Главная / Madaniyat / Qaynona va kelin munosabatlari

Qaynona va kelin munosabatlari

munosibatBoshqa millat vakillarining kupchiligi biz uzbeklarning oilaviy hayotimizga, yani, qarindosh uruglarning bir-birlariga bulgan silai-rahmlariga va bizdagi odatlar, tuy-marosimlarimizga havas bilan qaraydilar. Bu oramizda saqlanib qolgan islomiy odob-akhloq sababidandir. Shunday tinchlikda, tukinchilikda yashab turib, oilaviy aloqalarga putur etkazayotganlar kuplab uchramoqda. Bu esa tinch va osoyishta hayotga shukr qilmaslik oqibatidandir. Afsuski, er-khotin, farzandlar, qarindoshlar, qaynona va kelinlar urtasida turli-tuman kelishmovchiliklar, janjallar kupayib bormoqda. Ayniqsa okhirgi paytlarda qaynona va kelin munosabatlari yomonlashib, bu janjallar khatto ugil bilan kelinning orasiga sovuqchilik tushirib, ajralishlarga sabab bulmoqda. Eng yomoni, bu kelishmovchiliklar oqibatida, farzandlar etim bulib qolmoqdalar. Shunday qaynonalar uchrayaptiki, ugliga aql-farosatli, soglom, imonli kelinni orzu qilish urniga birinchi uringa kelin olib keladigan mol-dunyosiga, qudalar bilan buladigan oldi-berdilarga uch bulib bormoqdalar. Kelinlariga mehr berib, kamchiliklarini bosiqlik, nasihat yuli bilan tushuntirish urniga, ugillariga oshirib, yomonlab, ugil va kelinlari orasiga sovuqchilik tushishiga sabab bulmoqdalar. Qaynonalikning ishi ogir, sabr-toqatni talab qiladigan vazifadir. Chunki uni tugib, mehr berib ustirgan ugliga uzga bir khonadonda, begona bir muhitda usgan qizni uz oila azosiga, uz bolasiga aylanishi uchun, ugli bilan bakhtli-saodatli hayot kechirishi uchun, qaynonadan ancha mehr-muhabbat, sabr va kechirimlilik talab qilinadi. Qarilarimiz, kelin olish oson, qaynona bulish qiyin, deyishgan. Yana, ayol kishining qandayligini bilmoqchi bulsang, kelin qilganda kur, deyishgan. Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Sizlar komil musulmon bulmaguningizcha jannatga kira olmaysizlar. Komil musulmon bulish uchun esa, bir-biringizga mehr quymogingiz shart”, deganlar. Yana bir hadisi shariflarida: “Jannat onalar oyogi ostidadir”, deb marhamat qilganlar. Paygambarimiz alayhis-salomning ugitlariga amal qiluvchi, jannatga kirishni istagan qaynona ugilning sevikli ayoliga va undan dunyoga keladigan zurriyotlarini sog-salomat, oilasi tinch-osoyishta bulishi uchun, farzandlarini bakhtli hayot utkazishlari uchun, qaynona kelinni khato-kamchiliklarini kechirib, bilmaganlarini urgatib, mehr quyib yashamogi zarur. Qarilarimiz, mehr bersang, mehr kurasan, deganlar. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, oila tinch bulsa, yurt ham tinch buladi. Malumki tinch-totuv oila farzandlari ota-onasiga ham, yurtiga ham manfaat keltiruvchi buladilar.
Turmushga chiqqan kelin uchun ham yangi bir hayot boshlanadi. Ota-onangiz, jigarlaringizdan endi boshqa oilaga – eringizning ota-onasi, jigarlari bilan eng yaqin bulib qolasiz. Chunki, erkaklar khotinlar uchun, khotinlar erkaklar uchun yaratilgandirlar. Bu Allohning qonuni, uni hech kim uzgartira olmaydi. Turmushim shirin va osoyishta bulsin degan kelin erining uyiga, uning ota-onasiga, jigarlari va qarindoshlariga khurmat kursatishi, uy yumushlaridan erinmasligi, saranjom-sarishtaligi va pazandaligi bilan oiladagilarni mehrlariga sazovor bulishi zarur. Ayniqsa uning sevikli erini tugib, oq sut berib, kechalarni bedor utkazgan, asrab-avaylab aqlli, soglom qilib ustirgan qaynonaning nasihatlariga quloq tutib, khizmatlarini bajarishi zarur.
Kelinnig vazifasi qaynona va boshqa oila azolaridan arazlamasligi, gap qaytarmasligi va erining uyidagi gap-suzlarini ota-onasinikiga tashimasligi zarur. Ularni hurmatlarini joyiga quyishi kerak. Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Kim kichiklarga rahm-shafqatli, kattalarga izzat-ikromli bulmasa, u bizlardan emas”, deb talim berganlar. Erining ota-onasi va jigarlarini hurmat qilish erini hurmat qilishdir. Ota-bobolarimiz, gulni sevgan tikanni ham ezozlaydi, deyishgan. Bunday qilmagan kelin erining kunglini ololmaydi, mehrini qozonmaydi, nafratiga uchrab, erining kuziga khunuk kurinib, oila bakhtiga darz keta boshlaydi.
Khulosa shuki, turmush urtogiga itoatli, mehr-muhabbatli, ozoda, chaqqon, shirinsuz, turmushning bor-yugiga sabr qilib, tejamkorlik fazilatlariga ega bulgan kelinlar uz turmush urtoqlariga sevikli yor, qaynonalariga suyumli kelin bula oladilar.

Zarifa Ismoilova

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …