Главная / Madaniyat / JAHOLATGA QARShI MARIFAT

JAHOLATGA QARShI MARIFAT

marifatHar bir davrda ahli sunna val-jamoa ulamolari jaholatga qarshi marifat bilan kurashga alohida etibor qaratganlar. Adashgan firqalarning khatolarini tushuntirib, ularni tugri yulga solish, musulmonlarning birdamligi va tinch-totuvligini asrash yulida jonbozlik kursatib kelganlar.
Bunga ilk Khavorijlar bilan Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhu) oralaridagi bahs-munozara yaqqol dalildir. Malumki, Khavorij firqasi uzlariga qarshi bulganlarni kofirga chiqarib, ularning qonlarini tukishni halol sanaganlar. Ular Ali (roziyallohu anhu)ning “tahkim” (Muoviya (roziyallohu anhu bilan bitim)ni qabul qilishini kufr deb hisoblaganlar. Yani Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tarbiyalarini olib ulgaygan, tirikligidayoq jannat bashorati berilgan un kishining biri bulgan zotni kofirga chiqarganlar. Ali (roziyallohu anhu) uzlariga nisbatan bunday hukm chiqargan “uddaburonlar”ning garoyib davolariga javob berish va ularni tugri yulga solish uchun Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhu)ni elchi qilib yuborganlar. Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhu) va Khavorij etakchilari urtasida quyidagi bash-munozara bulib utgan:

Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhu): “Uni (Ali roziyallohu anhuni) nimada ayblaysizlar?”– dedilar.

Khavorijlar: “Uch narsada”, – deyishdi.

– Qanday narsalarda?

– Bu uch narsa: 1. Allohning amri bulgan narsada kishilarni hakam qildi. Vaholanki, Alloh taolo: إِنِ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ“Hukm faqat Alloh ikhtiyoridadir”(Yusuf surasi, 40-oyat) ,degan;

3. Barcha muminlarning amiri bulishidan uzini ozod qildi. Agar u muminlarning amiri bulmasa, kofirlarning amiri buladi.

– Agar sizlarga Allohning kitobidan va Rasulining sunnatidan suzlaringiz khato ekaniga dalolat qiladigan dalil keltirsam, qaytasizlarmi?

– Nega qaytmas ekanmiz!

– Allohning amrida kishilarning hukm qilishi haqida Alloh taoloning Uzi kitobida shunday degan:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَقْتُلُوا الصَّيْدَ وَأَنْتُمْ حُرُمٌ وَمَنْ قَتَلَهُ مِنْكُمْ مُتَعَمِّدًا فَجَزَاءٌ مِثْلُ مَا قَتَلَ مِنَ النَّعَمِ يَحْكُمُ بِهِ ذَوَا عَدْلٍ مِنْكُمْ

“Ey iymon keltirganlar! Ehromdalik holingizda ovni uldirmangiz! Sizlardan kimki uni qasddan uldirsa, (jazosi) khuddi (khonaki) hayvon uldirish bilan barobar jazodir. U(ham bulsa) Kabaga (yurib) bora oladigan qurbonlik bulib, unga uzlaringizdan ikki adolatli kishi hakamlik qilur” (Moida surasi, 95-oyat).

Boshqa bir oyatda er-khotin haqida:

وَإِنْ خِفْتُمْ شِقَاقَ بَيْنِهِمَا فَابْعَثُوا حَكَمًا مِنْ أَهْلِهِ وَحَكَمًا مِنْ أَهْلِهَا إِنْ يُرِيدَا إِصْلَاحًا يُوَفِّقِ اللَّهُ بَيْنَهُمَا

“Agar ular (er-khotin)ning oralari buzilib ketishidan qurqsangiz, er oilasidan bir hakam, khotin oilasidan bir hakam yuboringiz. Agar (er-khotin) islohni khohlasalar, Alloh urtalarini muvofiqlashtirgay”.
Demak, Alloh taolo hakamlikni kishilarga topshirgan. Aytinglar-chi musulmonlarning qoni va oralaridagi isloh tugrisida kishilarning hakam bulishlari afzalmi yoki narkhi turt dirham bulgan quyon tugrisida va khotin bilan yashash tugrisida hakam bulishlari afzalmi?”

– Yuq, albatta, bu afzal.

– Sizlarni bu fikrdan qaytardimmi?

– Ha, albatta.

– Sizlarning “Urishdi, lekin tahqirlamadi ham, ulja ham olmadi”- degan suzlaringizga kelsak, onalaringiz Oishani tahqirlamoqchi edingizmi? Agar onamiz emas desangiz, kofir bulasizlar. (Agar onamiz desangiz, qilayotgan davolaringizni uzlaringiz inkor qilgan bulasizlar) Sizlar ikkita zalolat orasida taraddudlanib qolgansizlar. Endi sizlarni bu fikrdan qaytardimmi?

– Ha, albatta.

– “Barcha muminlarning amiri bulishidan uzini ozod qildi”-degan suzlaringizga keladigan bulsak, sizlar rozi buladigan bir narsani aytaman. Allohning Paygambari (sollallohu alayhi vasallam) Hudaybiya kunida Abu Sufyon va Suhayl ibn Amrlar bilan sulh tuzganida: “Ey Ali, bu Allohning elchisi Muhammad sulh tuzgan narsalardir deb yoz”, – degandilar. Shunda Suhayl ibn Amr: “Seni Allohning elchisi deb bilmaymiz. Agar seni Allohning elchisi deb bilganimizda, sen bilan urishmas edik”, –dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): “Ey Allohim, Sening elching ekanimni Uzing bilasan”, – dedilar va: “Ey Ali, (yozganingni) uchirib tashlagin va bu Muhammad ibn Abdulloh hamda Abu Sufyon va Suhayl ibn Amrlar sulh tuzgan narsalardir deb yozgin”, – dedilar…

Ushbu javobdan sung ikki mingdan ziyod kishilar khato yullaridan qaytgan edilar. Hozirgi kunimizda ham zamonamizning yuzdan ortiq eng mutabar ulamolari “zamonaviy khavorijlar”ga khuddi shu uslubda “ochiq khat” bilan murojaat qildilar. Shoyad, ular ham bor haqiqatni anglab etib, tugri yulga qaytsalar…
Alloh taolo sodir bulib turgan turli notinchliklarni bartaraf etib, butun dunyoda tinch-totuvlikni barqaror qilsin.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …