Главная / Iqtisodiyot / Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mahsulotlar tannarkhini kamaytirish buyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirigini bajarmagan
<

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mahsulotlar tannarkhini kamaytirish buyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirigini bajarmagan

2019 yil 26 iyul kuni Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qumitasining majlisi bulib utdi. Unda qurilish, energetika hamda iqtisodiyot va sanoat vazirliklarining maqsadli vazifalarni joriy yil birinchi yarim yilligida bajarish buyicha hisobotlari eshitildi.

Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining akhborot khizmati khabariga kura, majlisda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan mamlakatni qisqa, urta, va uzoq muddatli davrda barqaror va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taminlashga, aholi farovonligini oshirish va ushbu yunalishda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan konsepsiyalar, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqish borasida keng kulamli ishlar olib borilayotganiga etibor qaratildi.

vzpnshcz6gnhcrn2heuauzc66jqspqzo

Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga 2019 yilda jami 43 ta vazifa yuklatilib, ulardan 33 tasining ijro muddati etib joriy yilning birinchi yarim yilligi belgilangan. Ushbu topshiriqlardan 25 tasi bajarilgan. Respublikaning asosiy iqtisodiy rivojlanish prognoz parametrlarini tarmoqlar va hududlar kesimida monitoring qilish, ishchi komissiyalar tuzgan holda 2018 yil hududiy prognoz kursatkichlarini bajarishda qoloq hududlarni joyiga chiqqan holda urganish kabi vazifalar shular jumlasidan.

Shu bilan birga, vazirlik tomonidan ijro muddati joriy yilning birinchi yarmiga belgilangan 8 ta vazifa yoki jami vazifalarning 24 foizi bajarilmagan va 2 ta vazifa muddatidan kechikib bajarilganligi qayd etildi. Khususan, mahsulotlar tannarkhini kamaytirish buyicha kompleks chora-tadbirlar, maqsadli parametrlarni ishlab chiqish, monitoring qilish, tashqi va ichki bozorda sanoat mahsulotlari raqobatbardoshligi past darajada ekanligi sabablarini aniqlash, mavjud tabiiy resurslar asosida sanoat ishlab chiqarish loyihalarini tayyorlash, past rentabelli erlar unumdorligini qishloq khujaligi mahsulotlarini etishtirishda tomchilab sugorish tizimini joriy etish orqali oshirish loyihalarini ishlab chiqish kabi topshiriqlar bajarilmay qolganligi qayd etildi.

Majlisda maqsadli vazifalarning uz vaqtida va sifatli bajarilishini taminlashga erishmagan vazirliklar faoliyati qoniqarsiz ekanligi alohida qayd etib utildi va bunday kamchiliklarni bartaraf etish yullari kurib chiqilib, senatorlar tomonidan tegishli tavsiyalar va takliflar bildirildi.

О нас

Яна маълумот

nmYszMHsQk7gt9HIlapfppLeAA7kwq8L

Eng kup moliyaviy qonunbuzilish holatlari qaysi vazirliklar tizimida kuzatilayotgani malum buldi

2019 yilning 1-yarim yilida Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Ish reja, …