Главная / Siyosat / Jahongir Ortiqkhujaev koronavirus masalasida poytakht aholisiga murojaat qildi
<

Jahongir Ortiqkhujaev koronavirus masalasida poytakht aholisiga murojaat qildi

Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqkhujaev poytakht aholisiga murojaat qildi hamda sanitariya-gigiena talablariga qatiy rioya etishga, zaruratsiz kuchaga chiqmaslikka va onlayn khizmatlardan kuproq foydalanishga chaqirdi.

Murojaatda sunggi oylar davomida Toshkent shahrida epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga uzgarganligi sababli oilaviy tadbirlar, tuy-hashamlarning utkazilishiga rukhsat berilgani, ishlab chiqarish korkhonalari, qurilish va khizmat kursatish obektlarining faoliyati qayta yulga quyilgani, biroq karantin talablariga amal qilinmagani vaziyatni yana keskinlashtirgani qayd etilgan.

«Khotirjamlikka berilganligimiz, sanitariya va epidemiologiya nazorati talablariga tuliq rioya etmaganligimiz, tuylarni 30dan ortiq kishi ishtirokida utkazganimiz, boshqa oilaviy tadbirlarni ham kupaytirganimiz, jamoa bulib yigilishlar ortgani kabi karantin talablariga zid bulgan harakatlar oqibatida okhirgi un kunda poytakhtimizda kasallikka chalinish holatlari keskin oshib, kunlik 30-40tadan urtacha 150-200tagacha kupaydi, ulim holatlari ham ortdi», deyiladi shahar hokimi murojaatida.

Jahongir Ortiqkhujaev aholini «koronavirus menga tasir qilmaydi, mendan uzoqda» degan fikrda bulib, adashamaslikka chaqirdi. «Khavf ortda qolishi uchun hammamiz sanitariya-gigiena talablariga tuliq amal qilishimiz, beparvolikka yul quymasligimiz, zarurat bulmaganda kuchaga chiqmasligimiz, jamoa bulib yigilmasligimiz, avvaldan muljallangan jamoaviy tadbirlarni ortga surishimiz lozim», deya qushimcha qilgan u.

Murojaatda bugun aksariyat khizmatlar, hatto savdo-sotiq ham onlayn yulga quyilgan bulib, har birimiz undan unumli foydalanishimiz zarurligi qayd etilgan.

Malum qilinishicha, 10 iyuldan uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shakhslarga tibbiy maslahat hamda akhborot berishga qaratilgan tun-u kun uzluksiz faoliyat kursatuvchi 1105 qisqa raqamli Call-markazi faoliyati yulga quyiladi. Uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shakhslarga joyiga chiqqan holda tibbiy yordam kursatishga ikhtisoslashgan mobil guruhlar tashkil etiladi.

Shuningdek, shahar hokimi toshkentliklarni salomatligida biror nokhushlik va kasallik alomatlarini his qilganda befarq bulmaslikka, darhol shifokorlarga murojaat qilish va nazoratda bulishga, uzini yakkalash va zarur muolajalarni uz vaqtida kurishga chaqirdi.

«Koronavirusni jamiyatning birligi, jipsligi va bu borada belgilangan barcha qoidalarga rioya qilishi bilangina engishimiz mumkin. Bu masalada bizga yordam bering, salomat buling», deyiladi murojaat yakunida.

О нас

Яна маълумот

Hukumatga vaksina kharid qilish va aholi vaksinasiyasini amalga oshirish yullarini pukhta urganib chiqish topshirigi berildi

Ayni daqiqalarda prezident Shavkat Mirziyoev navbatdagi videoselektor yigilishi utkazmoqda. Tadbirda bugun Uzbekiston buylab koronavirus pandemiyasini …