Главная / Madaniyat / Kami 19 yil. Peterburg metrosidagi portlash buyicha ayblanganlarga hukm uqildi

Kami 19 yil. Peterburg metrosidagi portlash buyicha ayblanganlarga hukm uqildi

2017 yil aprelida Peterburg metrosida portlash ruy bergan: 15 kishi halok bulib, yana 100 kishi jarohatlangandi. Ikki yarim yil vaqt utib sud ushbu hodisada ayblangan 11 kishiga hukm uqidi – ularga 19 yillik qamoqdan umrbod qamoqqacha bulgan jazolar tayinlandi. Sudlanganlardan hech biri uziga quyilgan ayblovni tan olmadi.

Shohista Karimova va Abror Azimov / Petr Kovalev / TASS / Scanpix / LETA

«Meduza» ushbu ish buyicha hal qiluvchi yigilishdan reportaj tayyorladi.

«Mening uglim ularni kimgadir yulduzcha [pogonda] kerakligi uchun qamashayotganini tushunib turibdi», — deydi sud majlisidan oldin 11 sudlanuvchidan birining onasi YOrqinoy Mirzaalimova. Ayol titragan ovoz bilan sunggi ikki yarim yilda prezident administrasiyasiga, Tergov qumitasi rahbari Aleksandr Bastrikinga va boshqa nufuzli shakhslarga khatlar yullagani, ammo tayinli javob kelmaganini gapiradi.

U barcha khatlarida bitta narsani yozgan: ugli Mahammadyusuf Mirzaalimovning tarikhini. Uni Tovarisheskiy prospektdagi kvartirada yana olti kishi bilan birga qulga olishgan — ularning barchasi terakt buyicha ishda ayblangan. Tergovning hisoblashicha bu shakhslar terrorchi guruh tuzgan va metrodagi portlashga tayyorgarlik kurgan. Kvartiradagi tintuv vaqtida metroda portlagan bombaga ukhshash bulgan portlovchi qurilma topilgan — qulga olinganlar esa qurilma uyga makhsus khizmatlar khodimlari tomonidan tashlab quyilgani haqida aytishgan.

Mahammadyusuf Mirzaalimov oshpaz bulib ishlagan. Tovarisheskiy prospektdagi kvartiraga u portlashdan ikki kun oldin — 2017 yilning 1 aprelida kelgan bulgan. Uning onasi aytishicha, ugli bu erda yangi joy topgunicha vaqtincha yashab turmoqchi bulgan: «Mening uglim shunchaki keraksiz vaqtda keraksiz joyda — usha kvartirada bulib qolgan».

YOrqinoy Mirzaalimova ish buyicha shugullangan tergovchilar bilan gaplashganida, guyoki ulardan biri tekshiruv ishlari davomida «yuqoridan kelgan buyruq» tufayli qoidabuzarlik qilishga majbur bulgani haqida aytgan.

Sudda boshqa sudlanuvchilarning qarindoshlari ishtirok etmadi. Mirzaalimova buni shunday izohlaydi: shunchaki kupchilik oilalar boshqa shaharlardan Peterburgga kelishga qurbi etmadi.

Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA

Soat 13:00 atrofida jurnalistlar va boshqalarni sud zaliga kiritish boshlandi. 11 ayblanuvchilar bu vaqtda «akvarium»-qafasda sud boshlanishini kutib turar edi. Sudlanuvchilardan biri — Shohista Karimova, qulga olingunga qadar kafeda sabzavot tugrovchi bulib ishlagan ayol — darhol uzi va boshqa ayblanuvchilar «podstava» qilingani haqida aytib baqirdi. 2017 yil aprelida tintuv vaqtida Karimova yashagan uydan granata va detonatorlar topilgan — utgan ikki yarim yil vaqt mobaynida u bularning barchasi uyiga yashirincha tashlab quyilgani haqida gapirib keldi.

Terakt buyicha ishni tekshirish bir yildan ortiq vaqt davom etdi, uni sudda kurib chiqish uchun 8 oy vaqt ketdi. Hukm chiqarish uchun esa — atigi yarim soat. Shu vaqt ichida «akvarium»dagi 11 kishi aybdor deb topildi. Eng ogir jazo — qatiy rejimdagi koloniyada umrbod qamoq jazosi — Abror Azimovga berildi. Tergov uni teraktning asosiy tashkilotchisi deb elon qilgan — khususan, aynan u metroda uzini portlatgan Akbarjon Jalilovga kursatma bergani aytilgan.

Azimovning suzlariga kura, 2017 yilning 17 aprelida uzining «sahnalashtirilgan» qulga olinishidan ikki hafta oldin uni ugirlab ketishgan va allaqaysi bino ertulasida teraktga aloqadorligini buyniga quyish uchun qiynashgan. Yakunda u kerakli kursatmani bergan, lekin keyinchalik bu kursatmasidan tongan. Boshqa gumonlanuvchilar ham ertuladagi qiynoqlar haqida kursatma berishgan. Republic manbasining suzlariga kura, bu obektdan FSB khodimlari foydalanib kelishgan, u erda asosan Markaziy Osiyodan kelganlar tutib turilgan. Bu makhfiy qamoqkhonaning joylashgan urnini aniqlashning imkoni bulmagan.

Abrorning ukasi Akram Azimov ham uzini qiynoqqa solishgani haqida gapirgan — tergovchilar uni ham portlashning asosiy tashkilotchilaridan biri sifatida qarashgan.. Prokuratura uni ham umrbod qamoq jazosiga hukm qilishni suragandi, ammo sud makhsus tartibli koloniyaga 28 yillik qamoqqa hukm qildi. Prokuratura yana ikki ayblanuvchiga — Ibragimjon (2015 yilda Jalilov bilan bir kafeda ishlagan) va Muhamadyusup Ermatovga ham umrbod qamoq jazosi suragandi — ularga 27 va 28 yillik qamoq jazolari berildi. Ayblovchilarning hisoblashicha, aka-ukalar Peterburgda terakt uchun joy izlashgan va Tovarisheskiy prospektdagi kvartirada bomba tayyorlashgan.

Ermatovlarning himoyachilari va qarindoshlari esa kuchishlatar tizim vakillari bu kvartira haqida Ermatovlarning uzidan bilgan, degan fikrda. Muhamadyusupning otasi Bahodir Ermatov «Meduza» mukhbiri bilan suhbatda, ugli teraktdan ikki kun utib, 2017 yil 5 aprelida ishga ketgach goyib bulib qolgani haqida aytgan. Ibragimjon Ermatov va Mahammadyusuf Mirzaalimov uni kunbuyi qidirishgan va keyin polisiyaga murojaat qilishgan. Murojaat buyicha Tovarisheskiy prospektdagi kvartiraga kelgan polisiyachilar khonalarni suratga olishgan va ketishgan. Bir necha soat utib kvartira kuch ishlatar tuzilmalar khodimlari tomonidan qamal qilingan. Kvartirada yashayotganlarning barchasi tashqariga chiqarilgan, kelganlardan biri ichkariga kirib kvartiradan portlovchi qurilma topilganini aytgan.

Yana etti nafar ayblanuvchiga 19 yildan 22 yilgacha qamoq jazolari hukmi uqilgan. Sudlanuvchilar orasidagi yagona ayol — Shohista Karimova — 20 yilga qamalgan. Shuningdek, barcha ayblanuvchilarga 500 ming rubldan 800 ming rublgacha bulgan jarimalar qullangan.

Hukm uqilgach sudlanganlarning aksari boshini quyi tushirishgan — bir necha soniyadan keyin aybsiz ekanliklarini aytib baqira boshlashgan. Shohista Karimova yiglagan va boshini panjaraga ura boshlagan. «Nahotki bu adolatli sud bulsa?» —  gazablangan mahbuslar. Ulardan biri shunday baqirgan: «Haqiqiy terrorchilar — bu FSB».

Ugli 20 yilga makhsus tartibli koloniyaga qamalgan YOrqinoy Mirzaalimova sud zalidan yugurib chiqib jurnalistlarga, FSB khodimlarini «qargashi»ni — ularning bolalari «davosiz dardga yuliqishi»ni surashini aytgan.

Tovarisheskiy prospektdagi kvartirada yashaganlardan 4 nafarining manfaatlarini himoya qilgan advokat Marat Sagitov suddan keyin hukmdan shikoyat qilishini, bu ishda uning himoyasidagilarning aybini isbotlovchi biror dalil yuqligini aytgan. «Tergovchilar dalillar topa olishmagach, buni ayblanuvchilar konspirasiya metodi (yashirin tashkilot azolarining makhfiylik haqidagi ahdi) qullash deb baholashdi», — dedi Sagitov «Meduza»ga. U sud hukmi adolatsiz bulganini qayd etgan.

Metrodagi portlash oqibatida jabrlanganlardan biri, pensioner Natalya Kirillova suddan keyin hukm kutganidan yumshoq bulganidan shikoyat qildi — uning baholashicha, kamida 3-4 ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qilish kerak edi. Kirillova aytishicha, sudlanganlarning barchasi – 11 kishi ham aybdordir, ular rasman ishlamagan bulsa ham kvartirani ijaraga olish uchun mablagga ega bulgani ham ular aybdor ekaniga dalil buladi. Uning takhmin qilishicha, kvartirada yashaganlar terakt tashkilotchisidan pul olib turgan. Tergov talqiniga kura portlashning bosh tashkilotchisi Qirgiziston fuqarosi, Suriyada «Jamoat at-Tavhid val-Jihod» guruhini tuzgan Sirojiddin Mukhtarov hisoblanadi. Uni qulga olishning imkoni bulmagan.

«Asl tashkilotchi Suriyada. Ammo ayblanuvchilar orasida 2-3 kishi shunga ukhshash vazifani bajargan. Faqat bir kishiga umrbod qamoq jazosini berish kam», — deya ishonch bilan gapirgan Kirillova.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …