Главная / Jamiyat / Islom Karimovning ugli Pyotr “Uzbekiston havo yullari”ni sudga berdi

Islom Karimovning ugli Pyotr “Uzbekiston havo yullari”ni sudga berdi

Uzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning birinchi khotinidan kurgan ugli Pyotr ish beruvchidan haqini undirib berishni surab Moskva shahar Tver sudiga murojaat qildi.

“Sud mahkamasi 24 oktyabrga tayinlandi”

Tverskoy tuman sudi rasmiy vakili, Ozodlik savoliga javoban, Karimov familiyali fuqaro «Uzbekiston havo yullari» aviakompaniyasi ustidan arz qilganini tasdiqladi.

karimov-ugli

– Karimov familiyali davogar bizda bor. Ammo u sobiq prezidentning uglimi, yuqmi – men bilmayman. Sud majlisi 24 oktyabr soat 10:30 ga tayinlandi. Javobgar – «Uzbekiston havo yullari» milliy aviakompaniyasi,dedi Tverskoy tuman sudi raisi muovini Anastasiya Dzyurko.

Ommaviy akhborot vositalariga sizdirilgan malumotlarga kura, Pyotr Karimov “Uzbekiston havo yullari” milliy aviakompaniyasida bir necha yil yuqori lavozimda ishlab kelgan va 2016 yilda otasining ulimidan sung ishdan bushatilgan. Biroq, Pyotr ishdan bushatish paytida unga berilishi lozim bulgan pul mablagini aviakompaniya unga tulamaganini iddao qilmoqda.

Pyotr Karimov uziga tulanishi lozim bulgan pulni sud orqali undirmoqchi.

Ayrim nashrlarning “Uzbekiston havo yullari”ning matbuot kotibi Zumrad Shojalilovaga tayanib khabar qilishicha, kompaniya 10 oktyabr kuni Pyotr Karimovga u bilan sobiq khodim sifatida tuliq hisob-kitob qilingani tugrisida bildiruv yuborgan.

Pyotr Karimov haqida nima malum?

Uzbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning rasmiy tarjimai holida Pyotr Karimov ismli uchinchi farzandi borligi aks ettirilmagan.

Masalan, Uzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi rasmiy saytida elon qilingan tarjimai holda bunday deyilgan:

“U (Islom Karimov) oilali, ikki nafar farzandi, turt nabirasi bor. Rafiqasi T. A. Karimova – mutakhassisligi iqtisodchi, iqtisod fanlari nomzodi, Uzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida katta ilmiy khodim bulib ishlagan, ayni paytda – pensiyada”.

«Vikipediya» malumotiga kura, Islom Karimov utgan asrning 60-yillarida birinchi marta uylangan.

U birinchi rafiqasi Natalya Petrovna Kuchma bilan turmushidan bir ugil kurgan. Islom Karimovning ugli Pyotr Islomovich Karimov 1969 yilda tugilgan. Ammo prezidentning rasmiy biografiyasida ushbu nikoh va uning birinchi farzandi nomi keltirilmaydi.

Islom Karimov keyinroq Tatyana Akbarovna Karimovaga uylangan. Bu nikohdan ikki qiz tugilgan – Gulnora Karimova (1972 yilda tugilgan) va Lola Karimova (1978).

Pyotrning onasi Natalya Kuchma 2008 yilda Toshkentda vafot etgan.

Pyotr Karimov, ayni vaqtda, Moskva viloyatida istiqomat qiladi. Iqtisodchi kasbiga ega Pyotr Karimov birmuncha vaqt «Aziya-Invest» bankida boshqaruv raisi muovini lavozimida ham ishlagani malum.

Яна маълумот

KgnbIrJHVQVn3UM-bvT09b_d6I0v9LRi

Inglizchani biladigan malimlar chiqyapti, lekin dars berishni bilmaydi” – IELTS’dan 12 yildan beri dars berayotgan pedagog bilan suhbat

“Ingliz tilini urganish men uchun emas ekan”. “Har doim yangidan boshlayman va yana tashlab quyaman”. …