belarusBelarus RFga oziq-ovqat mahsulotlari eksportini diversifikasiya qilish niyatida, biroq bugungi kunda Rossiya Belarus mahsulotlarini sotish buyicha asosiy bozor bulib qolmoqda. Bu haqda mamlakat qishloq khujaligi va oziq-ovqat vaziri urinbosari Leonid Marinich «Belarus 1» telekanaliga bergan intervyusida aytib utdi.

«2017 yilda mahsulotlarni sotish buyicha asosiy bozor Rossiya Federasiyasi edi. U asosiy bulib qolmoqda, biroq bozorlarni diversifikasiya qilish buyicha ishlar olib borilmoqda. Agarda avval Rossiyaga eksportning 97 foizi etkazib berilgan bulsa, bugungi kunda – 91,4 foiz», – deya Marinichning suzlarini keltiradi TASS.

Uning takidlashicha, Belarus yangi bozorlarni uzlashtirmoqda hamda bir mamlakatdan qaramlik holatini tugatmoqchi. Bugungi kunda Belarus mahsulotlari 70 davlatga etkazib beriladi. Utgan yilda 15 mamlakatdagi bozorlar uzlashtirildi. 2017 yil yakunlariga kura, Belarus mahsulotlari eksporti hajmi 5 mlrd dollarga yaqin summani tashkil etdi, bu mamlakat uchun sunggi 10 yildagi rekordga aylandi.