Главная / Madaniyat / Jannatdan olib keldim

Jannatdan olib keldim

jannatliMashhur muhaddis, alloma va buyuk zotlardan biri shogirdlariga hadis fanidan dars berar edi. Imtihon qilish maqsadida talabalarga yuzlanib: «Ey shogirdlar! Ey talabalar! Ertaga mening oldimga eng qimmat narsani olib kelinglar!», — dedi. Talabalar uylariga qaytishdi. Sung, ertasi kuni, bomdod namozidan sung hammalari Ustoz huzurida tuplanishdi va oralarida quyidagi suhbat kechdi.
Ustoz: «Khush, eng qimmatli narsani olib keldingizmi?», — deb suradi. Shogirdlar olib kelgan narsalarini navbatma-navbat ustozga taqdim qila boshladilar. Ustoz qarasa, talabalardan biri quy, biri tuya, biri qimmatbaho kiyim, yana biri oltin, boshqasi kumush, khullas, har biri uzi qimmat deb uylagan narsani olib kelibdi. Navbat 12-13 yoshlardagi yosh talabaga keldi. U ustozining oldiga bir kuzacha quydi.

Ustoz hayron bulib suradi: «Sen eng qimmatli, deb shuni olib keldingmi? Bu nima uzi?».

«Hazrat, bu tuproq!», — dedi shogird, — bu men uchun eng qimmat bulgan narsa. Men buni jannatdan olib keldim!”.

Ustoz bu holdan hayron bularkan: «Jannatdan olib keldim, deysanmi!? Nima sen jannatni topdingmi?», deb suradi.

— «Ha, jannatdan olib keldim, jannatdan», — takidladi shogird, — «onam hovlimizga chiqqanida, qadamlari ostidagi tuproqlarni olib, huzuringizga keltirdim, ustoz. Chunki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannat- onalar oyogi ostidadir!», deganlar”.

Bu javobdan ustoz behad khursand buldi. Chunki shogirdlaridan khuddi shu javobni kutgan edi. Uning kuzlaridan mamnuniyat va rozilik kuz yoshlari tirqirab ketdi va talabaga «Bergan talim va ugitlarim zoe ketmabdi. Sen yosh bulishinga qaramay, topshirgan vazifamning haqiqiy mohiyatini anglabsan», deya mazkur shogirdni maqtab, uni boshqalarga urnak qildi.

Ha, darhaqiqat, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlaridek, «Jannat- onalar oyogi ostidadir». Bu suz haqida tafakkur yuritar ekanmiz, Alloh taolo dunyodagi barcha obidu zohidlarning, olimu solihlarning eng buyuk maqsudini onalarning oyoqlari ostiga tashlab quyganligini anglab etamiz. Ona degan nomga sazovor bulgan zotlar uchun bundan ortiq sharaf, bundan zur hurmat bormi?!

Ona… Shu birgina suz zamirida olam-olam mano mujassam. Er yuzida oyoqlarini upishga loyiq zot, bu — Onadir. Onasi hayot bulganlar uning qolgan umrini ganimat bilsinlar, unga muloyim muomalada, doim tavozeda bulsinlar.

Hargiz unga baland ovozda gapirmasinlar, uning yuziga qarab uf tortmasinlar! Nima uchun? Chunki, shunday bir kun keladiki, onaning urnini bosadigan hech narsani topolmay qoladi kishi. Uni izlaydi lekin topolmaydi, uning qadriga etmaganiga, qullarini kuziga surtmaganiga nadomat chekadi.

Boshinga mushkul ish tushganda hamma dustlaring seni tashlab ketishi mumkin. Ammo yolgiz bitta dusting seni tashlab ketmaydi. Bu sening Onangdir. Bu dunyo yuqotganlaringni qaytarishi mumkindir. Lekin onangni yuqotsang qaytarib bera olmaydi.

Ona shunday muqaddas va buyuk zot. U hammaning urnini bosa oladi. Lekin hech kim uning urnini bosa olmaydi.

Alloh taolo ota-onalarimizning umrlarini barakali qilsin, ularning roziligi sabab bizlarga jannatni vojib aylasin!

 

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …