Главная / Jamiyat / Karantin davrida aholini ish bilan taminlash qanday kechmoqda? Vazir bilan suhbat
<

Karantin davrida aholini ish bilan taminlash qanday kechmoqda? Vazir bilan suhbat

Uzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgarmasiga Inqirozga qarshi jamgarmadan 200 milliard sum ajratildi. Bu mablaglar pandemiya sharoitida odamlarni ish bilan taminlashga yunaltiriladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov bilan suhbatimiz ayni shu mavzuda buldi.

«Prezidentimizning makhsus farmonlariga muvofiq, karantin davrining iqtisodiyotga salbiy tasirlarini yumshatish buyicha bir nechta chora-tadbirlar kuzda tutilgan. Shu bilan birgalikda, ishsiz bulgan fuqarolarimizni jamoat ishlariga jalb qilish maqsadida vazirligimizga ham Inqirozga qarshi kurashish jamgarmasidan 200 mlrd sum miqdorida mablag ajratildi.

Bizga malumki, hozirgi kunda ishlab chiqarish korkhonalari va khizmat kursatuvchi subektlar karantin sababli vaqtincha ish faoliyatini tukhtatdi. Khizmat kursatish yoki umumiy ovqatlanish shokhobchalarida kunbay ish haqi olgan ishchilarda qiyinchiliklar yuzaga kelyapti.

Mazkur farmon yuzasidan mablaglarni tizimli ravishda, maqsadli ishlatilishini tashkil etish buyicha vazirligimiz vakillari hududlarga chiqib, muammolarni joyida hal etish, tuman hokimliklari va fuqarolarga yaqindan amaliy yordam bermoqda. Jumladan, uch kun davomida Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Uychi, Andijon viloyatining Baliqchi va Marhamat tumanlarida buldik. Joylarda fuqarolarni jamoat ishlariga jalb qilish masalasida amaliy yordam kursatib kelyapmiz.

Uzi jamoat ishlariga nimalar kiradi? Yashash joylarini chiroyli kurinishga keltirish uchun deyarli barcha joylarda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Mavjud ariqlarni tozalash, kucha darakhtlarini oqlash, yulaklarni tartibga solishga uyda bush utirgan fuqarolarimizni jalb qilyapmiz.

Barcha hududlarda investisiya dasturi asosida ijtimoiy soha obektlari qurilmoqda. Andijon viloyatida joriy yilda 118ta ijtimoiy soha obektlarini qurish uchun mablaglar ajratilgan va bu ishlar boshlangan. Bu bilan yakhshi bir tizim buldiki, ish beruvchiga va ish izlovchiga imkoniyat paydo buldi. Tadbirkorga esa ragbat. Yani, ijtimoiy soha obektlarida qurilish ishlarini olib borayotgan tadbirkor ishchilarni kupaytirish orqali tez fursatda obektni sifatli topshiradi. Jamoat fondidan esa qushimcha jalb qilingan mablag evaziga ishchilarga ish haqlarini qoplab berish kuzda tutilgan.

Yana bir tomoni, inqirozga qarshi kurashish ishchi guruhining qarori bilan karantin davrida jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolarimizga ish haqlarini oy davomida avans yoki oylik qilib emas, har 5 kunda tulab borish tartibini belgilab oldik.

Kecha Namangan viloyati Turaqurgon tumanida bulganimizda, tuman hokimligi juda yakhshi bir taklif berdi. Barcha hududlarda SEOM khodimlari tomonidan bozorlar, oziq-ovqat shokhobchalari va aholi qatnovchi yulaklarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

SEOM khodimlari esa etarli emas. Shuning uchun, tuman hokimining taklifi bilan ishsiz fuqarolar, jumladan, ilgari SEOM sohasida ishlagan, tibbiyot kollejlarini tamomlagan 50 nafar kishini Mahalla va oilani qullab-quvvatlash vazirligi tizimi khodimlari bilan birgalikda aniqlab, ularni jamoat ishlariga jalb qildik.

Yana bir yunalish, karantin davrida barcha hududlarda ogohlikka davat qilish buyicha ichki ishlar khodimlari tomonidan qushimcha postlar tashkil qilingan. Postlar kup tashkil qilingani uchun ularga ham yordam berilishi kerak.

Tumanlardagi harbiy khizmatni utab kelgan va bugungi kunda ishsiz bulgan yoshlarimizni jamoat ishlari orqali ishga jalb qilib, jamgarmadan ularga haq tulash yulga quyildi. Hozirda ular kirish-chiqish postlarida ichki ishlar khodimlari bilan birgalikda, khalq posbonlari sifatida ish olib bormoqda.

Fuqarolar yoki khonadonlar karantinga olingach, hamshira biriktirilishi kerak. Shu bois yana bir yunalish paydo buldi. Tibbiy malumoti bulsa-da, ishsiz bulgan fuqarolar yoki tibbiyot yunalishini tamomlagan yoshlarimiz tuman sogliqni saqlash tizimi orqali ishga jalb qilinib, hamshira va patronaj sifatida ish olib bormoqda.

Shu bilan birgalikda, qishloq joylarida aksariyat aholi uzining tomorqasiga ega. Kambagallikni qisqartirish maqsadida vazirlik, tuman iqtisodiyot bulimi hamda Mahalla va oilani qullab-quvvatlash vazirligi khodimlari bilan birgalikda mahallabay va khonadonbay inventarizasiya qilib urganish ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar aniqlanyapti. Yaqqol misol – Andijon viloyati Pakhtaobod tumani Fayziobod mahallasida 5 nafar shunday oila bor. Ularning tomorqa erlari mavjud. Khonadon egalarining roziligi va taklifi bilan makhsus jamgarmadan subsidiya, yordam puli berish orqali 2 sotikh eriga issiqkhona qurib beriladi.

Bu bilan oilaga munosib daromad manbayi paydo buladi, oziq-ovqat khavfsizligi buyicha bozorimizga mahsulot chiqadi.

Shakhsiy tomorqalarni rivojlantirish buyicha subsidiyalar shakllangan. Aprel oyi ekin ekiladigan paytda respublikaning barcha hududlarida vazirlik khodimlari mahallalarda ish olib borib, fuqarolarga bu imkoniyatlardan foydalanish kerakligini tushuntirmoqda.

Karantin vaqtida ayrim vazirliklar tizimi ishlari ozgina cheklangan bulsa, bizning vazirlik khodimlari oldidagi masuliyat bir necha karra oshdi. Chunki, biz his qilyapmizki, uyida utirgan fuqarolarimizning bandligini taminlash katta ahamiyatga ega. Birinchidan, oilani daromad manbayiga ega qilish kerak. Ikkinchidan, oziq-ovqat khavfsizligi buyicha bozorlarda mahsulotlar etarli bulishi masalasi turibdi», – deydi Nozim Husanov.

– Kooperativlar qay tartibda tashkil etilyapti?

– Prezidentimiz topshirigiga muvofiq, joylarda kambagallikni qisqartirish buyicha Khitoy tajribasidan kelib chiqqan holda, qishloq hujaligida foydalanilmayotgan lalmi erlarda kooperativlar tashkil qilinmoqda.

Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj kambagal oila azolaridan urtacha 50 nafarini birlashtirib, har biriga 20 sotikhgacha er ajratilyapti. Ayni paytda Baliqchi tumanidagi ishlar bunga yaqqol misol buladi. Bu erda etakchi tadbirkor aniqlanib, boshqa kooperativ azolarini birlashtirgan. Etakchi tadbirkor erga nima ekin ekish va ertaga qaerda sotish masalalari buyicha ularga kumak beradigan va uzida qushimcha mablagga ega bulishi kerak. Qolgan 50 nafar kooperativ azo esa – shu mahalla fuqarosi, hozirgi kunda ishsiz, mehnat muhojirligi bilan shugullanib kelgan, ayni paytda shu hududda qolgan fuqarolardir.

Kooperativ tizimi juda katta imkoniyat beradi. Kecha azolar bilan gaplashganimizda, khursand bulgani, shunday imkoniyatlar yaratib bergan prezidentimizdan minnatdorligini bildirishdi. Ular uchun yashash joyiga yaqin bulgan joydan er ajratdik. Har bir azoga 2 million 300 ming sum miqdorida subsidiya berildi. Bu mablaglar barchasi kooperativ azolarining hisob raqamiga tushirildi. Mablaglarni kuchat, uruglik olish, agrotekhnika tadbirlari uchun sarfladilar.

Namangan viloyatining Pop, Uychi, Turaqurgon va Kosonsoy tumanlarida ham khuddi shu tartibda ish tashkil qilindi.

Tuman hokimlari bilan shu tajribani tizimli yulga quyib olsak, joylardagi ishsiz fuqarolarning bandligini taminlash va oziq-ovqat khavfsizligi buyicha juda katta ijobiy natijaga erishamiz.

Afzalligi shundaki, katta investisiya talab qilmaydigan soha. Ishlab chiqarish korkhonasi millionlab investisiya va ancha vaqt talab qiladi.

Bu – ota-bobolarimizdan qolgan soha. Ozgina etibor qaratilib, tuman hokimlari masuliyat bilan yondashsa va bush turgan erlar ajratib berilsa bulgani. Hukumat tomonidan berilgan imkoniyatdan foydalanib, jamgarmadan subsidiya ajratiladi va shu ishlarni tashkil qilish mumkin.

– Aholiga dala tomorqasi uchun berilayotgan subsidiyaning miqdori va olish tartibi qanday?

– Subsidiya degani, qaytarib berilmaydigan pul mablagi hisoblanadi. Bu kredit emas. Aynan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarimizga ajratilgan mablagdir. Bu pullarni oyoqqa turib olish uchun sarflaydilar.

Prezidentning bir gapi bor. Yani fuqarolarimizga baliq emas, qarmoq berishimiz kerak. Bu ham qarmoq rolini uynaydi. Shu tizim orqali fuqaro erlik buldi. Dala tomorqasidan foydalanish uchun tuman hokimining qarori bilan er beriladi. Subsidiya sifatida, kuchat olishga va boshqa tadbirlarni amalgan oshirish uchun mablag berilyapti. Fuqaro mahsulot etishtiradi va sotadi. Kambagal bulmaydi.

Aprel oyi jamoat ishlari yunalishi uchun 50 mlrd sum mablag ajratilgan. Bu mablaglar viloyat va tumanlar kesimida taqsimot qilindi. Joylarda qushimcha talab bulsa, qushimcha moliyalashtirilishi mumkin.

Shakhsiy tomorqa subsidiyasi buyicha esa, respublika miqyosida 20 mlrd sum rejalashtirildi. Dala tomorqalarini kooperativlashtirish uchun 15 mlrd sum mablag ajratilishi buyicha reja qilindi.

– Kooperativga azo bulish uchun qaerga murojaat qilish kerak?

– Birinchi navbatda, mahalla fuqarolar yiginiga murojaat qilish kerak. Sababi, ayni paytda mahalla oqsoqollari bilan ish olib boryapmiz. Qolaversa, Mehnat vazirligining 200-06-00 telefon raqamlariga ham murojaat qilishi mumkin.

– Ajratilgan subsidiya bilan qancha fuqarolarni qamrab olish mumkin?

– Aprel oyi jamoat ishlari yunalishi uchun 50 mlrd sum mablag ajratilgan. Bu mablaglar viloyat va tumanlar kesimida taqsimot qilindi. Joylarda qushimcha talab bulsa, qushimcha moliyalashtirilishi mumkin.

Shakhsiy tomorqa subsidiyasi buyicha esa, respublika miqyosida 20 mlrd sum rejalashtirildi. Dala tomorqalarini kooperativlashtirish uchun 15 mlrd sum mablag ajratilishi buyicha reja qilindi.

Mahalla fuqarolar yigini uzining hududidagi aholi vakillariga qay darajada ish kerakligini bilib, shunga qarab ruykhat shakllantirdi. Mahalla oqsoqoli shu fuqaroni bilishi, bandlik tashkiloti ishsiz sifatida ruykhatga olishi kerak.

– Vodiy viloyatlarida aholi zich yashaydi. Ish bilan taminlashda alohida jihatlari nimalardan iborat?

– Vodiy viloyatlarida aholi zich yashaydi. Tomorqalar ham kichik. Surkhondaryo va Samarqand viloyatlarida tomorqalar 10-20 sotikhdan. Vodiy viloyatlarida esa, 4 yoki kupi bilan 8 sotikhdan iborat. Shuning uchun viloyat hokimlari bilan suhbatlashdik. Asosiy qishloq hujaligida foydalanilmayotgan erlarni kooperativ usulida uzlashtirish orqali mekhanizm joriy qilmoqchimiz. Ijobiy tasirini beryapti.

Namangan viloyati, Pop tumani hokimligi tomonidan kup yillardan buyon foydalanilmay kelgan 60 gektar er maydoni qariyb 200 oilaga taqsimot qilib berildi. Kimdir issiqkhona qildi, kimdir mevali darakhtlar ekdi. Mevali darakht uch yilda hosilga kiradi. Bu paytgacha darakht oralariga nukhot va boshqa ekinlarni ekish yulga quyildi.

Vodiy viloyatlariga kooperativ birlashma tashkil qilishni joriy etmoqdamiz.

– Khorijga ishga keta olmagan mehnat muhojirlarining takhminiy soni qancha va ularning qanchasi ish bilan taminlanishi kutilmoqda?

– Vazirligimiz Rossiya Federasiyasining Migrasiya khizmati bilan doimiy ravishda malumot almashib boradi. Ular tomonidan taqdim qilingan malumotga asosan, hozirgi kunda Uzbekistonda mehnat muhojirligi faoliyati bilan shugullanganlar va chegara yopilishi hisobiga chiqa olmaganlar soni 500 mingga yaqin fuqaroni tashkil qiladi.

Yani, ular Uzbekiston hududida. Ularni ish bilan taminlash uchun 100-150 ming nafariga reja qilindi.

Albatta, bu kuproq bulishiga harakat qilinmoqda. Hozirgi qisqa muddatda, mart va aprel oylarida turli khil yunalishlarga jalb qilish orqali bandligini taminlash rejalashtirilgan.

О нас

Яна маълумот

8TqWLOTTZbEQKk1ZjFwhWVYJ8KGEJsyK

«Hali inson raketalarimizda Marsga parvoz qiladi» — SpaceX’ning bosh maqsadi

«Tesla» elektrokarlari, «PayPal» kompaniyasi asoschilaridan biri va uzining kosmik raketalari bilan tillarga tushgan Ilon Mask …