Главная / Madaniyat / Islomda dinlararo bagrikenglikka bulgan etibor va uning jamiyat hayotida tutgan urni

Islomda dinlararo bagrikenglikka bulgan etibor va uning jamiyat hayotida tutgan urni

zarnigor-mirzaeva«Kup millatli Vatanimizda bugungi kunda islom dini vakillari bilan bir qatorda turli diniy konfessiya vakillari yonma – yon yashab, hamkorlik qilib kelayotgani «barcha dinlarning mohiyati ezgulik va yakhshilikka khizmat qilishdan iboratdir», degan kuhna haqiqatning yana bir tasdigidir».

Islom Karimov

Islom dini azaldan insoniyatga asl muruvvatni, dindoshlariga, hatto gayrimuslimlarga ham ehtirom hamda bagrikenglik bilan munosabatda bulishni urgatib kelgan va kelmoqda. Malumki, Islom uzidan avvalgi samoviy dinlar (yahudiylik, nasroniylik)ni shunchaki hurmat qilish bilan cheklanmay, usha din vakilariga cheksiz muruvvatlar kursatgan. Ularning haq – huquqlarini shariat qonunlari bilan mustahkamlab quygan. Madaniyat va ananalariga ehtirom bilan qaragan. Asrlar davomida bu qoidalarga amal qilib yashagan musulmonlar bir – birlariga va hatto oralarida yashaydigan ajnabiylarga, ahli zimmaga ham muruvvatning mislsiz namunalarini kursatib, butun insoniyatga ibrat bulishdi.

Chunki bu Alloh taoloning amri hamda Rasulining ummatga bergan kursatmasi edi. Alloh taolo marhamat qiladi: «Ey muminlar, biron qavmni yomon kurishingiz haddingizdan oshishingizga olib kelmasin!» (Moida, 2), «Va barchalaringiz Allohning arqonini (Quronni) mahkam tutingiz va (firqa-firqalarga) bulinmangiz!» (Oli – Imron, 103), «…Oralaringizda ahdu paymon bulgan qavmga kelib qushilgan yoki sizlar bilan urushish ham, uzlarining qavmi bilan urushish ham joniga tegib, oldingizga kelgan kimsalarga (tegmangiz!)»(Niso, 90).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan hadisda esa: «Khalqning barchasi Allohning izmidadir. Ularning Allohga mahbubrogi Uning ahliga (yani Allohning bandalariga) naf beruvchirogidir», deyilgan (Bazzor rivoyati). «Kim ahli zimmaga biror zahmat etkazsa, qiyomat kuni meni uzining dushmani sifatida kuradi» (Ahmad ibn Hanbal, «Musnad»).

Muruvvat, diniy bagrikenglik Islomning tamal toshi bulib, u etiqod va dinlar tarikhidagi bir yangilik edi. Islom ilk davridanoq sobiq dinlarga hech qanday tazyiq utkazmadi, turfa khil mazhab va mafkuralarga qarshi taassub qilmadi. Islom ilk kunlardanoq diniy bagrikenglikning olamshumul shiorlarini urtaga boshladi: «Barcha samoviy dinlar bir manba, bir buloqdan suv ichadi, hamma paygambarlar birodardirlar, risolatda ular urtasida hech qanday afzallik yuq, etiqodga, dinga majburlash mumkin emas, ilohiy diyonatlarning barcha ibodatkhonalari himoya va mudofaa qilinishi kerak, dinlardagi ikhtiloflar qotillik va adovatlarga sabab bulmasligi, yakhshilik, silayi rahmdan tusmasligi lozim» va hokazolar.

Tarikhdan shu narsa malumki, qaysi jamiyat hayotida diniy bagrikenglik tamoyillari uz ifodasini topsa, usha jamiyatda uzaro hurmat va samimiyat qaror topib, barcha insonlar tinch va osoyishta hayot kechiradilar. Tinchliksiz taraqqiyot va farovonlik bulmagani kabi, diniy bagrikengliksiz tinchlik barqaror bulmaydi. Shuning uchun ham insoniyat Er yuzida hayot kechirishni boshlagandan buyon bagrikenglik tamoyillariga amal qilib yashashga ehtiyoj sezadi.

Islom talimotida diniy bagrikenglikka alohida etibor berilgan. Islom uzining ilk davridayoq bagrikenglik dini sifatida namoyon buldi. Nima uchun? Chunki Islom talimoti muminga banda sifatida uz yaratuvchisi bulmish Allohga nisbatan qanday etiqodda bulishi kerakligini, shu bilan birga Alloh yaratgan barcha narsalar, shakhsning uzi ham Yaratganning mulki ekanligini doimiy his qilib turishini urgatadi. Shu sababli musulmon kishi atrofdagilarga qanday munosabatda bulish kerakligini anglaydi va ular bilan din talabi darajasida muomala qilish uchun Quroni karim va Rasulluloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflariga murojaat qiladi. Mazkur ikki dastur orqali mumin kishi Alloh bilan banda urtasidagi, ota – ona va farzand, qavmu qarindosh, quni – qushni, hamkasblar orasidagi, uzi yashayotgan jamiyatdagi turli din va millatga mansub kishilar bilan, hatto, atrofidagi tabiat, hayvonot olamiga nisbatan qanday munosabatda bulishi kerakligini bilib oladi.

Bundan tashqari, Islom tarikhidan bagrikenglikning yuksak kurinishiga namuna bula oladigan misollarni kuplab keltirishimiz mumkin. Jumladan, Paygambar sollallohu alayhi va sallam Madinaga hijrat qilganlaridan sung u erdagi yahudiylar bilan ahdnoma tuzib, tinch-totuv va jamiyat manfaati uchun hamkorlik qilish asoslarini belgilab, unga amal qilib yashadilar.

Shuningdek, Khaybar gazotida musulmonlarga ulja tushgan narsalar ichida Tavrotdan bir qancha sahifalar ham bordi. Yahudiylar kelib Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan usha sahifalarni qaytarib berishni talab qildilar. Paygambar sollallohu alayhi va sallam ularni yahudiylarga qaytarib berishga amr qildilar. Zero boshqa din vakillarining qadriyatlarini ezozlash islom dinining guzal akhloqlaridandir. Shuning uchun yahudiylar uchun muqaddas hisoblangan sahifalarga zarracha ziyon etkazilmay uzlariga qaytarildi. Bu voqealar Islomdagi diniy bagrikenglikning yorqin dalilidir.

Imom al – Voqidiy va Ibn Asokir Abdulloh ibn Abu Hudrad al – Aslamiydan rivoyat qiladilar: «Umar ibn Khattob roziyallohu anhu bilan Jobiyaga keldik. U ahli zimmadan bir cholning taom tilanib yurganini kurib qolib, uning kimligini suradi. «U ahli zimmadan, yoshi ulgayib, zaiflashib qolgan», deyildi. Umar uning zimmasidagi jizyani bekor qildi. Keyin: «Undan jizya olib, zaiflashgan chogida taom tilantirib quydingizmi?!» deb, Baytul – moldan un dirham nafaqa joriy qildi. Uning oilasi bor edi».

Abu Ubayda va Ibn Zanjavayh rivoyat qiladilar:«Umar roziyallohu anhu bir qari zimmiy cholning masjid eshigi oldida tilanib turganini kurib qoldi va: «Senga nisbatan insof qilmabmiz. YOshligingda sendan jizya olibmiz. Katta bulganingda seni zoe qilibmiz», dedi. Sungra Baytul – moldan unga etarli maosh joriy qildi».

Imom Molik Kufa ahlidan bulgan bir kishidan rivoyat qiladi:«Umar ibn Khattob roziyallohu anhu uzi yuborgan bir lashkar omiliga: «Menga etgan khabarga kura, sizlardan bazi kishilar ajam kofirni quvar ekan. U toqqa chiqib berkinsa, «nametars» (qurqma), der ekan. Lekin tutib olgach, uldirar ekan. Allohga qasamki, menga kim ushandoq qilgani haqida khabar etsa, albatta, uning buynini chopaman», deb maktub yozdi».

Mana shunday diniy bagrikenglik namunalarini yurtimizda yasha butgan buyuk ajdodlarimiz hayotida ham kuplab kurishimiz mumkin. Ayrimlarini misol tariqasida keltiradigan bulsak, buyuk sarkarda Amir Temur bobomizning qushini ichida yahudiy va yana boshqa dinga mansub askarlarni ham khizmat qilishi yoki Sohibqironning ugillaridan Mironshokh usha paytdagi Fransiya, Ispaniya va Angliya kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalar uchun masul etib tayinlangani fikrimizning tasdigidir. Hindiston khalqi bugungi kungacha Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlarini hurmat bilan yodga oladi. Sababi boburiylar davlatni diniy bagrikenglik asosida boshqargan edilar.

KhIKh asrda Rossiyaning markaziy mintaqalaridan yurtimizga majburlab kuchirilgan dehqonlar nochor ahvolga tushib qolganda khalqimiz ularga har tomonlama yordam kursatgan. Usha davr voqealarini kurgan Leromonakh Khariton «mahalliy aholi nochor kuchmanchilarga rahmdillik bilan munosabatda buldilar, busiz ularning kupchiligi ochlik va muhtojlikdan halok bulib ketar edi», – deb guvohlik bergan.

YOki ikkinchi jahon urushi yillarida yurtimizga kuchirilib keltirilgan turfa khil millat vakillaridan iborat aholiga boshpana berib, ularning ichidagi etim bolalarni khalqimiz uz farzandlaridek bagriga bosib, tarbiyasiga olganini va ularni etuk insonlar qilib kamolotga etkazgani, jamiyatimizga taqdim etganini yakhshi eslaymiz. Vaholanki, ularning aksari boshqa din vakillari hisoblanardi.

Dinlararo bagrikenglik goyasi nafaqat dindorlarning, balki, butun jamiyat azolarining ezgulik yulidagi hamkorligini nazarda tutadi hamda tinchlik va barqarorlikning muhim sharti hisoblanadi. Azal-azaldan yurtimizning yirik shaharlarida masjid, cherkov va sinagogalar uz ibodatchilariga emin-erkin khizmat kursatib kelgani, tarikhimizning ogir sinovli damlarida ham diniy asosda mojarolarning chiqmaganligi khalqimizning dinlararo bagrikenglik borasida ulkan tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi. Shu boisdan ham Uzbekistonda tom manoda diniy bagrikenglikning yuksak ananalariga amal qilinayotgani jahon hamjamiyati tomonidan etirof etilmoqda.

Prezidentimiz tabiri bilan aytsak, “Bugun mana shunday khavfli, tahlikali, uta notinch bir davrda jahon moliyaviy inqirozi hali – beri davom etayotgan bir paytda el – yurtimiz nimaiki natijalarni qulga kiritgan bulsa, bularning barchasi yurtimizda tobora mustahkam bulib borayotgan tinchlik va osudalik, millatlar, dinlar va fuqarolararo totuvlik va ahillik, bir – birimizga hurmat va ehtirom hisobidan desak, uylaymanki, hech qanday khato bulmaydi”.

Darhaqiqat, har bir inson, butun jamiyat uzaro munosabatlarni khalqlarning turli – tuman urf – odatlari, madaniyati va qadriyatlarini tan olgan holda bagrikenglik asosiga qurishi zarur. Zero, tinch – totuvlik, bagrikenglik taraqqiyot garovidir.

Mirzaeva Zarnigor
Khadichai Kubro ayol – qizlar urta makhsus islom bilim yurti
3 – kurs talabasi

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …