Главная / Madaniyat / Kibrning mazammati

Kibrning mazammati

kibr   “Kibr” suzi “uzini katta olish”, “maqtanish”, “kekkayish” manolarini bildiradi. Mutakabbir, uzini boshqalardan katta bilgan, maqtanchoq va kerilgan kimsadir.
“Ihyou ulumid din” kitobida aytilishicha, saodat kaliti hushyorlik va fahmu farosatdadir. Badbakhtlik asosi kibr va gaflatdadir. Banda uchun Alloh taoloning nematlari ichida imon va marifatdan ulugi yuq. Unga erishish uchun bagrikenglik va qalb kuzi utkirligidan boshqa vosita yuq.
Alloh taolo shunday degan: “(Ey Muhammad), eslang, Biz farishtalarga Odamga sajda qiling deyishimiz bilan ular sajda qildilar, faqat iblis kibr va or qilib kofirlardan buldi” (Baqara surasi, 34-oyat). Etibor berilsa, oyatda mutakabbirlik iblisni kufrga, Alloh taoloning lanatiga olib borgani malum buladi.
Farishtalarning Odam alayhisalomga sajda qilishlaridan murod, uning fazlini iqror etish, tazim qilishdir. Bu sajdadan maqsad, ibodat niyatidagi peshonani erga quyish emas. Chunki Alloh taolodan uzgaga ibodat qilish shirk amaldir. Farishtalar shirkdan yiroqlar. Allohning farishtalarni Odam alayhisalomga sajda qilishga amr qilishidan yana bir maqsad, ularni sinash, yakhshidan yomonni ajratishdir. Buni Allohning hikmati taqazo etgan. Buni quyidagi oyatda kurishimiz mumkin: “Ular sajdaga egildilar. Faqat iblis kibr va or qilib kofirlardan buldi”.
Sufyon ibn Uyayna aytadi: “Kim shahvat tufayli masiyatga qul urgan bulsa, uning gunohi kechirilishidan umid qilsang buladi. Sababi Odam alayhissalom shahvati tufayli Allohga osiy buldi va uning gunohi magfirat qilindi. Biroq kim kibr tufayli masiyatga qul ursa, uning lanatga uchrashidan qurq. Zero, iblis kibr sababidan osiy buldi va lanatga uchradi” (“Mukhtasaru minhojil qosidin”).
Alloh taolo aytadi: “Tangringiz yagona Tangridir. Bas, okhiratga imon keltirmaydigan kimsalar kungillari (Allohning yakkaligina) inkor qiladilar, (ularning) uzlari mutakabbir kimsalardir. Shak-shubha yuqki, Alloh ularning yashiradigan narsalarini ham, oshkor qiladigan narsalarini ham biladi. Albatta U Zot mutakabbir kimsalarni yakhshi kurmaydi” (Nahl, 22-23).
Ayrim insonlarning imonsiz bulishlariga ularning uzlari sababchidir. Illat, dard, fasod kofirlarning ichlarida buladi. Ularning qalblari imonga dalolat qiluvchi belgilardan ibrat olmaydi, balki inkor qiladi. Kofirlar Allohga buysunishni, Paygambar sollallohu alayhi va sallamga ergashishni uzlari uchun or deb biladilar, mutakabbirlik qiladilar. Ularni yaratgan Alloh barcha sirlarini, oshkor ishlarini biladi. Jumladan, Alloh ularning mutakabbirlik qilayotganlarini ham bilib turadi. Alloh kibrli kimsalarni yakhshi kurmaydi.
“Biz usha okhirat diyorini er yuzida zulmu zuravonlik (yoki kibru havo) qilishni istamaydigan kishilar uchun qilamiz. Oqibat taqvo qiluvchi kishilarnikidir” (Qasas, 83). Alloh taolo jannatni kamtar mumin bandalari uchun tayyorlab quygan. Ular takabburlik qilmaydilar, er yuzida buzgunchilik qilishni istamaydilar. Chiroyli oqibat qalbi Allohga taqvo bilan limmo-lim mumin bandalarniki buladi.
Alloh taolo aytadi: “Er yuzida kibr-havo bilan yurmagin! Chunki sen (oyoqlaring bilan) hargiz erni teshib ketolmaysan va buyi bastda toglarga etolmaysan” (Isro, 37). Parvardigori olam bu oyatda bandalarini manmanlikdan qaytarib:

– Ey inson, er yuzida maqtanchoqlik bilan yurma! Chunki sen oyoqlaring bilan erni teshib utolmayman. Bu kibring bilan baland toglarga ham etolmaysan! – demoqda.

     Kalomi majidda Luqmoni hakim tilidan shunday deyilgan: “Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni ugirma, erda kibru havo bilan yurma. Chunki Alloh hech bir kibr-havoli, maqtanchoq kimsani yakhshi kurmaydi” (Luqmon, 18). Yani, Luqmoni hakim ugliga nasihat qilib shunday degan:

– Ey uglim! Kibr bilan odamlardan yuzingni burma. Ular bilan suhbatlashganda chehrangni ochiq qil, tabassum ila muomalada bul. Er yuzida mutakabbirlarga ukhshab yurma. Uz nafsingdan ajablanib qolma. Balki mutavoze zotlar kabi muloyim va ohista yur. Shunda Alloh seni yakhshi kuradi. Chiroyli khulqing bilan odamlar mehrini qozonasan. Unutma, Alloh maqtanchoq va kibrli kimsalarni yoqtirmaydi.

     Boshqa oyatda shunday deyilgan: “Allohning oyatlari haqida uzlariga kelgan biron hujjat-dalilsiz talashib-tortishadigan kimsalar Alloh nazdida ham, imon keltirgan zotlar nazdida ham katta nafratga duchor buladilar. Alloh har bir mutakabbir va zuravonning qalbini mana shunday muhrlab quyadi” (Gofir, 35). Biron hujjat-dalilga ega bulmay turib Allohning oyatlarini inkor qiladigan kimsalar Alloh nazdida ham, muminlar nazdida ham nafratga uchraydilar. Alloh taolo oyatlarini inkor qiladigan, imon keltirishdan kibr qiladigan maqtanchoq kimsalar qalbini muhrlab quyadi. Qalb yopilganidan keyin unday kimsalar zalolatga ketadilar, oqibatlari ayanchli buladi. Demak, qalb ochiq bulishi uchun kibr qilmaslik, Allohga buysunish lozim ekan.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: احْتَجَّتْ النَّارُ وَالْجَنَّةُ فَقَالَتْ هَذِهِ: يَدْخُلُنِي الْجَبَّارُونَ وَالْمُتَكَبِّرُونَ وَقَالَتْ هَذِهِ: يَدْخُلُنِي الضُّعَفَاءُ وَالْمَسَاكِينُ فَقَالَ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ لِهَذِهِ: أَنْتِ عَذَابِي أُعَذِّبُ بِكِ مَنْ أَشَاءُ وَرُبَّمَا قَالَ أُصِيبُ بِكِ مَنْ أَشَاءُ وَقَالَ لِهَذِهِ: أَنْتِ رَحْمَتِي أَرْحَمُ بِكِ مَنْ أَشَاءُ وَلِكُلِّ وَاحِدَةٍ مِنْكُمَا مِلْؤُهَا. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ.

     Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Duzakh va jannat (bir-biri bilan) tortishdi. Bunisi (yani, duzakh): “Menga isyonkor va mutakabbir kimsalar kiradi”, dedi. Unisi (yani, jannat) esa: “Menga zaiflar va miskinlar kiradi”, dedi. Shunda Alloh azza va jalla bunisiga (duzakhga): “Sen azobimsan. Sen bilan khohlaganimni azoblayman!” dedi. Unisiga (jannatga) esa: “Sen rahmatimsan. Sen bilan khohlaganimga rahm qilaman! Sizlarning har biringizni tuldiruvchilar bordir”, dedi” (Bukhoriy, Muslim, Termiziy va Ahmad rivoyati).
Rivoyatdagi “tortishdi” suzini uziga kiruvchilar bilan maqtandi, fakhrlandi, manosida tushuniladi.
Rivoyatdan malum buladiki, duzakhga mutakabbir va zuravon kimsalar kiradi. Jannatga esa zaif, miskin va kamtar insonlar kiradi. Bundan, mutakabbir kimsalar uchun jannatda joy yuq, degan mano kelib chiqadi.

عَنْ سَلَمَةَ بْنِ الأَكْوَعِ أَنَّ رَجُلاً أَكَلَ عِنْدَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِشِمَالِهِ فَقَالَ: كُلْ بِيَمِينِكَ قَالَ: لاَ أَسْتَطِيعُ قَالَ: لاَ اسْتَطَعْتَ مَا مَنَعَهُ إِلاَّ الْكِبْرُ قَالَ: فَمَا رَفَعَهَا إِلَى فِيهِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالدَّارِمِيُّ وَأَحْمَدُ وَابْنُ حِبَّانَ.

     Salama ibn Akva roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlarida chap quli bilan taom edi. Shunda u zot: “Ung quling bilan e!” dedilar. U: “Bunga qodir emasman”, dedi. Rasululloh: “Qodir bulmay qol!” dedilar. Uni faqat kibr tusib turgandi. Shundan sung usha kishi ung qulini ogziga olib borolmay qoldi (Muslim, Dorimiy, Ahmad va Ibn Hibbon rivoyati).
Rasululloh alayhissalom huzurlarida kibr qilish, u zot aytganlarini ikki qilishning oqibati mana shunday buladi! Bu taom masalasidagi kichik bir holat. Muhim ishlarda, shariatning asosi bulgan amallarda manmanlik qilish qanday oqibatlarga olib borishini tasavvur qilish qiyin emas.

عَنْ حَارِثَةَ بْنِ وَهْبٍ الْخُزَاعِيِّ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: أَلاَ أُخْبِرُكُمْ بِأَهْلِ الْجَنَّةِ كُلُّ ضَعِيفٍ مُتَضَعِّفٍ لَوْ أَقْسَمَ عَلَى اللهِ لأَبَرَّهُ أَلاَ أُخْبِرُكُمْ بِأَهْلِ النَّارِ كُلُّ عُتُلٍّ جَوَّاظٍ مُسْتَكْبِرٍ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَابْنُ مَاجَهْ وَأَحْمَدُ.

    Horisa ibn Vahb Khuzoiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Men Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Sizlarga jannat ahlidan khabar beraymi? Har bir zaif va zaifhol sanalgandir. Agar Allohga qasam ichsa, yuzaga chiqaradi. Sizlarga jahannam ahlidan khabar bermaymi? Har bir qupol, sarkash va mutakabbirdir”, deb aytganlarini eshitganman” (Bukhoriy, Muslim, Ibn Moja va Ahmad rivoyati).
Zaif odamlarning jannatga kirishini “barcha bechorahol odamlar jannatga kirar ekan”, deb tushunmaslik lozim. Balki jannat ahlining kupchiligi zaiflar, miskinlardan iborat buladi. Jannatga boylar ham kiradi, kuch-quvvatlilar ham kiradi. Lekin jannatiylarning kupchilik qismini kambagallar tashkil etadi.
YOlgiz kamtarlikning uzi bandaning jannatga kirish uchun etarli emas. Jannatiy bulish uchun, avvalo, imon va solih amal kerak. Undan keyin maqtalgan sifatlar hisobga utadi. Imonsiz odamning khulqu odobi jannatga kirish uchun kamlik qiladi.

عَنْ فَضَالَةَ بْنِ عُبَيْدٍ عَنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ: ثَلاَثَةٌ لاَ تَسْأَلْ عَنْهُمْ: رَجُلٌ فَارَقَ الْجَمَاعَةَ وَعَصَى إِمَامَهُ وَمَاتَ عَاصِيًا وَأَمَةٌ أَوْ عَبْدٌ أَبَقَ فَمَاتَ وَامْرَأَةٌ غَابَ عَنْهَا زَوْجُهَا قَدْ كَفَاهَا مُؤْنَةَ الدُّنْيَا فَتَبَرَّجَتْ بَعْدَهُ فَلاَ تَسْأَلْ عَنْهُمْ وَثَلاَثَةٌ لاَ تَسْأَلْ عَنْهُمْ: رَجُلٌ نَازَعَ اللهَ عَزَّ وَجَلَّ رِدَاءَهُ فَإِنَّ رِدَاءَهُ الْكِبْرِيَاءُ وَإِزَارَهُ الْعِزَّةُ وَرَجُلٌ شَكَّ فِي أَمْرِ اللهِ وَالْقَنُوطُ مِنْ رَحْمَةِ اللهِ. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالْبُخَارِيُّ وَالْحَاكِمُ وَالطَّبَرَانِيُّ وَسَنَدُهُ صَحِيحٌ.

    Fazola ibn Ubayd roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Uch toifa bor, ular haqida surama: jamoatni tark qilib, imomiga osiy bulgan va shu holida ulgan kishi, qochib ketgan va shu holida ulgan churi yoki qul, eri uni tark qilgan va nafaqa bilan taminlagan, undan keyin begonalar uchun ziynatlangan ayol haqida surama! Yana uch (toifa) haqida surama: Alloh azza va jalla bilan Uning ridosini talashgan kishi. Zero, U Zotning ridosi kibriyo (uluglik), izori azizlikdir. Allohning amrida shubhalangan va Allohning rahmatidan umidsiz bulgan kishi (haqida surama)” (Ahmad, Bukhoriy , Hokim, Bayhaqiy va Tabaroniy rivoyati. Rivoyat sanadi sahih).
Bu hadisda musulmonlar jamoasini tark etib, ularning rahbariga itoatsizlik qiladigan, khojasidan qochib ketgan, eri yuqligida uziga oro berib, begona erkaklarga chiroyli kurinishga intiladigan khotin, kibr-havo qiladigan va Allohning amriga shubha bilan qarab, U Zot rahmatidan noumid buladigan kimsa qoralanmoqda.

عَنْ جَابِرٍ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ مِنْ أَحَبِّكُمْ إِلَيَّ وَأَقْرَبِكُمْ مِنِّي مَجْلِسًا يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَحَاسِنَكُمْ أَخْلاَقًا وَإِنَّ أَبْغَضَكُمْ إِلَيَّ وَأَبْعَدَكُمْ مِنِّي مَجْلِسًا يَوْمَ الْقِيَامَةِ الثَّرْثَارُونَ وَالْمُتَشَدِّقُونَ وَالْمُتَفَيْهِقُونَ قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ قَدْ عَلِمْنَا الثَّرْثَارُونَ وَالْمُتَشَدِّقُونَ فَمَا الْمُتَفَيْهِقُونَ قَالَ: الْمُتَكَبِّرُونَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ حِبَّانَ وَالْبَيْهَقِيُّ وَالطَّبَرَانِيُّ وَسَنَدُهُ صَحِيحٌ.

     Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Qiyomat kuni menga mahbubrogingiz va yaqiningiz khulqlari chiroylilaringizdir. Qiyomat kuni men uchun yoqimsizrogingiz va uzoq buladiganingiz sergap, (oldi-orqasiga qaramasdan) kup vaysaydiganlar va mutafayhiqlardir”, dedilar. Shunda: “Ey Rasululloh, biz sergap va kup vaysaydiganlarni bilamiz. Mutafayhiqlar kimlar?” deb suraldi. U zot: “Mutakabbirlardir”, deb javob berdilar (Termiziy, Ibn Hibbon, Bayhaqiy va Tabaroniy rivoyati. Rivoyat sanadi sahih).
Okhiratda Rasulullohga yaqin bulaman, degan kishi khulqini chiroyli qiladi. Qiyomat kuni Muhammad alayhissalomdan uzoq bulib qolishni istamaydigan odam gap kapiradi, mutavoze buladi. Zero, kibr qilish, ogzini tuldirib bular-bulmas narsalarni gapiraverish bandani ancha qiyin ahvolga solib quyadi.

عَنْ أَسْمَاءَ بِنْتِ عُمَيْسٍ الْخَثْعَمِيَّةِ قَالَتْ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: بِئْسَ الْعَبْدُ عَبْدٌ تَخَيَّلَ وَاخْتَالَ وَنَسِيَ الْكَبِيرَ الْمُتَعَالِ بِئْسَ الْعَبْدُ عَبْدٌ تَجَبَّرَ وَاعْتَدَى وَنَسِيَ الْجَبَّارَ الأَعْلَى بِئْسَ الْعَبْدُ عَبْدٌ سَهَا وَلَهَا وَنَسِيَ الْمَقَابِرَ وَالْبِلَى بِئْسَ الْعَبْدُ عَبْدٌ عَتَا وَطَغَى وَنَسِيَ الْمُبْتَدَا وَالْمُنْتَهَى بِئْسَ الْعَبْدُ عَبْدٌ يَخْتِلُ الدُّنْيَا بِالدِّينِ بِئْسَ الْعَبْدُ عَبْدٌ يَخْتِلُ الدِّينَ بِالشُّبُهَاتِ بِئْسَ الْعَبْدُ عَبْدٌ طَمَعٌ يَقُودُهُ بِئْسَ الْعَبْدُ عَبْدٌ هَوًى يُضِلُّهُ بِئْسَ الْعَبْدُ عَبْدٌ رَغَبٌ يُذِلُّهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالْحَاكِمُ وَالْبَيْهَقِيُّ وَسَنَدُهُ ضَعِيفٌ.

      Asmo binti Umays Khasamiya roziyallohu anhodan rivoyat qilinishicha, u Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlarini eshitgan ekan: “(Uz nafsidan) ajablangan va kibrlangan, Ulug Oliy Zotni yodidan chiqargan banda qanday ham yomon! Kibru havo qilib, haddidan oshgan, Buyuk Jabborni (yani, Allohni) unutgan banda qanday ham yomon! Gaflatga botib, uyin-kulguga berilib, qabrlar va chirishni unutgan banda qanday ham yomon! Isyon-zulm qilgan, tugyonga ketgan, boshlanish va tugashni unutgan banda naqadar yomon! Din bilan dunyoni talab qilgan banda naqadar yomon! Dinni shubhalar bilan aldagan (bulgagan) banda qanday ham yomon! Tama undan golib kelgan banda naqadar yomon! Havoyi nafsi zalolatga boshlagan banda naqadar yomon! Hirs (yoki umid) uni yuldan ozdirgan banda qanday yomon!” (Termiziy, Hokim va Bayhaqiy rivoyati. Rivoyat sanadi zaif).
Mutakabbir kimsaning qalbida Allohdan qurqish hisi bulmaydi. Agar unda taqvo bulganida, kibrlanmagan, Allohning ulugligini his qilib, uzini khokisor tutardi, kamtar bulardi.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …