Главная / Iqtisodiyot / Karantin tatili paytida kontrakt va stipendiya tulash tartibi malum qilindi
<

Karantin tatili paytida kontrakt va stipendiya tulash tartibi malum qilindi

Kontrakt tulash muddati haqida karantin tatili tugaganidan keyin khabar beriladi. Stipendiya esa avvalgi tartibda, faqat talabalarning roziligi bilan ularning plastik kartochkasiga utkazib beriladi.

Oliy va urta makhsus talim vaziri urinbosari Uzoqboy Begimqulov OTMlarda karantin tufayli yuzaga kelgan tatil vaqtida shartnoma tulovini va talabalarga stipendiya tulash tartibi haqida malumot berdi.

Unga kura, kontrakt pulini tulash tartibidagi uzgarishlar tatil tugagandan keyin oydinlashadi.

«2019/2020 uquv yilida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlarga joriy uquv yilining birinchi yarmi uchun kontrakt pulini 2020 yil 20 martga qadar tulashga rukhsat berilgan edi. Yani ushbu muddatga qadar kontrakt tulagan abiturient talabalikka qabul qilinadi, aks holda talaba bula olmaydi.

Uzi shundoq ham bu muddat istisno tariqasida 2019 yil sentyabr oyidan beri muntazam ravishda darslarga qatnab turgan, ayrim sabablarga kura kontrakt pulini 2019 yil 31 dekabrgacha tulay olmagan abiturientlar uchun imkoniyat sifatida berilgan edi. Hozirgacha 20 martga qadar tulay olmaganlik va muddatni uzaytirish haqida hech qanday murojaat kelib tushmadi. Agar 1 kurs talabalaridan shunday murojaat bulgan taqdirda, ushbu masala Davlat qabul komissiyasi tomonidan urnatilgan tartibda kurib chiqiladi.

Talabalikka qabul qilinib, birinchi semestrni yakunlagan 1-bosqich hamda boshqa barcha bosqichlardagi talabalarning kontrakt pulini tulash muddatlari OTM rektori rukhsati asosida amalga oshiriladi. Chunki 2019 yil 11 iyuldagi 4391-sonli Prezident qaroriga muvofiq, rektorlarga tulov-kontrakt asosida talim olayotgan talabalar uchun kontrakt tulovlarini amalga oshirish muddatlarini uzaytirish vakolati berilgan.

Karantin tugaganidan keyin OTM rahbarlariga tavsiya qilamiz ― ular kontrakt tulash muddatini uzaytirish buyicha uzlarining qarorlarini qabul qiladilar.

Kontrakt masalasida muammo bulmaydi. Har yili ham turli sabablarga uz vaqtida tulay olmaganlarga sharoit yaratib berilgan. Bu yilgi holatda qachon va qanday tartibda tulov davom ettirilishi mumkinligi yuzasidan navbatdan tashqari tatil tugaganidan sung albatta khabar beramiz», dedi vazir urinbosari.

Talabalarga tatil davrida ham stipendiya tulash davom ettiriladi.

«Talabalar uchun tulab beriladigan stipendiyalar avvalgi holatida davom etaveradi. Faqat tulov turida uzgarish bulishi mumkin. Yani kimdir hozirgacha stipendiyasini naqd pul kurinishida olib kelgan bulsa, tatilda ekanini inobatga olib, ularning roziligi asosida plastik kartasiga tulaqonli tushirib beriladi.

Stipendiya tulashda hammaga bir khil qaraladi: bakalavrlar, magistratura, tayanch doktorantura va doktorantura bosqichlarida uqiyotganlarning barchasi belgilangan tartibda stipendiyalarini olishda davom etadilar.

Yani stipendiyali va stipendiyasiz kontrakt asosida uqiyotganiga qaraladi», dedi Uzoqboy Begimqulov.

О нас

Яна маълумот

Virus kirib kelishi, Khitoydan kutilayotgan yordam va karantin sharoitlari. Ekspert bilan suhbat

«Nemis olimlarining koronavirus ikki yil davomida tarqalishi buyicha takhmini tugrimi? Nega karantindagilardan telefon olib quyiladi? …