Главная / Siyosat / «Investision loyihaga qarab hokimlarning dunyoqarashiga baho beraman» – Prezident
<

«Investision loyihaga qarab hokimlarning dunyoqarashiga baho beraman» – Prezident

26 may kuni utkazilgan yigilishda prezident Shavkat Mirziyoev yirik loyihalar bilan kifoyalanib qolmasdan, aholi daromadini oshirishga qaratilgan kichik loyihalarga investisiya jalb qilish lozimligi haqida gapirdi.

«Sunggi uch yilda qiymati 17 milliard dollar bulgan yirik ishlab chiqarish korkhonalari foydalanishga topshirildi. Lekin ushbu loyihalar iqtisodiyotimizga nima berdi, degan savolga hali ham biror rahbarda aniq javob yuq, desak tugri buladi.

Kichkina bir misol, Nukusda 8 ming tonna polimer ishlab chiqarish loyihasi 2017 yilda ishga tushgan bulishiga qaramasdan, haligacha 3 ming tonna quvvatda ishlab kelgan. Ushbu korkhona «Uzbekneftgaz» tomonidan qurilib, yaqinda davlat aktivlarini boshqarish agentligiga utkazildi. Shu paytgacha birorta davlat idorasi borib suramagan. «Nega davlatning buncha puli ketib, uskuna ishlamayapti» degan odam yuq.

Agar mana shu 17 milliard AQSh dollar haqiqatda iqtisodiyotimizga kirsa, qancha uzgarish bulardi? Hech kim uylamaydi. Ikkinchidan, 50 foizga ishlaydi. Birov borib suramaydi. Shuni nazorat qiladigan tashkilotlar nima uchun oylik olyapti, degan savolgayam javob yuq.

Hamma viloyat hokimi yozib olsin. Endi har bir viloyat uzining investisiya loyihasini kiritadi. Ushanda viloyatning ishbilarmonlik muhitiga, viloyat hokimining dunyoqarashiga baho beraman.

Masalan, Andijon viloyatida meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik yunalishidagi 7ta klaster bilan 9 mingdan ortiq aholi uchun kasanachilik kooperasiyasi yulga quyildi. Buning uchun bor yugi 40 million dollarlik loyiha ishlab chiqildi. 9 ming khonadonda qancha aholi yashaydi?!

Vaholanki, birgina «Shurtangaz» loyihasi 3,5 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu orqali qancha ish urni yaratilgan? Mana, 40 million dollar bilan 9 ming aholining uyiga kiryapmiz. Nima demoqchiman? Har bir viloyat hokimi bir dollarning qadriga etib, kambagallikni qisqartirib, odamlarni ish bilan taminlashni uylashi lozim», deya prezident suzlarini keltirmoqda Kun.uz mukhbiri.

Davlat rahbari mablagni kuproq khususiy sektorlarga berish orqali yakhshi natijaga erishilganini malum qildi. Khususan, «Har bir oila tadbirkor» loyihasi asosida aholiga tarqatilgan 700 million AQSh dollar mablagning 96 foizi davlatga qaytarilgani qayd etildi.

О нас

Яна маълумот

Uzbekiston yana karantinga qaytmoqda

Uzbekistonda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli respublika buyicha karantin choralari kuchaytiriladi. Respublika makhsus komissiyasi qaroriga kura, …