Главная / Madaniyat / Qizingiz turmushga tayyormi?

Qizingiz turmushga tayyormi?

kiz-turmushAlloh taolo oila va nikohning muqaddasligi tugrisida shunday bayon qiladi: “Uning alomatlaridan(yana biri) – sizlar (nafsni qondirish jihatidan) taskin topishingiz uchun uzlaringizdan juftlar yaratgani va urtangizda inoqlik va mehribonlik paydo qilganidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan kishilar uchun alomatlar bordir” (“Rum”surasi, 21-oyat).

Oila qurish janob Paygambarimizning (s.a.v) sunnatlaridan bulib, bir hadisi shariflarida aytganlar: “Nikoh mening sunnatimdir. Kimki mening sunnatimdan voz kechsa, u men (ummatim)dan emas”.

Biz ushbu haqiqatni etirof etgan holda turmush qurish, oila tebratish va farzand tarbiyasi kabi muhim ishlarda diniy va milliy ananalarimizga rioya qilish bilan birga mamlakatimizda amalda bulgan qonun – qoidalarga ham amal qilishimiz zarur.

Nikoh, oila doimo dolzarb masalalardan hisoblanib kelgan. Islom dinida ham, khalqimizning odatida ham unga etibor bilan qarab, oila mustahkamligini taminlashda barcha birdek masul bulgan.

Bu haqda Uzbekiston musulmonlari idorasining “Shariy nikohdan utish odoblari” tugrisidagi fatvosi ham chiqarilgan. Unda: “Shariy nikoh shartlariga davlatimizning nikoh va oila tugrisida qabul qilgan qaror va qonunlari ham qushiladi. Masalan, kelin – kuyov shariy nikohdan oldin nikohni qayd qiluvchi davlat idoralari ruykhatidan utib, rasmiy guvohnoma olgan bulishlari lozim. Rasmiy nikohdan utmagan, FHDYO guvohnomasiga ega bulmagan yosh oilalar ajrashib, ona bolasi bilan kuchada qolishini hisobga oladigan bulsak, shariy nikoh shartlariga hukumat tomonidan berilgan FHDYO guvohnomasining bulishini ham muhim shartlardan biri deb etibor qilish urinlidir. Imomlarning FHDYO guvohnomasini surishtirmay nikoh uqishlari yosh oilalarning ijtimoiy huquqlarini kamsitish bulsa, guvohnomani kurib, sungra nikoh uqishlari huquqiy jamiyat barpo qilayotgan bir vaqtimizda yosh oilalarning ijtimoiy huquqini muhofaza qilishdir…” deyiladi.

Shundan ham kurinib turibdiki, oilaning mustahkam bulishi, uning davlat qonunlari bilan muhofazalangan holda qurilishi uchun imom – khatiblarimiz masul ekan, ular nikohni uqish chogida yuqoridagi fatvoga amal qilsalar, kungilsiz voqealarning oldi olingan bulardi.

Nikoh va oila masalasiga ota – onalar ham doimo katta ahamiyat berishlari lozim. Ular uz farzandlarini yosh jihatidan oila qurishga tayyor ekanligiga tula qanoat hosil qilib, sungra nikohdan utkazishlari shart.

Kishi hayotida bir marta buladigan umr savdosi bulmish nikoh masalasi doimo keng mushohada va kengash bilan amalga oshirilgani maquldir. Shu urinda Paygambarimiz Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi hadisi shariflarini esga olish joizdir: “Qizlarni turmushga chiqarish tugrisida onalari bilan maslahatlashinglar”.

Agar bulajak kelin balogat yoshiga etgan bulsa ham, ammo oila, masuliyat, er va jamiyat oldidagi burch va vazifalarni anglash va tasavvur etish darajasida bulmasa, u vaqtda uz oilasida ham jamiyatda ham urnini topa olmaydi va bakhtiyor oila qurgonining saodatli azosi darajasiga eta olmaydi. Fuqarolik jamiyatida qabul qilingan qoidalarning ham Islom shariati hukmlarining asl maqsadi ham ayol yoki erkak bulishidan qati nazar, hayotda bakhtiyor bulishini, okhiratda saodat ahlidan bulishini taminlashdan iboratdir.

Islom shariatida khotin – qizlarni ham ilm-marifatli bulishlariga, hayotlarida zarur bulgan barcha malumotlarni egallashlariga chaqiruvchi kuplab hadislar bor. Khususan, Paygambarimiz hadislarida:”Ilm talab qilish barcha musulmon erkak va ayolga farzdir”, deb takidlangan.

Bir narsaga ahamiyat berishimiz lozim, qizlarning balogat yoshi bilan turmush qurish yoshi boshqa – boshqa narsa ekani hayotda uz isbotini topmoqda.

Balogat yoshi degani – bu kamolot yoshi degani emas. Buning ustiga hozirgi davr talabi butunlay boshqacha. YOshlar majburiy urta talim bosqichlarini bosib utishlari shart. Bunda yoshlar oldida 9 yil urta umumtalim maktabi, undan sung uch yil kollej yoki lisey talimini olish zarurati tugiladi. Zero, dinimiz talimotlariga kura ilm olish, marifatli bulish, hayot uchun zarur bulgan barcha kunikmalarni urganish har bir qiz bola uchun zarur. Bordi – yu shundan oldin turmush qursalar, uqish ham chala, oila yumushlari ham, uy bekaligi va boshqa barcha ishlar ham chala bajarilishiga yul ochilgan buladi. Ilmli va kasb – hunarli ayolgina komil insonni tarbiyalay oladi.

Erta, voyaga etmasdan turmush qurganlarning aksariyati ota – onasining qaramogida yashaydi yoki turmushiga darz ketadi. Bu borada yosh qizlarning turmushdan keyingi hayoti nisbatan ogir kechadi. Erta homiladorlik, nimjon bola tugilishi, ruzgor yumushlaridagi uquvsizligi bois u eshitadigan tanayu dashnomlar okhir – oqibatda uning tinkasini quritib quyadi. Shu haqiqatni etirof etgan holda turmush qurish, oila tebratish va farzand tarbiyasi kabi muhim ishlarda diniy va milliy ananalarimizga rioya qilish bilan birga oila va nikoh haqidagi davlatimiz chiqargan qonun – qoidalarga ham qatiy amal qilish zarur buladi.

Shu urinda yaqin qarindoshlar urtasidagi nikoh masalasiga etibor qaratishni lozim topdik. Islom ulamolari va faqihlar istilohida “al – muharramot minan – niso”, yani “uylanishlik mumkin bulmagan ayollar” iborasi mavjud bulib, bu iborada malum kishiga nisbatan nikohga olish harom qilingan ayollar tushuniladi. Bu ayollar toifalarini Alloh taolo Quroni karimning “Niso” surasi 23-oyatida bayon qilgan:

“Sizlarga (nikohi) harom qilingan (ayol)lar – bu, onalaringiz, qizlaringiz, opa – singillaringiz, ammalaringiz, kholalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa -singillaringizning qizlari, emizgan «ona»laringiz, emishgan «opa – singil»laringiz, qaynonalaringiz, jinsiy yaqinlikda bulgan khotinlaringizning qaramogingizda bulgan qizlari – jinsiy yaqinlikda bulmagan bulsangiz, sizlarga gunoh bulmas – yana, uz pushti kamaringizdan bulgan ugillaringizning khotinlaridir. Ikki opa – singilni qushib (nikohlab) olishingiz (ham harom qilindi). Magar ilgari utgan bulsa (Alloh afv etar). Albatta, Alloh kechirimli va marhamatli zotdir”.

Oyati karimadan kurinib turibdiki, bu cheklovning asosiy sababi yaqin qarindoshlik bulib, u quyidagi vositalar orqali vujudga keladi:

1.Nasl – nasab;

2.Emizishlik;

3.Uylanishlik, qudalik.

Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam uz hadisi shariflarida kimlar urtasida nikoh joiz bulmasligini bayon etganlar: “Hech bir ayol uz ammasi, kholasi, aka – ukalarining qizlari, opa – singillarining qizlari ustiga nikohlanmasin. Agar nikohlansalar, qarindoshlar urtasidagi silai rahmni (qarindoshlik rishtasini), uzgan buladilar” (Imom Bukhoriy va Muslim rivoyati).

Biz milliy ananalarimizda ham mazkur oyat va hadis taqozo etgan hukmga rioya qilinishini qayd etish bilan birgalikda mamlakatimizda amalda bulgan qonun va qoidalarda ham bu mano takidlanganini kurishimiz mumkin. Oila kodeksining I bulim, 16 – moddasida: “Nasl – nasab shajarasi buyicha tugri tutashgan qarindoshlar urtasida, tugishgan va ugay aka – ukalar bilan opa – singillar urtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar urtasida nikoh tuzishga yul quyilmaydi”, deyilgan.

Islom dini uylanish borasida qarindosh bulmagan oilalardan uylanishni afzal kuradi.
Ammo tibbiy tomondan olinadigan bulsa, irsiy kasallikka mubtalo bulgan oilalar qarindosh – uruglar urtasida qiz olish yoki berish bulsa u vaqtda farzandlar zaif, past buyli, aqli oz bulib tugilishi uz isbotini topgan. Nasab jihatidan bir – biriga begona bulgan shakhslar urtasidagi nikohdan tugilgan bolalar esa holati zaif bulmaydi. Bunga sabab sifatida yaqin qarindoshga uylanganda urtada bulgan shahvoniy intilish u qadar kuchli bulmasligi ekanini ham mutakhassilar qayd etganlar.

Bu haqda Hazrati Umar (r.a) as – Soib avlodlarining bir – birlari bilan quda – anda bulishlarini kurganlarida: “Farzandlaringiz zaif va ozgin bulmasligi uchun begonalardan uylaningizlar”, deganlar (Ibrohim Harbiy “Garib al – Hadis” kitobidan).

Imom Gazzoliy uzining “Ihyou Ulum ad – din” kitobida Paygambar alayhissalomdan quyidagi hadisni rivoyat qilgan: “Yaqin qarindoshlarga uylanmangizlar, farzand nimjon bulib dunyoga kelishi mumkin”. Shuning uchun ham yaqin qarindosh – uruglar urtasidagi nikoh oqibatida farzandlar nimjon va zaif tavallud topishi kuproq kuzatilgan.

“Irsiyat etti pusht suradi”, degan gap bekorga aytilmagan. Qiz berganda yoki ugil uylantirganda etti pushtini surishtirish ham shundan kelib chiqqan bulsa, ajab emas. Statistik malumotlarga kura, qarindosh bulmagan oilalarda tugilayotgan har mingta gudakdan ikkitasi nogiron bulib dunyoga kelsa, yaqin qarindoshlar urtasidagi nikohdan tugilgan bolalar majruhligi ikki-uch barobar kup ekan.

Millat kelajagi soglom, aqlli farzandlar qulida bulmogi lozim. Faqatgina soglom, barkamol, aqli etuk avlodgina buyuk kelajakni qura oladi.

Mariyam Abdullaeva

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …