Главная / Madaniyat / Yigitlar uchun “Ideal” qiz bulishning sirlari

Yigitlar uchun “Ideal” qiz bulishning sirlari

“Qanday turdagi erkaklar ayollarni qadrlaydi?”, “Qanday qilib erkak kishining hurmatiga sazovor bulish va uni doimo saqlab qolish mumkin?”. Shu kabi savollarni har ikkinchi qiz (ayol) uziga berishi tabiiy. Gap Sizni yigit kishi past yoki yuqori baholashlari haqida emas. Shunchaki, har bir ayol uz yarmi uchun yakkayu-yagona, suyukli va albatta unig idealidagi “malika” bulishni istaydi. Hozirgi zamonda ideal bulish bu-unvon emas, balki ayol kishi uchun jiddiy va har kunlik ishdir.

“Mening asarimning qahramoni” 

gmaHar bir oddiy, romantika va obrazlardan uzoq, ayol orzularidan behabar erkak, uzining himoyasiz va nozikkinna juftini himoya qilib, uy variantida bulsada qahramon “supermen” bulishni istaydi. Shuning uchun ham ideal ayol uz jufti “qahramonliklari” ni har doim ragbatlantirib turishlari maqul. Balki bu qahramonlik ulkan ish emasdur, lekin bu ish uchun eringizga chin dildan minnatdorchilik va quvonch bildirsangiz, u har safar uzining imkoniyatlariga ishona boshlaydi va bu imkoniyatlarni yanada orttirishga intiladi.

Erkaklar orasida shunday gap bor: har bir omadli erkak suyukli yorga ega bulishga khaqli. Siz maqtovlaringiz bilan eringizni uzini omadli deb his qilishi uchun imkoniyatlar yarating. Erkak kishining yakhshi jihati borligini isbotlab bera olgan ayol, albatta u uchun idealdir. Har bir kuchli jins sohibi (erkak kishi) uzining kuch manbai bulgan har bir narsani qimmatli deb biladi va ardoqlaydi.

“Hamma sevishni istaydi…” 

Etibor berganmisiz, hofizlarimizning kuylari nafaqat sevish, balki sevilish haqida hamdir. Hatto juda kuchli, obruli, jiddiy erkak ich-ichidan uni uyida kimdir kutayotganini, uni sevishini, unga ishonishini va unga khiyonat qilmaydigan odam borligini his qilishni hohlaydi. Uni yoshligida onasi va buvisi uyda kutgan paytlarida ham bu “mitti” ideal mavjud bulgan.

“Sening qiziqishlaring-mening qiziqishlarim” 

Erkak kishi idealini uz dusti, ishonchli jufti, uzining tarafdori deb biladi. Shuning uchun ayol kishi juftining barcha qiziqishlarini hotirjam qabul qilishi kerak (hobbi, qiziqishlar…). Bunda erkak kishining avtomobil yoki motosikllarga qiziqishi, balki Afrika shilliq qurtlari hayotini urganishi muhim emas.

Kuz yoshingni art! Erkaklar ayollar singari his-tuygularga beriluvchan emas. Shuning uchun ular singan tirnoq, lirik qushiq, badiiy filmdagi yurakni ezuvchi sahna ustida kuyib-pishishingizni qiyinchlik bilan qabul qilishadi. Uning idealiga aylanish va raqiblar orasida golib bulish uchun yakhshilik tulqinlariga moslashing. Bu-uz qiziqishlaringizdan voz keching degani emas. Yurakni ezuvchi filmni dugonangiz bilan kurishingiz ham mumkin.

Yana bir maslahat: kuchli universal ayol bulishga, barcha muammolarni yolgiz hal etishga intilmang. Ayolning kuchi uning ojizligidadir. Erkak kishi uchun ideal ayol-billyur guldonga ukhshaydi. Uni doimo asrab-avaylashga intilishadi. Erkak kishi yonidagi asosiy vazifangiz, nazokatli, chiroyli, orasta bulishdir. Erka kishi kuzlari bilan sevadi. Agarda erkakning ishlaridan mamnunligingizni sezdirib tursangiz, u sizni boshida kutaradi. Uni kuproq maqtang. Begona odamlar yonida kamtarroq buling, kup gapirmang. Juftingizga aql urgatishdan ehtiyot buling. Chunki u bunday holatda bergan maslahatingizni teskarisini bajarishi mumkin. Umuman olganda, samimiy, yakhshilikka intiluvchan, juftingizni boricha sevishga harakat qiluvchi ayol buling.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …