Главная / Siyosat / «Iloji boricha ulim bulmasligi kerak» — Prezident murojaatida koronavirusga qarshi barcha choralar kurilishini malum qildi
<

«Iloji boricha ulim bulmasligi kerak» — Prezident murojaatida koronavirusga qarshi barcha choralar kurilishini malum qildi

Uzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev 3 aprel kuni koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qullab-quvvatlash masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishida Uzbekistonda koronavirus tarqalishi oldini olish borasida olib borilayotgan ishlarga yana bir bor tukhtaldi.

«Ommaviy akhborot vositalari orqali har kuni dunyoda nimalar bulayotgani va Uzbekistonda qanday choralar kurilayotganini bilib turibsizlar. Shunga qaramasdan men yana bir marta khalqimizga murojaat qilmoqchiman. Chunki vaziyatni quldan boy bersak, jilovlamasak, qattiqqul bulmasak, vaziyat keskinlashib boraveradi.

Bugungi kunda butun dunyo, insoniyat murakkab davrni boshidan kechirmoqda, hammamiz bunga guvoh bulib turibmiz. Mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni jilovlash, aholi salomatligini har tomonlama himoya qilish uchun barcha chora-tadbirlar kurilyapti. Makhsus komissiyamiz 24 soatlik ish rejimiga utgan.

Mana shunday ogir paytda dunyoqarashimizni uzgartirib, avvalambor uzimiz namuna bulishimiz kerak. Vaziyat bundan ham murakkablashishi mumkin. Mana shunga tayyorgarlik qilishimiz kerak. Hammamiz.

Dunyoni kuryapsizlar, salgina jilov quyib yuborilgan joylarda qanday oqibatlar bulmoqda. Misli kurilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Mening kuchamda, mening mahallamda, mening tumanimda, bizning viloyatimizda yuq deydiganlar khato qiladi. Buni uchinchi marta qaytaryapman.

Yurtimizga chetdan kirib kelgan koronavirus kasalligiga chalinganlar soni 221taga etdi. Ming afsuski, kursatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, bemorlardan 2 nafari vafot etdi. Ularning oila azolari va yaqinlariga uz nomimdan, butun khalqimiz nomidan chuqur taziya bildirib, sabr-toqat va bardamlik tilayman.

Albatta yuqotish oson emas. Biz hamma choralarni kuryapmiz. Bugun boshqa choralar ham kurdik. Koreyadan mutakhassislar keldi. Erta-indin Khitoydan mutakhassislar kelyapti. Germaniyadan, Rossiyadan eng zur mutakhassislarni olib kelamiz. Nega desangiz, iloji boricha ulim bulmasligi kerak. Dunyoda qaysi davlatda qanday dori vositalari, qanday mutakhassislar borligini inobatga olib, barcha choralarni kurish kerak.

Nega khalqimizga bu gaplarni aytyapman? Kechqurun Chirchiqdan ogir ahvoldagi bemorni olib kelishdi. Bilasizlarmi, besh-olti kun juda yuqori harorat bilan uyida yotgan.

Holbuki oynayi jahonda 24 soat davomida odamlarimizga ogoh bulaylik, madaniyatli bulaylik, uzimizga, bola-chaqamizga etiborli bulaylik deyapmiz. Yuq. Besh-olti kun yotgan, oilasi bor, farzandi bor, nabirasi bor, uyida yotgan. Doktor chaqirsa bulmaydimi?

Shuning uchun, aziz hamyurtlarim. Yana bir marta sizlarga katta iltimos bilan murojaat qilmoqchiman. Uzlaringni saqlanglar, uzlaringga etibor beringlar. Farzandlaringni, qushnilaringni, oilalaringni, ota-onalaringni uylanglar. Agar uzlaringga etibor bermasalaring, ogoh bulib, tibbiyot khodimlarining aytganlarini qilmasalaring, qattiqqullik, intizom, tartib bulmasa, bu kasallikni osonlik bilan enga olmaymiz.

Bugungi kunda mamlakatimizda 100 ming kishi karantinga olingan. Shuningdek, chet eldan salkam 13 ming fuqaro olib kelinib, ular ham tula karantinga olindi. Toshkent viloyatida 10 ming kishini qabul qilishga muljallangan karantin zonasi barpo etilmoqda. Uning dastlabki bir qismiga khorijdan kelgan 2 ming 200 dan ortiq fuqarolarimiz joylashtirildi.

Zangiota tumanida 10 ming urinli 2 ta virusologiya shifokhonasi qurilmoqda. Yaqin kunlarda ushbu shifo maskanlaridagi 2 mingta urin ishga tushiriladi. Hozirgi kungacha 245 mingta test, 700 mingga yaqin himoya vositalari olib kelinib, davolash muassasalariga etkazildi. Bu ishlar yana davom ettirilmoqda.

Takidlash kerakki, amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarimiz, albatta, uz natijasini bermoqda. Kasallikka chalinganlarning 25 nafari tuliq sogayib, reabilitasiyaga utkazildi.

Fursatdan foydalanib, bu kurashning oldingi saflarida chinakam jasorat va matonat kursatayotgan jonkuyar va olijanob shifokorlarimizga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Yuzaga kelgan vaziyatni tugri tushunib, bizni faol qullab-quvvatlayotgan khalqimizga, aziz yurtdoshlarimga rahmat aytaman.

Ijtimoiy tarmoqlarda khalqimiz qabul qilgan choralarimizni tugri tushunayotganini kurmoqdamiz. Tartib-intizom saqlayotganlari uchun yana bir marta katta rahmat aytmoqchiman, minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Utib ketadi bu kunlar. Lekin hozir temir intizom bilan ishlasak, natija albatta biz kuzlagandek buladi», deydi prezident.

Davlat rahbari karantin qoidalarini buzayotganlarni qattiq tanqid qildi.

«Shu bilan birga, qancha ogohlantirish va tushuntirish ishlariga qaramay, joylarda karantin qoidalari buzilayotganini afsus bilan aytish kerak.

Hozirgacha 22 mingdan ziyod ana shunday holat aniqlandi, 330 kishi karantin hududidan qochib ketdi. Bu nima degan gap? Katta-katta 330 kishi. Huquqni muhofaza qilish organlarimizga rahmat, ichki ishlar, milliy gvardiya, khavfsizlik khizmatlari ortidan borib, qaytarib olib kelishyapti.

Bu hayot unga kerakku? Dunyodagi ahvolni kuringlar, nima bulyapti!

Karantin vaqtida ayrim masuliyatsiz shakhslar 24ta turli ommaviy marosimlar utkazganini sira oqlab bulmaydi. Mana shu 24ta mahallada mahalla raislari, uchastkovoylari qanday qilib rukhsat bergan? Mumkin emas, mumkin emas yigilish, tuy qilish mumkin emas. Butun khalqimiz hayotiga khavf solayotgan bunday nomaqul ishlarga nisbatan keskin choralar kuriladi.

Muhtaram vatandoshlar! Ishontirib aytamanki, koronavirus tarqab ketmasligi uchun davlat barcha choralarni kuradi. Ammo shu sinovli damlarda har bir uzbekistonlik, har bir idora, jamoatchilik vakillari bir musht bulib harakat qilishimiz kerak. Kasallikni mahallamizga, uyimizga, oilamizga olib kirmaslik uchun eng avvalo uzimiz masulmiz.

Prezident qulni kuksiga quyib salomlashish urfini yanada mustahkamlash davr taqozosi ekanini takidladi.

 

«Ayrim davlatlarda yuqori gigienaga asoslangan kundalik turmush tarzi, milliy urf-odatlar bu kasallikni engishda juda muhim omil bulmoqda.

Jumladan, aholisi zich, qushnilari bilan savdo aloqalari uta rivojlangan bulishiga qaramasdan, Yaponiya virusning keng tarqalashiga yul quymadi. Nimaga. Tartib-intizom qattiqligi uchun!

Mutakhassislar «yapon fenomeni»ni ulardagi uziga khos salomlashish, shakhsiy masofani saqlash, tez-tez kiyim almashtirish, yuz-qulni yuvish, tula yuvinish, tugri ovqatlanish, faol turmush tarzi va sport kabi 13ta qoida va urf-odatlar saqlanib qolgani bilan asoslamoqdalar.

Bu esa bizda ham azal-azaldan mavjud – qulini kuksiga quyib salomlashish, uyga mehmon kelganda qulga suv quyish, jamoat joylarida masofani ushlash, meva-sabzavotlarni kup istemol qilish kabi urflarimizni yanada mustahkamlashni taqozo etadi.

Shuningdek, jamoat joylarida, mahalla va khonadonlarda dezinfeksiya ishlarini muntazam davom ettirish lozim. Barcha korkhona va tashkilotlar har haftada uz khodimlarini tizimli ravishda tibbiy kurikdan utkazib turishi zarur.

Hurmatli dustlar! Har qanday qiyinchilikka qaramasdan, uz khizmat burchini vijdonan bajarayotgan aka-ukalarimiz, opa-singillarimiz, ugil-qizlarimiz fidoyiligini yuksak qadrlaymiz.

Aholi urtasida vahima va sarosima gaplar tarqalishiga aslo yul quymaslik lozim. Men nuroniy otalarimiz, munis onalarimiz uz jonkuyarligi, sabr-bardoshi, ezgu duolari bilan barchaga ibrat buladilar, deb ishonaman.

Men bugungi kunda uy sharoitida tahsil olayotgan talaba va uquvchi yoshlarimizga murojaat qilmoqchiman:

Aziz farzandlarim, uyda vaqtingizni bekor utkazmang! Onlayn darslarni qunt bilan uzlashtiring. Kitob uqing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang.

Kup narsa ota-onalarga bogliq. Kuplar un yildan buyon uyida farzandlari bilan utirmagan. Shunga etibor beringlar», deydi prezident.

Prezident qishloq khujaligi vakillariga ham murojaat qilgan.

«Mana, bahorning issiq kunlari ham boshlandi. Mavjud qiyinchilikka qaramasdan, hayot davom etmoqda.

Fermer va dehqonlarimiz, tadbirkorlarimiz oldida uta muhim vazifalar turibdi.

Albatta, har birimiz kundalik yumushlarimizni khavfsizlik va sanitariya qoidalariga tula amal qilgan holda davom ettirishimiz zarur. Chunki bugun yuqotgan imkoniyatlarimizni ertaga tiklash qiyin buladi, vaqtni esa orqaga qaytarib bulmaydi. Buni hammamiz yakhshi bilamiz.

Pandemiyani tukhtatish uchun butun dunyo khalqlari qatori biz ham jiddiy izlanishdamiz. Odamlarimiz daromadlari kamayib ketmasligi uchun, korkhonalarimiz barqaror ishlashi uchun barcha rejalarni kuryapmiz.

19 mart kuni pandemiyaning iqtisodiyotimizga salbiy tasirini yumshatish buyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar tugrisida farmon qabul qilgan edim. Hukumat va mahalliy hokimliklar joylarda bu chora-tadbirlarning ijrosini taminlamoqda.

Albatta, khudoga ming qatla shukr, bu kasallik bormagan hududlarimiz ham ancha. Ilohim bormasin bu hududlarga. Khudodan iltijo qilamiz. Usha joylarda tizimli tartib bilan bahorgi ishlarni davom ettirishimiz kerak. Shu ogir vaziyatda tugri yulni joylardagi rahbarlar, sizlar topishlaring mumkin. Biz tavsiya berishimiz mumkin. Agar bugun tomorqaga ekmasak, keyin ertaga bozordagi narkh-navo nima buladi? Harakat qilish kerak. Lekin sanitariya-epidemiologik tibbiyot khodimlari aytgan masalalarni joyiga quyib.

Men bugun mana shunday qiyin vaziyatda iqtisodiyotimizni, tadbirkorlarni faol qullab-quvvatlash uchun yana bir muhim farmonga imzo chekdim. Qanchalik murakkab bulsa ham, byudjetdan katta kharajatlarni talab etsa ham, qushimcha choralarni kurishga qaror qildim.

Bu sinovlar vaqtincha. Albatta khudo khohlasa, utib ketadi. Mana shunday sinovlarni jipsligimiz bilan, birdamligimiz bilan engishimiz kerak. Hamma narsa uzimizga bogliq. Biz kup narsani urganib bu sinovdan utamiz. Mustahkam bulib utamiz, qudratli bulib utib olishimizga ishonchim komil. Qudratli bulamiz. Juda katta tajriba orttiramiz. Bir-birimizga mehrimiz oshishi aniq.

Ana shunday bir-birimizga kumak berishimiz, hammamiz jipslashishimiz kerak. Khalqimiz bugun rahbarlar urnak buladi, yul kursatadi deb qarab turibdi. Shunday ekan, biz bugun olijanob, bagrikeng, mehnatkash khalqimizga tazim qilib, tugri yul kursatishga hammamiz javobgarmiz.

Jipslashib, har bir tadbirkorni sizlab, yakhshi kayfiyat bilan odamlarni inontirib, ishontirib, yakhshi yulga chiqarib olsak, bu sinovlar ortda qoladi. Hozir butun khalqimiz belini mahkam boglab, jonajon vatanimizni balo-qazolardan qutqarish uchun katta harakatlar qilyapti. Hammamiz aytilgan gaplarni masuliyat bilan bajarsak, galaba bizniki buladi», degan davlat rahbari.

О нас

Яна маълумот

bpRVs

Qirgiziston Rishton-Sukh yulini EOII tufayli yopgan. Uzbekiston yulni qisqa muddatda ochish masalasini quydi

1 iyun kuni bosh vazir Abdulla Aripovning Fargona viloyati Sukh tumanida mahalliy aholi bilan utkazgan …