Главная / Madaniyat / Islomda tijorat, savdogar va kharidor odobi. Rahmatulloh qori Sayfuddinov bilan suhbat
<

Islomda tijorat, savdogar va kharidor odobi. Rahmatulloh qori Sayfuddinov bilan suhbat

Islomda tijorat odobi qanday? Paygambarlar shugullangan sharafli kasb egalari nima uchun nafsini ustun quymoqda? Kharidor va sotuvchining uzaro munosabati qanday tartibga solinishi kerak? Musulmon inson vabo chiqqanida qanday manzilada bulishi kerak?

«Mirza Yusuf» jome-masjidi imom khatibi Rahmatulloh qori Sayfuddinov Kun.uz mukhbiri bilan suhbatda shu kabi savollar buyicha Islom talimoti haqida suz yuritdi.

Bandaning rizqi kech qolishi mumkin, lekin adashmaydi

– Albatta, tijoratning odobi bor. Alloh subhanahu taolo Mulk surasida marhamat qiladi: «Alloh taolo shunday zotki, sizlarga erni buysundirib quydi, uning istalgan joyida yurib, rizq izlanglar. Lekin, unutmanglarki, qaytish Allohning huzurigadir».

Demak, biz rizq talabida bulamiz va uni halol yul bilan talab qilishga buyurilganmiz. Ahli sunna val-jamoa etiqodida rizq halolga va haromga bulinadi. Halol rizqda Alloh rozi bulsa, harom rizq uchun Alloh jazo beradi.

Endi banda tijorat qilib, ziroat, sanoat, dehqonchilik, bogdorchilik yoki chorvachilik bilan halol rizq talabida buladi.

Bandaning rizqi kech qolishi mumkin, lekin adashib ketmaydi. Birovning rizqi boshqa birovga utib ketmaydi. Usha rizq kelishi bandani haromdan topishga etaklamasligi kerak. Bugun shu narsa ruy bermoqda. Halol rizqini ozgina notugri tushuncha bilan, qanoatsizlik, insofsizlik bilan haromga aylantirib quyish kuzga tashlanmoqda ayrim savdogarlar misolida.

Savdogarlik sharafli kasb – paygambarlar kasbi

– Bilasizmi, savdogarlik sharafli kasb. Paygambarimiz alayhissolatu vasallam aytganlarki: «Rostguy, sadoqatli, ishonchli, halol savdogar paygambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan barobar buladi».

Darajasi shunchalik, lekin, aksiga olib, insofsiz savdogar bulsa, uning joyi eng tuban joyda ham buladi. Demak, tijoratning birinchi odobi shuki, tijoratchi niyatni tugirlamogi kerak.

«Men tijorat qilib, khalqim yakhshi-yomon kunida unga khizmat qilib, yordam beraman», deb chiqsa, tijorati ibodat buladi. Aksincha, «bugun men foydalanib qolaman, hamma olyapti, 10 sumlik narsani 30 sum qilaman», desa, niyat yomonligi uchun Alloh taoloning qahri keladi.

Tijorat bilan inson okhiratining oqibatini aniqlab olishi ham mumkin

– Tijoratning ikkinchi odobi – tijoratchi tijoratning ilmini bilishi kerak. Sababi, banda nafaqat tijoratdan rizq topadi, balki savob yoki gunoh ham topishi mumkin. Bakht-saodat yoki shaqovat topishi mumkin. Okhiratini tijoratdan aniqlab olishi mumkin.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo shuning uchun aytgan edilar: «Men uchun Allohning yulida ulishdan keyingi urinda tijorat mollarimning orasida jon berish suyuklidir».

Paygambarimiz sallollohu alayhi vasallam tojir bulganlar va bunda boshqalarga urnak bulganlar. Tijoratchi foyda kurish bilan birga, zarar kurish ehtimolini ham buyniga oladi. Shuning uchun Islom tijoratni halol qildi. Shuning uchun Alloh riboni harom qildi. Chunki, riboda kuyib qolish yuq. Sudkhur doim foydada buladi, ikkinchi tomon zararda buladi.

Vojib yoki sunnat savobini topish urniga gunohkor bulish haqida

– Inson doim ikkita qoida urtasida buladi. «Foydani jalb qilish» va «zararni daf qilish». Lekin, uchinchi qoida ham borki, zararni daf qilish foydani jalb qilishdan muqaddam turadi. Bu nima degani? Masalan, qarindosh-urugchilik, silai-rahm Islomda vojib amal. Bemorning holidan khabar olish sunnat amal. Lekin, hozirgi vaqtda shu ikkisi khavfli bulib turibdi. Shu bois, zarar ochiq-oydin bulib turgan vaqtda bu amallarni ado qilish tukhtab turadi.

Yuq, men vabodan qurqmayman, deb bu vojib va sunnat deb, aynan virusga chalingan bemorning ziyoratiga boraversak, yoki qarindosh-uruglar bilan bordi-keldini davom ettiraman deyaversak, biz vojib va sunnatni (savobini) topgan bulmaymiz, balki gunohkor bulamiz. Chunki, shariat bu erda qoida quydi: zararni daf qilish foydani jalb qilishdan muqaddam turadi. Bunga rioya qilmoq kerak.

Tijorat ilmini bilmaganlar bozorimizda savdo qilmasin

– Qoidalarning yana biri shuki, savdogar odam, yuqorida aytganimizdek, tijorat ilmining ahkomini urgansin. Hazrati Umar roziyallohu anhu: «Bizning bozorimizda tijorat ilmini bilmaganlar savdo qilmasin», deganlar.

U zot khalifalik vaqtlarida bozorda shunday bir ishni yulga quygan edilarki, malum bir guruh azolari savdogarlarni savdo ilmini bilishi yoki bilmasligidan imtihon qilardi. Agar, savdo ilmini bilmasa, u savdogar urganib kelishi uchun bozordan chiqarib yuborilardi.

Bu nima uchun tashkil qilingan? Insonga zarar etkazmaslik uchun, birovga qimmatga sotib quymasligi uchun, birovning molini kuproq sotib olmasligi uchun tashkil etilgan.

Ommaviy sinovlar – savob ishlab olish uchun qulay fursat

– Endi Islom dini shunchalik choralarni yulga quygan ekan, biz qaerdan jurat topib, vabo vaqtida molning narkhini oshirishga kirishayapmiz. Qaysi jurat bizni bu ishga olib boryapti? Allohdan qurqmaymizmi?!

Qaytanga hozir – savob ishlab olish fursati. Ommaviy sinovlar kelgan vaqtda musulmonchilikning uz tadbirlari bulgan. Misol uchun, Hazrati Umar roziyallohu anhu davrlarida ocharchilik, qahatchilik keladi. Shunda u zot ugrilarga jazo berishni tukhtatib turganlar, «biz uzimiz odamlarga ish topib bera olmayapmiz, odamlarning halol rizq bilan kun kechirishlariga imkon qilib bera olmayapmiz, bazi odamlar ugirlik sodir etib quysalar, ularning qulini kesishimiz, insof-odamgarchilikdan bulmaydi» deb, vaziyat unglanmaguncha qulni kesish amrini tukhtatib turganlar.

Bu – davlat tomonidan kuriladigan chora-tadbirlar. Davlatimiz, hukumatimiz ham soliq borasida khalqqa, tadbirkorlarga engilliklar beryapti. Uylab kursak, khalqni uyga qamab quyib, kim maza qiladi, kimga foyda? Hech kimga, balki usha khalqning khavfsizligi uchun, uyingda utir, deyilmoqda.

Tijoratda bosh omil – shaffoflik va aniqlikdir

– Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning shogirdlari Imom Muhammaddan suragan ekanlar: «Taqvo haqida biror narsa yozmaysizmi?» Shunda u kishi, «YOzib quyganman-ku», dedilar. «Qaerda yozganingiz?» «Ana uqinglar, Kitobi Bay – Savdo kitobini yozib quyganman-ku», dedilar.

Yani savdo kitobini yozib quyganman, hammasi taqvoga asoslangan, demoqchi bulyaptilar. Bu kitobni uqisangiz, savdoda birinchi quyiladigan talab – shaffoflik, aniqlik ekaniga etibor qilasiz.

Shirkat buladigan bulsa, hamma tomon aniq bulishi, yashirilgan narsa bulmasligi, ochiq-oydin bulishi kerak. Nima uchun desa, urtaga adovat tushib qolmasligi, sheriklar urishib qolmasligi, janjal kelib chiqmasligi uchun, deyiladi.

Savdo kitobini uqiganimizda, nafaqat taqvo kitobi ekaniga, balki Islom dini qanchalik tinchlik dini ekaniga ham amin bulamiz.

Narkh-navoni bozor belgilaydi

– Ulamolar, tavsiya manosida, sotiladigan mol tannarkhining 30 foizigacha quyishni tavsiya qilganlar. Bu – tavsiya, qatiy buyruq emas. Chunki narkh-navoni bozorning uzi belgilaydi.

Odamlar hazrati Umar roziyallohu anhuga kelib, «Ey muminlar amiri, bozorni tartibga solib bering, narkh-navolar uynab ketyapti», deganlarida: «Bozorni Alloh taoloning uzi boshqaradi», deganlar.

Yani, nima demoqchilar – bozor shunday narsaki, narkhni uzi bichadi. Bazi narsalarning ustiga 5 foiz quysangiz ham sotolmaysiz, bazi narsalarga 50-100 foiz quysangiz ham foyda qolmaydi. Narkhni bozor muhitining uzi belgilab beradi. Lekin har doim savdogarning insofi oldingi urinda turadi.

Sotishda, kharid qilishda va haqini talab qilishda bagrikeng bulish haqida

– Imom Bukhoriy rahmatullohi alayhi va Ibn Moja rohimahulloh buyuk sahobiy Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilganlar. Nabiy sallollohu alayhi vasallam: «Alloh taolo sotganda ham, sotib olganda ham, haqini talab qilganda ham bagrikeng bulgan bandasini rahm qilsin», deganlar.

Masalan, sotayotgan odam – sotuvchining odobi. Sotuvchi kharidorga arzonroq qilib bersin. Savdolashishga haqi bor, foydasini quyishga haqi bor, lekin shu narsada iloji boricha, bagrikeng bulsin.

Kharidorning odobi esa, bir sumning ustida yumalab, talashib tortishmasin-da, bagrikeng bulsin, kuproq bulsa ham ziyoda qilib bersin.

Haqini, masalan, qarzini talab qilayotgan odam, muhlat bersin, shu vaqt mobaynida unga savob borib turadi. YOki kechib yuborsin.

Marhamat kursatganga, marhamat kursatiladi

– Hazrati Rasuli akram alayhissalomning hadisi-shariflarida keladi. «Bir odamning ruhini qabz qilishdi va dedilarki, qaranglar-chi, buning bir solih amali bormi? Hech bir solih amal topilmayapti. Uning uzidan surashdiki, sening yakhshi amaling yuqmi, u kambagallarga bergan qarzlari qaytarilmasa, kechib yuborishini esladi. Shunda Alloh taolo uning gunohlarini kechib yuboringlar, degan. Yani bandamizki, bandamizga shunday marhamat kursatibdi, marhamat kursatishga Biz haqlimiz, deydi Alloh», degan Paygambarimiz sallollohu alayhi vasallam.

Jamiyatda botil yul bilan mol topish kupaysa, u erga ulim olib keladigan vabolar keladi

– Alloh subhanahu taolo Quroni Karimda: «Mollaringizni uzaro botil yul bilan emanglar, uzaro rozilik ila savdo-sotiq bilan bulsa, mayli, uzingizni-uzingiz uldirmang», deb marhamat qiladi. Shu erda bir qiziq holat bor: uzini-uzi uldirish bilan molni botil yul bilan eyish urtasida qanday bogliqlik bor?

Bogliqligi shundaki, jamiyatda ribokhurlik, molni botil yullar bilan, birovning molini hazillashib yoki kuch-qahr bilan, yo bulmasa hiyla bilan, yokhud qimor uynab uzlashtirish, birovning haqidan qurqmaslik kupaysa, u erga ulim olib keladigan vabolar keladi, deyiladi. Shuning uchun, Alloh taolo yuqoridagi oyatda «botil yul bilan mollaringizni emang», degandan sung, «uzingizni uzingiz uldirmang», demoqda.

Shu bois, bozorlarda, supermarketlarda ishlab turgan yurtdoshlarimiz, birodarlarimiz, opa-singillarimizdan iltimos qilardikki, uzingiz ishlab topayotgan halol pulingizni ozgina etiborsizlik yoki ozgina qanoatsizlik, ozgina qizgonchiqlik bilan haromga aylantirib quymang. Aksincha, savob qozoning, chunki baraka raqamlarda, sonlarda emas. Baraka insonning akhloqida, fel-atvorida.

Guzal akhloqli savdogarlar bois millionlab insonlar Islomni qabul qilgan

– Musulmon tijoratchi doimo guzal-ahloqqa ega bulgan. Malayziya, Indoneziya va Filippin mamlakatlariga Islom dini halol savdogar ajdodlarimiz orqali kirib borgan. Ular borib, Islomga davat qilmaganlar, ular uzlaridagi savdogarlik akhloqini namoyon qilganlar, kholos. Halol, pokiza, ishonchlik, khushmuomala va bagrikeng bulganlar. Tabiiyki, erlik khalqda savol tugilgan: bular qanday odam, farishtalarmi, deb ularning kim ekanliklariga qiziqqanlarida musulmon ekanliklari haqida javob olishgan.

Savdogarlar: «Biz musulmonlarmiz, bizning dinimiz savdoda shunday bagrikeng bulishga, rostguylikka chaqiradi, sadoqatga, tugrisuzlikka, khushmuomala bulishga chaqiradi», deb javob berganlar. Shu bilan erlik aholida Islom diniga qiziqish uygotganlar. U erdagi millionlab insonlar savdogarlarning guzal akhloqlari bois musulmon bulganlar.

Gayrioddiy juma haqida

– Utgan juma gayrioddiy juma buldi. Juma kuni juma namozi yuq, masjidlar bor, namozkhoni yuq. Azon aytildi, ammo iqomat aytilmadi.

Barcha nematlarning kaliti istigforda

– Hazrati Nuh aytyaptilar: «Men qavmimga aytdim: Robbingizga istigfor ayting. Robbingiz gunohlarni kechirguvchidir. Robbingiz, istigfor aytsangiz, yordam beradi, farzandlar beradi, yomgir yogdiradi, boylik beradi, ocharchilikni kutaradi», degan oyatlar kelgan.

Vabo kutarilsa-yu, kuzimiz, qalbimiz ochilmasa, eng katta balo uzimiz bulamiz

– Agar yullar, maktablar, bogchalar, oliygohlar, masjid-madrasalar ochilsa-yu, kuzimiz ochilmasa, qalbimiz, vijdonimiz ochilmasa, bu er uchun bizning uzimizdan yomonroq vaboning uzi qolmaydi.

Biz uzimiz vabo bulib qolamiz.

Agar tijoratchi khalq ungi-suliga qaramay olyapti, deb oddiygina isiriqni falon pulga sotadigan bulsa, vaboning ustiga vabo bulmaydimi? Bu ulganning ustiga tepish deyiladi. Hozir savdogarlarimizning savob qozonadigan davri keldi.

О нас

Яна маълумот

LUTD0pUznvBSkUAIEyOwNPGqJB_f497Z

Qotilga aylanmang. Karantinga ketsangiz kartoshkalaringiz ham kerak bulmaydi

Birgina mavzu butun dunyodagi eng muhim jarayonlarni ham, muammolarni ham chetga surdi – koronavirus. Butun …