Главная / Madaniyat / Inson ongi uchun kurashning yangi shakllari

Inson ongi uchun kurashning yangi shakllari

inson-ongiInsoniyat tarikhiga nazar soladigan bulsak qora kuchlarning moddiy boyliklar, siyosiy hokimiyat va boshqa manfaatlar uchun har davrda uziga khos tarzda kurashi kechganligiga guvoh bulamiz. Bu kurashlar dastlab qabilalar urtasida, keyinchalik esa davlatlar urtasidagi urushlarga olib keldi. XX asrga kelib insonning khohish istagi uzining yangi bosqichiga utib, global darajaga kutarilib, butun jahon davlatlarini uz domiga tortgan va millionlab kishilarning umriga zomin bulgan I va II “Jahon urushlari”ning yuzaga kelishiga sabab buldi.

Bugungi kunga kelib, uzining kurash turlari va uslublarini takomillashtirib geosiyosiy uyinlarni davom ettirayotgan qabih niyatli kimsalar endi biror – bir davlatni bosib olib, uning tabiiy boyliklariga erishish uchun avalgidek millionlab mablag sarflamasdan, qurol yarog ishlatib hujum qilayotgani yuq. Balki, usha mamlakatning fuqorolari ongini zaharlab, ularni manaviyati, tarikhi va uzligidan ayirib, ularni manqurtga aylantirish orqali uz maqsadlariga etishni kuzlamoqdalar. Shu sababli ham XXI asrni “inson ongi uchun kurash asri” deb atasak mubolaga bulmaydi. Insonni boshqa makhluqlardan ajratib turuvchi ongini egallashga qaratilgan harakatlar turli khil kurinishlarda namoyon bulmoqda. Chunki, ongini ugirlatgan insonni hokhlagan kuyga solish mumkin. Bu kabilarni esa dono khalqimiz “manqurt” deb hisoblab kelgan.

Hozir esa insonni “manqurtga” aylantirishning bir necha khil yangi kurinish va usulublari yaratilgan bulib, ular allaqachon uz samarasini bera boshladi. Inson ongi uchun kurash uslublarining takomillashishi kurash maydonlarining ham uzgarishiga olib keldi. Endi avvalgidek biror – bir davlat hududida emas balki, OAV ning insonga nisbatan tasir kuchidan foydalanib, mafkuraviy poligonlar yaratildi va kibrterrorizmga asos solindi.

Internet insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunga kelib dunyo aholisining deyarli 35% (2 milliard 400 milliondan ortiq) qismi internetga ulanish imkoniga ega. Mutakhassislar tomonidan 2020 yilga borib bu kursatkich 50%ni tashkil etishi aytib utilmoqda.

Mutakhassislarning tadqiqotlari natijasiga kura hozirda internet tarmogidagi malumotlarning 70 – 75 %i inson uchun zarar keltiruvchi goyalar hisoblanadi. Afsuski bu nisbat yil sayin ortib bormoqda. Yangi poligonlarda inson ongini egallash uchun jang qilayotgan buzgunchi goyalar qatoriga diniy – ekstremizm, terrorizm, missionerlik, “ommaviy madaniyat” va turli akhborot khurujlarini kiritishimiz mumkin. XIX asrning okhiri KhKh asrning boshlarida dunyo siyosatchilari orasida “dunyoni kim boshqaradi?” degan savolga “Kim temir yulga egalik qilsa, usha” degan javob berilar edi. Bugun esa bu savolga “Kim akhborotga egalik qilsa, usha” deb javob bersak mubolaga bulmaydi.

Dastlab siyosiy khokimiyat vakillarini yuq qilish yoki tinch aholi orasida vahima chiqarish maqsadida tashkil qilingan terrorizm ham vaqt utishi bilan uz kurinishi uzgartirib, dinni niqob qilish orqali global darajaga kutarildi va butun jahonni tashvishga solmoqda. Albatta, bu kabi tashkilotlar siyosatdagi “uchinchi qul” vakillari tomonidan tashkil qilinayotgan geosiyosiy uyinlarda uz rolini ijro etayotgan bir qugirchoqdir. Insonni junbushga keltirishning eng samarali yuli bu uning etiqodiga tasir qilishdir. Shu sababli ham bugungi kunda dunyoda 800 yuzdan ortiq dinni niqob qilib olgan turli diniy – ekstremistik tashkilotlar faoliyat olib bormoqda.

Bugungi kunga kelib, turli buzgunchi kuchlar inson ongini egallab, ulardan uzlarining turli garazlari yulida OAV va internet orqali tasir etish orqali foydalanib kelishmoqda. Mutakhassislarning fikricha, hozirda ekstremizmning turli kurinishlarini uzida tashuvchi goyalar targiboti bilan shugullanuvchi 100 mingdan ortiq saytlar faoliyat olib bormoqda. Misol uchun, hozirda internet tarmogida jahonda yuz berayotgan turli nokhush hodisalar, kelajak haqidagi nokhush tahlillarni berish orqali shakhs ongiga tasir qilib, unga “bu dunyo adolatsizlik va zulmga tula, unda yashashdan mano yuq, bundan qutulishning yagona yuli – ulim” degan goyani singdirish orqali uzini – uzi nobud qilish, bundan ham dahshatlirogi “uzgalarni ham bu zolim dunyodan qutqarish” shiori ostida boshqa odamlarning ham hayotiga zomin bulish kabi oqibatlarga sabab bulayotgan minglab saytlar faoliyat olib bormoqda.

Malum kuchlar tomonidan muayyan maqsadlarga erishish yulida tashkil etilgan mazkur saytlarning aksar tasiri hozircha individualizm goyalari hukmron bulgan jamiyatlarda insoniy qadriyatlar, oila instituti, uzganing dardi bilan yashash, jamoa manfaatlarini shakhsiy manfaatlaridan ustun quyish kabi ezgu qadriyatlarning yuqolib borishi bilan izohlash mumkin.

Diny – ekstremistik tashkilotlar qatorida missionerlik bilan shugullanuvchi turli sektalar ham inson ongini egallashda internet tarmogidan foylanib kelmoqda. Ular uzlarini kurinishidan beozor, insonlarga yordam berishni oldiga maqsad qilib quygandek kursatsalarda, bu buzgunchilarning asl maqsadi butunlay boshqacha.

Internet va OAV da missionerlik faoliyatini amalga oshiruvchi sayt va kanallar ham kupchilikni tashkil qiladi. Ayniqsa suniy yuldosh orqali efirga uzatiladigan minglab kanallarda tukhtovsiz ravishda missionerlik va prozelitizm faoliyati olib borilmoqda. Bu kabilar qatoriga “CNL”, “Church Channel”, “TBN” va “God TV” kabi protenstantlik yunalishidagi kanallarni kiritib utishimiz mumkin. Shuningdek bugungi kunda, insoniylikka butunlay zid, yovuzlikka asoslangan shaytoniy sektalar faoliyati ham jadallashmoqda.

Bu kabi sektalar qatoriga 1966 yilda Anton Lavey tomonidan asos solingan “Shayton cherkovi” (Church of Satan) tashkilotini misol qilib keltirish mumkin. Mazkur shaytonparastlarning rasmiy saytlari va unga ergashuvchi turli guruhlarning internet sahifalari orqali har qanday din va ezgu goyalarga qarshi qaratilgan yovuzlik, zuravonlikni targib qiluvchi, shaytonga siginishga chorlovchi talimotlar berilmoqda. Ayollarni zurlash, pornografik materiallarni kurish va tarqatish, rok musiqalari orqali jazavaga tushish, ommaviy zino qilish kabi insoniyatni tubanlikka olib boruvchi bu kabi ishlar tashkilot azolarining kundalik marosimlari va “ibodatlari” hisoblanadi. Makhfiy ravishda uyushtiriladigan makhsus yigilishlarda esa odam uldirish va bokira qizlarni zurlash orqali shaytonga yaqinlik hosil qilishga intilishadi. Shunisi ajablanarliki, bu kabi vahshiyona qabihliklar bilan shugullanuvchi tashkilotlarning “demokratiya” libosi ostida “din” sifatida qabul qilinib, ruykhatga olinishi bazi uzini butunjahon inson huquqlari himoyachisi sifatida kursayotgan davlatlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Shuni alohida takidlash joizki, hozirda turli guruh va oqimlar tomonidan diniy ekstremizm va aqidaparastlikni targib qilishda, jamiyatda norozilik kayfiyatini tarqatishda ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanilmoqda. Internet orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga “kufr diyori”, “hijrat”, “jihod”, “shahidlik”, “khalifalik” kabi goyalarni notugri talqin qilib, ularni turli tuqnashuv va nizo uchoqlariga jalb qilinmoqda. Turli kuchlarning nogorasiga uynayotgan diniy ekstremistik va terrorchi oqimlar tomonidan u erlarda amaliyotni utab kelgan aqidaparast, diydasi qotgan, mustaqil fikrlashdan mahrum, rahnamolarining har qanday buyruqlarini kur kurona qonun deb biluvchi zombi jangarilardan tinch mintaqalarda ham turli nizolar va beqarorliklarni keltirib chiqarishda foydalanish maqsadi bugun kupchilikka ayon haqiqatdir.

Internet tarmogining chegara bilmasligi, suniy yuldosh orqali efirga uzatiladigan fazoviy kanallarga tusiq quyishning iloji yuqligini hisobga oladigan bulsak, hozirgi kunda bu kabi buzgunchi goyalardan aholini, khususan yoshlarni asrash uchun ularda bu kabi yot goyalarga qarshi manaviy immunitet hosil qilish, internet va OAV orqali mazkur guruhlarga asosli raddiyalar berish, sof diniy talimotlarni yoshlarga etkazish, ularni khalqparvarlik, vatanparvarlik, sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega ekanligi yaqqol namoyon buladi.

YOshlarni muqaddas diniy talimotlarimiz va qadiriyatlarimiz, ota-onaga hurmat, khalq dardi bilan yashash, oilani muqaddas deb bilish, kelajakka umid kuzi bilan boqish kabi ezgu tushunchalar ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylandi desak mubolaga bulmaydi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda barchamiz uz burchimizni his etishimiz, ogoh bulishimiz, Vatanimizning kelajagi uchun masul ekanimizni unutmasligimiz lozim.

B.Daminov

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …