Главная / Jamiyat / Ishtikhondagi mudhish qotillikka eltgan sabablar: nima uchun bunday voqea yuz berdi?

Ishtikhondagi mudhish qotillikka eltgan sabablar: nima uchun bunday voqea yuz berdi?

Ishtikhon tumanida sodir bulgan mudhish jinoyat — bir oiladan besh kishining uldirilishi butun Uzbekistonni larzaga soldi.

Mudhish jinoyat darhol Bosh prokuror nazoratiga olindi va jinoyat izi sovimasdan qotillar qulga olindi. Jinoyat tafsilotlari va gumondorlar haqida Uzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining uta ogir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi alohida muhim ishlar buyicha katta tergovchisi Erkin Khayrullaev Kun.uz’ga malumot berdi.

Video: Youtube

Ayni paytda mazkur voqea yuzasidan Uzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi quzgatilgan. Olib borilgan tezkor-tergov harakatlar natijasiga kura, ushbu qotillik Ishtikhon tumanida yashovchilar — 1981 yilda tugilgan T.G., 1995 yilda tugilgan E.Sh., 1993 yilda tugilgan U.J. va Qushrabot tumanida yashovchi 1996 yilda tugilgan N.Kh. tomonidan sodir etilgani aniqlanib, ular ushlangan. Hozir bu jinoyat ishi buyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergovchi shuni alohida takidlab utdiki, ayrim informasion saytlar va ijtimoiy tarmoqlar va messenjer kanallarida tarqalgan, turt yosh yigit — guyoki qotillar tasvirlangani iddao qilinayotgan fotosuratlar qalbaki. Bu suratlarning mazkur jinoyat ishiga aloqasi yuq.

Odatda, bunday mudhish jinoyatlarni marhumlarni yaqindan bilgan odamlar sodir etishadi. Shunday bulib chiqdi ham — qotillarning uch nafari marhumlarning qishloqdoshi. Ulardan biri — yoshi eng kattasi hattoki marhum oilaning yon qushnisi.

Ishtikhon tumanida adir etagida joylashgan Chimqurgon qishlogida tomorqalar katta. Uylar atrofi uralmagan. Quni-qushnilar hamsoyasinikida nimalar bulayotganini yaqqol kurib turishadi. Bu hol yillar davomida qushnilar urtasidagi uzaro ishonch, hurmat timsoli bulib kelgan.

Biroq bu voqeada ana shu ishonchga putur etgan. Dastlabki takhminlarga kura, jinoyat boylikka ega bulish maqsadida, avvaldan rejalashtirilib, qasddan amalga oshirilgan. Jinoyatga qul urgan gumondorlarning uch nafari hali 30 yoshga ham kirmagani kishini uylantiradi. Endigina mustaqil hayot ostonasiga qadam quygan yigitlarning qotil degan tavqi lanatni buyniga ilib, uzoq muddatga panjara ortiga yul olishi… buni qanday tushuntirish mumkin? Nahot inson umri shu qadar arzon?

Bizga malum bulishicha, qotillarning eng kichigi — 23 yoshli yigit qushni Qushrabot tumanidan. U avval ham bosqinchilik qilgani uchun sudlangan ekan. Qotillarning jinoyatni oldindan pishitishgani, qotillikni rejalashtirishgani, egnilariga qon sachrashini uylab, ehtiyotdan eski kiyimlarni kiyib olishgani, usha kiyimlarni keyinchalik hojatkhonaga tashlab yuborishgani, qulga kiritilgan pullarni 4 kishi teng bulib olgani… kishini dahshatga soladi.

Biz mudhish hodisa yuz bergan Chimqurgon qishlogiga bordik. Tergovga khalaqit bermaslik maqsadida marhumlarning uyi, voqea joylarini suratga olmadik.

«Chimqurgon» mahalla fuqarolar yiginida bulib, mahalla ahlidan jinoyatga nima sabab bulgani, qanday qilib bu qishloqda bunday mudhish jinoyat uchun muhit etishganiga qiziqdik.

Qotillik yuz berishidan ikki kungina avval mingga yaqin khonadon bulgan va qariyb 4 yarim ming aholi yashovchi mahallaga rais etib saylangan Oybek Mahmudov jinoyatga qul urilishi sababini manaviyatsizlik va bilimsizlik bilan bogladi.

Mahalla raisining aytishicha, bu erdagi aholining yashash tarzi, farovonligi bir qadar yuqori. Chunki hamma tomorqasida uzum ekadi, bogdorchilikka ikhtisoslashgan fermer khujaliklarida erni ijaraga olib ishlashadi, bog parvarishlab, uzumlarni, yana quritib mayizini hattoki chet davlatlargacha sotishadi.

Qishloqda yoshlarning biror foydali mehnat bilan bandligi masalasida savol yuq — hammaga ish topiladi. Odamlarning yashashi yakhshi. 22 million sum uchun besh kishining umriga zomin buladigan darajada ahvol chatoq emas.

Bir oilaning besh azosi uldirilgani — chindan ham hazm qilish qiyin bulgan juda dahshatli voqea. Ota-onaga qushib, ularning uch ugli ham uldirilgan. Ularning jasadlari uzlariga tegishli «Damas» avtomashinasiga yuklanib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida 35 km narida — Qushrabot tumani hududidagi qirda ovloq joyda qoldirilgan.

Mahalla raisining aytishicha, marhumning turmushga uzatilgan ikki qizi tirik qolgan. U bu oila sohibi uzining mehnatkashligi bilan mahallada tanilganini takidlab utdi. Qotillikda gumon qilinayotgan mahalladosh yigitlar ham kuchabezori, bekorchi bulishmagani, ish bilan band bulib, tomorqadan muntazam daromad qilishganini aytib utdi. Yani, uldirilganlar ham birmuncha badavlat yashashgan, qotillar ham uziga tuq oilaning farzandlari.

Mahallada bunday mudhish jinoyat sodir bulgani qishloq oqsoqollarini ham esankiratib quydi. Oqsoqollar yoshlar din-u diyonat, gunoh-savob, halol-haromdan bekhabar bulib, orqa-oldini uylamasdan mana shunday kechirilmas jinoyatga qul urishganini takidlashmoqda.

Kup yillar mahallaga raislik qilgan keksa Abduqodir Khudoyqulov bu mudhish jinoyatda barchaning aybi borligi, loqaydlik, yoshlarning talim-tarbiyasiga etiborsizlik qishloq butun dunyoga yomon nom bilan dong taratishiga sabab bulganini aytib, barcha afsusdaligini bayon etdi.

Kun.uz’ga bu borada uz fikrlarini bildirgan qishloqning yana bir oqsoqoli Azim Aliqulov ham bulib utgan mudhish voqeadan butun mahalla ahli nihoyatda taajjubda ekanligini aytib, yoshlar urtasida tarbiyani kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelganini takidlab utdi.

Eshitgan kishining qalbini larzaga solayotgan voqea qishloq ahli hamda tuman jamoatchiligi ishtirokida muhokama qilindi. Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov shunday dedi:

«Bu uta mudhish voqelik barchamiz uchun sharmandali holat. Turt yosh yigitning pul ilinjida besh kishining qotiliga aylanishi tasavvur qilish qiyin bulgan holat. Odam bolasining shunchalik vahshiylikka borishini khayolga keltirishning uzi dahshat. Buning ildizi avvalo odamlarning bir-biriga befarqligi, atrofda bulayotgan voqea-hodisalarga etiborsizligiga borib taqalmoqda. Bunday ogir jinoyatlarga qarshi barchamiz birgalikda kurashishimiz, joylarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish lozim».

Kun.uz mazkur rezonansli voqea rivoji bilan bogliq yangiliklarni kuzatishda davom etadi

Яна маълумот

nUpwfes8jZf5puqVDrT-ygaHB6NViOgS

Qaysi kasalliklarda Fitoterapiya samarali tasir qiladi?

Shifobakhsh usimliklardan tayyorlangan dorilar qaysi kasalliklarga samarali tasir qilishi haqida malumot berildi. Shifobakhsh usimliklar qadimdan …