Главная / Jamiyat / Kecha koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bugun miokard infarktidan vafot etdi
<

Kecha koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bugun miokard infarktidan vafot etdi

Bemor uzoq yillar davomida qandli diabet, surunkali utkir yurak etishmovchiligi va boshqa kasalliklar bilan davolanib kelgan

Foto: REUTERS

Kecha koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bugun miokard infarktidan vafot etdi. Bu haqda Sogliqni saqlash vazirligi khabar bermoqda.

Shu yilning 26 mart kuni surunkali kasalliklari bilan dispanser nazoratida bulgan namanganlik 72 yoshli R. koronavirus infeksiyasi tashkhisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifokhonasiga yotqizilgan edi. Shu kuni soat 23:00lar atrofida makhsus laborator tahlillar natijasida unda ushbu infeksiya aniqlangan. Bemorga ushbu infeksiya 12 mart kuni Turkiya safaridan qaytgan va kasalligi tasdiqlanib, karantinga olingan qizi M.dan yuqqanligi dalillangan.

Vazirlik khabariga kura, bemor uzoq yillar davomida qandli diabet, surunkali utkir yurak etishmovchiligi va boshqa kasalliklar bilan davolanib kelgan.

Bildirilishicha, u bugun tongda soat 4:30da shifokorlarning reanimasion muolajalariga qaramasdan utkir miokard infarktidan vafot etgan.

Bundan oldin, koronavirus bilan ogriganlarning 13 nafarida zotiljam paydo bulgani khabar qilingandi.

О нас

Яна маълумот

uH1YB77CSVKXNoocvl81EUWqU6ggplOb

Uyda davolanayotgan bemorlar uchun makhsus mobil guruhlarning vazifalari belgilandi

2 iyul kuni «Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash va kasallik tarqalishini oldini olish borasida …