chegaraQirgizistonda Uzbekiston bilan chegarani noqonuniy ravishda kesib utish chogida fuqaroning yaralangani holati buyicha jinoiy ish quzgatildi. Bu haqda Qirgiziston Ombudsman instituti matbuot khizmatidan khabar berishgan.

Ola-Buka tumani Ichki ishlar bulimi tomonidan 2018 yilning 6 fevral kuni uzbek chegarachilari tomonidan Qirgiziston fuqarosining yaralangani holati buyicha Qirgiziston Jinoyat kodeksining 3ta moddasi bilan jinoyat ishi quzgatilgani aytilmoqda.

Ish Qirgiziston prezidenti devoni va bosh vaziri nazoratida turibdi. Ola-Buka IIB tergov khizmati surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Eslatib utamiz, avvalroq Qirgiziston Uzbekiston bilan chegarada yaralangan fuqaro buyicha surishtiruv davom etayotganini malum qilgandi.