Главная / Jamiyat / Qashqadaryoda taksi faoliyati ham taqiqlanishi mumkin, Kitobdagi post tuliq yopiladi — Zoyir Mirzaev viloyat ahliga murojaat qildi
<

Qashqadaryoda taksi faoliyati ham taqiqlanishi mumkin, Kitobdagi post tuliq yopiladi — Zoyir Mirzaev viloyat ahliga murojaat qildi

Bugun, 9 iyul kuni Koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash buyicha Qashqadaryo viloyati makhsus komissiyasining navbatdagi yigilishi bulib utdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi akhborot khizmati

Yigilishda viloyat hokimi – viloyat makhsus komissiyasi raisi Zoyir Mirzaev viloyat aholisiga murojaatini uqib eshittirdi.

Hokimning suzlariga kura, Qashqadaryoda koronavirus yuqtirib olganlarning 30 nafarida epidemiologik zanjir bir shifokor bilan bogliq.

«Kasbi shifokor bulgan fuqaromiz karantin talablariga rioya etmagan holda joriy yilning 24 iyun kuni qarindoshinikida oilaviy tadbirda va deputatlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, 30 nafar fuqaroga virus yuqishiga sabab buldi», – deya Zoyir Mirzaevning suzlarini keltirmoqda hokimlik akhborot khizmati.


Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi akhborot khizmati

Mirzaev uz murojaatida 10 iyuldan 1 avgustgacha Uzbekiston miqyosida qatiy karantin joriy etish buyicha Respublika makhsus komissiyasi qarori talablariga tukhtalib utdi.

Uning qayd etilishicha, ushbu muddatda Qashqadaryoda yulovchi tashish faoliyati ham tukhtatilishi mumkin.

«Yulovchi tashish faoliyati bilan shugullanish lisenziyasiga ega bulgan yunalishsiz taksilar faoliyatiga makhsus talablar asosida faqatgina avtotransport vositasi davlat ruykhatidan utkazilgan hudud doirasida (Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) harakatlanishga rukhsat beriladi. Bunda faqatgina ikki nafar yulovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa urindigiga utkazilishi kerak.

Agar Respublika makhsus komissiyasi talablari bajarilmasa, viloyat makhsus komissiyasi qarori bilan yulovchi tashish faoliyati 1 avgustga qadar tuliq tukhtatiladi», – dedi Qashqadaryo viloyati hokimi.


Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi akhborot khizmati

Zoyir Mirzaevning aytishicha, oromgohlarda yozgi tatilda dam olayotgan bolalarning barchasi ertagayoq uyiga qaytariladi.

8 iyul kuni viloyatda koronavirusga chalinganlar soni keskin usgan, 161ta yangi holat aniqlanib, ulardan 34tasi aholi orasidan chiqqan edi. Viloyat rahbari qolgan 127 kishi «Inter injiniring» kompaniyasi khodimlari («Uzbekistan GTL» zavodi qurilishida ishlayotgan) ekanini malum qildi.

Hokim topshirigi bilan, Qashqadaryoga kirib keladigan Kitob tumani  «Mingchinor» posti tuliq yopiladigan buldi.

Qayd etilishicha, «Qashqadaryo TV»da har kuni soat 19:30da masullar ishtirokida brifinglar tashkil etib boriladi. 10 iyul kungi ilk brifingda viloyat IIB YHKhB va viloyat Sogliqni saqlash boshqarmasi rahbarlari chiqish qiladi.

Viloyat komissiyasi qaroriga asosan, 1 avgustgacha Qashqadaryoda umumiy ovqatlanish obektlari (restoran, kafe, oshkhona, choykhona) faoliyati tukhtatiladi, etkazib berish (keytering) khizmati bundan mustasno.

Shuningdek, yul buyida, kuchalarda, aholi gavjum joylarda urik sharbati, kvass, mors va chalop, yurib muzqaymoq va yakhna ichimliklar, pista, tamaki mahsulotlari (donalab) hamda pishgan oziq-ovqatlarni sotish qatiyan taqiqlanadi.

О нас

Яна маълумот

mrveHu-vW0N026FFy_4ikJlCoqRBs1fn

Namangandagi bogcha tarbiyachisining jazolanishi adolatdanmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda bogcha tarbiyalanuvchilari uchun videodars tayyorlayotgan tarbiyachi opaning videosi tarqaldi. Videolavha sungida tarbiyachining darsga …