Главная / Madaniyat / Istigforning foydalari

Istigforning foydalari

istigforAgar sizdan: “Nima uchun dengizchi uzining kemasini safarga chiqish oldidan obdon kuzdan kechiradi?”, “Nima uchun gavvos akulalarga tula dengizga shungiyotganda temir qafasning ichiga kirib oladi?” yoki “Nima uchun tanasida ogriq sezgan odam darrov shifokor huzuriga boradi?” deb surashsa, qanday javob qaytargan bulardingiz? Tabiiyki, bu savolga “ular hayotlarini khatarga quymaslik, turli falokatlardan saqlanish, khavfsizlik chorasi sifatida shunday qilishadi”, degan manoda javob qaytariladi. Biroq, hayotda bulardan ham muhimroq khavfsizlik chorasi bor. Bu istigfordir. Zero, istigfor nafaqat insonning bu dunyodagi, balki okhiratdagi hayotini ham saqlaydi, uning khavfsizligiga kafolat beradi.  Chunki, Alloh taolo Quroni karimda: “Ularning ichida Siz bula turib,  Alloh ularni azoblovchi emas. Ular istigfor aytib (kechirim surab) turgan hollarida ham Alloh ularni azoblovchi emas”, deydi (Anfol surasi, 33 – oyat).

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu ushbu oyat tafsirida quyidagilarni aytadi: “Musulmonlarda ikkita omonlik kafolati bor edi. U ham bulsa, Nabiy sollallohu alayhi vasallam va istigfor. Nabiy sollallohu alayhi va sallam vafot etdilar. Istigfor esa, musulmonlar khavfsizligining kafolati sifatida qiyomatgacha boqiydir”.

Khush, istigforning uzi nima, uning qanday foydalari bor? “Istigfor” lugatda urashni, yashirishni talab qilish manosini bildiradi. Istilohda esa, qilgan gunohlarining kechirilishini Allohdan surash manosini anglatadi. Demak, istigfor Alloh taologa “Gunohlarimni kechirishingni surayman”, deb iltijo qilish, duo qilish ekan.

Alloh taolo bizni Uzidan magfirat surashga buyurgan: “Yana, Allohdan kechirim surang. Albatta, Alloh kechiruvchi va rahmlidir” (Niso surasi, 106-oyat).

Chindan ham, Alloh taolo astoydil tavba qilib, kechirim suragan bandalarining gunohlaridan utadi. Quyidagi hadisi sharif suzimizning yorqin dalilidir.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Paygambar sollallohu alayhi va sallam: “Qaysi bir mumin banda bir gunohni sodir etgach, darhol urnidan turib, tahorat olib, ikki rakat (nafl) namoz uqisa va Allohdan gunohining kechirilishini surasa, Alloh uning gunohini suzsiz kechiradi”, dedilar – da, ushbu oyatni uqidilar: “Ular biror fahsh ish qilib quysalar yoki uzlariga zulm qilib quysalar, (darhol) Allohni eslab, istigfor aytadilar…” Abu Dovud va Termiziy rivoyati.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Biz bir majlisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yuz marta “YO Rabbim, meni kechir, tavbamni qabul et. Albatta, Sen tavbalarni kuplab qabul qiluvchi va uta rahmli Zotsan”, deb duo qilishlarini sanar edik” Abu Dovud va Termiziy rivoyati.

Mutabar manbalarda istigforning quyidagi foydalari borligi aytib utilgan:

1.Istigfor sababli gunohlar kechiriladi.

2.Istigfor sababli Alloh taolo baraka yomgirlarini yogdiradi;

3.Istigfor aytuvchilarni avlod-zurriyot bilan quvvatlaydi;

4.Istigfor aytuvchilarga bogu bustonlar yaratib beradi;

5.Istigfor aytuvchilar uchun daryo va anhorlar oqizib quyadi.

U zot Uzining Kalomida Nuh alayhissalom tilidan shunday marhamat qiladi: «Bas, Rabbingizga istigfor ayting, – albatta, U kup magfirat qiluvchidir – osmondan ustingizga ketma-ket baraka yomgirini yuboradir. Va sizga molu mulk hamda bola – chaqa ila madad beradir va sizlarga bog-roglar hamda anhorlar beradi» dedim» (Nuh surasi, 11,12 -oyatlar).

Buyuk vatandoshimiz Imom Abulbarakot Nasafiy uzining «Madorik» nomli mashhur tafsirida quyidagi qissani keltiradi.

Hasan Basriy rahmatullohi alayh bir guruh kishilar bilan suhbatlashib utirgandi. Bir kishi qurgoqchilikdan shikoyat qilib keldi. Hasan Basriy: «Istigfor aytinglar», deb maslahat berdi. Birozdan sung boshqa bir kishi kambagallikdan, yana biri farzandsizlikdan, boshqalar gam – tashvishlaridan shikoyat qilishdi. Hasan Basriy ularning hammasiga «istigfor aytinglar» deya bir khil maslahat berdi. Shunda suhbatdoshlardan Rabi ibn Subayh Hasan Basriyga murojaat qilib: «Ey imom, har khil toifadagi kishilar sizga turli narsalardan shikoyat qilishdi. Siz bulsangiz hammalariga bir khil javob berdingiz, buning boisi nima?» dedi. Hasan Basriy bu savolga javoban yuqoridagi oyatlarni uqib bergan ekan.

6.Istigfor toatlarni osonlashadi, duo qilishga insonning ragbatini oshiradi.

7.Alloh taolo bilan banda urtasidagi uzoqlik yuqoladi.

8.Istigfor aytuvchining qalbida dunyo arzimas matodek bulib qoladi.

9.Istigfor aytuvchidan jin va shaytonlar uzoqlashadi.

10.Istigfor aytuvchi uzining qalbida imon va toat halovatini his eta boshlaydi.

11.Istigfor aytuvchini Alloh yakhshi kuradi. “Albatta, Alloh (shungacha bilmay yul quygan khatolaridan) chin tavba qiluvchilarni va obdon poklanib yuruvchilarni sevadi” (Baqara surasi, 222 – oyat).

12.Istigfor aytuvchining imoni, aqli va tanasi quvvatli buladi.

13.Istigfor sababli gam – tashvishlar ariydi.

14.Istigfor aytuvchi vafot etsa, farishtalar unga Allohdan jannat khushkhabarini keltiradilar.

15.Qiyomat kuni hamma issiqdan terga botgan paytda istigfor aytuvchi Arsh soyasida buladi.

16.Kishilar mahshargohdan uz manzillariga qarab ketayotganlarida istigfor sohibi Allohning taqvodor dustlari bilan birga ung tomon egalari qatorida buladi.

17.Istigfor sababli odamlar ham, jamiyat ham turli fisqu fasodlardan poklanadi.

18.Istigfor aytuvchining haqiga Allohning Arshini kutarib turuvchi farishtalar duo qiladilar.

19.Istigfor kishini gunoh ishlardan tusadi.

20.Istigfor sababli yomonliklar ajr-savoblarga aylanadi.

21.Istigfor qalbdagi doglarni ketkazadi.

Malumki, gunoh sababli qalbda qora dog paydo buladi. Istigfor esa, gunohlarning kamayishiga, tukilishiga sabab buladi. Gunohlar tukilgandan keyin qalbda dog qolmaydi.

22.Istigfor duzakhdan qutulishga va jannatga kirishga yordam beradi.

23.Istigfor muminlarning sifatidir. Alloh taolo muminlarning sifatini sanay turib shunday deb marhamat qiladi: “(Ular) sahar choglarida Allohdan magfirat suraydigan kishilar edi” (Oli Imron surasi, 17 – oyat).

24.Istigfor insonning kunglini tinchlantiradi, khotirini jam qiladi.

25.Istigfor sababli bandaning Rabbiga bulgan shukri ham yuzaga chiqadi.

Biz yuqorida istigforning eng muhim dunyoviy va ukhraviy foydalarini sanab utdik. Agar istigforning hamma foydalarini keltiradigan bulsak, bir kitob bulardi. Lekin, odamlarni istigfor aytishga chaqirish uchun shularning uzi etarli deb bilamiz. Alloh barchamizni mudom istigfor aytuvchi bandalardan qilsin!

Nozimjon Iminjonov
Turaqurgon tumanidagi “Usmon Zunnurayn” jome masjidi imom noibi

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …