Главная / Madaniyat / Qabrdagi holatni eslash

Qabrdagi holatni eslash

kabrdagi-holatBir kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: “Insonlar ichida zohidrogi kim?” dedi. U zot: “Qabrni va unda chirib yuq bulishni esdan chiqarmagan, dunyoning ortiqcha zeb-ziynatlarini tark etgan, foniy (dunyo)dan boqiy (okhirat)ni afzal kurgan, ertasini kunim deb hisoblamagan va uzini qabr ahlidan deb bilgan kishidir”, deb javob qildilar.
Hazrati Alidan: “Nima sababdan qabristonga qushni bulib oldingiz?” deb suralganida, u kishi: “Qabrda yotgan qushnilarim eng yakhshi, rostguy qushni ekan. Ular doim sukut saqlaydilar va okhiratni eslatib turadilar”, deb javob bergan ekan.
Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Men qabrdan kura dahshatliroq manzarani kurganim yuq”, deganlar.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu biror qabr oldida tukhtasa, yiglar, hatto soqollari hul bulib ketardi. Buning sababini surishtirishganida: “Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: “Qabr okhiratning ilk manzilidir. Agar mayyit qabr(dagi azob)dan najot topsa, qolgani yanada oson kechadi. Ammo najot topa olmasa, qolgani bundan-da ogirroq buladi”, deganlarini eshitganman,” deb javob bergan ekan (Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilgan).
Mujohid aytadi: “Odam bolasiga birinchi u yotgan gur gapiradi va: “Men qurtlar uyiman, men yolgizlik uyiman, men gurbat uyiman, men zulmat uyiman. Senga hozirlab quyganlarim mana shular. Sen menga nimalarni hozirlading?” deb suraydi mayyitdan”.
Abu Zar Giforiy roziyallohu anhu: “Shurim quriydigan kun qaysi ekanini sizlarga aytaymi?” dedi. Odamlar: “Ha, aytib bering”, deyishdi. U kishi: “Qabrga quyilib, usha erda qoldirilgan kunim”, deb javob berdi…

“Qabr hayoti – azobmi yo rohat” kitobi asosida tayyorlandi 

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …