Главная / Madaniyat / Qaynonalarga aytarlarim…

Qaynonalarga aytarlarim…

 ayolargaKeliniga uz qizidek yakhshi muomala qiladigan qaynonalar jamiyatimizda kuplab topiladi. Ular uz kelinlarini asrab-avaylaydi, ehtiyot qiladi. Kelinning qilayotgan ishlaridan ayb akhtarmay, aksincha ancha-muncha kamchiliklardan kuz yumadi, uzlarini khuddi bilmagan kimsaga soladi. Kelinning har bir khatti-harakatini kuzatib, ularga bosim utkazmaydi, balki ularni uz holiga quyadi. Ular kelin ham omonat ekanini his qiladi. Bunday qaynonalar tahsinga sazovordir.
Afsuski, jamiyatimizda uz haddini bilmaydigan, kelinga nisbatan zulm utkazadigan qaynonalar ham oz emas. Undaylar qaynona-kelin urtasidagi muomala madaniyatini bilmaydi. Ular khuddi bozordan joriya sotib olgandek, kelinga muomala qilishadi. Ular kelinni hamma ishlarni qilishga majbur, khato qilishga esa haqqi yuq, deb uylaydi. U chizgan chizigimdan chiqmasligi kerak, deb tushunishadi. Hatto keliniga uning uyidan kuyovturani yuqlash uchun yuborilgan buyumlar, emak-ichmaklarga qarab baho berishadi. Bu goyat achinarli holdir. Qanchadan-qancha yosh oilalarning ajralib ketishlariga uz haq-huquqini bilmagan qaynonalar sabab bulmoqda. Ular arzimagan khato-kamchiliklardan janjal chiqarib, kelinini haydashdan or qilmaydi. Aslida, ularning uzi “qaynona” degan nomga mutlaqo loyiq emasdirlar. Kelin-kuyov uzaro bir-birlari bilan til topishib, yakhshi yashab kelayotgan bulsalar ham: “Kelin menga yoqmadi”, deb uglidan khotinini taloq qilishini talab qiladigan qaynonalar ham kup. Uz erining roziligiga erishgan bulsa-da, qaynonasini rozi qilolmayotgan kelinlar talaygina.
Mana shu urinda mazkur sifatlarga ega bulgan qaynonalarga quyidagi savollar bilan murojaat qilmoqchiman.
Ular kelinning zimmasida qaynonaning qanchalik huquqi borligini biladilarmi? Ular kelinlarga nisbatan utkazayotgan zulmlarining javobini berishga tayyormilar? Kelin joriya yoki khizmatkor emasligidan khabarlari bormi?
Bilmasalar, bilib quysinlar, qaynona va qaynotaga khizmat qilmoqlik shariy jiihatdan mutlaqo kelinning majburiyatiga kirmaydi. Barcha fiqhiy kitoblarimizda takidlanishicha, kelin qaynonaga khizmat qilishi zarurligini kursatadigan birorta dalil yuq. Qaynona u yoqda tursin, hatto uz erining ovqatini pishirib berish, non yopish, kir yuvish kabilar ham uning zimmasiga qazoan vojib emasdir.
Aslida er uz jufti haloliga tayyor ovqat, non va shu kabi uning zaruriy ehtiyojlarini muhayyo qilmogi lozim. Diyonat yuzasidan khotin eriga yordam kursatishi maqsadga muvofiqdir. Ayol uzining taqvosi diyonati va muruvvatidan kelib chiqib, erining ogirliklarini engillatishi maqtovga sazovor. Khususan, bizning jamiyatimizdagi urf-odatlarga kura khotin eriga va uning ota-onasiga sidqidildan khizmat qilishga urgangan, ularning khizmatini qilib duosini olish odat tusiga aylangan. Holbuki, bular ayolning zimmasidagi majburiyatlardan emas. Aksincha bu ayolning erga va uning ota-onasiga nisbatan qilgan fazilatidir. Shuning uchun kuyovtura ham uning ota-onasi ham kelinning qilayotgan khizmatlarini fazilat deb bilsinlar va ana shunga munosib uni ham qadrlasinlar. Chunki u uzining majburiyatida bulmagan ishlarni ham khuddi uzining zimmasidagi majburiyatdek bajarishga harakat qilmoqda. Khizmat mobaynida yul quyilgan kamchiliklarni avf aylasinlar. Khususan, er va qaynonalar diqqatiga shuni malum qilmoqchimanki, kelinning qilgan khizmatlarida sodir bulayotgan arzimas kamchiliklarni deb ularni haydashga shoshilmasinlar. Bu bir ojizaga nisbatan zulm hisoblanadi. Kupincha er-khotinning urtasidagi ajrimlarga arzimas, oddiy khato va kamchiliklar sabab bulmoqda. Boisi, er yoki qaynona kelin barcha uy ishlarini uz vaqtida va bekhato qilishi zarur deb bilishlaridir. Holbuki, bu tushuncha shariatimiz kursatmalariga zid ekanini yuqorida aytib utdik. Ovqatning tuzi kamroq bulgani yoki kiyim dazmol qilinmagani yoki hovli supurilmagani yoki nonushta uz vaqtida tayyorlanmagani hech qachon eri khotinning urtasida ajrim paydo bulishiga yaroqli sabab bulolmaydi. Agar mazkur sabablardan birortasini rukach qilib, er yoki qaynona kelinini haydasa, kelinga nisbatan zulm qigan buladi.
Bu bilan biz kelinlarni uy khizmatlaridan bosh tortishlariga targib qilmoqchi emasmiz. Aksincha, maqsadimiz er va qaynona kelinning majburiyati qay darajada ekanini bilib, ana shunga muvofiq harakatlanmoqlari umididamiz kholos. Kelin va uning oilasidagilar kuyovtura va qaynonaning moddiy bazasi emas, shariy jihatdan ulardan qarzdor ham emas. Ular kelindan turli-tuman narsalarni talab etishga mutlaqo haqli emas. Aksincha, kelin Allohning omonati bulgani uchun uni qancha ardoqlasalar, qancha ehtiyot qilsalar, munosibdir. Zero, ular Alloh taoloning bergan omonatidan suralgaydirlar.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …