Главная / Madaniyat / QURONI KARIMDAGI VAQF URINLARI

QURONI KARIMDAGI VAQF URINLARI

kuronMalumki, Quroni karimni uqishda qiroatni tajvid bilan ado etish vojib (yani farz) hisoblanadi. Garchi, tajvid ilmini mutakhassis sifatida chuqur urganish urganish farzi kifoya bulsa-da, ammo Quronni uqishda etarli darajada tajvidga amal qilishning hukmi shunday. Tajvid faqatgina harflarni makhrajlaridan chiqarish, ayrim sukunli nun yoki tanvinga taalluqli qoidalarga amal qilish va chuzgilarga rioya qilishdangina iborat emas. Balki, qiroatning vaqf va ibtido degan yana bir “rukni” ham borki, bu borada muhtaram Qorilar va albatta Quron uqib turadigan harqanday inson hech bulmasa ijmoliy tarzda bilimga ega bulmogi lozimdir. Vaqf va ibtido deganda oyatlar ichidagi biror-bir kalima ustida tukhtash, tinish qilish va undan sung boshlab davom ettirishning qonun-qoidalari nazarda tutilmoqda. Zero, harnarsaning uziga khos tartib qoidalari bulganidek, Quroniy oyatlar ichidagi suzlar ustida tukhtash va davom ettirishning ham makhsus qoidalari mavjud. Quron uquvchi uchun Bu narsalarni bilish nihoyatda muhim sanaladi. Chunki, Quroni karimning balogat va fasohati faqat harflarni tugri talaffuz qilishda emas, balki, mano etibori bilan uqish, tukhtaganda ham mano etibori bilan tukhtash, davom ettirishda ham bunga rioya qilish va hokazolarda namoyon buladi. Ana shunda qiroat tafsir vajhlaridan biror vajhga muvofiq ado etilgan, mano durust bulgan va Quroni karimga “idish” bulgan arab tilining nahvu sarf qoidalariga ham amal qilingan buladi. Bu esa Quroni karimni uqishdan kuzlangan asosiy maqsadni ruyobga chiqarishga yordam beradi. U ham bulsa, uning manolarini fahmlamoq, idrok etmoqdir. Hazrat Ali raziyallohu Muzzammil surasidagi: “ورتل القرآن ترتيلا” yani: “Quronni (uqishda) yakhshilab tartil qil!” deya amr qilingan oyati karimaga izoh berar ekanlar: “tartil bu – harflarni tajvid qilish va vaqf urinlarini bilishdir”, degan ekanlar. Etibor berilsa, ulug sahobiy vaqf qonun-qoidalarini bilishni tartilning ikkinchi yarmi sifatida talqin qilmoqdalar. Uning birinchi yarmi esa u zotning nazdida tajvid hisoblanadi. Mana shuning uzi ham Quroni karimni tilovat qilishda vaqf urinlarini bilish va bunda mohir bulishning nechogli muhim ahamiyatga ega ekanligini kursatadi. Shundan kelib chiqib, aytish joizki, “vaqf va ibtido” tajviddan alohida yoki tajvidga ilova qilinuvchi mustaqil fan hisoblanadi. Qaysiki, bu fanda mutakhassis bulish uchun Quroni karimda ishlatilgan lafzlarni atroflicha urganish, tafsir ilmidan bokhabar bulish va arab tili qoidalarini pukhta uzlashtirgan bulish talab etiladi. Ana shunda inson vaqf va ibtido ilminida mohir buladi va Quroni karimni qiroat qilar ekan, nafaqat tili, balki, butun borligi bilan uqiydi. Kalomullohning mujizakor balogat va fasohatining zavqidan bahramand buladi. Bundan qalbida manaviy lazzat tuyadi, ruhan yuksaladi. Oyatlarni qiroat qilar ekan, uning vujudini qamrab olgan bu ajib holat qorining mahorati va zavqining, lisoni holining tarjimoni bulmish lisoni maqoli orqali uziga khos uslubda tashqariga uzatiladi. Tilovat uzgacha ulugvorlik va tarovat kasb etadi. Somelar ham bundan ijobiy tasirlanadilar. Albatta bunday qiroat kur-kurona taqlid tufayli manolariga etibor bermagan holda Quroniy oyatlarni turli nagmalarga solib, qandaydir kuy va qushiqqa mengzatib talqin qilishdan afzaldir. Zero, mazkur uslubda qiroat qiladigan ayrim qorilar uni faqat ohang va maqomlarga solib, pardaga chiqarib, quloqqa jarangdor eshittirishdan boshqa maqsadni kuzlamaydilar, kupincha. Holbuki, shunday uslub bilan uqilayotganlari oyati karimalar aslida mano etiboridan uzgacharoq ohangda uqilishi maqsadga muvofiq bulishi ham mumkin. Maqsad tilovatni faqat quloqqa chiroyli va kuysimon eshittirishdan iborat bulib qolsa ana shunday daqiq nuqtalar etibordan qochiriladi. Oqibatda bunday tilovat lozim bulgan ulugvorlik va mahobat bilan ado etilmay qolishi mumkin. Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan: “kimning qiroati eng guzal qiroat?”, deb surashganda Ul zot sollallohu alayhi va sallam: “u shunday odamki, qiroatini eshitib, uning Allohdan qurqishini bilasan”, deb javob bergan ekanlar (“Kanzul-ummol”). Quyida vaqf turlari haqida qisqacha suz yuritamiz.

Vaqf turlari

    Oyatlarda vaqf (tinish, tukhtash, pauza qilish) qilish umumiy manoda: iztiroriy, ikhtiboriy, intizoriy va ikhtiyoriy turlarga bulinadi. Iztiroriy vaqf nafas etishmasligi, yutal, aksa va hokazo kabi zarurat tufayli sodir buladigan vaqfdir. Bunday holatda agar mano durust bulsa, usha ustida tinish qilingan suzdan boshlab qiroat davom ettiriladi. Bordiyu, bunda mano durust bulmasa, bitta avvalgi suzdan boshlab uqish davom ettiriladi.
Ikhtiboriy vaqf. “Ikhtibor” lugatda imtihon qilish, sinash manolarini anglatadi. “Ikhtiboriy vaqf” deb, kezi kelganda va zarurat tugilgan holatlarda oyatlardagi suzlar okhirlarida tukhtash usullari va odoblarini qay darajada uzlashtirganini sinash yoki mazkurlarni urgatish uchun tolibi ilmdan dars yoki imtihon paytida talab qilinadigan vaqfga aytiladi. Ikhtiboriy vaqf grammatik jihatdan tukhtash joiz bulmagan yoki odatda tinish qilinmaydigan urinlarda talabaning talaffuzi va tukhtash uslubini sinash maqsadida talab qilinishi mumkin. Masalan, quyidagi oyati karimadagi “الأيدي” suzida tinish qilinsa qanday tukhtaydi, “yo”ni hazf qilib (talaffuz qilmay, talaffuzda tushirib yuborib) vaqf qiladimi yoki uni joyida qoldiradimi, shuni bilish uchun ustoz talabadan mazkur suz ustida vaqf qilishni talab qiladi. Misol uchun “وَاذْكُرْ عِبَادَنَا إبْرَاهِيمَ وَإِسْحَقَ وَيَعْقُوبَ أُوْلِي الأَيْدِي” (sod surasi: 54-oyat). Bu suz ustida vaqf qilinsa, yo harfi hazf qilinmaydi, balki joyida qoldiriladi. Ammo mazkur suraning 17 oyatidagi “واذْكُرْ عَبْدَنَا دَاوُودَ ذَا الأَيْد” ayni kalimada esa “yo” hazf qilinib, dolni sukunli qilgan holda vaqf qilinadi.
Shuningdek, “اِمْرَأَتَ نُوحٍ وَامْرَأَتَ لُوط” (Tahrim surasi: 10:oyat) oyatidagi “امرأت” suzi ustida tukhtalsa, “imroat” yoki “vamroat” deya “t” harfi talaffuz qilinadi, “hoyi havvaz”ga aylantirilmaydi. Ammo, Niso surasidagi “ وَإِنِ امْرَأَةٌ خَافَتْ” oyatida kelgan mazkur suz ustida tukhtalsa, usha suzdagi “toi marbuta” “ho”ga aylantiriladi. Bunday vaqf talabalarga urgatish uchun ham amalga oshiriladi. Uning hukmi joiz. Ammo, ikhtiboriy vaqf amalga oshirilganda ustida tukhtalgan kalimaning uzidan yoki undan avvalgi yoki avvalroqdagi grammatik jihatdan boshlashga yaroqli bulgan kalimalarning birortasidan boshlab qayta uqish lozim buladi. vallohu alam.
Intizoriy vaqf. Vaqfning bu turi, tilovat qilayotganda bir necha khil mutavotir qiroatlarni jam qilishni istagan qori tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Masalan, qori bironta kalima ustida tukhtaydi va usha kalimaning boshqa rivoyatdagi vajhini (variantini) ham uqiydi. Mana shu tukhtash, intizoriy vaqf deyiladi.
Ikhtiyoriy vaqf. Ikhtiyoriy vaqf deb qiroat qiluvchining uz khohish va ikhtiyori bilan amalga oshiradigan vaqfga aytiladi. Ikhtiyoriy vaqf natijasida ayrim hukmlar paydo buladi. Va vaqfning bu turi quyidagi birnecha qismlarga bulinadi.
Ikhtiyoriy vaqf turlari. Ikhtiyoriy vaqf yutal, aksa, yigi, nafa etishmasligi kabi biron-bir uzrsiz sodir buladigan vaqf bulib, u amalga oshirilganda hosil buladigan mano etibori bilan bir necha turlarga bulinadi: A) al-vaqful-lazim (lozim vaqf). B) al-vaqfu-t-tam (tugallangan vaqf). V) al-vaqfu-l-kafiy (kifoya qiluvchi, qoniqarli vaqf). G) al-vaqfu-l- hasan (joiz vaqf). D) al-vaqfu-l-qabih (khunuk, notugri vaqf).

“al-Vaqf al-lozim” (lozim bulgan tinish).
Lozim vaqf shunday kalima ustida amalga oshiriladiki, usha kalimaning uzidan keyingi suzlarga lafzan ham, manan ham aloqasi bulmaydi. Va agar quron uquvchi kishi mazkur suz ustida tukhtamasdan keyingi jumlaga utib ketsa, mano buziladi va oyatdan maqsad qilinmagan boshqa mano yuzaga keladi. Bunday vaqf “vaqfu-l-bayon” deb ham ataladi. Lozim vaqf urinlariga Mushaflarda (م) belgisi bilan ishora qilinadi. (Bazi ulamolar vaqfi lozimni vaqfi tom turkumiga kiritadilar). Misol: Baqara surasining 274-oyati nihoyasida “يَحْزَنُون” suzida vaqf qilish lozim vaqfdir. Negaki, mazkur oyat keyingi oyatga bir nafasda ulab uqilsa, teskari mano yuzaga keladi:
“…وَلا خَوْفٌ عَلَيْهِم ولا هُمْ يَحْزَنُون.الَّذِينَ يَأكُلُونَ الرِّبَا..”

“al-vaqfu-t-taam” (tugallangan vaqf).
Vaqfi tom shunday vaqfki, u manosi tugal bulgan jumla okhirida amalga oshiriladi va mazkur ustida tukhtalgan jumla uzidan keyingi jumlalarga lafzan ham, manan ham bogliq va muhtoj bulmaydi. Lekin agar usha kalima ustida tinish qilinmasa, kupincha, mano buzilib ketmaydi. Bu muayyan holatlarda uchraydi. Masalan, sura okhirlarida, yoki muyyan qissalar sungida, yoki malum oyatlarni egallagan manaviy bulaklarda, jannat yoki jahannam zikr etilgan oyatlar sungida, yokhud muminlar yoki kofirlarning sifatlari zikr etilgan oyatlar nihoyalarida, va hokazo holatlarda kuzatiladi. Misol: “…وَأُوْلَئِكَ هُمُ المُفْلِحُون.إِنَّ الَّذِيْنَ كَفَرُوا…” (Baqara surasi: 5-6-oyatlar). Bu urinda “المُفْلِحُون” da tukhtab, tin olish vaqfi tom buladi. Negaki, shu erda mano tugal buldi. “…Va ana ushalargina najot topguvchilardir!”. Keyingi oyatdan esa yangi mavzu ochilib, Islom yulini tutmaganlarning ahvollari bayon qilinmoqda. Demak, bu ikki bir-biriga qarama-qarshi mavzu urtasida tin olish maqsadga muvofiq buladi. Vaqfi tomni hukmi borasida ulamolar, bunday vaqfni amalga oshirish “hasan” (khush va ayni muddao) dir deydilar.

“al-Vaqf al-kofiy” (kifoya qilarli, qoniqarli vaqf)
“Vaqfi kofiy” shunday jumla okhirida amalga oshiriladigan tinishki, u jumla lafz jihatidan (yani grammatik tuzilma etiboridan) tugal bulgan, lekin mano va mavzu etiboridan hali davom etadi va bu jihatdan uzidan keyingi jumlalarga bogliq va aloqador buladi. Demak, “vaqfi kofiy” uzidan keyingi suzlarga lafzan emas, manan bogliq bulgan suz ustida amalga oshiriladigan tukhtashdir. Misol: “في قلوبهم مرض فزادهم الله مرضا…” (Baqara surasi: 10-oyat). Ushbu oyatda «مرض» suzini uqib, tinish qilib, sungra keyingi suzdan yani “فزادهم الله” kalimasidan boshlab uqish “vaqfi kofiy” buladi. “Vaqfi kofiy” “vaqfi solih”, “vaqfi mafhum” va “vaqfi joiz” ham deb ataladi. Bunday vaqf hukman “joiz” hisoblanadi.

“al-Vaqfu-l-hasan” (yakhshi vaqf).
Vaqfi hasan shunday kalima ustida amalga oshiriladigan vaqfki, usha kalimada tukhtash manan durust buladi, biroq, undan keyingi kalimadan boshlab uqish urinli bulmaydi. Chunki, “vaqfi hasan” orqali mazkur urtasidan bulingan ikki jumla bir-biriga ham lafzan, ham manan bogliq buladi. Misol uchun, fotiha surasining birinchi “الحمد لله رب العالمين” oyatida “الحمد لله…” deya tukhtalsa, mano durust buladi, biroq, keyingi suzdan boshlab uqilsa, chiroyli bulmaydi. Negaki, oyatdagi “رب العالمين” suzi “ألله” lafzi jalolatiga sifat (yokhud badal) bulib kelmoqda. Mavsuf bilan sifat urtasini ajratish esa, grammatik jihatdan khato buladi. Shu bois, bu urinda vaqf qilingach, yana oyat boshidan uqilsa, maqsadga muvofiq buladi. Faqatgina, oyat belgisi bilan ajratilgan urinlar bundan mustasno. Yani, oyat belgisi bilan ajratilgan urinlarda tukhtab, keyingi oyatdan boshlab uqish bezarardir.

al-Vaqfu-l-qabih (khunuk, yomon vaqf)
“Qabih vaqf” deb shunday suz yoki iboralar ustida tukhtashga aytiladiki, bunda uqib, tukhtalgan jumladan maqsad tushunilmaydi. Chunki, mazkur ustida tinish qilingan kalima yoki ibora uzidan keyingi kalimalarga lafz jihatidan ham, mano jihatidan ham bogliq va muhtoj buladi. Suyutiy bunday vaqfni “u shunday tinishki, uning sababidan maqsad tushanarsiz bulib qoladi” deya tariflagan. Buning misoli: fotiha surasining birinchi oyatida “الحمد” suzida tukhtash. Bunda ega bilan kesim orasi ajralib qoladi. Binobarin, mano tushunarsiz bulib qoladi. YOki «مالك يوم الدين» “Maliki yavmi-d-diyn” (manosi: “Jazo kunining Egasi”) oyatida “مالك” da tukhtash ham “qabih vaqf” buladi. Chunki, bunda muzof (aniqlanmish) muzof ilayhdan (aniqlovchi)dan ajrab qoladi. Qaratqich qaralmishdan alohida bulib qoladi.
Agar, biron suz ustida tinish qilinganda, mano shunchaki tushunarsiz emas, balki, butkul buzilib ketsa, yokhud teskari mano yuzaga kelsa, aqiydaga khilof mazmun paydo bulsa, qabih (khunuk) vaqf endi “aqbah” (yani uta khunuk, yanada qabihroq vaqf)ga aylanadi. Mana shunday holatlar yuzaga kelish ehtimoli bulgan joylarda Mushaflarda arabcha “لا” belgisi quyilgan buladi. Bu usha ustiga mazkur belgi quyilgan suzda tukhtash mumkin emasligini bildiradi.
Quron qorisi Quroni Karimdagi vaqf (tinish) va ibtido (boshlab uqish) urinlarini bilish uchun nimalarga ahamiyat bermogi lozim? Buning uchun mohir qori avvalo arab tilini yakhshi uzlashtirgan bulishi lozim. Negaki, yuqorida uqib, bilganimiz kabi, vaqf urinlari asosan oyatdagi mano tugallangan yoki tugallanmaganligi jihatidan ahamiyat kasb etadi. Malumki, Mushaflarda vaqfning barcha turlariga belgi quyilmaydi, balki, eng zaruriy deb hisoblangan urinlargagina ishora qilinadi. Shunday ekan, har qanday oyat uquvchi tomonidan potensial manoda notugri vaqf amalga oshirish obektiga aylanishi mumkin. Qiroat qilayotgan kishi uzi sezmagan holda duch kelgan urinda tukhtash qilib, manoni chala qilib quyish ehtimoli bor. Bunda somelar Quroni Karim oyatlarining asl guzalligi, Quroniy fasohat va balogatning mujizakor tasiridan tula bahra ololmay qolishlari mumkin. Shunday ekan, qorilar arab tilining grammatik qoidalarini yakhshi bilishlari ayni muddaodir. Boz ustiga, bu narsa tajvidni mukammallashtirganlikdan ham dalolat qiladi. Zero, vaqf va ibtido mavzulari tajvid ilmida faqatgina ijmoliy tarzda yoritiladi kholos. Mavzuni mufassalroq uzlashtirish esa arab tili qoidalari bilan chambarchas bogliq.

 

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …