9ac31f6af4edc31c6737e90e71fa32f6Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Uzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qarori bilan Ijro yigimini qaytarish tartibi tugrisidagi nizom tasdiqlandi.

Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib berish hamda istemol qilish sohasida tulov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida”gi Farmoniga muvofiq, Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi qaror qildi:

1. Ijro yigimini qaytarish tartibi tugrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

2. Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligining 2010 yil 7 sentyabrdagi 75, 14-son “Ijro yigimini qaytarish tartibi tugrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ruykhat raqami 2142, 2010 yil 21 sentyabr) uz kuchini yuqotgan deb topildi.

Ijro yigimini qaytarish tartibi tugrisidagi nizomga kura, mazkur Nizom davlat ijrochisi tomonidan undirilgan ijro yigimini qaytarishda qullaniladi.

Ijro yigimining qaytarilishi lozim bulgan summasiga foizlar hisoblanmaydi.

Ijro yigimini qaytarishga majburiy ijro harakatini amalga oshirgan Uzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining yoki tegishli hududiy bulinmasining ijro yigimini qaytarish tugrisidagi qarori asos bulib hisoblanadi.

Ijro yigimini qaytarish tugrisidagi qarorda quyidagilar kursatiladi:

a) ijro yigimini qaytarishga quyidagi asoslar:

qarzdorning arizasiga asosan, asos sifatida ijro hujjati berilgan sud qarori eki boshqa organ qarorining yokhud qonun buyicha ijro hujjati hisoblanadigan boshqa hujjatning bekor qilinishi;

qarzdor yoki undiruvchining arizasiga asosan, asos sifatida ijro hujjati berilgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatlarining uzgartirilishi, agar ushbu uzgartirish natijasida tulangan ijro yigimi miqdorini qaytadan kurib chiqish lozim bulsa;

qarzdor yoki ijro yigimi undirilgan boshqa shakhsning arizasiga yokhud sud ijrochisining tashabbusiga asosan, ijro yigimi miqdorini notugri yoki ortiqcha utkazilganligi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

b) Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgarmasi va Uzbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan qoplanadigan ulushini alohida kursatgan kholda, qaytarilishi lozim bulgan jami mablaglar summasi:

v) ijro yigimini tulagan va ushbu kursatilgan mablaglar qaytarilayotgan shakhsning bank rekvizitlari.

Ijro yigimini qaytarish haqidagi ariza ushbu bandda kursatilgan holatlar yuzaga kelganidan keyin uch yildan kechiktirmasdan beriladi.

Undirilgan ijro yigimi summalarini Uzbekiston Respublikasining tegishli tijorat bankida ochilgan makhsus tranzit hisob raqamiga va mazkur hisob raqamdan Uzbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadiga va Jamgarmaga utkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar nuskhalarini ilova qilgan holda. ijro yigimini qaytarish tugrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki kun muddatdan kechiktirilmagan holda ijro yigimini tulagan shakhsga qaytarish uchun Jamgarmaga yuboriladi.

Ijro yigimining qaytarilishi Jamgarma tomonidan ijro yigimini qaytarish tugrisidagi qaror olingan kundan boshlab besh bank ish kuni mobaynida Jamgarma mablaglari hisobidan, keyinchalik Uzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablaglari hisobidan qaytarilishi lozim bulgan ijro yigimi ulushini Jamgarmaga qoplab berilishi bilan amalga oshiriladi.

Ijro yigimining Uzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablaglari hisobidan qaytarilishi lozim bulgan tegishli ulushini Jamgarmaning hisob raqamiga qoplab berish uchun, Jamgarma jami qaytarilishi lozim bulgan ijro yigimi summasini qaytargandan sung majburiy ijro harakatlarini amalga oshirgan Byuroning hududiy bulinmalari joylashgan joydagi tegishli tuman (shahar) davlat soliq khizmati organiga (bundan keyingi urinlarda davlat soliq khizmati organi deb yuritiladi) ijro yigimini qaytarish tugrisidagi qaror nuskhasiga Jamgarmaning bank rekvizitlari tugrisidagi malumotlarni va quyidagilarni:

Uzbekiston Respublikasining tegishli tijorat bankida ochilgan makhsus tranzit hisob raqamiga undirilgan va mazkur hisob raqamdan Uzbekiston Respublikasi respublika byudjeti daromadiga ijro yigimi utkazilganligi;

ijro yigimini tulagan shakhsga undirilgan mablagning qaytarilganligi faktini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarning nuskhalarini ilova qilgan holda yuboradi.

Davlat soliq khizmati organi Jamgarmadan ijro yigimini qaytarish tugrisidagi qaror nuskhasini ilovalari bilan olgan kundan boshlab besh bank ish kuni mobaynida tegishli moliya organiga undirilgan ijro yigimining tegishli ulushi Uzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga kelib tushganligini tasdiqlovchi khulosani, kelib tushishi, haqiqatda kelib tushgan va qaytarilishi lozim bulgan mablaglarni kursatgan holda va Jamgarmadan olingan hujjatlarning nuskhalarini ilova qilgan kholda yuboradi, bunda khulosaning nuskhasi Jamgarmaga yuboriladi. Agarda undirilgan ijro yigimining tegishli ulushi Uzbekiston Respublikasi respublika byudjeti daromadiga haqiqatda kelib tushganligi tasdiqlanmagan holatda, davlat soliq khizmati organining tegishli khulosasi Jamgarmaga yuboriladi.

Tegishli moliya organi davlat soliq khizmati organining undirilgan ijro yigimi ulushining Uzbekiston Respublikasi respublika byudjeti daromadiga haqiqatda tushganligini tasdiqlovchi khulosasiga asosan, khulosa olingandan sung ikki bank ish kunidan kechikmagan holda urnatilgan tartibda tegishli mablaglarni Jamgarmaning hisob raqamiga qoplab beradi.

Mablaglarni qoplab berish, Uzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga, Qoraqalpogiston Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga ajratmalar amalga oshirilgunga kadar daromadlarning tegishli turlari buyicha tegishli shartli hisob raqamlar (ShHR) bilan 23402-son balans hisobvaragidan byudjetga joriy har kunlik tushumlar hisobidan amalga oshiriladi.

Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bulgan shakhslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.