Главная / Siyosat / Ishdan olingan Samarqand viloyati hokimi Turob Juraev jinoiy ish figurantiga aylandi

Ishdan olingan Samarqand viloyati hokimi Turob Juraev jinoiy ish figurantiga aylandi

12 iyul kuni bir-biridan mustaqil rasmiylar va tadbirkorlar Ozodlikka Samarqand viloyat hokimi 52 yashar Turobjon Juraev hamda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal khujalik masalalari buyicha urinbosari Utkir Abdullaevning 10 iyul kuni qulga olingani haqida khabar berdi.

samar

Shakhsi ochiqlanmasligini suragan respublika huquq tizimi rasmiysi Samarqand hokimi ustidan jinoyat ishi ochilganini tasdiqladi.

Ayni paytda¸ Ozodlik hozircha Juraevning jinoyat ishi figurantiga aylanganini tasdiqlovchi rasmiy hujjatga ega emas.

Mahalliy qurilish shirkati rahbari va viloyat hokimligining kapital qurilish buyicha mulozimiga kura¸ viloyat hokimi va urinbosari Samarqandning YuNESKO himoyasidagi hududida 7 va 9 qavatli uylar qurish uchun qurilish kompaniyalaridan pora olganlikda gumonlanmoqda.

Uzini viloyat hokimining kotibasi deb tanishtirgan aël Ozodlik bilan suhbatda Turob Juraevning hibsga olinganini inkor etmadi va 13 iyul kuni Khalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yigilishida kadrlar masalasi kun tartibiga kiritilganligini bildirish bilan kifoyalandi.

Mahalliy matbuot hokimni “ishdan oldi”

Mahalliy nashrlar¸ khususan¸ kun.uz nashri Samarqand viloyati hokimi ishdan olinib¸ uning urnini Erkinjon Turdimov egallgani haqida ëzdi. Bu nashrlarga kura¸ “Surkhondaryo viloyatiga Toshkent viloyati prokurori Bahodir Pulatovning yangi hokim etib tayinlanishi” kutilmoqda. Pulatov mustaqillikning dastlabki yillarida “Bolalar” estrada guruhining khonandasi sifatida jamoatchilikka tanilgan edi.

Karimov porakhurlikda ayblab ishdan haydagan hokim

2017 yilning 13 iyunida Shavkat Mirziëev tarafidan Samarqandga hokim etib tayinlangan Turobjon Juraev Islom Karimov davrida Surkhondarë va Qashqadarë viloyatlariga hokimlik qilgan¸ shuningdek¸ 2004-2008 yillarda Khalq talimi vaziri bulib ishlagan.

Juraev 2013 yili prezident Karimovning qattiq tanqidi ortidan Qashqadarë hokimligidan bushatilib¸ mamlakat boshqaruv tizimidan butkul chetlatilgan edi. Ushanda Juraev korrupsiya va porakhurlikda ayblangan edi.

Karimov ulimidan keyin davlat rahbarligiga kelgan Shavkat Mirziëev boshqa “urilgan rahbarlar” qatorida Juraevni ham boshqaruv tizimiga qaytardi va uni 2017 yil aprel oyida Bekobod tuman hokimi etib tayinladi.

Samarqanddagi kup qavatli uylar mojarosi

Ozodlik suhbatlashgan mahalliy qurilish shirkati rahbariga kura¸ “Samarqand qadimiy qismida kup qavatli uy qurgani uchun ustidan jinoiy ish ochilgan tadbirkorlar viloyat hokim va hokimlikning boshqa amaldorlariga qarshi kursatma bergani ortidan mulozimlar qulga olingan”.

YuNESKO himoyasidagi hududda noqonuniy qurilgan uylar masalasi Umumjahon madaniy merosi qumitasining iyun oyi okhirida utgan yigilishida tilga olingani ortidan Uzbekiston rahbariyati bu masalaga etibor qaratgan edi.

Bosh vazir Abdulla Aripov 23 iyun kungi Samarqandga borib¸ “pora evaziga izn olib shaharning qadimiy qismida qurilgan 7 va 9 qavatli uylarni buzishni buyurgan edi. Bosh vazir buyrugidan keyin YuNESKO himoyasidagi Mironshoh kuchasida «Afrosiyob Khosiyat Begim makoni» shirkati tarafidan qurilgan 7 qavatli bino buzila boshlandi.

Bino demontajini amalga oshirgan «Umar» shirkati vakili Ozodlik bilan suhbatda Samarqandning YuNESKO himoyasidagi Bustonsaroy, Shohruh, Orzu Mahmudova kuchalarida iznsiz qurilgan kup qavatli binolar haqida malumot bergan edi.

Viloyat hokimligining kapital qurilish buyicha mulozimiga kura¸ ayni binolar masalasi ham 23 iyun kuni Bosh vazir tarafidan kurib chiqilgan va ularni qurgan shirkat rahbarlari ustidan jinoiy ish ochilgan.

Mahalliy qurilish shirkati rahbarining Ozodlikka aytishicha¸ viloyat hokimligida kup-qavatli uylar uchun rukhsat olishning korrupsion skhemasi mavjud:

– Har bir shirkat “begunok” (qaror chiqunga qadar barcha idoralar roziligi olingani haqidagi hujjat – tahr.) uchun 20 ming AQSh dollari berib kelgan. Keyin quriladigan uyimning har bir podezdi uchun 25 ming dollardan taksa belgilashgan. Masalan¸ 8 podezdli 7 qavatli uyga rukhsat olish¸ “begunok” bilan qushganda 220 000 AQSh dollar buldi. Bu pullarning asosiy qismi hokim va uning qurilish buyicha urinbosariga ketgan¸ deya iddao qildi qurilish shirkati vakili.

Ozodlik Turob Juraev va uning urinbosarlari¸ jami 10 nafardan oshiq Samarqand viloyati boshqaruvidagi amaldorlar ustidan surishtiruv boshlangani va ularning hibsga olingani haqidagi malumotlarga oydinlik kiritishni surab Uzbekiston prezidenti va Bosh prokuratura matbuot khizmatiga murojaat qildi.

Mutasaddi idoralar hozircha bu khabarni na inkor qildi¸ na tasdiqladi.

Ozodlik Samarqanddagi kadr uzgarishlari va korrupsiya tekshiruvlari jaraënini kuzatishda davom etadi.

(Bu jaraënga bevosita aloqador bulsangiz¸ bilganlaringizni Ozodlikning Telegram kanaliga yuboring.)

Яна маълумот

Ishdan nohaq bushatilgan khodim ishi. Angor tumani hokimligi nega sud qarori ijrosini paysalga solmoqda?

Surkhondaryo viloyati Angor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Erkin Gapparov tomonidan murojaat yullandi. Arizada u muqaddam …