Главная / Iqtisodiyot / Qator viloyatlarda ham jamoat transporti harakati tukhtatilmoqda
<

Qator viloyatlarda ham jamoat transporti harakati tukhtatilmoqda

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 22 martdan Toshkentda jamoat transportlariga quyilgan vaqtinchalik taqiq 23 martdan boshlab qator viloyatlarda ham turli shakllarda amal qila boshlaydi.

Dushanbadan boshlab yangi cheklovlar kiritilishi hozircha Khorazm, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida rasman elon qilindi.

Shuningdek, 24 martdan boshlab, viloyatlardan Toshkent shahriga va poytakhtdan viloyatlarga jamoat transporti qatnovlari tukhtatilishi rejalashtirilmoqda.

Khorazm viloyati

23 martdan boshlab Khorazm viloyatida tumanlararo yunalishlardagi avtobus va yunalishli taksi qatnovlari harakati tukhtatiladi. Bu haqda Khorazm viloyati hokimligi matbuot khizmati khabar berdi.

«Urganch va Khiva shaharlarida avtobus qatnovlari 70 foizga qisqartirilgan holda amalga oshiriladi. Boshqa barcha tumanlardagi avtobus qatnovlari tukhtatiladi.

Jamoat transporti urniga vaqtincha viloyat Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi (SEOM) tomonidan makhsus dezinfeksiya qilingan taksilar harakatlanadi.

Har bir yunalishsiz taksiga SEOM tomonidan dezinfeksiya qilingani khaqida malumotnoma beriladi.

Shuningdek, barcha taksi egalaridan yul haqini suniy ravishda oshirib yubormay, narkhlarni mutadil saqlash suraladi», – deyiladi khabarda.

Qashqadaryo viloyati

23 martdan boshlab Qashqadaryo viloyati hududida ham mulkchilik shaklidan qatiy nazar barcha tashuvchilar tomonidan yunalishli marshrutlar (avtobuslar, mikroavtobuslar, Damas)da qatnovlar vaqtincha tukhtatiladi.

«Yunalishsiz taksi haydovchilaridan transport vositasini dezinfeksiya qilib faoliyatga chiqishlarini, yul kira narkhini asossiz oshirib yubormaslik suraladi», – deyiladi Qashqadaryo viloyati Transport boshqarmasi khabarida.

Namangan viloyati

Viloyat hokimining farmoyishi bilan, 23 martdan boshlab, viloyat hududida yulovchi tashish faoliyati bilan shugullanuvchi, mulkchilik shaklidan qatiy nazar «Damas» rusumli avtotransport vositalarining Namangan shahri hududida harakatlanishi vaqtinchalik tukhtatiladi.

Farmoyishga asosan, shahar hududida avtobus, mikroavtobus va yunalishsiz taksi transport vositalarini kunlik dezinfeksiya qilgan holda faoliyatga chiqishlari qatiy belgilab quyiladi.

Viloyatning tegishli tashkilotlariga jamoat transporti (avtobus, mikroavtobus) va yunalishsiz taksilarni kunlik dezinfeksiya qilgan holda faoliyatga chiqishini taminlash vazifasi yuklatilgan.

Shuningdek, yunalishsiz taksilarda yul kira narkhini asossiz ravishda oshirib yuborilmasligi, dezinfeksiya qilingan jamoat transporti (avtobus, mikroavtobus) va yunalishsiz taksilardan tashqari, avtotransport vositalarida yulovchi tashishga yul quyilmasligi ham qatiy nazoratga olinadi.

Toshkentga va Toshkentdan avtobus qatnovlari cheklanishi kutilyapti

Respublika makhsus komissiyasi kursatmasiga kura, 24 mart soat 00:01 dan boshlab, Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlardan Toshkent shahriga hamda Toshkent shahridan Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlarga amalga oshirilayotgan jamoat transporti harakatini vaqtinchalik cheklash rejalashtirilmoqda.

О нас

Яна маълумот

raCy-t4YkFNT2vUQGJ9tYpu-OYjHpcrB

«Uzbekistonda qiynoqlar oldindan bor, faqat hukumat buni tan olmasdi» – Ombudsman

Oliy Majlisning inson huquqlari buyicha vakili (ombudsman) Ulugbek Muhammadievning takidlashicha, mamlakatimizda jazoni ijro etish muassasalarida, …