Главная / Iqtisodiyot / «Ilgarigi adovat hozir yuq» – Safoev Markaziy Osiyodagi geosiyosiy muhit va Uzbekistonning mavqeyi haqida
<

«Ilgarigi adovat hozir yuq» – Safoev Markaziy Osiyodagi geosiyosiy muhit va Uzbekistonning mavqeyi haqida

Sodiq Safoevning takidicha, Markaziy Osiyo respublikalari urtasida avvalgi davrga khos «allaqanday adovat» va «hatto khusumat» hozir yuq – mintaqada uzaro ishonch muhiti shakllangan. Masalan, 5 yil oldin suv masalasi echib bulmas muammo bulib kuringan bulsa, hozir qushni davlatlar qushma loyihalar bilan bu muammoni echishga tayyorligini kursatyapti.

Oliy Majlis Senati raisining birinchi urinbosari Sodiq Safoev parlamentning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid masalalarni hal qilishdagi vakolatlarini kengaytirish mavzusida jurnalistlarga intervyu berdi.

– Bundan 15 yil oldin, yani 2005 yilda chop etilgan «Markaziy Osiyodagi geosiyosat» kitobingizda Markaziy Osiyodagi siyosiy jarayonlar, iqtisodiy munosabatlar, chel el investisiyalarini jalb etish, mamlakatda khorijiy biznes uchun qulay sharoitlarni yaratish borasida fikr yuritgansiz va Markaziy Osiyo davlatlari, khususan Uzbekiston oldida ana shu mushkul muammoni hal etish vazifasi turganini takidlagansiz.

Oradan 15 yil utdi. Bugun Uzbekistonda bu borada yaratilgan imkoniyatlarni usha davr bilan taqqoslab, necha foizga baholaysiz? Yangi parlament, yangi Uzbekiston bu borada yana qaysi sohalarda ish olib borishi kerak, deb hisoblaysiz?

– Avvalambor, bu kitobni eslaganingiz men uchun katta sharaf. Savolingizda bir necha savol mujassam. Men ularga birma-bir javob berishga harakat qilaman.

Markaziy Osiyoda turgan fundamental masalalar, muammolar uzgargani yuq.

Ularning eng asosiysi shundan iboratki, Markaziy Osiyo tarikhan yagona iqtisodiy, kup nuqtayi nazardan madaniy hudud bulib kelgan. U tarikhan birga bulgan. Faqatgina tarikh taqozosi bilan uz vaqtida ular alohida mamlakatlarga bulinib ketdi. Lekin ularning bir-biri bilan uzviy bogliqligini hech kim inkor qilolmaydi.

Tushunamizki, bu mintaqa davlatlari oldida turgan maqsadlarga faqat birgalikda erishishi mumkin, faqat mushtarak harakatlar orqali ularni qiynayotgan muammolarni hal etishi mumkin.

Masalan, ekologik muammo yoki suv tanqisligi muammosi. YOki, bizning anklav ekanimiz, dengizga chiqish imkoniyatimiz cheklangani. Bularni hech bir mamlakat alohida hal etolmaydi, ularni faqat birgalikda hal etishimiz mumkin.

YOki afzalliklarimiz haqida gapiradigan bulsak, bizda energetik zakhiralar kup. Hech bir davlat uz zakhiralarini dunyo bozoriga boshqa davlatning ustidan sakrab olib ketolmaydi. Infratuzilmani birgalikda rivojlantirishimiz kerak.

Safoev sunggi uch yilda Markaziy Osiyodagi geosiyosiy va geoiqtisodiy vaziyat batamom uzgarganini takidladi.

– Ilgarigi davrga khos bir-biriga nisbatan qandaydir adovat, ishonchsizlik, hattoki bir-biriga bulgan khusumat yuq bulib, bugun uzaro ishonch, muammolarni birgalikda hal qilish, kompromissga tayyorlikni biz bugun qayd etmoqdamiz.

Tan olaylik, bu faqat bizning fikr emas, bu khalqaro hamjamiyat tan olgan fikr. Bu birinchi navbatda prezidentimiz hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoevning yangilangan Uzbekiston tashqi siyosati bilan bogliq. Buni hech kim inkor etolmaydi. Mamlakatimiz ochiqlikni elon qildi, kup tashabbuslarni ilgari surdi va ular qullab-quvvatlagani natijasida bugun kurib turibmizki, Markaziy Osiyoning oldida turgan kup khavf-khatarlar chetlatildi.

Suv masalasi. Ilgari, 5 yil oldin bu bizga khuddi echimi yuq muammo bulib kurinayotgan edi. Bugun kuryapmizki, mamlakatlar hattoki qushma loyihalarni amalga oshirib, bu muammoni echishga tayyorligini kursatmoqda.

Senatorning takidicha, tashqi siyosat bevosita inson huquqlari, manfaatlari bilan bogliq.

– Esimizda bor, 3-4 yil oldin kuniga bir necha 10, 20, 30 odam yaqin qarindoshlarini kurish uchun Uzbekistonning qushni davlatlar bilan chegarasidan utish imkoniyatiga ega edi. Agar ularda u erda kimdir vafot etgani yoki ogir ahvolda ekani haqidagi telegramma bulsagina. Bugun kuniga yuz mingdan ortiq vatandoshlarimiz bemalol, tusiqsiz qushni davlatlar bilan chegarani kechib utib, u erga nafaqat qarindoshlari bilan uchrashish, balki boshqa maqsadlarda ham borib kelishlari mumkin.

Shuning evaziga qushni davlatlar bilan bulgan savdo khajmi sunggi yillar mobaynida ayrimlari bilan 70 foiz, ayrimlari bilan ikki baravar ortib bormoqda. Yangi transport yulaklari ochildi.

Afgonistonni aytinglar. Kup yillar biz uni khuddi kurmagandek ishlardik. Bir necha yil oldin Afgoniston bilan savdo-sotigimiz deyarli bulmagan, desak ham buladi. Bugun bu 1 milliard dollarga yaqinlashmoqda.

Uzbekiston Afgoniston bilan bir necha masalalarda, shu jumladan, bizga eng yaqin, maqbul bulgan transafgon transport yulagini barpo etib, u orqali butun Markaziy Osiyoga biz uchun eng yaqin dengiz portlariga chiqish imkonini beruvchi loyihalarni ilgari surmoqda. Bu borada Markaziy Osiyodagi bugungi vaziyat ijobiy nuqtayi nazardan uzgardi, lekin shu bilan birga, hali qilinadigan ishlar kup.

Uzbekiston – Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar bilan chegaradosh bulgan yagona davlat. Boshqa unday davlat yuq. Shuning uchun Uzbekistonning mavqeyi uzgacha. Uzbekistondagi vaziyat nafaqat mamlakatimiz uchun, balki butun mintaqa uchun katta tasir kursatadi. Bu ham khalqaro darajada tan olingan bir omil.

Bu borada Uzbekistonda sunggi yillarda bulayotgan, shu jumladan investision iqlimni yakhshilash buyicha uzgarishlar faqatgina Uzbekiston uchun emas, balki Markaziy Osiyo uchun muhim ahamiyatga ega.

Nimaga? Chunki yirik investorlar tor milliy iqtisodiyot hududi bilan uncha qiziqmaydi, ularga keng mintaqaviy hudud kerak. Ular uchun faqatgina 35 millionlik Uzbekiston bozori emas, balki 100 millionlik Markaziy Osiyo bozori qiziqroq. Shuning uchun Markaziy Osiyo uchun Uzbekistonda bulayotgan hozirgi uzgarishlar nihoyatda muhim.

Sunggi yillar mobaynida amalga oshirilgan ishlar, Jahon bankining Doing business kursatkichlari buyicha Uzbekistonning reytinglari qanday ortib borayotgani haqida bilasizlar. Sunggi yil mobaynida utgan yilga nisbatan deyarli uch baravar kuproq investisiya Uzbekistonga keldi.

Bu shuni kursatyaptiki, jarayon bor, u tobora mustahkamlanmoqda. Lekin shu bilan birga hali qilinadigan ishlar ham kup. Bu haqda biz parlament azolari ham bosh qotirishimiz kerak.

О нас

Яна маълумот

KCFwogRWt-S2aUBcW1rZl7qDZF5Pgi4p

Sayyohlar uchun 2020 yilda eng khavfsiz davlatlar malum qilindi. Uzbekiston MDH davlatlari orasida etakchi

2020 yilda sayyohlar uchun eng khavfsiz va eng khavfli davlatlar malum qilindi. Uzbekiston bu borada …