. Lekin fermerga «SULTONTEX GROUP»ga pul utkazib, tekhnika khizmatidan foydalanishga izn berilmayapti.

Sud zalida guvohlik kursatmasi bergan fermerlar ham klaster bilan ishlash ular uchun manfaatli va foydali bulganini qayd etib utishdi.

Shu kuni Qarshi tumani hokimi Maqsuda Mustafoeva mazkur sudga chaqirilganiga qaramasdan sud ishiga kelmadi. Bizga intervyu berishni istamagan (keyinroq sud zalida u jurnalistlardan uzini 5 marta internetga chiqarishganiga etiroz ham bildirdi) tuman hokimining qishloq khujaligi masalalari buyicha urinbosari Akrom Aripov suddagi chiqishi asnosida savollarga javob bera turib, Nurbek Ergashevning bosh «ayb»ini aytdi. Uning suzlariga kura, N.Ergashev manmansiragan, tuman rahbarlarining telefonini kutarmaydi va majlislarda qatnashmaydi.

Shuningdek, Akrom Aripov galla uchun klasterlardan pul talab qilinganini ham tan oldi. Buni esa hukumat topshirigini qonun deb bilishi va uni bajarishga intilishi bilan izohladi.

Qiziq vaziyat yuzaga kelmoqda: viloyat hokimligi, «Agrobank»ning viloyat bulimi klaster uchun ziyonli bulgan noqonuniy taklifni urtaga tashlaydi, u hukumat raisi urinbosari bayonnomasiga kiritiladi, uni qonun ularoq qabul qilgan tumandagi rahbarlar uzlari tayyorlab bergan malumotlar asosida tayyorlangan topshiriqlarni bajarishga intilishadi.

Tan olish kerak, «SULTONTEX GROUP» klasteridan norozi fermerlar ham yuq emas, lekin ular ham asosan klaster rahbarini turli selektor va majlislarga kelmaslikda ayblashgan.

Khup, «SULTONTEX GROUP» klasteri yomon ekan, hozir u tumanda pakhtachilikka aralashmay turibdi, undan qutulishdi; khalq deputatlari tuman kengashi qarori bilan kooperasiya tuzilgan, boyagi fermerlar bemalol kooperasiya bilan ishlayverishi mumkin-ku? Yuq, bu fermerlar gap-suzlari bilan tuman hokimligi pozisiyasini qullab turishibdi. Holbuki, utgan mavsumda klaster bilan ishlash oqibatida qandaydir zarar kurgan bulishsa yoki klasterning qandaydir qarzi bulsa bemalol iqtisodiy sudga murojaat qilishlari mumkin edi-ku?

Bu borada pakhtachilikdan chetlashtirilgan «SULTONTEX GROUP» klasterining 300dan ziyod, umumiy qiymati 8,5 million dollarlik yap-yangi tekhnikalari garajlarda turibdi.

50ger50g08.jpg (922×591)

Ularning orasida zamonaviy traktorlar, kultivatorlar, guzaga dori sepish uskunalari, hattoki AQShdan keltirilgan pakhta terish kombaynlari ham bor. 2020 yil hosil uchun mineral ugitlar va kimyoviy dori vositalari ham omborlarda «yaroqlilik muddati tugashi»ni kutib yotibdi.

«SULTONTEX GROUP» rahbari qishloq khujaligini tushunadigan barcha kadrlar etarli ekanligini takidlab utdi, klaster laboratoriyasida pakhta zararkunandalariga qarshi kurashish uchun 17 ming gektarga etadigan lichinkalar etishtirib quyilganiga guvoh buldik.

Klaster, shuningdek, pul sarflab, dalalarga chuv chiqargan, kollektorlarni tamirlagan, tomchilatib sugorish tekhnologiyasini tumanga sekin-asta joriy etayotgan edi.

Bosh vazir urinbosariga yolgon va khato akhborotlar bergan tuman hokimligi esa asosiy sanoat korkhonalari Qarshi shahrida joylashgan klasterni tumanda ishlatmoqchi emas. Va bu mashmashalarning barchasi klasterga aloqasi bulmagan galla uchun 5,636 milliard sum bermagani oqibatidan kelib chiqmoqda.

Klaster rahbari bulib utayotgan ishlardan tushkun ahvolda. «Barchasini tarmoqqa yangilik yaratish, pakhtachilikda hosildorlikni oshirish, unga zamonaviy tekhnologiyalarni olib kirish, kuproq ish urni yaratish uchun qilgan edim», — dedi u biz bilan suhbatda. Ishlab chiqarish korkhonalari Qarshi shahrida bulsa ham ishchilar urtasida Qarshi tumanidan qatnab ishlayotganlari ham bulgan.

U bankdan olingan kreditlarni yopish uchun tekhnikalarni sotuvga quyishga majbur bulgan.

Holbuki, Qarshida ip yigiruv fabrikasi, undan chiroyli trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, bir yil ichida qurilib ishga tushirilgan tikuvchilik fabrikasi faoliyat kursatib turibdi.

Klaster ikhtiyorida pakhta tozalash zavodi, yog zavodi ham bulib, ishlashga shay, uz navbatini kutmoqda.

Undagi sunggi rusumdagi dastgohlar Evropadan keltirilgan. Tayyor mahsulotlar khorijga eksport qilinmoqda. Klaster uzi pakhta etishtirib, fermerlardan pakhtani sotib olganida mahsulot tannarkhi arzon bulgan bular edi. Prezident tashabbusi bilan klaster tajribasi ommalashtirilganidan ham kuzlangan bosh maqsad shu edi. Endi birja orqali tola sotib olinsa mahsulotlar narkhi oshishiga olib keladi.

Khush, bu mashmashalardan kim yutadi?

Eng qizigi shundaki, voqeani kholislik nuqtayi nazaridan yoritishga uringan ayrim blogerlar masalaning mohiyatga tushunmasdan, «klaster monopoliya urnatgan», «u mafiya», «Toshkentda tankasi bor» degan buhton fikrlarni ilgari surishmoqda hamda klasterga qarshi bulgan fermerlarning fikrinigina olib chiqishmoqda. Uzingiz uylang, «Toshkentda tankasi bor» tadbirkorni mahalliy rahbarlar shu ahvolga sola olgan bulisharmidi?

Yana bir jihat: klaster bilan ishlashga roziman, degan fermerlarni Qarshi tuman hokimligi klaster bilan shartnoma imzolashga quymayapti va fermerlarga kooperasiya bilan majburiy shartnoma imzolatyapti. Bu holatda tumanda endi klaster urniga kooperasiya monopol bulib qolaveradi-ku?

Holbuki kuplab fermerlar viloyat hokimi Z.Mirzaev, tuman hokimiga klaster bilan shartnoma tuzishga rukhsat surab guruh-guruh bulib jamoaviy khatlar yullashmoqda. Ularning murojaatlari hanuz javobsiz qoldirilmoqda.

Khush, bu holatda fermerlar uchun endi nima yakhshi tomonga uzgaradi? Kooperasiyada zamonaviy tekhnika ham yuq, ugit, kultivasiya va boshqa masalalarda kooperasiya bilan shartnoma imzolatilgan fermerlar allaqachon muammolarga duch kelishgan.

Barchasiga pakhtachilik klasteri galla hosilini yigib olish uchun uchun pul kuchirib bermagani sabab bulmoqda. Buni rasmiylar tomonidan imzolangan hujjatlar ham isbotlab turibdi. Hukumatga esa malumotlarni tuman hokimligi tayyorlab bergan.

25 may kuni davom etgan sud majlisida tuman hokimi Mustafoeva ham buni ochiq buyniga olmadi. «Nima bulgan bulsa ham men ishga kelishimdan oldin bulgan», deb takidlagan u. Holbuki u 3 mart kuni hokimlikka tayinlangan va barcha voqealar shundan keyin boshlangan.

Boz ustiga, Mustafoeva shu yil 10 aprel kuni uz imzosi bilan Bosh vazir urinbosari Uktam Barnoev, viloyat hokimi Zoir Mirzaevga khat yullab, «SULTONTEX GROUP» tumanda 2020 yil galla hosili uchun azotli mineral ugit va kimyoviy dori vositalar uchun etishmayotgan mablaglarni qoplash uchun 5 milliard 636 million sumni hamon utkazmay turganini yozgan.

Aslida gap buyoqda. Tuman rahbarlari daladan boshqa ishlari ham bisyor bulgan klaster rahbarini majlislarga qatnashmagani uchun aybdor qilishdan boshqa vaj topa olishmayapti.

Tuman hokimligi fermerlarga zugum utkazmasdan, ularga kim bilan shartnoma imzolashni uz ikhtiyorlariga quyib berishlari kerak emasmi aslida? Mayli, klaster bilan ishlashdan norozi fermerlar kooperasiya bilan shartnoma imzolasin, klaster bilan ishlashga rozi bulib turganlar esa klaster bilan bitim tuzsin.

Aynan mana shu holatda sikh ham kuymasdi, kabob ham. Shunchalik qiyinmi shu narsaga quyib berish? Qiyin shekilli…

О нас

Яна маълумот

uH1YB77CSVKXNoocvl81EUWqU6ggplOb

Uyda davolanayotgan bemorlar uchun makhsus mobil guruhlarning vazifalari belgilandi

2 iyul kuni «Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash va kasallik tarqalishini oldini olish borasida …