Главная / Madaniyat / Islomda urtacha yul tutish
<

Islomda urtacha yul tutish

islom“(Bakhillik qilib) qulingizni buyningizga boglab ham olmang. (Isrofgarchilik qilish bilan) uni butunlay yoyib ham yubormang! Aks holda, malomat va mahrumlikda qolursiz” (Isro, 29).

Oyatning birinchi qismi majoziy – kuchma manodadir. “Qulingizni buyningizga boglab ham olmang!..” oyati karimasidan murod, kunglidan chiqarib biror narsani berolmaydigan bakhilning holidir. Oyatda bakhil kimsa quli kishanlangani bois uni harakatlantirolmay qolgan kishiga ukhshatilgan.
Imom Bukhoriy va Imom Muslim “Sahih”larida Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan bunday rivoyat qilingan: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bakhil bilan sadaqa beradigan kishini temir jubba (keng ustki kiyim, bu urinda: sovut) kiygan, qullari kuksida titrayotgan ikki kishiga ukhshatganlar. Sadaqa beradigan kishi har gal sadaqa berganida jubbasi kengayadi va hatto barmoqlarining uchlarigacha yopadi va uning oyoq izlarini ham uchiradigan (erni supuradigan) holatga keladi (yani, sadaqa qiluvchini, unga zarar etishidan tusadi). Bakhil qachon sadaqa bermoqchi bulsa, jubbasi torayadi va har bir halqasi uz urnida qoladi”. Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytadi: “Men Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning barmoqlari bilan khuddi yoqalarini kengaytirmoqchiday bulib, harakat qilayotganlarini kurdim. Koshki sen ham u zotning shunday qilayotganlarini kursayding”.
“Uni butunlay yoyib ham yubormang!” Oyatda qulni yoyish molning ketishiga misol qilinmoqda. Chunki qul barmoqlari yumilsa, ichidagi narsa saqlanadi, yoyilsa, ichidagi tushib ketadi. Oyati karimada Paygambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ga khitob qilingan bulsa-da, manosi butun ummatga tegishlidir. Paygambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) ummatning sayyidi va ularga Parvardigor amrini etkazuvchidirlar. Malumki, u zot ertangi kunlari uchun biror narsani olib quymasdilar. Kupincha ochlikdan qornilariga tosh boglab yurardilar. Ashobi kiromdan kuplari Allohning yulida butun mollarini infoq qilishar, Paygambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) buning uchun ularni koyimas va bu ishdan qaytarmasdilar. Chunki ularning Alloh taologa tavakkullari va ishonchlari juda kuchli edi.
Imom Qurtubiy aytadi: “Bu oyatdagi qulida borini sadaqa qilib yuborishdan qaytariq qulidan ketganiga hasrat va nadomat chekadigan kimsalarga tegishlidir. Bu qaytariq infoq-ehsoni evaziga Alloh azza va jallaning ajr va savob berishi haqidagi vadasiga sidqidildan ishonganlarga tegishli emas. Eng tugrisini Alloh biladi”.
Mufassir Fakhruddin Roziy har sohada bulgani kabi, molni sarflashda ham urtacha yulni tutish yakhshi ekanini takidlaydi va oyatni bunday tafsir qiladi: “Alloh taolo bundan oldingi oyatda Paygambarimiz (alayhissalom)ni infoq-ehson qilishga buyurgan. Mazkur oyatda esa infoq qilishning odobini urgatmoqda. Mumin bandalar mollarini qanday sarf etishlarini bayon qilib, “Ular ehson qilganlarida isrof ham, khasislik ham qilmaslar, (tutgan yullari) buning urtasida – mutadildir” (Furqon, 67), deya marhamat qilgan. Bu oyatda Rasuliga amr qilib, “Qulingizni buyningizga boglab olmang!” deb khitob qilmoqda. Yani, “Silai rahm va infoq qilishda uzingizga ham, ahli-oilangizga ham tanglik keltirmaydigan shaklda infoq-ehsondan tukhtamang!”
Shuningdek, “(Isrofgarchilik qilish bilan) uni butunlay yoyib ham yubormang!” yani, uzingizga va oilangizga hech vaqo qolmaydigan darajada borini berib ham yubormang! “Aks holda, malomat va mahrumlikda qolursiz” oyati karimasini Ibn Arafa bunday tafsir qilgan: “Isrof qilmang, molingizni sovurmang! Aks holda hech vaqoingiz qolmay, pushaymon bulib, khuddi urnidan turishga ham madori etmaydigan tuyaga ukhshab qolasiz”.
Hakimlardan birlari bunday degan: “Men qaerda isrofni kursam, albatta, u bilan yonma-yon bir haqning poymol etilganini kurdim”.
Hakimlar akhloqqa doir kitoblarda yozadilar: “Har bir isnon ifrot va tafritdan saqlanishi lozim. U ikkisi ham mazammat qilingan, yomonlangan. Bakhillik, mumsiklik ifrotdir. Butun molini berib yuborish, sovurish tafritdir. Ikkisi ham nomargub va nomatlub ishlardir. Eng yakhshisi odil va urtacha yulni tutishdir. Alloh taolo bunday marhamat qilgan: “Shuningdek, sizlarni … urta ummat qilib quydik” (Baqara, 143).
Bu aytilganlarning bari molni yakhshilik yulida sarflashga tegishlidir. Molni yomonlik va fasod yulida sarflashning esa ozi ham, kupi ham haromdir.

О нас

Яна маълумот

Onalar uchun sherlar

Ul inson men uchun jon sovga qilgan. Men unga bayramda nima beraman? Arzon salafanga, hunik …