Главная / Jamiyat / KEChA Va KUNDUZ: Abdulhamid Chulpon romani

KEChA Va KUNDUZ: Abdulhamid Chulpon romani

Birinchi kitob  – Hamal keldi, amal keldi. –  Khalq maqoli.

I

Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana kungillarni qitiqlay boshladi. Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi…

Tollarning kum-kuk sochpopuklari qizlarning mayda urilgan kokillariday sel- killab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning gamli yuzlari kuldi, uzlari horgin-horgin oqsalar-da, bushalgan qul singari erkinlik nashasi- ni kemira-kemira ilgari bosadilar. Simyogochlarning uchlarida yakka-yakka qushlar kurina boshladi. Birinchi kuringan kuklam qushi birinchi yorilgan bodroq nashasini beradi. Bultur ekilib, kup qoshlarni qoraytirgan usma ildizidan yana bosh kutarib chikdi…

9e31db6416e99a9ae0cf423921564919Muloyim qullarda ivib, suvga aylangandan keyin guzal kuzlarning supasi- da yonboshlashni muncha yakhshi kurar ekan bu kukat! Erkaklarning gullik duppisiga tegmay, yalang ayollar bilan, ularning sochlari, gajaklari va rumol popuklari bilan hazillashib uynagan salqin shabada… kuklam nashasi bilan shukhlik qiladi.

Hayot nega bu qadar guzal va shirin buladi bahorda?

* *

Zebi (Zebinisa)ning qish ichi siqilib, zanglab chiqqan, kungli bahorning iliq hovuri bilan ochila tushgan; endi, ustiga pokhol tushalgan aravada bulsa ham, allaqaylarga, dala-qirlarga chiqib yayrashni tusay boshlagan edi. Qish ichi ham keti uzilmagan sovchilar bir-ikki haftadan beri kelishdan tukhtaganlar, endi tashqari eshikning “giyt” etishi – bir-ikki ayolning astagina bosib, paranjisini sudrab ki- rib kelishiga dalolat qilmas, kh.ali endigina un beshga qadam quygan bu yosh qizning gudak kunglini uncha chuchitmas edi.

Kuk terish bahonasi bilan bir-ikki marta keng hovlilarga, shahar ichida bulsa hamki, dala-tuzlarga chiqib kelganidan beri kungli qirlarni, dalalarni, ishqilib olis-olis joylarni yana kuproq tusay boshlagan edi.

Otasi bomdoddan kirmagan, onasi sigir sogish bilan ovora, uzi kichkina sakh,nni supurib turgan vaqtida tashqari eshikning besaranjom ochilishi Zebining kunglini bir qur seskantirib oldi. Bir qulida supurgisi, bir kuli tizzasida – erga egilgan kuyi eshik tomonga tikilib qoldi. Otasining odatdagi tomoq qirish va yutalishlar bilan, katta eshikning ogir zanjirini sharaq-shuruq qilib tushirib, namozga chiqib ketganiga hali kup utmagan edi. Halol-kharomni kup ham farq qilmayturgan bu odamning avrodda utirish odatlari, hatto hammadan keyin qolib, machit shamlarini puflab chiqish rasmlari bulardi.

Aytgandek, eshikdan shoshilib kirib kelgan – yoshgina, uzi tengi bir qizcha buldi. Hali tuzuk-quruq odam katoriga kirib etmagan bu qizchani katta khotinlarning oriyat paranjisiga burkaganlar, paranjining uzun etaklari katta bir tugundek uning qultigini tulgazardi…

Urangan qiz ichkari eshikdan hatlar-hatlamas paranjini irgitdi va uzining bolalik ruhi bilan yugurganicha borib Zebini quchoqladi. Ikkalasi quvona-quvona kurishdilar. Supurgi etgan joyidan nariga utmasdan erga yonboshladi… Ikkala yosh – yuzlari kulgan, kungillari yozilgan – qultiqlashib ayvonga bordilar va Zebining otasi turib ketgan surining chekkasiga utirishdilar.

Salti (Saltanat) erta saharda munaqa halloslab kelishining sababini hali aytgani yuq edi, ular kurishgan khamon, yosh kizlarning uz oralarida utaturgan mahram gaplarini gaplashib, tikayotgan kashtalari, piltaga kirgan duppilari tugrisida bir-birlariga kalta-kalta malumot berishgan edilar. Salti endi ran ochdi:

  • Erta saharlab chopganim bekorga emas…
  • Men ham sezganman… Yuragim bir qur seskanib ham oldi…
  • Nimaga, urtoqjon?
  • Uzingiz bilgan sovchilar balosi-da… Qish ichi keti uzilmadi.
  • Menam bezganman, jonim qaqa… shuning uchun bir qishloqqa chiqib kelsammi- kan, deb edim…
  • Nimasini aytasiz… Arikdagi suv kham muzning tagidan chiqdi-ku.

Zebining yuzini, shu topda, butun qish ichi tuplanib qolgan horginlikning asar- lari egallagan edi. Uning ikkala yuzi, ayniqsa, kurpaning katta-katta qavigiga ti- kilgan andishalik kuzlari hovur bosgan oynakning betiga ukhshardi. Aksincha, Sal- tining yuzlari charaqlagan yulduzday, sernasha, quvnoq va har qanday andishadan yiroq bulib, kunglining chuqur burchaklaridan chiqib kelgan sevinch tulqinlarini aks ettirardi. Shu uchun u Zebining sung suzlaridagi ogir mayuslikni payqay olma- di. Uning kuzlari Zebida bulsa ham, nazarlari boshqa yoqlarda edi.

  • Enakhonni bilasiz-a? YOyilma soydagi urtogim bor-ku?

Zebi boshini kutarib, urtogiga qaradi, shu qarash uning nechikdir Enakhonni es- lolmay turganini kursatardi. Sungra Salti tarif qildi:

  • Utgan kuz biznikiga mehmon bulib kelishdi-ku – kelinbibisi bilan birga?

Ushanda necha marta kishi yuborib chaqirtirdim, bormadingiz, otangiz javob berma- di…

Zebi bosh tebratdi:

-Ha, ha… bildim, bildim. Uzini kurganim yuq-ku, eshitib bilaman.

  • Ana usha qiz usha safar kelganida meni aytib ketib edi. Bahorlashib bir bo- rib kelaman, deb yurib edim. Yaqinda yana aytib yuboribdi. Shunga teng-tushlarim bilan bir borib kelmokchiman. Sizni kham olib boraman…
  • Qachon?

Zebining bu kalta savolidan Salti kup narsani angladi. Bu savol Zebining iloji bulsa shu kun paranjisini quliga olib (yopinib ham utirmasdan!), shu erdan uzoqlashmoq uchun talpinganini kursatardi. Shu uchun Salti:

  • Men sizni olib ketgali keldim, aylanay! – dedi.

Va ikki yosh bola nikhoyasiz quvonchlar ichida yana bir-birlariga chirmashdilar…

* * *

Odatda onaning kungli yumshok buladi. Zebining onasi – Qurbonbibi Saltidan haligi chaqirikni eshitgandan keyin darhol rozilik berdi:

  • Mayli, uynab, yozilib kelinglar. Qish ichi yuraklaring gash bulgandir… YOsh narsalar, – dedi. Zebi onasining beradigan javobini ilgaridan bilardi. Bu ona qizining saodatidan boshqa narsani bilmaydirgan onalardan edi. Dunyoda qanday yakh- shilik va khayriyatlik bulsa, khammasini shu birgina qizi uchun istar va orzu kilardi. Lekin…

Onaning rozilik suzlariga bu birgina “lekin” elchib kelganidan, bechora qizlar sevinish tulqinlarini yana bir kur kutarishga fursat topolmadilar.

Hamma jim qoldi. Har kim uz oldida bir narsa topib shunga kuz tikkan va u narsada Zebi – uz otasini, Qurvonbibi – uz erini, Salti -kovogidan doim qor yogib turgan sovuk bir sufini kurardi.

Bu bulutli khavoni ochmoq faqat onaning vazifasi edi:

  • Otasi bomdoddan kirsin, – dedi u Saltiga qarab, – men uzim yotigi bilan aytib kuray, yuk demas, – sungra Zebiga yuzlandi: – Sen, kizim, uyga joy qil, urtogingni utqiz, dasturkhon sol. Biz, otang bilan, choyni surida ichib, khaligi gapni gaplasha- miz.

Ikkala qiz kham ogiz ochmay jim qolishdi. Chunki Razzoq sufining mijozini ularning ikkalasi ham yakhshi bilardi. Sufiga eng maqul bir masalani bulsa ham uqtirib roziligini olmoq uchun yo uzining piri, yoki katta bir davlatga ega bulish kerak edi. U odam uz tenglaridan khech birining hech kachon hech bir gapini tinglagan emasdi. Ayollardan maslahat, ayniqsa, uz khotinidan bir taklif eshitmoq uchun Razzoq sufining qayta boshdan bunyodga kelishi kerak bulardi…

Shuning uchun Zebi kuzlari andisha bilan kengayib ochilgani holda indamasdan joylarni yiga boshladi.

U urinlarni yigishtirib, nonushta joylarini tayyorlab bulgandan sung uchoq boshida choynaklarga choy tashlarkan:

  • Otamdan darak yuq-ku? – deb suradi onasidan. Qurvonbibi bir kucha eshigiga, bir yonboshdagi darakhtlar orasidan kutarilib kelayotgan quyoshga, bir uchoqboshidagi qiziga qaragandan keyin:
  • Bilmadim, avrod chuzilibroq ketdimikin? Sen choyni jindek quyib turib, chala qoldirgan erlaringni supiratur, kelib qolar, – dedi.

Zebi shu topda yana qaytib quliga supurgi olishni istamasa-da, urtogining “u qiz enasining gapiga kirmas ekan” degan uyga borishini uylab, indamasdan supur- gini quliga oldi va bir qulini bir tizzasiga quyib, sahn betini supura boshladi. Zebining choy damlab kelishini kutib, uyda – dasturkhon boshida utirgan Salti ik- kala qanoti ochik turgan eshik orqali bu kh,olni kurganidan keyin urnidan turib, urtogining yoniga chikdi. Zebi uni uzr aytib qarshi oldi:

  • Urtoqjon, – dedi, – otam avrodda utirib qoldi, shekilli, shunaqa odati bor. Endiyoq kirib kelsa kerak. Khafa bulmang-a?

Bu sunggi kalta jumlaning aytilishidagi samimiyat bir-biri bilan yaqin urtoq tutishgan yosh qizlardagina buladi. “Khafa bulmang-a?” deb turgan vaqtida Zebining yuzini kurish kerak edi, bir qulida supurgi, bir quli tizzasida, supurgi ham erdan uzib olingan emas, faqat bosh yuqori kutarilganu butun vujud Saltining ikhtiyori- da! Kungil, orzu, sevgi, sevinch… bular hammasi Saltiga tomon uchadi, unga tomon otiladi, uni urab, uni aylantirib, uni quchadi! Zebining yuzlaridagi – oyday tiniq va quyoshday yorug bu holat moddiy kh.aqiqatlar qadar ochiq kurinardi.

Urtogining bu samimiyatini Salti ham kuz bilan kuribgina emas, kungil bilan sezib anglagan edi. Shuning uchun u Zebining suziga javob \am berib utirmasdan, birdaniga uning qulidagi supurgiga yopishdi. Uz kunglida, supurgini olib, bir oz supurishib bersa, haligi samimiyatga yarasha javob bergan bulardi. Zebi supurgini quldan oldirdi, lekin urtogi supura boshlagandan sung:

  • Voy, bu nimasi! Quying, uzim supuraman! – deb yana supurgiga yopishdi. Salti bermadi, bu olmoq istadi; Salti qochdi, bu quvladi; shunday qilib, sakhlni supurish urniga bu ikki urtoq butun khovlini boshlariga kutarib, shovqinlar va qiyqirishlar bilan dunyoni buzib, bir-birlarini quvlashib ketdilar…

Uz uyining qabristonlar qadar jimjit, khonaqokhdar qadar unsiz, uz kungli qadar tund va khumraygan bulishini istagan Razzoq sufi khuddi shu ola-tupolon usti- ga kirib keldi!

Eshikdan kirar-kirmas ovozining boricha:

  • Bu nima qiyomat!!! – deb shovqin solishi ikkala yosh qizni, chaqmoqtekkan darakht- day, turgan joylarida qotirib quydi. Yuqsa, sufi erining dindor khotini bulgan Qurvonbibi ham “bas endi!” deb ozmuncha qichqirmagan edi… Agar bu sovuq sufi ki­rib kelgan bulmasa, ikki yosh qizning qish buyi tuplangan kungil gashliklari bir oz shukhlik bilan ancha yozilgan bulardi. Zotan, ularning uzlarini unutar darajada bir- birlari bilan bu khilda uynashuvlari usha gam-gashlar purjinasining bushalishi, siqintilar oqimining tugonini buzib, oldinga tomon yul solishi emasmidi? Bunday telbalarcha kupirib-toshuvlarni tukhtatmoq uchun ham, albatta, telbalarcha hayqirishlar, chaqmoq qadar quvvatli zarblar lozim bulardi.

* * *

Razzoq sufida unday quvvat ortigi bilan bor. Bu odam, jadidnamo bir hamshahrining deganidek, “kurgazmaga quyilaturgan antiqa makhluqlardan edi”. Aytishlaricha, uni ona qornidan sihat-salomat tushirtirgan va birinchi dafa yurgaklagan kampir hazilkashligi va shukhligi bilan khotin-khalaj urtasida dong chiqargan Hamro enaymish. Bolani yurgaklaganidan keyin hali u qadar odam kepata- siga kirmagan yuzlariga tikilgan va mana bu suzlar bilan erkalatganmish:

  • Aylanay, mehmon, kimdan khafa bulib tushdingiz? Kim ozor berdi sizga? Ay- ting! Qovogingizni ochsangiz-chi! YOrug dunyoga keldingiz! Shukur qiling! Sevining! Mundoq bir kuling! Kulimsirang! Iljaying!..

Ushanda kulmagan Razzoq sufi undan keyin ham kulmay utdi. Kulish bilan yiglash orasida katta farq bor. Kulish bilan kulmasdan tekkina jiddiyat saqlab turish orasida ham anchagina masofa bor. Shu uchun Razzoq sufining kulishlarini kulish, deb bulmaydi.

Kulmasdan chidab bulmaydigan maqomlarda u ham kuladi, lekin u kulish – kasal odamning kulishiday ogir, bir khil sovuq hazillarday malol keltiruvchi, yolgon khu- shomadlarday kungilga uruvchi bulardi. Bir kun Zebining juda jiddiy bir chehra bilan:

  • Otam kulmas ekan-da! – deganini eshitib, Qurvonbibi koyib bergan edi. Shu haqiqatni aytgani uchun qizidan alayna-oshkor koyingan Qurvonbibi, bu haqiqatni uzi uz kunglida necha marta takrorlagan bulsaykin?.. Til bilan birovning aybini aytish oson, uz tili bilan uz aybini aytadiganlar juda kam, Qurvonbibi har qancha suzga epchil khotin bulsa ham, uni bu kamlar orasiga qushib bulmaydi.

Qurvonbibi suzga qancha epchil bulsa, Razzoq sufi shu qadar kamgap, indamas, da- mini ichiga solgan, ziqna odam edi. Tashqari olamda, yani uz hovlisidan tashqarida uning doimiy va birdan-bir vazifasi: uzidan ulug va kuchlilar gapirsa – “hovva- kh.ovva”, demak, uzidan past va kuchsizlar gapirsa – “yuq, yuq”, degan manida bosh chayqash bulardi. Uyida vaqtida uning ogzidan odam bolalari urtasida yuraturgan tuzuk, manilik va “ran” desa buladigan bir suz chiqmas edi. Umuman, sufining bu bobda uziga kura asosli bir maslagi bor: u uzi maqtanib aytganiday, khotin-khalaj oldida ogiz ochib til qaldiratishni ravo kurmaydi. “Bu til, – deydi sufi, – doim khudoning zikri bilan qaldiraydi. Bu ogiz hamma vaqt khudoning zikriga ochiladi. Ogiz bilan til – bandaning jismida eng aziz va tabarruk azolar. Ularni khotin kishiday past makhluq oldida khor qilinadimi? Bulmasa, haq taoloning bandalari it bil an ham gaplasha bersin! Yuq, khotin kishiga juda zarur ran aytiladi, u toifa bilan zarurat yuzasidangina gaplashiladi. Vassalom!”

Uzbekda akhir har bir erkak uz khotinini – uz halol juftini qizi yo uglining nomi bilan atab chaqiradi. Uz khotinining ismini aytib chaqirish yaramaydi. Khoti- nining ismi Maryam, qizining ismi Khadicha bulsa, mumin-musulmon: – sharmu-hayo yuzasidan bulsamikan? – khotinini “Khadicha” deb chaqiradi. Aksar ona-bola baravar “labbay!” deydi; shunday-da, oilaning haqiqiy egasi bulgan ota: “Kattangni ayta- man, kattangni!” deydi. Hatto shunda ham “Maryamni”, demaydi…

Bizning sufi mumin-musulmonning bu urfiga ham amal kilmaydi, u uz halol jufti Qurvonbibini hamma vakt “Fitna” deb chakiradi: “Fitna, sallamni ber!”, “Fitna, qiz ulguring qani?”, Fitna, puldan uzat!”

…Uyida vaqtida Razzoq sufi yo ariq buyidagi kukatlarni yulib, yo eshik va dar- vozalarning bushalib qolgan zanjirlarini mahkamlab, yoki hovlida utin qirqib, yo bulmasa – ikki quli orqasida, dam ichkariga kirib, dam tashqariga chiqib, dam khovliga utib, lablarini ari chaqqan odamday ogiz ochmasdan, indamasdan yura bera- di… YOz faslida, kuproq kunduzi ukhlaydi, kechalari, tong otguncha, uzi yolgiz, baland ovoz bilan “Oblokhu!” aytib, uz oilasini va quni-qushnini ukhlatmaydi. Eshon bobo bulmagan kunlari salkin khonaqoda juda maza qilib ukhlaydi, deydilar. Bazida boshqa muridlar uni kurpa-tushagi bilan hovuzga tashlar ekanlar. Uyda bulsa, uni – khonaqo singari – salqin qildirib, undan keyin chuziladi va peshindan keyin uyquga ketgan bulsa, shomga borib zurga turadi: shunda ham Qurvonbibining qichqirishlari bilan… Namozgar, aksari, uyquga qurbon buladi, shu orqada uz khotinidan kup tana- lar ham eshitadi. Ammo bu khususda tili qisiq, indayolmaydi…

Qish faslida bulsa, kechasi ukhlaydi. “Bir siqim kun bor, ukhlab utkazsam, Qashqardan ham olis qish kechasini qanday utkazaman? Uyku – umrning tanobi!” dey­di; bu buyuk falsafa loyiq va munosib kishilarga aytiladi. Bechora oila azolari, umuman, khotin-khalaj bu uyqu falsafasini bilishdan mahrum!

Shaharda bulsa, uz uyidan boshqa joyda bir kecha ham yotmaydi. Eshon boboning qaysi bir tuyida, tong otishga yaqin, uyiga kelib yotgan ekan… Shahardan tashqariga yurishi kam. Faqat eshon bobo bilan birga (faqat usha kishi bilan!) tuylarga, katta ziyofatlar, qovun va meva sayillariga boradi. Unda, albatta, besh-turt kun uyidagi kurpa-tushagi sovuydi. Qurvonbibining suzicha, “dam oladi”, Zebining tarificha, “yayraydi”. Bir marta qaysi bir tuy bir haftaga chuzilib ketgach, oltinchi kuni biz­ning sufi eshondan suramay qochib kelgan! Ushanda eshon bobo bir necha vaqtgacha sufidan dilgir bulib yurganlar.

Shu munosabat bilan Qurvonbibi yana bir marta oldi:

– Hast eshon bilan birga borib, u kishi tufayli shuncha izzat-ikrom kurib, noz- nematga serob bulib… khaet eshondan burun qochib kelganingiz nimasi? Shaharda ochilmagan dukoningiz yo tukhtab kolgan objuvozingiz bormidi?

Sufi yana past toifa oldida muborak ogzini ochib, aziz tilini qaldiratmoqqa majbur buldi.

  • Badbakht Fitna! Quyasanmi, quymaysanmi, akhir? “Hubbil vatani minal-imon”, deganlar – “vatanni sevish imondan”, akhir! Bilmasang bekor-da, Vatani yuq – dunyo- da luli, kholos. Meni bevatan, deb bildingmi?

Sufi bir oz qizib ham ketdi:

  • Bu hovli-joy otangdan qolgani uchun uzimniki deysanmi yo? Unday desant, bosh- put olib, urusvoyning religa tushib, “hayt!” deb… Makkatulloga junab qolaman! Hovling boshingdan qolsin, Fitna!

Bu safar Qurvonbibi yalinib-yolvorib zurga tinchitdi.

Chinakam, sufida hajga borish niyati kuchli. Har Yili javraydi. Bir-ikki marta pasport ham oldi. Faqat, nima uchundir, oyogini uz shahrining tuprogidan uza olmay- di. Bu tugrida ham – “vatanni sevish imondan”, deb – “vatani”dan kechib ketolmaydi- mi? Har qalay, bir siri bor. Uning malum bir kasbi, khunari yuq. Na savdo-sotiq qiladi, na dehqonchilikka urinadi, na kosib-hunarmandlik peshasini tutadi. Shu bilan birga, dasturkhoni nonsiz, qozoni issiqsiz qolmaydi…

Qaysi bir yil olis bir qishloqdan ugay akasi kelib, uch-turt kun qunib ketgan edi. U ham uziga ukhshagan mumin-musulmongina chol bulganidan juda topishdilar. Har kun khonaqoga birga borardilar.

  • Sufi, bir kasb peshasini tutmay utib ketayotirsiz-a? – dedi unga akasi khonaqoga keta turib.
  • E-e, – dedi sufi chuzib va uzidan khursand bir kulimsirash bilan kulimsiradi: – mening davlatim khech kimda yuq, aka! Eshon bobo khudoyimning sevgan quli, nozu nemat turt tarafdan suvday oqib turadi. Daryo buyidamizu chanqaymizmi? Galati ekansiz!

Shu kulimsirash bilan yana bir oz borgandan keyin, bu safar jiddiyroq qilib, dedi:

  • Ahliyamiz ham uchchiga chikkan chevar, khudoga shukur. Ojizamiz kham duppi ti- kishga “farang” bulib chiqdi! Ruzgorning kup-kamlarini uzlari bitirishadi. Men bokhuzur tasbikhimni aylantirib yotsam bula beradi!

* * *

Otasi kirib kelganidan keyin Zebining kunglida uynagan iztirob va hayajonlar Razzoq sufining “Nima bu qiyomat!” degan qiyomatidan qurqinchliroq edi. Sovuk bir sufining nazdida, bu qadar vahimali bulib kuringan odsiy va tabiiy bir bolalik uyini kafas darichasining ochilishini kutgan vaqtida darichaga kattakon bir qulf urilayotganini kurgan bir qushning iztirobidan kam bularmidi?

Ikkala qizning, ayniqsa, Zebining kunglidagi iztirob, zotan, sufi kirgandan sung avj olishi kerak edi. Chunki, qizlar shukhlik va uyinga berilib ketib, khamma narsani esdan chiqargan emasmidilar? Qorongi qish kunlaridan qolgan doglar, turt devor orasida yashashdan kelgan chiqindilar, otalardan utgan zulmlar, sovchilardan etgan tashvishlar barham emaganmidi? YOshlikning quvvatli tulqinlari ularning barchasini bir bahor yomgiri kabi yuvib ketmaganmidi? Shunday urtoqning shunday shirin muomalalari oldida shunday teskari, shunday ujar va qaysar otaning borli- gi ham unutilgan emasmidi? Uyidan “Bir zumda borib kelaman”, deb chiqqan Salti ham bergan vadasini, uyini va ota-onasini unutib, qulida maymoq va tullagan bir supurgi bilan qolib ketmaganmidi?

Gaflatda qolganlarning boshiga tushadigan tayoq yomon zil ketadi, deydilar. Bu ikkala qiz uyin va shukhlik havasi bilan gaflatda edilar. Sufining ogir zarbi bilan uzlariga kelgach, oldilarida zur bir tog turganini kurib, ikhtiyorsiz chuchib ketdilar. Bu togdan utish kerak edi, holbuki, bu tog – munaqa yosh bolalar uta oladi- gan toglardan emasdi. Ikkalasi ham iztirobning bu ogir yukini bir-birlarining kuzlarida uqidilar…

Sufining baqirishidan sung bir oz shoshib turgach, ular yugurgancha uyga kirdi- lar va uzlarini eshikli derazaning panasiga olib, Razzoq sufining harakatlarini kuzata boshladilar. Kuzlari sufida bulsa, quloqlari Qurvonbibining ogzida edi. Uning gapiradigan gaplari ularning kungillarida tugilgan ogir va chigal tugunchak- ni yo echib yuborajak, yoki yana battaroq chigallashtirib, ikki yosh narsani – yana necha oy! – bir-biridan ajratib tashlayajakdi.

Sufi bular uyga kirib olguncha eshik oldida buzarib-gezarib turdi. Bular uyga kirganlaridan keyin sallasini Qurvonbibiga uzatib, ustidagi malla yakhtagini olisdan turib kartga irgitdi va uzining oddiy ovozi bilan;

  • Qanjiqlar! – deb baqirdi.
  • YOsh narsalar uynashsa, nima bulibdi? Muncha endi zabtiga oldingiz? – dedi Qurvonbibi.
  • Gapirma, eshak!

Qurvonbibi jim buldi. Sufi kart tomonga karab yurdi. Kart ustiga dastur- khon yozilib, bir mistovoq non bilan piyolada qiyom quyilgan edi. Sufi kartga chiqib utirgandan keyin Qurvonbibi uchokdan choyni olib keldi.

Sufining bu avzoyini kurgandan keyin ikki qizning borqadar umidi ham uzi- lib buldi. Zebi bu umidsizlikni yashirolmadi:

  • Uynashmay ulaylik, endi otam hech qaerga chiqarmaydi…

Salti ham uz tashvishini anglatdi:

  • Nima qilamiz endi? Siz bormasangiz, men ham bormayman… Enakhon toza koyiydi-da.
  • Tek utirgan bulsak kungli yumsharmidiykan? – dedi Zebi.

Salti indamadi. Bir ozdan sung yana uzi ilova qildi:

  • Kungli ulsin, yumshagan vaqtini kurganim yuq! Katta-katta kharsangtoshlarni soy buyiga devlar tashlashgan, deydi… Eng kattasini otamning kukragiga tashlab quyib, “mana shu sening kungling!” deganmikan, yashshamagurlar!

Bu ran Saltiga tasir qildi shekilli, “pikh-kh” eta kulib yubordi.

Zebining munga chinakam achchigi kelgan edi, qulini uzatib, urtogining ogzini tusdi.

  • Voy, anovi qizni! Yana besh battar qilasiz ishni! – dedi.

Salti zur bilan uzini bosib oldi. Ikkalasi yana – kuzlarini miltillatib – chol bilan kampirga tikildilar.

Boyadan beri eriga qarab jim utirgan kampirning endi astatina kulimsirashi bularga jon kirgizdi. “Kurdingizmi?” deganni qilib ikkalasi bir-biriga qarab olishdi.

Chinakam, Qurvonbibi, sufiga yoqadigan bir suz topganday, dadillik va bema- lollik bilan kulib turib ran boshladi:

  • Men Zebini bir joyga junatib yotirman… Sufi bu safar baqirmasa hamki, dagal bir ovoz bilan suradi:
  • Qaerga? Nega?
  • Oydinkuldagi Khalfa eshonimizning kichik qizlari bir-ikkita urtogini “Bahorlashib ketinglar”, deb chaqirtirgan ekanlar. Shularning bittasi Zebi, yana bittasi uning urtogi Saltanatkhon ekan. Saltanatkhon aravani qushtirib quyib, uzi Zebini aytgali kelibdi. “Yuq”, desak qanday buladi?

Khotini nima desa, “yuq” deydigan sufi bu safar birdaniga “yuq” demasdan, khayolga ketdi. Qizlar Qurvonbibining bu tadbiridan khursand bulib, yana umidlana boshlagan edilar.

  • Qurvon kholam bopladi! – dedi Salti.
  • Enam gapga usta. Eshondan tushganini kuring. “Eshon”, desangiz, otam ulganini ham bilmaydi… Khudo muni eshonlar uchun yaratgan.

Salti Zebining bu gaplarini eshitgandan keyin sufining “khup” deb javob be- rishiga ishonib ketdi. Bir qulini urtogining buyniga tashlab, uni kuchoklar ekan:

  • Buldi, urtoq, endi! Junaymiz! – dedi.
  • Sanamasdan sakkiz demay turing hali! Otam osonlik bilan makul gapga kunadigan odam emas. Jim turib qolishini kuring: khali kham churq etmaydi.

Sukut uzoqqa chuzilgandan keyin Qurvonbibi endi bu safar jiddiy bir chekhra bilan:

  • Nimaga indamaysiz? Khup, deng! Katta odam, uyat buladi. Bir yakhshi khotinlari, bir otincha qizlari bor-ki… Uzlarini bulsa, uzingiz bilasiz, – dedi.

Sufi negadir:

  • Bilaman, Fitna, bilaman! – deb quyib, yana jim buldi.

Endi Qurvonbibi yana kham jiddiylashdi:

  • Bulmasa, “yuq”, deng. Saltanatkhonga javob beray, ketsin! Azonda kelgan edi.

Shundan keyin sufining tili aylandi:

  • Shoshma, Fitna, “yuq”, dema, mayli, bora qolsin… Qachon keladi?
  • Indinga erta bilan yo kechkurun.
  • Eshon oyimning raylariga qarasin.

Sufi urnidan turdi. Kartdan tushib, kavshini kiyarkan:

  • Ovozim bor, deb ashulaga zur bermasin, – dedi. – Nomahramlarga ovozini eshit- dirsa, rozi emasman.

Bu safar odamga ukhshash gapirib, Qurvonbibini quvontirgan Razzoq sufi shu suzlardan sung yana uz jimligiga qaytdi. Bir oz sungra sallasini kiyib, yakhtagini quliga olgandan sung:

  • Khurjinni ber, Fitna! Bulmasa, ikkita qop ber! – deb qoldi.

Qurvonbibi qopni uzatarkan, erining quliga shu topda bir oz pul tushganini, endi kattarok kharid qilish uchun bozorga ketayotganini va haligi zur iltifotning ham pulning kuchi bilan bulganini angladi…

Sufi tomoq qirib eshikdan chiqarkan, uydagi ikki shukh qiz yana bir-biriga chir- mashgan edi.

Savol va topshirikrar:

  1. Nima uchun adib asarni “Kecha va kunduz” deya nomlagan?
  2. Asarga tanlangan epigrafni takhlil qiling. Nima uchun aynan shu khalq makoli epigraf qilib tanlangan?
  3. Asardagi bahor tasviri berilgan urinlarni qayta uqing. Parcha nasrda yozilgan bulsa-da, shoirona tashbehlarga boy, buning sababi nimada deb uylaysiz?
  4. “… Bu ona kizining saodatidan boshka narsani bilmaydigan onalardan edi…” satrlarini izohlang.
  5. Razzoq sufi qanday odam? Nima uchun u faqat uzining piri yoki katta bir davlatmandninggina suzini eshitadi?
  6. “Ayollardan maslakhat, ayniqsa, uz khotinidan bir taklif eshitmoq uchun Razzok sufining qayta boshdan bunyodga kelishi kerak bulardi…” Bu satrlar Razzoq sufini kanday inson sifatida kuz ungingizda namoyon qildi?
  7. Zebi bilan Saltining munosabatidagi samimiyat sizda qanday tuygu uygotdi? Siz ham urtogingizni kuz bilan kuribgina emas, kungil bilan sezib anglay olasizmi?
  8. Razzoq sufining Vatan haqidagi tushunchasi qanday? “Vatanni sevish imondan” deya suzlagan sufi rostdan kham imonli bulgani uchun Vatanini sevadi deb uylaysizmi?
  9. Razzok sufining kasb-kor qilishga bulgan munosabatini qanday bakholaysiz?
  10. Razzok sufining nutqidagi kharakterli urinlarni ajrating va shu asosda sufiga tarif bering.
  11. Razzoq sufi va Qurvonbibining uziga khos va umumiy jihatlarini “Venna diagrammasi” asosida yozib chiking.

* * *

Poshshakhonning qarori qanday qurqinch bulsa, uning bajarilishi shu qadar tez va oson buldi: boqqoldan yashirincha oldirilgan kuchala kichkinagina dekchada ertadan-kechgacha qaynadi: ertalab uning suvi bir choynakka solinib, Zebining uyiga olib kirilishga muljallandi… Bu vaqtda mingboshining qolgan uchala khotini Dada- boy baqqolning katta qizinikiga ziyofatga chiqib ketgan edilar. Mingboshi esa sho- shilinch suratda shaharga chaqirilgan, yashirinib bulmaslik darajada besaranjom- lik va talvasa kursatgan holda ertalab shakharga junab ketgan edn. Poshshakhonning uyida allaqanday bir qarindoshi utirganligidan kundoshlari uni qistamadilar. Hadichakhon kelib, uni tashqariga chaqirib olgan va “mehmoningizni junatgandan keyin chiqing. Kechgacha uynashib utiramiz”, degan edi.

Shunday qilib. uzi yolgiz qolgan Poshshakhon bemalol Zebining uyiga kirdi… Tokchada bir kichkina choynakda “tabarruk” suv bor edi, u suvga Razzoq sufining il- timosi bilan eshonning uzi duo uqib dam solgan, uni ichgandan sung tez fursatda Zebi homilador bulib, bola tugishi kerak edi. Choynakdagi “tabarruk” suvni hul ob- rezga tukib tashlab, urniga uz choynagidagi suvni tuldirdi. Tamom. “Zebi kechkurun suvdan ichadi-da, til tortmay uladi. Turtinchi khotinning uchinchidan boshqa kundo- shi buladimi? Muni yosh bola ham biladi…”

Uydan tuppa-tugri boqqolning qizinikiga chikdi. Anchagacha kundoshlari va urtoqlari bilai gaplashib, uynashib, kulishib utirdi. Uzi zahar berayotgan kundo- shini bir quchoqlab updi. Zebining upishlari issik va astoydil bulsa kham, Poshsha­khon negadir halitdan ularni ulikning sovigan lablaridan olganday bular va nishab suvga tegib turgan maysa engilgina qaltirardi. Qahqahalar bilan dunyoni boshiga kutargan vaqtlarida ham uz qulining beikhtiyor kukragiga borib qolganini payqar, allaqancha sovuq bir tuman parchasining kukragida ivirsib, u er-bu erga qadalib yurganini sezardi, Shu qadalgan narsani chiqarib yubormoq uchun uzini zurlab bulsa ham bir-ikki marta kattiq-qattiq yutaldi. Faqat bu yutal uning ogzidan emas, allaqanday etti yot begonalarning ogzidan chikdi, bu yutal ovozidagi oriyat shu qadar ochik ediki, yutaldan sung Poshshakhon yana kuksini gijimlashga majbur buldi.

  • Nima buldi, jonim, sizga? Shamollab, netib qoldingizmi? – deb suradi Zebi.

Zebining bu mehribon, shu sodda, shu bolalarcha masum kuzlarida samimiyat- dan boshqa hech qanday mano bulmasa-da, Poshshakhon unda kuyidagi suzlarni uqidi: “Bir meni uldirganing bilan maqsadingga etolarmidiig? Bekor mening yosh jonim- ni juvonmarg kilganing qoladi”.

Shundan keyin, khaligi tuman parchasi kukrak tegrasida ot quyib, chopqillay boshladi. Butun azoyi badanidan yalmogiz kampirning muzdek sovuq qullari urmalaganday bulardi. YOsh juvonning rangi uchdi.

Kundoshlari uning tegrasini oldilar:

  • Nima buldi, Poshshakhon sizga?
  • Sovuq oldiribman, shekilli…
  • Chiqib yoting, bulmasa.

Ovqatga ham qaramasdan, uyiga chiqib ketdi. Shu buyicha ertasi kuni ham boshini kutarolmadi…

XVIII

  • Akbarali, sen shunday bir ish qilibsanki, – dedi Noyib tura, – endi mundan nari men seni himoya qilolmasman.

Mingboshi nima deyishini bilmasdan, erga qarab, jimgina utirardi.

Noyib tura davom etdi:

  • Ikkala boy bir bulib, eng yakhshi advokatga ikki quloch ariza yozdirishib, tuppa- tugri hokim. turaga tutibdilar. Hokim tura telefon berdi, mendan bir oz koyidi. Arizani kurdim. YOmon narsalar bor unda… Seni endi hech kim himoya qilolmas deb qurqaman…

Mingboshi beikhtiyor boshini kutarib, Noyib turaga qaradi, sungra yana burungi- dan kura pastroq engashib, amirkon etigining bukilgan boldirlariga tikildi.

Noyib davom etdi: – Hozir sen kelmasdan bir oz burun bir odamni Qumarikqa yubordim. Uchastka pristavi ham usha erda. Machitda ikki boyga karshi musht kutarib chiqqanlarning hammasini qamoqqa oladi. Boshqa chora yuq. Imom domlaga bizning nomimizdan rahmat aytishga buyurdim. Juda yakhshi suz qilgan, deydilar. Mingboshi chidayolmadi:

  • Taqsir tura, men khayronman, haligi qamoqqa olinadiganlarda zarracha gunoh yuq-ku. Bu qanday buladi? Agar uzingiz usha erda bulsangiz, ikkala boyni otardingiz…
  • Bilaman, – dedi Noyib, – juda yakhshi bilaman. Unaqa mingta arizadan sening bir ogiz suzingga kuprok etibor qilaman. Boylarning quturgani rost, su- rishtirib kurdim. Ular uz qilmishlarining jazosini tortganlar…

Mingboshi dadillandi:

  • Unday bulsa, munday adolatlik podsho vaqtida ochikdan-ochiq nohaqlik kilishga qanday yul kuyiladi?

Noyib kuldi:

  • Soddasan, Akbarali, Poshsholik hamma vaqg yurtining obruylik odamlarini khimoya qiladi. Obruy davlat bilan topiladi, muni bilasan. Undan keyin, qishloq odamlarining shunaqa uzboshimcha harakatlariga yul quyib bersak, oz vaqt ichida qishlokdan qul yuvishimiz kerak buladi. Sen khomsan siyosatga…
  • Men bir omi odamman, – dedi mingboshi, – siyosatingizni bilmayman. Qulimdan kelganicha poshsholikka khizmat qilib keldim. Shuncha zamon qilgan khizmatimni na- zarga olmasmikin?
  • Men ham shuni uylayman. Akbar, sen hozircha boraver. Men hokim turaning oldida seni oz bulsa ham himoya qilib kuraman. Bulmasa, sening urningga boshqa odam quyarmiz. Davlating katta, eb yota berasan. Uzing ham qarib qolding.
  • Mayli, taqsir, – dedi mingboshi bir oz engil tortib, – amaldan tushiringiz, mayli. Qarigan vaqtimda suroq berib yurishga nafsim quymaydi…
  • Menga qolsa senga tegmas edim, Akbar. Ish hokim turada. Hokim turani yulga solish qiyin buladi, unga bir narsa degani qurqaman… chunki, ish juda khu- nuk. Khayr, boraver, iloji bulsa usha ikkala kuppak bilan uzing bitish. Bal­ki arizaning beoqibat qoldirilishini surab, ariza berarlar. Miryoqub bulsaydi, senga oson bulardi…
  • Nimasini aytasiz, tura, boshim qotib qoldi.

Shu bilan mingboshi kungli buzilib, mahkamadan chikdi.

Mingboshilikdan bekor qilsalar, uncha qaygurmas edi; munga uz nafsini bir ish qilib kundira olardi. Lekin “Akbarali mingboshi amalidan bekor bulibdi”, degan khunuk gapni haligi ikki boy bilan Abdisamat kaptarlarning qanotiga ilib, sha- molning qultigiga qistirib, yomgirning tomchisiga joylab, bulutning quyniga so- lib uchiradi, har bir uchgan qarga shuni aytib qagillaydi, shu bilan ikki kun ichida u shumlik khabar er yuzini aylanib, Makkatillogacha etib boradi. U erda mingboshi- ning eski kushandasi Nasriddin baqiroq Kabayi sharifning baland tomiga chiqib, arab tilida ayyuhannos tortadi… Undan kura ulgani yakhshi emasmi?

Zunnun bilan birga Noyib turaning uyi oldidagi pastgina skameykaga utirdilar.

  • Men ham eshitdim, ota, khunuk ran bulibdi, – dedi Zunnun.
  • YOmon buldi bu ish, shu sababdan sening yoningga keldim. Yaqinda Miryoqub akangdan khat kelib edi. “Bazi bir nozik ishlarni Zunnun bilan gaplashinglar, u uzi Noyib turaning bekasiga aytib, tugrilaydi”, degan ekan. Shunga kelib edim.
  • Jonim bilan, ota! Miryokub akam aytmasa ham qilib beraman. Bemalol buyura bering.
  • Hamma ran hokim turada, deydi. Hayronman. Beka bilan gaplashgin-chi, nima maslahat berar ekan.
  • Siz eski shaharga tushib, kechgacha bir aylanib keling. Men beka bilan gaplashib quyaman. Kech paytida javobini aytaman. Shunga qarab ish qilasiz.

Mingboshi usha kunni zurga utkazdi. Namozgar bulmasdan turib Zunnunning ol- dida edi.

  • Katta pul kerak emish, – dedi Zunnun birdaniga. Mingboshi ham ustidan tog tushganday engil nafas oldi.
  • Pul bilan bitadigan bulsa, mayli. Pul topiladi.

Mingboshining engil nafas olganini kurub, Zunnun ham ochila tushdi, uning kuzlarida burungi andisha qolmagan edi.

  • Bekamiz bunday dedilar: hokim turaning khotini bilan uzim gaplashib kuraman, ish qaltis, bir narsa chiqadimi, yuqmi -oldindan aytolmayman. Har qalay, bir ming, bir yarim ming pul kerak, deydilar. Uzimga bulsa, Akba­rali qadrdon odam, ish eplanadigan bulsa, keyincha bir narsa qilar, deydi. Ammo, deydi, ish juda nozik, bir narsa chiqarib bularmikin, yuqmikin – hayronman, dey- di. Pulni olib kela bersin: “YOtib qolguncha otib qolaylik”, deydi. Ammo menga ishonib, uzi harakatsiz yurmasin, deydi.
  • Qulluq, Zunnun, qulluq senga. Bu ish tuzalmaydiganga ukhshaydi. Khayr, mayli erta-indin pulni eplab olib kelayin. Bir urinib kuraylik. Chiqsa chiqar, chiqmasa, otasining guriga…
  • Ichkariga kiraylik, ota. Bitta-yarimta choy qilay.
  • Yuq, Zunnun, tomogimdan hech narsa utmaydi,
  • Mingboshi Zunnun bilan khayrlashmasdanoq urnidan turib ketdi. U erdan chiqib, oddiy bir maykhonaga kirdi. Bir shisha aroqni jindek kabob bilan ichib oldi. Sungra miyasi khamirday kupchib, ot ustida qiyshaya-qiyshaya orqasida ikki yi- giti bilan qishloqqa junadi…

* * *

Uydagilar allaqachon yotgan edilar. Dovdiragancha qoqilib, yiqilib, Zebining uyiga kirib bordi. Miyasi hech narsa anglamasdi, shunday bulsa ham ertaga, yo indinga bir ish qilib, loaqal uch ming sum pul topishga jazm qildi. Shuning uchun hech qanday tadbirdan chekinmayajak edi.

  • Tur, khay! – dedi Zebiga.

Zebi yotgan joyidan turib, fonarni balandlatdi.

  • Dasturkhonni yoz! Egulik narsang bormi?
  • Ha, kosada osh bor.
  • Ber buyoqqa.

Zebi erining mast ekanligini bilsa-da, uning ovozidagi bu gayritabiiy qurs- lik va qattiqlikka khayron buldi, boshini kutarib unga tikildi, “uzimi, boshqami?” deganday…

  • Nimaga menga qaraysan? YO mastmisan, sintaloq? – dedi mingboshi.

Zebi indamasdan dasturkhonni yoyib, oshni kuydi.

  • Och muni – Mingboshi yonidan bir shisha aroq olib uzatdi.
  • Men ochishni bilmayman, – dedi Zebi, kuz yoshlari qovogiga kelib tizilgan edi.
  • Mening khotinim bulib, aroq ochishni bilmaysanmi? – dedi mingboshi, khokho- lab kuldi. – Urgan! Mana, qarab tur! – Shishaningtagiga yugon shapalogi bilan ikki marta urdi, pukak chachrab chiqib shiftga tegdi, sungra u erdan sachrab tokchadagi katta jomga kelib tushdi, “jar-r-rang!»„. etdi jom.
  • Ha-ha-ha!.. – dedi mingboshi. – Jomlaringni jaranglatdim, sintaloq!

Bir-bir ketin ikki piyolani tulatib ichdi, engi bilan ogzini artdi. Sungra bir piyolani choch qilib, Zebiga uzatdi:

  • Ma, ich! Odam bulasan!
  • Voy ulaqolay! Aroq ichamanmi?! Quying, gapirmang!
  • Odam bulasan, deyman! Ol! O-ol!!! Zebi orqasiga chekilib, yiglab yubordi.
  • Quy, mayli, ichmasang ichma,-dedi mingboshi. – Uzim ichaman!

Bir shishani tamom qilib, yuvuqsiz quli bilan oshga chang soldi. Oshning yarmi barmoklari orasidan dasturkhonga, kurpa-tushakka, uzining liboslariga tukilardi. Zebi devorga suyanib, bu qurqinch kuyovni tomosha qilardi…

Mingboshi ogzida tula osh bilan: “Netaykhon aylanay yodimga tushdi-e…” deb khirgoyi qildi. Oshli ogiz bilan boshlangan khirgoyi tomoqqa tiqildi, mingboshi qalqib ketdi va ogzidagi oshni kosaga purkab, yana oshga qul uzatdi. Zebining kungli aynidi, shekilli, sekingina tisarila-tisarila dakhlizga chikdi. Dakhlizda bir piyo- la sovuk suv ichdi. Yuragi kuygani bosilmadi, shekilli, yana quymoqchi buldi. Suv yuq edi. Bir qanoti ochiq eshikdan uyga qaradi. Mingboshi yana bitta shishani ochib, piyolaga tuldirayotgan edi… Zebi tashqariga chiqib, toza kor bilan qulini yuvdi, toza korni yuzlariga surkadi, jindek edi. Ancha shamollab va engillab kirgan vaqtida mingboshi dasturkhon yonida agnab, uchib qolgan edi. Uni quzgatib utirmasdan, das- turkhonni sekingina yigishtirib oldi-da, bir chekkaga bir yostiqni tashladi, ustiga bir tushakchani yopindi, fonarni pastladi, shu bilan uyquga yotdi. Orada kancha ukhla- gandir, uzi kham bilmaydi, besaranjom bir qichqiriq bilan uygondi:

  • Suv! Suv! – deb qichqirardi mingboshi.

Zebi uyqusirab kelib, yana fonarni balandlatdi. Ungacha mingboshining qurqinch ovozi yana kutarila tushdi:

  • Sintalakdi kizi, suv deyman! Suv! Yuragim kuyib ketdi.,. YOnib ketdi!… Suv! Suv!!!

Zebi shoshib koldi, tez borib, choynakdagi tabarruk suvni quliga oldi va – khech narsa uylashga fursat yuq – darkhol mingboshiga uzatdi…

Mingboshi choynakdagi suvni bir shimirishda tamom qildi. Zebi endi uning tinchib uyquga ketishini kutardi. YOniga yumshok bolishlardan ikkitasini quydi, ustiga kichkinagina bir tushakni yopdi. Mingboshi ham tinchib qolganday buldi.

Zebining kipriklari endi bir-biriga tekkanda mingboshi birdaniga dahshatli bir tovush chiqardi, Urnidan turib, kamarlarini, tunlarini apil-tapil echishga boshladi. Zebi butun bu harakatlarni boyagi singari mastlik asarlari deb uyladi. Uning kamar va tunlarini bir-bir olib, qoziqqa ildi, ikkalasi uchun solingan joy- ni tuzatdi -erini sekingina olib borib yotqizmoqchi bulardi…

Mingboshining kuzlari chanogidan chiqib keta boshladi. U endi kuylaklarini yirtib, kuksini, tomoqlarini tintalay boshladi… Bor kuchi bilan zur berib, nafas olishga tirishardi, Sungra buzuq ovoz bilan zurga-zurga:

  • Bugma, bugma meni!… – deb qichqirdi.

Bir-ikkita qadam bosib, devordagi javonga suyandi, bir nafas tinch qolgach, yana bugziga qul uzatib, etlarini chuzdi. Kuksiga mushtladi. Undan keyin bir kulini yuqori kutarib, boshiga quydi. Kuzida ikki-uch tomchi yirik-yirik yosh kuringan edi,

Galati, yuvosh, muloyim, beozor va ayanch nazar bilan Zebiga qaradi va ikkala qulini quyib yuborib, boshini bir tomonga shilq etib tashladi-da, uzi ham devorga suykana- suykana sekingina erga utirdi, bir nafas utirgandan keyin bir tarafga qiyshayib, ohistagina yonginasiga yiqildi va shu buyicha qimirlamay qoldi…

Nafasi ichiga tushgani holda devorga orqasini berib butun bu fojiani kuza- tayotgan Zebi bulgan ishni angladimi, yuqmi – har holda qish kunida, yugurganicha kuylakchang tashqariga chikdi va ikhtiyorsiz faryod soldi.

Kundoshlari ham birin-birin uygonib chikdilar va mingboshining keng ichkari- sida azonga yaqin turt khotinning azani bildirgan yigi ovozi kutarildi.

Ular orasida uq otib, muljaliga tegizolmagan Poshshakhon ham boridi. Kim bi- ladi, mingboshining ulimiga yiglaydimi u juvon, yo Miryoqubning bevafoligiga, yo bulmasa khayf ketgan kuchalaga.

Savol va topshirikdar:

  1. Poshshakhon qanday ayol? U nima uchun Zebining joniga qasd qilishga akhd qildi?
  2. Noyib turaning Poshsholik khamma vaqt yurtining obrulik odamlarini himoya qiladi” suzlarini qanday tushunish mumkin?
  3. Akbaralining mingboshilik amalidan bekor bulishi khabari qanday tarqalishi tasvirlangan urinni qayta uqing. Adibning khalq ogzaki ijodidan foydalanish borasidagi mahoratiga bakho bering.
  4. Mingboshi nima uchun Zunnun bilan uchrashdi? Zunnun kim? Yurtning “Obrulik odami“ ning taqdirini Zunnun khal qilib berishi mumkinmi?
  5. Mingboshi boshiga tushgan muammoni katta pul evaziga bartaraf etilishini bilgach, ustidan tog tushganday engil nafas oldi. Bu dalil usha davr haqida sizga qanday tasavvur berdi?
  6. Mingboshining ulimi manzarasini uz suzlaringiz bilan qayta hikoya qilib bering.
  7. Erining ulimi Zebiga qanday tasir qildi? U nima uchun mingboshi vafot etganini tushunib etmadi?

* * *

Sud majlisiga yarim soat qolganda, zakunchi keldi. Sud buladigan binoning boqchasida tikka turib aybdor bilan gaplashdi. Bu gaplashuv kham kaltagina savol- javobdan iborat buldi. Bu dafa savollarning adadi ikkidan beshga chikdi:

  • Mingboshiga suvni kim berdi?
  • Men berdim.
  • Suv choynakda ekan; choynak kimniki edi?
  • Meniki edi.
  • Ichida qanday suv borligini bilarmidingiz?
  • Bilardim.
  • Choynakdagi suv zakharlik ekan; demak, eringizga zaharni siz bergansiz?
  • Choynakda zahar borligini bilmadim. Erimni men uldirganim yuq… Zakunchi elkasini qoqib, yiroqlashdi.

Voqeaning yuz berganiga bir necha kungina buldi. Bu tugridagi dovrug hali shaharga eshitilgani yuq. Bitta-yarimta shahar odamlari eshitgan bulsalar ham Ze- bining ota-onasi bu gaplardan bekhabar bulsalar kerak. Ular hali qizlariga ming- boshi dodhodan avlod tilab, eshonboboning tabarruk nafaslaridan yana tabarruk suv hozirlab quygandilar… Jumani utkazib, cholning uzi bir borib ham kelar… Umid kattadir! Basharti ular bilgan bulsalar ham, zakunchi solish yoki bir joyga arz qilib bosh urishni na chol biladi va na kampir! Gapning kaltasi, ular “urus mahkamalariga borib, bir narsa chikarolmaydilar”. Juda chidamay ketsa, Razzoq sufi tuppa-tugri eshonboboning yonlariga boradi; uzini kutarib urib yiglaydi… Shu! Zebi bulsa, usha zaharlanish khodisasidan beri doim karakht bir kholda bulardi; uning miyasi birdan falajga yuliqqan kabi edi. U butun bir suroq, tergov, konvoy, sud va zakunchilarga ajib bir lokaydlik bilan – khuddi jonsiz odamday qarar; nima- lar deyishni, uzini nechuk mudofaa qilishni, nima deb ran qaytarishni uylamasdi. Uning miyasida, miyasining ham allaqaysi olis bir burchagida khira va tumanli bir fikr; u fikr shuncha olisda va khiraki, uning nimaligini anglayolmaydi bechora… Miyasini tugumlab juda zur bergan vaqtda u tumanli fikr mana bu kepataga kirgan- day buladi: “Men uldirganim yuq… Bu aniq… Meni quyib yuboradilar… Yana usha erga qaytamanmi?.. Nima keragi bor… Oyim-chi? Oyimning yoniga qaytaman… Erim ulib qoldi, deyman… Yiglayman…”

Sud majlisi bul adigan keng zal da shamollar uchib uynardi. Qator-qator chizil- gan Vena kursilari haftalik uyqularidan khali kham uygonmagan edilar. Eng oldingi katorda khokim, noyib, garnizon boshligi, polisiya boshligi, pop; uchinchi katordagi eng chekka kursida oppoq va zur sallali chol – jome machitning ingichka ovozli imomi utirardi. Bir tomonda – zakunchi, bir tomonda – tilmoch; boshka hech kim yuq.

Zebi ikki konvoyning yalangoch qilichi urtasida zalga kirib keldi; ustida qora barqut paranji, qora chimmat, oyogida qora amirkon mahsi-kavish bilan sud karshisiga kelib tukhtadi. Bu omonsiz suddan va bu yaltiragan yalangoch kilichlardan kura uning usha kora qiyofasi qurqinch edi: urta asrlardagi Ispaniya inkvizisiya mahkamalarining kora aboli va sirli kardinallariga ukhshardi… Pop qaradi, boshi- ni chayqadi; domla qaradi, “astagfurullo” uqib, soqolini silkitdi.

Sud raisi, nikhoyat, tilmochga yuzlandi:

– Aytingiz, aybdor yuzini ochsin.

Tilmoch bu buyruqni Zebiga tushuntirib berdi.

— Voy, ula qolay! Shuncha nomahramning oldida yuzimni ochamanmi? Undan kura ulganim yakhshi emasmi?

Bu suz tarjima qilib berilgach, pastdagilarning hammasi deyarlik, sud khayatidan bir necha kishi engilgina kulib oldilar. Ulardan ikki kishi ayrildi: birinchisi – nihoyatda semiz va yugon gavdali garnizon boshligi; bu odam, tovuqning qakaglashiga yaqin bir tovush bilan ovozi boricha va birdaniga qah-qah soldi.

Hamma unga tomon ugirildi. Sud raisi chinqiroq chaldi. Garnizon boshligi yonidagi rumolchasini olib, yuz-kuzlarini arta boshladi… Ikkinchisi – imom domla; bu kishi uzlarining ingichka – hushtak singari ovozlari bilan, ikhtiyorsiz “mashaollo!..” deb yubordilar. Hamma u kishiga tomon evrilgach, qip-qizarib va ham… qurqib boshlari- ni quyi soldilar.

  • Siz bu ayolga tushuntirib aytingiz; yuzini ochmasa bulmaydi. Sudning qoidasi shu. Paranji ostida aybdordan boshqa kishining hozir bulishiga yul quymaslik uchun biz uning yuzini ochtirishga majburmiz. Aytingiz, qarshilikdan foyda yuq!

Zebi khuddi uyinda sherigiga achchiq qilgan boladay teskari burilib oldi. U in- damay turganligidan sud raisi yana suz oldi:

  • Yakhshilab tushuntiringiz, yuzini ochmasa, sud majlisini olib borolmayman.
  • Olib bormasa mayliga… – dedi Zebi. – Bilganini qilsin!

Tilmoch uzi kulib, qip-qizarib turib, tarjima qildi:

Sud raisi ovozini kutara tushdi:

  • Harbiy sud maskharami bu kishiga? Aytingiz, yakhshilik bilan ochsinlar. Bulmasa kuch bilan ochtiramiz!
  • Voy, shurim! Shuncha erkak utirsa-ya! Ulganim ming marta yakhshiroq!

Sungra ovozini pasaytiribroq tirkadi:

  • Otamning piriday kap-katta sallalik domla utiribdilar. Qanday yuzim bi­lan qarayman?..

Sud raisi endi bu safar muloyim gapirdi:

  • Aytingiz, sud tomonga karab, domlaga orkasini ugirib tursin!

Zebi yana indamadi. Domla utirgan joyidan bir oz kutarila tushib:

  • Hechqisi yuq, qizim! – dedi. – Men qaramayman!
  • Mana bular-chi? – dedi Zebi. Sud khayatini kursatdi.

Endi bu safar domla urnidan turib tilmochga yuzlandi:

  • Eshoni mirzo! Menga ijozat berilsa, shu ayolga ikki ogiz nasihat qilsam.
  • Marhamat, taqsir!

Domla Zebining yoniga borib, nasihatga boshladi. Zebi, borgan sari susayib bulsa-da, domlaning khar bir suziga javob qaytarardi.

Okhirda, domla uz dindoshlari urtasida mashhur bulgan bir etiqod masalasini ochdi:

  • Kofir bilan itning farki yuq. Itdan qochmaysizmi? Shunday bulsa, kofirdan ham qochmasangiz buladi. Bu joiz?

Domla shunday joyda bu khil gaplarni gapirishdan juda qurqadi. Shuning uchun boshda boshqa suzlar bilan Zebiga tasir qilishga urindi. U urinishlardan tezroq bir natija chiqmagandan keyin majlis akhdini mahtal qilib quymaslik uchun bu ma- salani ochishga majbur buldi. Majbur!.. Shu uchun sungggi suzlarni juda past ovoz bilan aytgan edi.

Zebi unadi:

  • Bulmasa, siz uzingiz nariroqqa borib utiring!
  • Khup, qizim, khup, – dedi domla. Turt-besh qator orqaga borib utirdi.

Hammaning kuzi domlada ekan, Zebi chimmatini yuzidan oldi va sudga tomon ev- rilgan kholda bir qulini yana yuziga parda qildi.

  • Mana, qila qol surogingni!

Hozir bulganlar urtasida “bu sodda musulmon qizini uyaltirmaslik uchun” kuzini boshqa tomonga burib utirganlar bilan birga ikki kuzini undan uzmagan va allanimalar deb uzicha suzlanib, lablarini tez-tez qimirlatganlar ham bor edi…

Aybdorning kimligi surishtirilgach, sud darhol urnidan turib, aybnomani uqidi. Undan keyin yana kalta savol-javoblar ketdi. Bu dafa ularning adadi orta tushdi:

  • Aybnomani eshitdingizmi?

-Ha…

  • Mingboshi suvni uzi suradimi?

-Ha, uzi suradi…

  • Mastmidi?
  • Kup aroq ichib edi.
  • Suvni kim berdi?
  • Men berdim.
  • Choynakdamidi?

-Ha…

  • Mana bu choynakmi?

-Ha…

  • Kimning choynagi bu?
  • Meniki.
  • Siznikimi?
  • Ha, meniki.
  • Ichida qanday suv borligini bilarmidingiz? — Bilardim.
  • Qanaqa suvidi?
  • Irim suvidi.
  • Kimga qilingan irim.
  • Menga…
  • Nima uchun irim qildirardingiz?
  • Farzand bulsin, deb…

Pastda utirganlarning domladan boshqalari, sungra sud hayatidan bir-ikki kishi, zakunchi va tilmoch engilgina kulib quydilar.

  • Nega u suvni mingboshiga berdingiz?
  • Juda tashna bulib suragan edi, shundoqqina tokchadan olib uzatdim.
  • Choynakda zahar borligini bilarmidingiz?

Zebi kuldi.

  • Qiziq ekansan (urusni sizlab bulmaydi), men qaerdan bilay?
  • Demak, eringizni uzingiz uldirdingiz?

Zebi qattiqroq va chuzibroq javob berdi:

  • Yu-u-q!.. Ulibmanmi uz erimni uldirib.

Uning bu sunggi javobidan qiz bolaning uz urtogiga uzini oqlab gapiradigan sodda gaplaridagi gunohsiz ohang boridi: “Voy, ula qoling, men shunaqa dermi- dim?»

Zebi sud raisining bola emasligini qanday bilsin? Shu erda utirgan shuncha erkakning oyday ravshan bir narsani anglamasliklarini qaydan bilsin? “Urus- musulmon bulib shuncha odam utiribdi, akhir. Mingboshini uldirgan Zebi emasli­gini hammasi biladi. Bilib turib yana qaytalab suray bergani qiziq! YO usmoqchilab surarmikin?”

Sud raisi gapirmoqchi bulib urnidan turgan vaqtda Zebi – “Ana, suroq tamom buldi. Endi uyimni qandoq qilib topib boraman?” deb uyladi.

  • Utiring, – dedi sud raisi Zebiga. Sekingina va ehtiyot bilangina utirdi. Sud raisi suz oldi;
  • Voqea shu qadar ochiq, masala shu qadar ravshanki, meningcha, majlisni davom ettirishga ham hojat yuq. Aybdor uzi har bir savolga bergan javobi bilan jinoya- tini ikror qildi. Shunday bulgach, biz hukm chiqarish uchun ichkariga kira bersak, deyman.

Sud majlisda faqat aybdorga berilgan savollar, sungra tergov protokoli bilan hukmnomaning eng kerak joylari tarjima qilinar; boshqa suzlar uruscha ketardi. Shu uchun til bilmagan Zebi utirgan joyida gapirgan turaning yuz harakatlarini tomosha qila boshladi.

Sud raisi prokurorga qaradi:

  • Siz nima deysiz, zoti muhtaram?

Prokuror urnidan turib, ikki qulini stolga quydi-da, yarim engashib turib, dedi:

  • Men bu taklifga qarshi emasman. Albatta, mening bu masalada boshqa mulohazalarim bor. Men urush vaktining nozik paytlarida bulgan bu uldirishga oddiy uldirish kabi qarayolmayman. Uldirilgan odam Rusiya davlatiga va podsho- ga sadokati bilan tanilgan odam edi. Uni “yosh sart” makhfiylari, ayniqsa, ular- ning dushmanimiz bulgan Turkiya bilan, fikran boglanishgan unsurlari yomon kurardilar. Men bu “sodda” va “gunohsiz” sart ayolining shunday unsurlar qulida uyinchoq bulmaganidan amin emasman… Biz sart khalqiga allanechuk beparvolik bi­lan qarab urganganmiz; quyday “yuvosh, ular!” deymiz. Albatta, ularning mamlakat- larini qon tukib olgan fotikhlar sifatida bu qarashimiz bir nav tugri ham bula biladi. Faqat bizga endi bu notugri qarashny tashlash kerak! Turkiyadagi 1908 yil inqilobi, uzimizdagi shumlik – beshinchi yil tupoloni, Erondagi sunggi mashruti- yat harakatlari sartlarning kuzini ochayotir… Zo\irda rus madaniyatiga yopishib kel- gan Ovrupa qiyofali jadidlar, aksari kular yuzli yosh savdogarlardan iborat bulgan “yosh sart” kadrlari – imperiya ga qarshy tish qayrashda Turkiya ittihodchilaridan qolishmaylar… Durust, sart khalqining kupchiligi muazzam davlatimizga, sevim- li podshokh,imizga sodiq… Eslik, tajriba kurgan katta savdogarlar; qishlokning obruli boylari; ayniqsa, ulamo toifasi “yosh sart”larning nufuzini qirqish uchun zur bermokdalar; bularni bilaman. Lekin haddan tashqari ehtiyot bilan, sergaklik bilan ish olib bormasak, bir kun emas, bir kun haligi kupchilikning “yosh sartlar” bayrogi ostida bosh kutarishi juda mumkin narsa. Uzingiz bilasiz, dekabristlar khuruji chogida davlat va davlatchilikka, podsho va Vatanga karshi bulgan unsurlar buyuk Pyotrning ulug shahrida birgina maydonni zurga tulgazgan edilar; 1906 yilda usha khilda bogovot maydonlarining soni-sanogi bulmadi. Holbuki, biz yaqindagina eshon tupoloni’ bulib utgan joydan uncha olisda emasmiz… U vaqtda muhtaram muttafikimiz Angliya biz bilan tegishgan bulsa, endi dushmanimiz Germaniya va uning qugirchogi bulgan Turkiya biz bilan unaqa hazillashib utirmaydi. Muni bi- lish kerak! Kechagina bulib utgan tog voqealari, Qumariq hodisalari[1] [2] nazarimizdan qochmasin, taqsirlar! Mana shu nuqtalardan karab, men bu “soddadil”, “yuvosh” va “gunohsiz” sart qiziga eng oliy jazo talab qilmoqchi bulaman. Modomiki, masala uzi bu qadar ravshan va aybdorning uzi uz ogzi bilan iqror qilib turibdi, mayli, muzokara ochib utirmasak kham buladi. Men uz fikrimni muhtaram sud hayatiga arz kilib, masalaning bu tomoniga ham diqqat qilinmogini surayman.

Zakunchi, sud raisining murojaatini kutmasdanoq urnidan turgan edi:

– Men ham suz aytishdan voz kechaman! – dedi u, yana darhol joyiga utirdi. Sud khayati urnidan turib, ichkariga chekildi.

“Ana, – deb uyladi Zebi, – uzim aytgan. Hamma ran oyday ravshan… Endi uyimni topib ketalarmikinman?”

Chorak soat utmasdan, khukmnomani eshittirdilar. Unda bu ishning asosan siyosiy bir rangdan kholi emasligi iqror qilinmok bilan birga, bu surokqa tugridan-tugri aloqasi bulmaganligi, ishning u jihatini alohida tekshirib, lozim kurilgani takdirda, qaytadan ish quzgatmoq tegishli mahkamalarning vazifasi ekanligi; endi bu uldirish hodisasi tugrisiga kelganda, masalaning juda aniq anglashilganligi, aybdorning uzi tomonidan necha martalar ikror qilingani, shu uchun guvokh, jalbiga va muzokaraga lozim kurilmaganligi aytiladi.

Undan keyin: “Aybdorning qilgan gunohi ogir bulib, hozirgi urush vaqtida va nozik sharoitlar ichida davlat odamiga kasd qilgani uchun falon moddalar buyicha oliy jazoga hukm qilish kerak bulsa-da, bovujud Ulka harbiy sudining sayyor hayati aybdorning madaniyatsiz erli khalq ayoli ekanini, uzining yosh va turmushda tajribasizligini va ham hamma gunokhdarini nomus bilan iqror qilib buyniga ol- ganini nazarda tutib, falon, falon moddalar buyicha etti yil surgunga hukm qildi. Bu hukm ustidan tegishli joylarga shikoyat qilish mumkin”, deyiladi.

Tilmoch hukmnomani turt ogizgina qilib eshittirdi:

  • Aybdor Zebinisa Razzoq sufi qizi Harbiy sudning hukmi bilan etti yil Si­bir qilindingiz. Norozi bulib ariza bersangiz mumkin.

Hukmnoma uqilib bitar-bitmas, zaldagilar chiqa boshlagan edilar. Uqilib ta- mom bulgach, sud raisining ishorati bilan, qilich yalangochlagan konvoylar yana boyagi takhlitda Zebini olib chiqib ketishdi. Shundan keyin sud hayati ham chiqib ketdi. Zalda faqat tilmoch, zakunchi; undan keyin nima uchun uzining bu erga chaqirilganini bilmagan imom domla qolgan edi. Tilmoch domla imomning yoniga keldi:

  • Taqsir, siz jindak sabr qiling. Men hozir kelaman, undan keyin gaplasha- miz.

Domla yuragini quliga olib, rangi uchgan, lablari bir oz qaltiragani holda… sud zalida qoldi. Zakunchi tilmochni olib tashqariga – Zebining yoniga chikdi, Zebi chimmat ostida hungur-hungur yiglamokda edi.

Zakunchi suradi:

  • Nima deysiz? Ariza yozib beraymi?

Zebi khursingan ovoz bilan yiglab turib, uzuq-uzuq javob qildi.

  • Kimga?
  • Yuqoriga.
  • Unda… nima buladi?
  • Nima bularidi: ehtimol, yana suroq buladi; ishni qaytadan kuradilar. -Kim… kuradi? Shular… kuradimi?
  • Boshqa sud kuradi.
  • Baribir… op-ochiq turgan narsani… bular tushunmaydi-yu, ular tushunarmi- di?
  • Ariza yozib beraymi?
  • Quyaqol!.. Men uchun… ovora bulib utirma…

Zakunchi kulumsirab tilmochga qaradi, u elkasini qokdi. Zakunchi boqcha darvoza- sidan chiqib ketmak uchun usha tomonga qarab yurdi.

  • Hay, shoshma, – dedi Zebi. – Shaharda… Shaharda… ota-onam… bor… kursatarmikin?
  • Avakhtaga olib borgandan keyin kursatadi. Zakunchi darvozaga qarab ketdi. Tilmoch u bilan khayrlashgach, yana domlaning yoniga kirdi.
  • Eshoni mirza, – dedi domla imom uni besaranjonlik bilan karshi olib, – meni nimaga chaqirgan ekanlar?

Tilmoch kuldi:

  • Sizni, taqsir, sud sadri chaqirtirgan edi. Basharti kasam berish lozim bulib qolsa, musulmon shariatiga muvofiq qasam berish uchun.
  • Qasam bermadilar-ku?
  • Lozim bulmadi, taqsir. Ayol uzi iqror… Domla anglayolmadi, shekilli, mirza- ning sungi suzini savol shaklida qaytardi:
  • Uzi iqror?! Tilmoch yana kuldi:
  • Ha, uzi iqror… Eshitmadingizmi?
  • Uzi iqror emas, inkor qildi, shekilli-ku?
  • Damingizni chiqarmang, taqsir. Bu nozik masala…
  • Ha, albatta, albatta…
  • Endi, taqsir, sud raisining sizdan iltimosi bor: uzingiz eshitdingiz, bu ayol Razzoq sufi degan odamning kizi, uz eriga zahar bergan. Eri khizmati singgan ming- boshilardan ekan. Prokuror otib uldirilsin, degan edi, sud qabul qilmasdan, etti yilga Sibirga kesdi. Ertaga jumadan keyin machitda ikki ogiz gapirib quysangiz, dedilar.
  • Nima tugrida, mirza?
  • Yani oq podshoning sodiq odamlariga kim qul kutarsa, oqibati mana shunday buladi, degan mazmunda…
  • Khup, eshon mirza, khup. Albatta, aytaman, albatta. Endi menga rukhsatmikin?

Domlaning bu savolida khuddi gunoh qilgan odamning ochiq bezovtaligi sezi- lardi: “Meni qamamasmikin?” deganday… Tilmoch muni payqadi, shekilli, quruq va sovuq javob berdi:

  • Bora bering.

Domla, maktabidan “ozod” bulgan eski maktab bolalari singari, uzini eshikka urdi va usha onda kuzdan yuq buldi. Tilmoch kuldi: “imon yuq taqsirimda”, dedi uz- uziga. Sungra bitta-bitta qadam bosib eshikka tomon borarkan, aylanib orqasiga qaradi; keng zal bum-bush, khuddi etimchadek kurinadi. Suddan sung u yoq-bu yokda tar- tibsiz qolib ketgan kursilar, bozorchilarning karvonsaroyda boglagan otlari sin­gari, bir-birlariga teskari evrilganlar… Kuk yopiqli uzun stol ustida sud azola- ridan birining kuzoynak qutichasi qolib ketgan; zal urtasidagi ogzi ochiq pechdan utinning charsillab yongani eshitiladi.

Tilmoch yana oldinga yurdi va boshini chayqay-chayqay.

  • Bezobrazie, bezobrazie![3] – deb suzlandi.

* * *

Sufining arz qilib boradigan birdan-bir mahkamasi yana eshonboboning khonaqolari edi. Dasturkhonni kutmasdan darhol yulga chikdi va yarim yulni arava bilan bosib, tuppa-tugri khonaqoga bordi.

Eshon yuq edi. “Tuyga ketdi”, dedilar. Kutib utirdi va uyga toldi: “Eshon bobo nima qilsin? U kishi zakunchi edimi-ki, ariza bitib bersa? Urus tilini bilar- midiki, amaldorlar, sudlar bilan chiqishsa? Basharti, zakunchiga, amaldorga, sudga boriladigan bulsa, hammasiga pul kerak, mumay-mumay pul kerak, menda unaqa pul yuq. Zebining orqasida endi qulga pul tusharmikin, deb umid qilardim; endigi- na kaftim qichisha boshlagan edi. Bu hodisa kaftimning qichigini vakdidan ilgari bosib quydi… Eshon bobo khodirjam, bir chaqa ham bermaydilar. U kishi, albatta, beraman desalar-ku, qullaridan keladi; har qalay katga zakunchining ishtahasini qondiradigan dunyolari bor. Faqat ne choraki, u kishi berib urganmaganlar, olib urganganlar; “Urgangan kungul urtansa quymas”, deydi. U kishini berishga urgatish qiyin! U kishi shuncha badavlat bulib turib, eshikdan gadoy kirsa, quliga qaraydi, “nazri yuqmikin?” deb.

Bu khabarni qizning shurlik onasiga eshittirish kerak hali! Mening kunglim tosh-metin! Faqat onaning yolgiz bolasiga bulgan mehri shunday kuchlik narsaki, undaqa tosh-metinlarga qarshi uz tosh-metinini irgitadi balki bir irgitishda parcha-parcha qilib tashlaydi… Yuq, bu kecha uyga borib bulmas. Bu kechani shu erda du- nayman. Eshonbobomga arz qilib, maslahat surayman. Bir narsa der, akhir… Unday de­sam, ikki kundan beri uyga kaytganim yuq.Uydan “jumaga boraman”, deb chiqqanman. Kampir nima uylaydi? Haligi shum khabar qulogiga kirgunday bulsa, turgan joyida kotib qolmaydimi? Iuq, borib kunglini kutaray… Yuq! Har nima bulsa ham, eshon bobom kelsinlar. Bir ogiz aytib utay, nima der ekanlar”. Nihoyat, eshonbobo kel- dilar. Kayflari chog, nashalari baland, ovozlarida allaqanday bir shukhlik bor. “Tuyda qimiz ichganga ukhshaydilar, – deb uyladi sufi. – Kup ichsa, u ham odamni aynitarmish. Qishda qimiz nima qiladi? Hayronman… Khayr, uzlari biladilar”.

Eshon bu voqeani eshitgan edi; lekin unga uz muridi Razzoq sufining aralash- ganini bilmasidi. Sufi kuzlarida marvarid donalariday yirik-yirik yoshlar kuringani kholda, bilganicha aytib berdi. Pir kulib turib (kulib turib!) eshitdi. Bu nashalik kulish, bu kayfi choglik, bu ovozdagi shukhlik hech nari-beri bulmadi. Sufi voqeaning eng kurqunch joylarini aytib bergan vaqtida ham eshonning yuz- kuzlarida hamon usha shukh va uynoq kulish jilvalanardi. “Men toshga gapirayotib- man, shekilli”, degan uyni uylab oldi sufi: orqasidan darrov istigfor aytdi… Suzini bitirgach, Sufi eshonning ogziga tikildi va “muborak” suzlariga muntazir bulib qoldi. Eshonning shukhligi yana orta tushgan edi.

Khonaqo kuylarining eng shukhini olib, boshini tulgay-tulgay, butun vujudi bi­lan silkina-silkina kuyladi:

Foniy dunyo be-esh kundir, be-esh kundir, ho-ov,

Sufilik akhdi-in sindur, akhdin sindur, \o-ov.

Billur qada-akhdar birla may sungil, soqe-e,

Khonaqo karo-o tundur, qaro-o tundur, kho-ov…

Sufining kuzlari olayib ketdi; bu – muridning piriga birinchi marta kuz olaytirishi edi.

  • Taqsir, biron maslahat…
  • Maslahat? – dedi eshon, khokholab kuldi. – Odam uldirgan bolaning otasiga qanday maslahat buladi, sufi? Bolasining yoniga nima uchun otasini junatmaydi bu ahmoq urus? Adolat bormi kofirda?!

Sufining tanlariga birdaniga ut tutashganday buldi. Butun vujudi qizigan tandirday tobiga kelgan edi. Qullari ikhtiyorsiz balandga kutarildi, mushtlari uz- uzicha tugumlandi… Bu musht pirning boshiga tushmoqchi edi. Faqat qarshidagi kim? Pir! Eshon! Eshon! Eshonbobo! Yuq, unga qul kutarib bulmaydi! Yana bir onda sufi suvday suyuldi, qorday eridi, oriyat oyoqlari bilan omonat erni bosib, tashqariga chikdi…

Uyga borib, indamasdan yotoqqa chuzildi; kampirning savollariga javob ber- madi. “Yana feli aynibdi cholning!” deb uyladi kampir. U bechora hali voqeadan khabarsiz edi.

Erta bilan nonushta chogida butun bulgan voqeani yotigi bilan kampirga aytga- nidan keyin sufi kecha pirining boshiga tushmoq uchun kutarilgan mushtning bu kun uz boshiga tushayotganini kurdi. U musht shu kadar dakhshatli ediki, “kechaning uzida uz joyiga tushirsam bular ekan”, deb uyladi sufi, achchigidan mushtini tishladi.

Piyoladagi choyni yarim qoldirib, kuchaga chiqqan vaqtida sufi uz- uzini tani- yolmay qoldi. Oyoqlari khuddi tobut kutarib borayotgan musulmonning oyogiday bir- biriga tegmasdi. Barmoklari biri ochilib, biri yumilar, ichidan kuchli bir ovoz tulqini chiqib kelib, kucha urtasida tomogiga yopishardi. Salom berganlar alik- siz, surashganlar javobsiz qoldilar. Uning yaqinidan utganlar mutloq turtildi- lar, dasturkhon kutargan khotinlar hammasi deyarlik qargab utdilar. “Jinnimi, nima balo?” degan ovozlar eshitildi, bu ovozlar sufining qulogiga “Kim jinni? Urusmi yo uzlarimi?” degan shaklda borib kirdi. Aravakashlarning “pusht, pusht” degan ovozlari – “ula, ul!” degan kabi, tana shaklida eshitildi va khuddi elkasi oldida tukhtagan otning kupikli tumshugiga qarab turib, “uzlari ulsin, uzlari!” deb suzlandi, aravakashlar aravalarini uning yonidan sekingina burib utar edilar. Bozor urtasida bir nonvoy obinon savatini tutdi, sufi ikhtiyorsiz qul uzatib, ik- kita nonni oldi, sungra bir nafas utmay, nonni yana savatga quygach, nonvoyga qarab kuldi: “Men olaman ham, beraman ham, u kishi faqat olishni biladilar!” dedi, yana yulga tushdi.

Shundan keyin yurishini sekinlatdi: ogir-ogir uy surardi: “Khudo, khudo bulib turib – kham oladi, ham beradi, yuq-a, u ilgari jon beradi, keyin jon oladi. Er, er bulib turib ilgari rizq beradi, keyin jon oladi. Olgan beradi-da! Sen nimasan, pirim, sen? Khudodan zurmisan? Erdan kuchlimisan? Olasan – bermaysan. Olasan – bermaysan…”

Khonaqoda namozdan keyin “sukut”ga ketib, mudrab utirgan eshonni Razzoq sufining telba hayqirishlari uygotib yubordi. Eshon seskanib ketdi. Kuzini ochib, u yoq-bu yoqqa qaraguncha bulmasdan, eshikdan baland ovoz bilan suzlanib, Razzoq sufi kirib keldi.

Ogzidan kupik sochib, boshlarini jerkib-jerkib suzlanardi:

  • Khudoy khudo bulib turib avval jon beradi, undan keyin oladi. Sen kimsan? Khudodan zurmisan, taqsir?
  • Bay-bay! Tiling kesilsin, badbakht! Kofir!

Sufi usha khilda gapirganicha pirning boshiga kelib tukhtadi.

  • Er jonidan – ilgari beradi, keyin oladi. Erdan ham kuchlimisan, taqsir?
  • Nima buldi senga, sufi? Jinni buldingmi?
  • Uzlari jinni, taqsir, uzlari! Eshaklari jinni, itlari!..
  • Hay, kim bor? Bolalar! – deb qichqirdi eshon, urnidan turib orqaga tisari- lib:
  • Qochma, taqsir! Hovuchingni och! Men gadoy bulsam ham khurjunimning ikki kuzi tuladir… Sendakalarni necha yil boqishga yarayman…
  • Bolalar! – deb baqirdi yana eshon. Uzi tisarilib-tisarilib borib, khonakoning bir burchiga qisilgan edi.
  • Qurkutmang, taqsir, bechora muridingizni. Men nima qildim sizga?

Sufi birdaniga yiglay boshladi. Tashqaridan muridlar yugurib kelishdilar.

  • Qayda qolding hammang? Chakira berib tomogim kirildi. Olib chiq bu jinni- ni! Suvga pish!

Muridlar hammasi sufiga yopishdilar.

  • Tegma menga! – deb bukirdi sufi. – Men urus sudidan qochib qutilgan kishi bulaman. Eshoningni sog quyamanmi men? A?

Muridlar istigfor aytib sufini qargadilar.

  • Tiling qursin, tiling uzilsin!
  • Kofir!
  • Nasoro!
  • Mardud!

Kucha darvozalari taqa-tak berkitilgach, khovuzning qalin muzini teshdilar: sungra sufini yalangoch qilib kutarganlaricha hovuzga tashladilar. Sufining tani shu topda Arabiston toglarining saratondagi toshlariday qizib yonardi. Unga khush yokdi bu jazo… Suv ichida jinnilarday nara solib baqirardi. Muridlar kulishib qarardilar.

  • Bas endi! – dedi eshon ichkaridan. – Endi ozroq khipchin!

Sufini hovuzdan chiqarib olib, ingichka novda bilan gavronladilar. Yalangoch va nam badaniga tekkan bekhi savachup “chire, chire!” eta ovoz chiqarardi. Zarblarning sanogi anchaga etgach, sufi bir marta qattiq faryod kutardi, shu bilan khushidan ketib, muridlar quliga yiqildi…

Undan keyin kuni buyi karakht bulib yotdi. Kechasi isitma boshlandi. Ichkaridan chiqqan bir kosa qaynoq shurvani muridning yuziga irgitdi. Shundan keyin murid­lar yana kaltakladilar. Faqat uzi isitma bilan yonib turgan odam kaltak zarbini sezmadi. U kaltaklar unta ukalashday tuyulgan edi. Erta bilan uziga keldi, isit- masi tarqalgan edi. Horgin kuzlarini ochdi, kaltaklangan erlarining achishganini sezdi. Qamish savachupni kuydirib kulini bogladilar, orom olganday buldi. Fakat bu orom ukhlamagan kuzlarining utkir talabidan uzga emasidi. Ukhlab ketdi.

Ikki kundan sung, u musichadek yuvosh va muloyim bulgan edi. Tashqariga chiqib yurdi; muridlarga kulib karadi. Faqat gapga javob bermadi. Khayoli boshqa joyda, boshini chayqar, kulimsiragan kuzlari bilan muridlarga tikilardi. Eshonga aytdi- lar: “haydab yuboraylikmi?” deb suradilar.

  • Yura tursin. Endi uzi bilib ketadi, – dedi u, kuldi.

Yana uch kundan sung juma kuni erta bilan namozga turgan muridlar eshonning khonaqoda ulib yotganini kurdilar. Soqollari yulingan, tomogida chuqur barmoq iz- lari boridi. Khonaqoning bir burchida kichkinagina jovonchada eshonning eng aziz kitoblari saklanguchi edi; jovon ochilgan, kitoblar kham ochilib-sochilib yotardilar. Usha erdan bir necha uch sumlik va besh sumlik qogoz pul topib oldilar; ular ham so- chilib yotardi.

  • Ham joniga, kham moliga qasd qilgan ekan, bachchagar! – dedi bir murid.

Boshqalar kham, boshlarini tebratib, bu fikrga qushildilar.

Sufidan darak yuq edi.

* * *

Qurvonbibi jinni bulib paranjisiz va yirtiq kiyimlar bilan eshonnikiga kelgan vaqtida uni zanjirga boglaydigan odam kham topilmadi. Eshonning katta kho- tini rahmi kelganidan muridlarga buyurdi; ular jinni khotinni tutib, ichkaridagi katta tolga bogladilar. Qurvonbibi bir nafas tinmasdan, uzicha suzlanar, kim yoni- ga borsa, Zebini maktab gapirar, uning dutor chalishi, ashula aytishi, chok tikishi, tuppi bosishlarini hikoya qilar, yurish-turishlari, qaddi-qomati, buylari, kuzlari va qoshlarining chiroyliligini aytib, har kimdan “Qani, mening Zebim? Qani, Ze- bonam?” deb surar; shundan sung khungrak otib, yiglab yuborar edi. Qish chiqishga yaqin allaqanday qarindoshlari kelib, uni olib ketdilar. Qarilar, domlalar, pari- hon, azayimkhon, duokhon va boshqalarga pul berib uqitdilar, kuchirtirdilar, dam sol- dirdilar, foydasi bulmadi. Hamon usha eshonnikidagi singari har kimga qizini maqtab gapirar; sungra hungrak otib, achchiq-achchiq yiglagach, “YOriltosh” kuyida uzi tuqigan baytlarini uqirdi:

Zebi, Zebi, Zebona, Men kuyingda devona. Seni sotdi uz otang, Men bulayin sadagang! Zahar qilib oshingni, Pirim edi boshingni! Zebi, Zebi Zebonam! Qayda qolding, dilbarim?..

Savol va topshiriqlar:

  1. Zebining zakunchi bilan suhbatidan u boshiga tushgan musibatni bolalarcha soddalik bilan qabul qilganini bilish mumkinmi?
  2. Zebining sud qilinishi khaqidagi khabar Razzok sufi va Qurvonbibini qanday kholga solishi mumkin?
  3. Yuzini ochishni istamagan Zebiga domlaning aytgan suzlari kanday tasir qildi?
  4. Zebi tabiatan isyonkormi? Nima uchun boshiga tushgan khar bir musibatni mutelik bilan qabul qiladi?
  5. Zebining: “Iuq!… Ulibmanmi, uz erimni uldirib” degan suzlari uning shakhsiyatini qanday ifodalagan?
  6. Prokuror nima uchun “soddadil”, “yuvosh” va “gunohsiz” sart qiziga eng oliy jazoni talab qildi?
  7. Zebining etti yillik surgun jazosiga hukm kilinishi sizda qanday fikrlar uygotdi?
  8. Nima uchun domlaga sud qarori haqida machitda ikki ogiz gapirib kuyish vazifasi topshirildi?
  9. Chor amaldorlariga nima uchun Akbaralining ulimi atrofida shov-shuv kutarish kerak buldi?
  10. Razzok sufining Eshon bobo khakidagi “… u kishi berib urganmaganlar, olib urganganlar” suzlari eshonni qanday kishi sifatida kharakterlaydi?
  11. Eshonning: “… Odam uldirgan bolaning otasiga qanday maslahat buladi, sufi? Bolasining yoniga nima uchun otasini junatmaydi bu ahmoq uris? Adolat bormi kofirda?!”- suzlari Razzoq sufiga qanday tasir qildi?
  12. Razzok sufining piri bilan sukhbatini qayta ukib chiqing. Sufining sokhta etiqodiga putur etkazgan omillarni sanab bering
  13. Razzoq sufiga berilgan jazo adolatdanmi?
  14. Chulpon – insonlarga khos nozik ruhiy kholatlarni mokhirlik bilan ifodalay olgan yozuvchi. Bu fikrni Razzoq sufi va Qurvonbibi obrazlari misolida sharkhlashga kharakat qiling.
  15. Chulponning “Binafsha” sherini uqigansiz? Uylab kuringchi, binafsha Zebi emasmi?
  16. “Zebi bakhtli bulishga khaqlimidi?” mavzusida bahs-munozaraga tayyorlaning. Zebi fojiasining sababchisi kim?
  17. “Kecha va kunduz” romanidagi qaysi badiiy lavha sizga kuproq tasir qildi?
  18. Sizningcha, Zebining suddan keyingi takdiri qanday kechadi?
  19. Chulponning qanday asarlari asosida teatr spektakllari, kino yoki telefilmlar yaratilgan?
  20. “Kecha va kunduz” romanidan uzingizga manzur bulgan sakhla asosida inssenirovka tayyorlang.

[1]              Dukchi Eshon isyoniga ishora qilmokda.

[2] Ruslarning zulmiga qarshi quzgolonlar khaqida suz ketmokda.

[3] Sharmandalik, sharmandalik.

Яна маълумот

nUpwfes8jZf5puqVDrT-ygaHB6NViOgS

Qaysi kasalliklarda Fitoterapiya samarali tasir qiladi?

Shifobakhsh usimliklardan tayyorlangan dorilar qaysi kasalliklarga samarali tasir qilishi haqida malumot berildi. Shifobakhsh usimliklar qadimdan …