Главная / Madaniyat / Inson aziz va mukarram qilib yaratilgan

Inson aziz va mukarram qilib yaratilgan

insonInson Alloh taolo yaratgan barcha mavjudotlar ichida eng aziz va mukarram khilqat. Islom nazdida barcha insonlar barobar, bir-birlariga birodardirlar. Ulardan biri boshqasidan hech narsada – na boylikda, na mansabda, na chiroyi yoki khushbichim gavdasi bilan, na jamiyatda tutgan urni bilan ustun bula oladi. Alloh nazdida insonlarning eng ulugi faqat Uning uzidan qurqadigan taqvodorlaridir. Alloh taolo bunday marhamat etadi:

“Ey, insonlar! Darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun sizlarni(turli-tuman) khalqlar vaqabila (elat)lar qilib quydik. Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrogingiz taqvodorrogingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va khabardor zotdir”.

Inson qadri har narsadan ulug

Ana shu mukarram insonlarning yoshi ham, qarisi ham, ayoli ham, erkagi ham birdek qadr – qimmatga egadir. Islom dini inson qadrini shu darajada yuqori kutarganki, hatto uning tirigi bilan uligining hurmati birdek qadrlanadi.

Avji navqiron yigitlik paytlari ikkinchi jahon urushi yillariga tugri kelgan ota – bobolarimizning imon – etiqodlari Alloh taoloning katta sinovidan utdi. Ular jannatmakon yurtlarini, ahli – ayollariyu qondosh va dindoshlarining sharafini va nomusini, khalq osoyishtaligini himoya qilish uchun manfur dushmanga qarshi jangga otlanishdi. Salkam besh yil olis va begona yurtlarda, qiyinchilik va mashaqqatlarga dosh berib, uqlar yomgiri va ulim tahlikasi ostida ayovsiz kurash olib borishdi.

Urush uz nomi bilan urush edi, bu janglardan kamdan-kam yurtdoshlarimiz omon qaytishdi. Bir qanchalarining hoki uzga yurtlarda qolib ketdi, bir qanchalari mayib – majruh, nogiron bulib qaytishdi. Yurtdoshlarimiz faqat frontlarda jang qilishmadi, ular mamlakat ichkarisida ham khalq khujaligini tiklash, khalq farovonligini yuksaltirishishida chinakam matonat kursatishdi. Ular boshiga kelgan sinov va musibatlar faqat bugina emas, ota-bobolarimizning kattagina qismi qatagon yillarining qurboni bulishdi.

Yakhshilarni Uzi qullaydi

Ana shunday Vatani, dini va millati himoyasi uchun jang qilgan qahramon insonlarni Alloh taolo Uzining haq yuliga, hidoyat yuliga yullab ham quyadi. Bu haqda Quroni karim bunday marhamat qilinadi:

“Bizning yulimizda jiddu jahd qilganlarni, albatta, Uz yullarimizga hidoyat eturmiz. Albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilar bilan birgadir!”.

Yurtimizda yashovchi kuplab vatandoshlarimiz yuqoridagi oyati karimalar mano va mazmunidan kelib chiqqan holda boshlariga kelgan har qanday musibat, qora kunlar, qatagon yillarining mislsiz dahshatlari oldida esankirab, uzligini aslo yuqotishmadi, mustahkam imon, Alloh taoloning rahmatidan doimo umidvorlik ularga har vaqt hamroh buldi va kelajakka katta umidlar bilan boqishdi.

Alloh taologa beadad hamdu sanolar aytamizki, mana bugun ulug ajdodlarimiz orzu qilgan buyuk nemat – Vatan ozodligi va mustaqilligiga erishilgan nurli kunlarga etib keldik.

Istiqlol yillarida ulug ajdodlar khotirasini qadrlash, mamlakat taraqqiyoti, yurt ozodligi yulida jonbozlik kursatgan fidoyi yurtdoshlarimiz ruhini shod etmoq uchun ezgu amallarga bel boglashdek savobli yumush dilimizdagi yorug niyatlardan biriga aylandi. Haqiqatan, el – yurt manfaati yulida fidokorlik kursatib, bugun qarilik pallasida turgan ota – bobolarimiz mehnati va jonbozligini qadrlash, ularga hurmat va ehtirom kursatish bugungi avlodlarning sharafli burchi, chuqur masuliyatidir. Dinimiz ham kattalarga hamisha izzat kursatish, ular holidan hamisha khabardor bulish, hatto boshqa etiqoddagi qariyalarga ham mehr -oqibat kursatishga buyurgan.

Kichikka shafqat, kattaga hurmat

Amr ibn Shuayb roziyallohu anhu otasidan va bobosidan rivoyat qilganhadisda Paygambar alayhissalom bunday marhamat qiladilar:

“Kichiklarimizga rahm-shafqat qilmagan va kattalarning haqlarini bilmagan kishilar bizdan emasdir”.

Buyuk mutafakkir hazrat Mir Alisher Navoiy ham ushbu mazmunni quyidagi baytda chiroyli tarzda ifoda etganlar:

Kimki ulugroq, anga khizmat kerak,
Ulki kichikroq anga shafqat kerak.

Bu sohada ayniqsa mamlakatimizda ibrat bularli ishlar, guzal tadbirlar amalga oshirilyapti. Yurtboshimizning shakhsan tashabbuslari va takliflari asosida, 9 may “Khotira va qadrlash kuni” sifatida keng nishonlanmoqda. Bu esa baayni inson zotiga, uning muqaddas khotirasiyu umri davomida bajargan ezgu amallariga bulgan cheksiz ehtirom ramzidir.

Shuning uchun ham poytakhtimizdagi Khotira maydoni har doim gavjum. Janggohlarda jon fido etgan vatandoshlarimizdan qariyb 435 ming nafarining nomi “Khotira kitobi”ning zarhal varaqlariga mangumuhrlangan. Yurtboshimiz tashabbusi bilan keyingi paytda yana 3725 nafar hamyurtlarimiz – bedarak ketgan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarining nomi aniqlanib, ushbu kitob sahifalarida qayd etildi.

Davlatimiz urush qatnashchilari, keksa yoshdagi otakhonlarimiz, onakhonlarimiz va barcha nafaqakhurlarga hamisha katta etibor kursatib, kup gamkhurliklar qilib kelmoqda. Umid qilamizki, ushbu khayrli amallar usib kelayotgan ugil qizlarimizga ulug fazilat bulib singadi.

Odilkhon qori Yunuskhon ugli, 
Toshkent shahar Shaykhontohur tumani bosh imom – khatibi

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …